Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 14-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3447]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-iyun,
41-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 4-iyuldagi 01-02/12-13-son qarori (roʻyxat raqami 2606, 2014-yil 5-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 32-son, 411-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 5-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-19-son “Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorida (roʻyxat raqami 2778, 2016-yil 12-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 15-son, 155-modda):
17-ilovadagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18-ilovadagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
25-ilovadagi “Davlat bojxona qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
26-ilovadagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
27-ilovadagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
28-ilovadagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
29-ilovadagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 22-maydagi 125-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3525, 04.07.2024-y.) asosan 2024-yil 6-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 10/24/3525/0477-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 18-iyuldagi 01-02/12-24-son qarori (roʻyxat raqami 2904, 2017-yil 27-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 755-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida avtomobil va temir yoʻl transport vositalarida bojxona nazorati ostidagi tovarlar tashilganda yuk boʻlimlariga maxsus bojxona plombalari qoʻyish qoidalarida:
1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (bundan buyon matnda Bojxona qoʻmitasi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9-bandning ikkinchi xatboshisi va 10-bandning oltinchi xatboshisidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar “Bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2018-yil 30-noyabrdagi 01-02/13-70 va 155-son qarori (roʻyxat raqami 3125, 2019-yil 21-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2019-y., 10/19/3125/2519-son) bilan tasdiqlangan Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
muqaddimadagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Nizom Institutda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (bundan buyon matnda davlat budjeti deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (bundan buyon matnda Bojxona qoʻmitasi deb yuritiladi) mablagʻlari hisobidan oʻqiyotgan, uni tamomlab majburiy xizmat oʻtash uchun davlat bojxona xizmati organlariga, shuningdek Bojxona qoʻmitasi tomonidan boshqa davlat idoralariga yuborilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.”;
2 va 3-bandlardagi, 5-bandning birinchi xatboshisidagi “DBQ” degan soʻz “Bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “DBQning” degan soʻz “Bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “DBQning” va “DBQ” degan soʻzlar tegishli ravishda “Bojxona qoʻmitasining” va “Bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
1-ilovadagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2-ilovadagi “Davlat bojxona qoʻmitasi”, “DBQ” va “DBQning” degan soʻzlar tegishli ravishda “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi”, “Bojxona qoʻmitasi” va “Bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2025-yil 29-dekabrdagi 1-son qaroriga (roʻyxat raqami 3154-3, 09.01.2026-y.) asosan 6-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 8-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3154-3/0038-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 26-dekabrdagi 01-02/15-71-son qarori (roʻyxat raqami 3220, 2020-yil 10-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2020-y., 10/20/3220/0159-son) bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
1) 1-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bojxona organi — BYDni rasmiylashtirish, qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish, bekor qilish, unga oʻzgartirish, qoʻshimcha kiritish boʻyicha kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish va tegishli harakatlarni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (bundan buyon matnda Bojxona qoʻmitasi deb yuritiladi), Bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi va bojxona postlari;”;
beshinchi va oʻn toʻqqizinchi xatboshilardagi “DBQ” degan soʻz “Bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yigirma toʻrtinchi va yigirma beshinchi xatboshilardagi “DBQning” degan soʻz “Bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 5-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi, 101 va 102-bandlardagi “DBQ” degan soʻz “Bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 22-bandning ikkinchi xatboshisidagi va 42-bandning birinchi xatboshisidagi “DBQning” degan soʻz “Bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 23-iyundagi 01-02/12-28-son qarori (roʻyxat raqami 3264, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3264/1108-son) bilan tasdiqlangan Vaqtincha olib kirish toʻgʻrisidagi Konvensiyani (Istanbul, 1990-yil 26-iyun) qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 20-bandi birinchi xatboshisidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 25-fevraldagi 01-02/8-10-son qarori (roʻyxat raqami 3290, 2021-yil 25-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2021-y., 10/21/3290/0236-son) bilan tasdiqlangan Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va (yoki) bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibida:
2-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining (bundan buyon matnda DBQ deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining (bundan buyon matnda Bojxona qoʻmitasi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9-banddagi “DBQning” degan soʻz “Bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10-banddagi “DBQ” degan soʻz “Bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 31-martdagi 01-02/13-20-son qarori (roʻyxat raqami 3296, 2021-yil 4-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/3296/0410-son) bilan tasdiqlangan Dastlabki, davriy va toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
11-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarlar yetib kelganligi toʻgʻrisida bojxona organi tomonidan tovar kuzatuv hujjatlarida va Oʻzbekiston Respublikasi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida (bundan buyon matnda Bojxona qoʻmitasi YAAAT deb yuritiladi) tegishli belgilarini qoʻyish orqali tasdiqlanadi.”;
27 va 28-bandlardagi “DBQ” degan soʻz “Bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son; 05.07.2024-y., 10/24/3525/0477-son; 14.01.2026-y., 10/26/3154-3/0038-son)