28.07.2023 yildagi PF-117-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.07.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatimizda ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda milliy mudofaa sanoati kompleksini bosqichma-bosqich yaratish, import oʻrnini bosuvchi va raqobatbardosh harbiy mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurollantirish boʻyicha bir qator muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan islohotlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarni zamonaviy qurol-yarogʻ, harbiy va maxsus texnika bilan taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi negizida Mudofaa vazirligi huzurida Mudofaa sanoati agentligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzurida “Oʻztextreyd” davlat unitar korxonasi tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-16-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi negizida Mudofaa vazirligi huzurida Mudofaa sanoati agentligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzurida “Oʻztextreyd” davlat unitar korxonasi tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligining va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻztextreyd” davlat unitar korxonasining vakolatlari doirasi belgilanganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 28-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-117-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PF-117-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-122-son Farmoniga 2-ilovaning 43 va 44-pozitsiyalarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Amalga oshirish mexanizmi” ustunidagi “Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasiga” soʻzlari “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻztextreyd” davlat unitar korxonasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi (O. Ismoilov)” soʻzlari “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻztextreyd” davlat unitar korxonasi (X. Yusupov)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-avgustdagi “Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3190-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 7-banddagi “Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi (O. Ismoilov)” soʻzlari “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻztextreyd” DUK (X. Yusupov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 10-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi (M. Mirzayev) Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻztextreyd” DUK tomonidan ushbu qarorning 3, 4, 5-ilovalarida koʻrsatilgan roʻyxatlarga muvofiq olib kiriladigan ilmiy asbob-uskunalardan va hisoblash texnikasi vositalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4276-son qarorining 9-bandi “b” kichik bandidagi “Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi” soʻzlari “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻztextreyd” DUK va Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4797-son qarorining 11-bandidagi “Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-5185-son qarorining 14-bandi birinchi xatboshisidagi “Mudofaa sanoati boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻztextreyd” davlat unitar korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-307-son qaroriga 8-ilovaning 29-pozitsiyasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Amalga oshirish mexanizmi” ustunidagi “Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasiga” soʻzlari “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻztextreyd” davlat unitar korxonasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi (O. Ismoilov)” soʻzlari “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻztextreyd” davlat unitar korxonasi (X. Yusupov)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-357-son qaroriga 3b-ilovaning 8-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Mudofaa sanoati boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻztextreyd” davlat unitar korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 06/23/117/0530-son)