28.07.2023 yildagi 319-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.08.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotlar muomalasi hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish va qayta ishlash sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek, harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotlar muomalasi hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish va qayta ishlash sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartib-taomillarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotlar muomalasi hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish va qayta ishlash sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya berish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash faoliyati uchun litsenziya berish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya olish uchun murojaat qilish tartibi hamda litsenziya olish talablari va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalovchi organ (Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi) tomonidan yigirma ish kuni ichida talabgorning arizasini koʻrib chiqish va tegishli qaror qabul qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talabgori yoki litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organ yoki uning mansabdor shaxsi qarorlari yoxud harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish hamda uni koʻrib chiqish muddatlari, tartibi va shartlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 28-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
319-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-iyuldagi 319-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotlar muomalasi hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish va qayta ishlash sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) (keyingi oʻrinlarda — boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish) va qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya — yuridik shaxsning harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotlar muomalasi yoki boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish va qayta ishlash sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi, cheklanmagan muddatga beriladigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalash — litsenziya olish toʻgʻrisidagi arizani topshirish, qabul qilish va koʻrib chiqish, litsenziyani berish, amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash, shuningdek, litsenziyani tugatish, qayta rasmiylashtirish va oʻzgartirish hamda uning dublikatini berish jarayoni bilan bogʻliq tartib-taomillar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalovchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat — tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus uskuna — harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, taʼmirlash, tugatish va qayta ishlashda oʻziga xos (nostandart) texnologik operatsiyalarni bajarish uchun ishlatiladigan mashinalar, dastgohlar va agregatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol — tuzilishiga koʻra jonli nishon yoki boshqa nishonni urish, signallar berish uchun moʻljallangan qurilmalar va ashyolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol-yarogʻ — qurol-yarogʻ va uni qoʻllashni taʼminlovchi texnik vositalar hamda oʻq-dorilar jamlanmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar, himoya vositalari, harbiy texnikaning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlari — katta (tarkibiy) buyumning tarkibiy qismlari va detallari, shuningdek, uni ekspluatatsiya qilish uchun kerak boʻladigan qismlari va detallari, ularni taʼmirlash (buyumning soz va ishlashga layoqatli holatini saqlash yoki qayta tiklash) maqsadida foydalaniladigan shunday qismini almashtirish uchun moʻljallangan qismlar, detallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — litsenziyani olish uchun murojaat qilgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻq-dorilar — qurolning jonli nishon yoki boshqa nishonni urish uchun moʻljallangan hamda tarkibida portlovchi, poroxli, uloqtiruvchi, pirotexnik yoki urib chiqaradigan moddalar yoxud ularning birikmasi mavjud boʻlgan ashyolari, shu jumladan, uloqtiriladigan ashyolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulot — qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar, himoya vositalari, harbiy va maxsus texnikalar, ularning boshqa sanoat tarmoqlarida foydalanilmaydigan ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari, priborlari, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar, maxsus asbob-uskunalar hamda intellektual mulk huquqi obyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar — harbiy maqsadga moʻljallab ishlab chiqariladigan mahsulotdan qatʼi nazar, qoʻyiladigan alohida talablarga mos keladigan materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotni qayta ishlash — harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotni uning ekspluatatsiya muddati tugagandan soʻng sanoat yoʻli bilan qayta ishlash va (yoki) shunday mahsulotdan olingan xomashyo, moddalar va materiallardan takroriy foydalanish orqali ishlatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy texnika — jangovar harakatlarni amalga oshirish va taʼminlash, qoʻshinlarni oʻqitish hamda ularning belgilangan maqsadda foydalanishga tayyorlik darajasini taʼminlash uchun moʻljallangan texnika;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy-texnika vositalari — qurolli kuchlarning jangovar harakatlarini va doimiy faoliyatini taʼminlaydigan texnik vositalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotni tugatish (yoʻq qilish) — harbiy maqsadga moʻljallangan va bugungi sharoitda atrof-muhit va aholi uchun bartaraf etib boʻlmaydigan xavf tugʻdiradigan mahsulotni u butkul yoʻq qilingunicha qayta ishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya vositalari — insonni va harbiy texnikani sovuq, oʻq otar qurolning fizik taʼsiridan, shuningdek, parchalardan himoya qilish uchun foydalaniladigan vositalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizomga muvofiq quyidagi faoliyat turlari litsenziyalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish va qayta ishlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish va qayta ishlash faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyatni hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish va qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat muassasalari mazkur Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoxud Vazirlar Mahkamasi qarorlarida koʻzda tutilgan faoliyat turlarini amalga oshirish sharti bilan tegishli litsenziya olmasdan amalga oshirish huquqiga ega hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyatni hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish va qayta ishlash faoliyati uchun litsenziya davlat sirlarini yoki qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan axborotni oʻz ichiga olgan litsenziya hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Litsenziyani berish, berishni rad qilish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish, oʻn kungacha muddatga toʻxtatib turish, qayta tiklash, shuningdek, litsenziyani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi tomonidan ushbu Nizomning 4 va 5-boblarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligining ekspert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — ishchi organ) litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni qoʻrib chiqadi va ular boʻyicha xulosalar tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Litsenziya ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda beriladi. Bunda talabgorning arizasiga binoan litsenziya litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turiga yoki ushbu Nizomning 3-bandida qayd etilgan barcha faoliyat turlari uchun berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Litsenziya litsenziyalovchi organ tomonidan cheklanmagan muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Litsenziya talablari hamda shartlari mazkur Nizomga 3 va 4-ilovalardagi pasportlarning 9-pozitsiyasiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Talabgor litsenziya olish uchun mazkur Nizomga 3 va 4-ilovalardagi pasportlarning 5-pozitsiyasida belgilangan hujjatlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgordan ushbu Nizomga 3 va 4-ilovalardagi pasportlarning 5-pozitsiyasida koʻrsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Litsenziyalovchi organga talabgor tomonidan hujjatlar bevosita, Davlat feldyegerlik xizmati yoki respublika maxsus aloqa tarmogʻi orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Litsenziyalovchi organga ariza va unga ilova qilingan hujjatlar ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan tartibda kelib tushgan vaqtdan boshlab roʻyxatga olingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Litsenziyalovchi organ tomonidan talabgorning arizasini koʻrib chiqish uchun ushbu Nizomga 3 va 4-ilovalardagi pasportlarning 6-pozitsiyasida belgilangan miqdorda yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Talabgorning arizasini koʻrib chiqish uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisobvaragʻiga Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbalaridan biri sifatida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor berilgan arizadan voz kechganda yoki litsenziyalovchi organ talabgorga litsenziya berishni rad etgan taqdirda, toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Talabgorning arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga ular qabul qilib olingan kundan eʼtiboran litsenziyalovchi organga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ taqdim etilgan hujjatlarni oʻn besh ish kunidan oshmaydigan muddatda koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziyani berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organ besh ish kunida ishchi organ xulosasi asosida litsenziyani berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organ talabgorning litsenziya talablari va shartlariga mos kelishini aniqlash uchun oʻz mablagʻlari hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun talab etiladigan sharoitlarini joyiga borib aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqariladigan mahsulotning (koʻrsatiladigan xizmatlar va bajariladigan ishlar) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini belgilangan tartibda baholashni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli xulosalar tayyorlash uchun shartnoma asosida ekspertlarni jalb qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng bir ish kuni ichida bank hisobvaragʻi rekvizitlari va davlat bojini toʻlash muddatini koʻrsatgan holda, talabgorni yozma shaklda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Litsenziya qatʼiy hisobda turadigan, hisobga olish seriyasiga, raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega maxsus blanklarda rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Litsenziyalar talabgor tomonidan davlat boji toʻlanganidan soʻng rasmiylashtiriladi va beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiylashtirilgan litsenziyalar litsenziyalovchi organ rahbari tomonidan imzolanadi. Ushbu Nizomning 8-bobida belgilangan tartibda litsenziyalar reyestriga tegishli yozuvlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Litsenziya berishni rad etishga quyidagilar asos boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor tomonidan litsenziya berish uchun zarur hujjatlarning toʻliq taqdim etmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda soxta, yolgʻon yoki notoʻgʻri, shuningdek, noaniq maʼlumotlar koʻrsatilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlarini hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish va qayta ishlash faoliyatiga taalluqli qismlar, shu jumladan, taklif qilingan ekspertlar tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy hamda texnik baholashlarning yakunlari boʻyicha salbiy xulosa berilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Litsenziyani berishni maqsadga muvofiq emas degan sabablar bilan yoxud boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, quyidagi hollarda rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning kasbiy malakasi litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish texnologiyasi boʻyicha talablarga muvofiq boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar qonunchilik hujjatlari talablariga nomuvofiq boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talablariga va shartlariga muvofiq foydalaniladigan bino va inshootlar sanitariya-epidemiologik hamda yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek, litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Nizom 21-bandining ikkinchi xatboshisi va 22-bandining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan holatlar aniqlanganda, agar arizada bartaraf etish mumkin boʻlgan kamchiliklar mavjud boʻlsa, litsenziyalovchi organ ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat beradi. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnoma litsenziyalovchi organ tomonidan talabgorga bir ish kuni ichida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xabarnoma taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek, talabgor koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi. Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin ushbu muddat oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xabarnoma yuborilgan kundan boshlab, litsenziyani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Hujjatlar xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin takroran taqdim etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyani berishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqli. Bunda litsenziyani berishni kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Litsenziyani berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma talabgorga rad etish sabablari va talabgor mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat litsenziyani berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kam, lekin oʻttiz ish kunidan koʻp boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Talabgor litsenziyani berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, litsenziya berish yoxud berishni rad etish talabgorning rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Talabgorning arizasini takroran koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ taqdim etilgan hujjatlarni uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda qayta koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasini tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organ ishchi organ xulosalari asosida ikki ish kuni mobaynida litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Talabgorning arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Talabgorning litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin taqdim etilgan arizasi yangidan berilgan ariza hisoblanadi va litsenziyalovchi organ tomonidan umumiy asoslarda qoʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Agar litsenziyalovchi organ talabgorning arizasini koʻrib chiqish, uni berish yoki berishni rad etish muddati mobaynida talabgorga litsenziyani bermasa va uni berishni rad etmasa, ushbu Nizomning 17-bandida tutilgan muddatlar oʻtganidan keyin talabgor amalga oshirilishi uchun litsenziya olish niyatida boʻlgan faoliyatni (harakatni) amalga oshirish huquqiga, bu haqda litsenziyalovchi organni yozma shaklda xabardor qilgan holda, ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ushbu Nizomning 31-bandida nazarda tutilgan holda talabgor belgilangan davlat bojini yoki yigʻimni toʻlaganidan keyin unga litsenziya beriladi. Bunda talabgor litsenziyasiz faoliyat bilan shugʻullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas hamda litsenziyalovchi organlar ehtimol tutilgan barcha oqibatlar uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, oʻzgartirish va uning dublikatini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Quyidagi holatlarda litsenziya qayta rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) faoliyat turlari boʻyicha oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanada bir xil turdagi litsenziyalangan faoliyatni amalga oshirish litsenziyasiga ega boʻlgan litsenziatlar qoʻshilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatning litsenziyalanadigan kichik turi uchun litsenziyaning amal qilish muddati tugatilganda yoki bir necha faoliyat turlari birlashtirilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayd etilgan oʻzgarishlar mavjud boʻlganda, litsenziyalovchi organga litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan arizani oʻzgarishlardan soʻng besh ish kuni ichida taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor tomonidan hujjatlar litsenziyalovchi organga bevosita, Davlat feldyegerlik xizmati yoki respublika maxsus aloqa tarmogʻi orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida berilgan ariza asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziya litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida tegishli hujjatlar ilova qilingan ariza olingan kundan boshlab besh ish kuni ichida qayta rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning ellik foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisobvaragʻiga Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbalaridan biri sifatida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dublikatni berishda litsenziyalovchi organ tomonidan “DUBLIKAT” belgisi qoʻyilgan yangi litsenziya beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Litsenziya dublikatini toʻgʻridan-toʻgʻri berishda bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undirilib, litsenziyalovchi organ hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Litsenziyani oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunining 31-moddasida keltirilgan holatlar va tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, uni tugatish va bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunining mos ravishda 32 — 34-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish haqidagi qarori ustidan sudga shikoyat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan litsenziyalovchi organning qarori asossiz deb topilganda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida u koʻrgan zarar miqdorida javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Litsenziatlarning faoliyati litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan, qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda, litsenziya talablari va shartlariga litsenziatning rioya etishi yuzasidan tekshiruv oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya, talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazilayotganda, yuzaga keladigan masalalar boʻyicha litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruvlar natijalari asosida litsenziatlar yoʻl qoʻygan litsenziya talablari va shartlariga doir qoidabuzarliklarni koʻrsatgan holda, dalolatnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziatlar zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish va bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoxud uni bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq litsenziyalash sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga jarima solish toʻgʻrisida sudga ariza berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalash sohasidagi vakolatlarni amalga oshirish uchun sudga davlat boji toʻlamasdan arizalar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Litsenziyalovchi organ jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan litsenziyasiz faoliyat bilan shugʻullanish holatlarini aniqlash uchun belgilangan tartibda nazorat tadbirlarini oʻtkazishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda litsenziyalovchi organ tomonidan faqat tegishli faoliyat turlarini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi tekshiriladi. Boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. Nazoratni amalga oshirish bilan bogʻliq holda tadbirkorlik subyektlarini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan belgilangan tartibda kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuzilib, bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchisi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan masofaviy nazorat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini asoslar mavjud boʻlganda joyiga chiqqan holda tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziatlarning faoliyati bilan bogʻliq statistik axborotni hamda ulardan soʻrab olinadigan maʼlumotlarni tahlil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi qismi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan nazorat shakllari Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunining 50-51-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talablari va shartlari bilan bogʻliq boʻlmagan maʼlumotlarni tahlil qilish, tekshirish va talabgordan soʻrash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya egalarining faoliyatini nazorat qilish tadbirlarini amalga oshirishda litsenziyalovchi organ tomonidan faoliyat turlarini litsenziyalash pasportida nazarda tutilmagan talab va shartlarning bajarilishini tekshirish yoki talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Litsenziyalash sohasida huquqbuzarliklar boʻyicha javobgarlik asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Litsenziyalash tartib-taomillari sohasidagi quyidagi huquqbuzarliklarni sodir etilganlik uchun yuridik shaxslarga jarimalar solinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyani qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Jarimalar litsenziyalovchi organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunining 52 — 57-moddalariga asosan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Litsenziyalar reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Litsenziyalar reyestri litsenziyalovchi organ tomonidan faoliyatning har bir turi boʻyicha alohida bosma shaklda berilgan litsenziyalarni hisobga olish kitobida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning nomi, joylashish yeri (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalash talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turlarini amalga oshiruvchi filiallar toʻgʻrisidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan litsenziyalarning, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalarning sanasi va tartib raqamlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilishi uchun litsenziya talab qilinadigan faoliyat (harakatlar) turi (kichik turi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning dublikatini berish va amal qilishini uzaytirish, toʻxtatib turish, qayta tiklash, tugatish, ularni bekor qilish asoslari hamda sanalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalarga oʻzgartishlar kiritish asoslari hamda sanalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Litsenziyalar reyestri litsenziatlarning davlat tomonidan hisobga olinishini taʼminlash, shuningdek, litsenziya talablari hamda shartlariga mazkur shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Litsenziyalar reyestrini doimiy yuritish hamda ularga tegishli oʻzgartishlar kiritish litsenziyalovchi organga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Litsenziya berganlik uchun undiriladigan davlat boji
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyatni hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish va qayta ishlash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilganligi va unga oʻzgartirishlar kiritilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Toʻlangan davlat boji miqdorining 10 foizi litsenziyalovchi organ hisobvaragʻiga Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbalaridan biri sifatida oʻtkaziladi. Davlat bojining qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Talabgor xabarnoma yuborilgan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda davlat boji toʻlovini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyani berish uchun davlat boji toʻlovi belgilangan muddatda amalga oshirilmasligi vakolatli organ tomonidan litsenziyani berish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilinishi uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Yuridik shaxs litsenziya olish uchun, litsenziat litsenziya talab va shartlarining bajarilganligi yuzasidan litsenziyalovchi organga soxta, yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlar berganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotlar muomalasi hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish va qayta ishlash sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotlar muomalasi hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish va qayta ishlash sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Talabgor

(yuridik shaxs)

1. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Hujjatlarni koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlaydi.

3. Hujjatlarni bevosita, Davlat feldyegerlik xizmati yoki respublika maxsus aloqa tarmogʻi orqali Mudofaa sanoati agentligiga taqdim etadi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

Mudofaa sanoati agentligi ekspert komissiyasi

(ishchi organ)

1. Hujjatlarni koʻrib chiqadi, litsenziya berish yoki berishni rad etish haqida ekspert xulosasini tayyorlaydi.

15 ish kunida

2. Hujjatlarda kamchiliklar aniqlansa, ularni bartaraf etish toʻgʻrisida talabgorga xabarnoma yuboradi.

1 ish kunida

3. Talabgor litsenziya berishni rad etishga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgandan soʻng taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ekspert xulosasini tayyorlaydi.

Hujjatlar qayta taqdim etilgandan soʻng 3 ish kunida

3-bosqich

Mudofaa sanoati agentligi

(litsenziyalovchi organ)

1. Ishchi organning xulosasiga koʻra litsenziya berish yoki berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.

Xulosa berilgandan soʻng 5 ish kunida

(hujjatlar qayta kiritilganda 2 ish kunida)

2. Talabgorni qabul qilingan qaror haqida yozma shaklda xabardor qiladi.

Qaror qabul qilingandan soʻng 1 ish kunida

4-bosqich

Talabgor

Litsenziya olish uchun davlat bojini toʻlaydi va litsenziyalovchi organni xabardor qiladi.

Oʻttiz kun ichida

5-bosqich

Litsenziyalovchi organ

1. Talabgorga litsenziyani topshiradi.

2. Litsenziya berilganligi toʻgʻrisida reyestrga yozuv kiritadi.

Davlat boji toʻlangandan soʻng

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotlar muomalasi hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish va qayta ishlash sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‎‎ʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
‎HUZURIDAGI MUDOFAA SANOATI AGENTLIGI
______________________________________________________________________________________________________

‎ (NAMUNA)
‎ LITSENZIYA

‎‎Roʻyxat boʻyicha № ____________

‎‎20___ yil “___” ____________‎

‎‎Quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirish huquqi beriladi:
‎______________________________________________________________________________________________________________

‎Berildi ________________________________________________________________________________________________________

‎‎(tashkilotning nomlanishi)

‎‎Tashkilotning rekvizitlari _________________________________________________________________________________________

‎______________________________________________________________________________________________________________

‎______________________________________________________________________________________________________________

‎______________________________________________________________________________________________________________

‎Litsenziyaning amal qilish muddati ___________________________________________________________________________________

‎Litsenziya qayta rasmiylashtirildi ____________________________________________________________________________________

‎‎(qayta rasmiylashtirishga asos)

‎‎Litsenziya oʻzgartirildi _____________________________________________________________________________________________

‎‎(oʻzgartirishga asos)

‎‎‎Oʻzbekiston Respublikasi
‎Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi direktori

_____________
‎(Imzo)‎

___________________________________
‎(F.I.O)‎‎‎

M.Oʻ.‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotlar muomalasi hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish va qayta ishlash sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Litsenziya nomi:

Qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani, yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish;

b) qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani ishlab chiqarish;

v) qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani taʼmirlash;

g) qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani realizatsiya qilish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxslar

4.

Vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli;

soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);

joylashgan yeri (pochta manzili);

faoliyat koʻrsatadigan joyi (manzili):

bank nomi va hisobvaragʻi;

mavjud boʻlsa — telefon, faks raqami, elektron pochta manzili;

ariza berish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish, oʻzgartirish);

talabgor amalga oshirishni moʻljallayotgan litsenziyalangan faoliyat turi;

b) litsenziya talabgorida texnologik sinov uskunalari va oʻlchov vositalari, shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotni (koʻrsatiladigan xizmatlar va bajariladigan ishlar) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar;

v) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish taxmin qilinayotgan obyektning yongʻin, ekologiya va sanitariya xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida maʼlumotlar;

g) obyektning texnik jihozlanganligi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash organlarining texnik qoʻriqlash markaziga (punktiga) ulanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar;

d) hujjatlar, materiallar, yarim fabrikatlar va mahsulotning butlovchi buyumlarini (namunalarini) saqlash tashkil etilganligi haqida maʼlumotlar.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

20 kun

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

1. Asosiy talablar va shartlarga quyidagilar kiradi:

a) yuridik shaxs shtatida 70 foizdan kam boʻlmagan, litsenziyalanadigan faoliyat turiga mos kasbiy maʼlumotga ega va ishlab chiqarish texnologiyasiga muvofiq belgilangan malaka talablariga javob beradigan mutaxassislarning mavjudligi;

b) moddiy-texnika bazasi, binolar va inshootlarning portlash hamda yongʻin xavfsizligi normalari va talablariga, shuningdek, sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi;

v) tabiatni muhofaza qilish boʻyicha zarur tadbirlarni taʼminlash va ekologik xavfsizlik talablariga rioya etish;

g) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun zarur uskunalar, qurilmalar va asboblarning mavjudligi, shuningdek, ularning texnik xususiyatlari va oʻlchash aniqligining belgilangan talablarga mos kelishi;

d) faoliyatning litsenziyalanadigan turi amalga oshirilishi taxmin qilinayotgan obyektlar ishonchli qoʻriqlanishi, ularni qoʻriqlash boʻyicha jismoniy va texnik tadbirlar oʻtkazilishi, ularning qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi hamda boshqa texnik qoʻriqlash vositalari bilan jihozlanganligi;

e) sifat boʻyicha normativ hujjatlar talablariga mos keluvchi butlovchi detallar va sarflanadigan materiallardan foydalanilishi;

j) ishlab chiqariladigan mahsulotni (koʻrsatiladigan xizmatlar va bajariladigan ishlar) texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarning mavjudligi;

qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyatni davlat sirini tashkil qiladigan maʼlumotlardan foydalangan holda amalga oshirishda:

z) qonunchilik hujjatlariga muvofiq maxfiy ish yuritilishi va obyekt ichki tartibiga rioya etilishi;

i) xodimlarda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomaning mavjudligi.

2. Qoʻshimcha talablar va shartlarga quyidagilar kiradi:

a) qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish sohasida:

konstruktorlik byurosi yoki yaratish ishlarini amalga oshiruvchi boʻlinmaning mavjudligi;

hujjatlarni saqlash sharoitlarining mavjudligi;

b) qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani ishlab chiqarish va taʼmirlash sohasida:

hujjatlar, materiallar, yarim fabrikatlar, mahsulotning butlovchi buyumlarini (namunalarini) saqlash sharoitlarining mavjudligi;

ISO 9001 standarti talablariga muvofiq tashkil etilgan va faoliyat koʻrsatuvchi sifat menejmenti tizimining mavjudligi;

bajariladigan ishlar (koʻrsatiladigan xizmatlar) sifat nazoratini taʼminlovchi tarkibiy boʻlinmalarning mavjudligi;

ishlab chiqariladigan va taʼmirlanadigan mahsulot nazoratini taʼminlash uchun tajriba laboratoriyasi (sinov jihozlari) yoki tajriba ishlarini amalga oshirish uchun ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaning mavjudligi;

sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosasining mavjudligi (xavfli ishlab chiqarish obyektlari uchun);

taʼmirlashga oid hujjatlarning mavjudligi;

v) qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani realizatsiya qilish sohasida:

realizatsiya qilinadigan harbiy maqsadda foydalanishga moʻljallangan mahsulotlarni saqlash uchun sharoitlarning mavjudligi;

realizatsiya qilinadigan harbiy maqsadda foydalanishga moʻljallangan mahsulotlarga muvofiqlik (sifat) sertifikatlarining mavjudligi.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotlar muomalasi hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish va qayta ishlash sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻshayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish va qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Litsenziya nomi:

Boʻshayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a ) boʻshayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash);

b) boʻshayotgan harbiy-texnika vositalarini qayta ishlash.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxslar

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) Ariza.

Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli;

soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);

joylashgan yeri (pochta manzili);

faoliyat koʻrsatadigan joyi (manzili):

bank nomi va hisobvaragʻi;

mavjud boʻlsa — telefon, faks raqami, elektron pochta manzili;

ariza berish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish, oʻzgartirish);

talabgor amalga oshirishni moʻljallayotgan litsenziyalangan faoliyat turi;

b) litsenziya talabgorida texnologik sinov uskunalari va oʻlchov vositalari, shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotni (koʻrsatiladigan xizmatlar va bajariladigan ishlar) texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar;

v) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish taxmin qilinayotgan obyektning yongʻin, ekologiya va sanitariya xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida maʼlumotlar;

g) obyektning texnik jihozlanganligi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash organlarining texnik qoʻriqlash markaziga (punktiga) ulanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar;

d) qimmatbaho metallarni va hujjatlarni saqlash uchun sharoitlarning mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

20 kun

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) yuridik shaxs shtatida 70 foizdan kam boʻlmagan, litsenziyalanadigan faoliyat turiga mos kasbiy maʼlumotga ega va ishlab chiqarish texnologiyasiga muvofiq belgilangan malaka talablariga javob beradigan mutaxassislarning mavjudligi;

b) moddiy-texnika bazasi, binolar va inshootlarning portlash hamda yongʻin xavfsizligi nomalari va talablariga, shuningdek, sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi;

v) tabiatni muhofaza qilish boʻyicha zarur tadbirlarni taʼminlash va ekologik xavfsizlik talablariga rioya etilishi;

g) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun zarur uskunalar, qurilmalar va asboblarning mavjudligi, shuningdek, ularning texnik xususiyatlari va oʻlchash aniqligining belgilangan talablarga mos kelishi;

d) faoliyatning litsenziyalanadigan turi amalga oshirilishi taxmin qilinayotgan obyektlar ishonchli qoʻriqlanishining taʼminlanishi, ularni qoʻriqlash boʻyicha jismoniy va texnik tadbirlar oʻtkazilishi, ularni qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi hamda boshqa texnik qoʻriqlash vositalari bilan jihozlanganligi;

e) sifat boʻyicha normativ hujjatlar talablariga mos butlovchi detallar va sarflanadigan materiallardan foydalanilishi;

j) qimmatbaho metallarni va hujjatlarni saqlash uchun sharoitlarning mavjudligi;

z) ishlab chiqariladigan mahsulotni (koʻrsatiladigan xizmatlar va bajariladigan ishlar) texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarning mavjudligi;

i) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi tomonidan qimmatbaho metallar bilan ishlash haqida xabarnoma olinganligini tasdiqlash toʻgʻrisida maʼlumot mavjudligi;

boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini davlat sirini tashkil qiladigan maʼlumotlardan foydalangan holda amalga oshirishda:

k) qonunchilik hujjatlariga muvofiq maxfiy ish yuritilishi va obyekt ichki tartibiga rioya etilishi;

l) xodimlarda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan davlat sirlaridan foydalanish doir ruxsatnomaning mavjudligi.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-iyuldagi 319-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoyalanish vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlarini hamda boʻshayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 26-martdagi 237-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 205-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2020-yil 16-iyundagi 384-son qaroriga 1-ilovaning 28-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 26-dekabrdagi 810-son qaroriga 3-ilovaning 23-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari koʻrsatishning infratuzilmasi takomillashtirilganligi va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 28-oktabrdagi 661-son qaroriga ilovaning 14-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2021-yil 27-dekabrdagi 774-son qaroriga 1-ilovaning 28-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qaroriga 4-ilovaning 69-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2023-y., 09/23/319/0543-son; 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son; 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)