Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining
buyrugʻi
Muntazam xalqaro parvozlarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 14-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2075-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 28-dekabrdagi 144-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2075, 2010-yil 3-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 5-son, 45-modda) bilan tasdiqlangan Muntazam xalqaro parvozlarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlash tartibi toʻgʻrisida nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-iyun,
11-son
Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 11-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Muntazam xalqaro parvozlarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchisining maʼlum yoʻnalishdagi muntazam xalqaro parvozlari Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzaviatsiya” agentligi deb yuritiladi) tomonidan tayinlangandan soʻng amalga oshiriladi”.
2. 5-bandning birinchi xatboshisidagi “Davavianazoratga” degan soʻz “Oʻzaviatsiya” agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 6, 7, 10 va 11-bandlardagi “Davavianazorat” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Ilova matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktoriga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/2075-1/0480-son)