Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
buyrugʻi
Shtamplash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 19-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2046-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son “Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 28-oktabrdagi 63-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2046, 2009-yil 24-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 48-son, 515-modda) bilan tasdiqlangan Shtamplash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 22-iyun,
39-2023/B-son
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 22-iyundagi 39-2023/B-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Shtamplash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 84-band va 94-bandning ikkinchi xatboshisidagi “hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 127-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“127. Sex va uchastkalarda ishlab chiqarish elektr-uskunasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga muvofiq joylashtirish va oʻrnatish zarur.”.
3. 142-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 146-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“146. Yuk koʻtarish kranlari va yordamchi moslamalarning tuzilishi, texnik jihatdan shahodatlab va foydalanish “Yuk koʻtarish kranlarining tuzilishi va bexatar ishlatish qoidalari”, shuningdek GOST 12.2.065-81 SSBT “Yuk koʻtarish kranlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga javob berishi kerak.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 10/23/2046-3/0501-son)