29.05.2023 yildagi KQ-513-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti (keyingi oʻrinlarda Yoshlar parlamenti deb yuritiladi) aʼzolarini ijtimoiy hamkorlik asosida faoliyat olib borishi uchun vazirlik va idoralarga biriktirish, ularning faoliyat samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash, shuningdek, faoliyatini yoritish boʻyicha media-rejani tasdiqlash maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 4-fevraldagi KQ-59-V-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 4-fevraldagi KQ-59-V-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti faoliyatini yoritish boʻyicha media-reja 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi quyidagi masalalarda Yoshlar parlamentiga amaliy yordam koʻrsatsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarga oid qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti aʼzolarining biriktirilgan vazirlik va idoralar bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir vazirlik va idoraning yoshlar bilan ishlash boʻyicha faoliyatining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, qisqa, oʻrta va uzoq muddatli strategiyalarini belgilab olish hamda ularni amalga oshirish boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni (“Yoʻl xarita”) ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti aʼzolarining hududlarda yoshlar muammolarini zamonaviy usullar orqali oʻrganish (ijtimoiy tarmoqlarda soʻrovnomalar oʻtkazish, yoshlar bilan muloqot qilish, sayyor qabullar tashkil etish) va ularni hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar bandligi dasturlari ishlab chiqilishi va ijrosi boʻyicha monitoring olib borilishi hamda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etilishida Yoshlar parlamenti hududiy aʼzolarining ishtirokini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 5-maydagi KQ-346-IV-sonli Qarorining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 29-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-513-IV-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 4-fevraldagi KQ-59-V-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 29-maydagi KQ-513-IV-sonli Qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirning nomi

Amalga oshirish shakli

Muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Senatorlar tomonidan oʻzlariga biriktirilgan yoshlar parlamenti aʼzolarini Senatda hamda joylarda amalga oshiriladigan tahlil va targʻibot tadbirlariga faol jalb etish tartibini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Oliy Majlis Senati qoʻmitalari

2.

Yoshlar parlamentining Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi bilan hamkorligini yanada faollashtirish, Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish hamda ular bilan birgalikda alohida reja asosida turli loyihalarni amalga oshirish.

Hamkorlik memorandumlari, chora-tadbirlar rejalari

2023-yil iyul

Yoshlar ishlari agentligi,

Yoshlar ittifoqi,

Bola huquqlari boʻyicha ombudsman,

Yoshlar parlamenti

3.

Yoshlar parlamentining eng faol aʼzolarini davlat va boshqa mukofotlarga tavsiya etish tartibini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Oliy Majlis Senatining Yoshlar,

madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

4.

Yoshlar parlamentining xorijiy davlatlardagi yoshlar parlamentlari, yosh vatandoshlar bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, uning Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi yoshlar huquqlari boʻyicha tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashdagi ishtirokini kengaytirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyul

Oliy Majlis Senatining Yoshlar,

madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi,

Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi “Vatandoshlar” jamoat fondi

5.

Yoshlar parlamentining faoliyatini va media makondagi chiqishlarini qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan, Oliy Majlis veb-saytlarida oʻzining alohida sahifasini tashkil etish, aʼzolarini Davlat boshqaruvi akademiyasida malakasini oshirib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Oliy Majlis Senatining Axborot xizmati,

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi,

Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

6.

Yoshlarning “Yoshlar daftari”ga roʻyxatga olinishi va roʻyxatdan chiqarilish jarayoni ustidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda nazorat olib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Yoshlar ishlari agentligi,

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

7.

Yoshlar parlamenti aʼzolarining joylarda yoshlar muammolarini zamonaviy usullari orqali oʻrganish (ijtimoiy tarmoqlarda soʻrovnomalar oʻtkazish, yoshlar bilan muloqot qilish orqali, sayyor qabullar tashkil etish) hamda ularni masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda hal etish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Vazirlik va idoralar,

mahalliy hokimliklar

8.

Mahalliy hokimliklar tomonidan yoshlar bandligi dasturlarining ishlab chiqilishida Yoshlar parlamenti hududiy aʼzolarining ishtiroki taʼminlash hamda ushbu dasturlar ijrosining monitoringini olib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Mahalliy hokimliklar,

xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

9.

Iqtidorli yoshlarning eng yaxshi gʻoya, startap va loyihalariga qulay va yengil shartlarda kreditlar ajratilishida shaffoflikni taʼminlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan startap gʻoyalarni moliyalashtirish tanlov loyihalarida Yoshlar parlamentining bir nafar aʼzosini ekspert komissiya guruhi tarkibiga kiritish.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi

2023-yil iyun

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

10.

Umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilarini animatsiya, dizayn, logistika operatori, gid kabi zamonaviy kasblarga yoʻnaltirishda masʼul vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish, shu jumladan, zamonaviy kasblar boʻyicha video kontentlar tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarda targʻibot olib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Yoshlar parlamenti

11.

Oliy taʼlim muassasalarida kovorking, teatr studiyalari va raqs maydonchalari hamda futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi kabi sport turlari boʻyicha klublar tashkil etilishini monitoring qilib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar parlamenti

12.

Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning yosh boʻyicha (14 16 yosh va 17-18 yosh) toifalarga ajratgan holda soʻrovnomalar oʻtkazish va natijasi boʻyicha masʼul vazirlik idoralarga takliflar kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Yoshlar parlamenti

13.

Joylarda yoshlarning fikrini oʻrgangan holda tematik (mavzuli) koʻngilochar tadbirlarni oʻtkazish, shu jumladan, istirohat bogʻlari, xiyobonlarda ijodiy va kino kechalari, raqslar, diskotekalar, viktorinalar, “Quvnoqlar va zukkolar” va boshqa bilimga chorlaydigan va koʻngilochar tadbirlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha hokimliklarga taklif kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida har chorakda

Viloyat, tuman va shahar hokimliklari

14.

Masʼul vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda har bir tumanda “Yoshlar daftari”ga kirgan 100 nafardan yoshlarning ichki turistik sayohatlarini tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil II-III choraklari

Viloyat, tuman va shahar hokimliklari

15.

Internet va ijtimoiy tarmoqlarda yoshlarni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish usullari, ularga sogʻlom fikr va motivatsiya berishga qaratilgan kontentlarni koʻpaytirish yuzasidan media targʻibotlarni olib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar parlamenti

16.

Senatorlarning yoshlarga oid qonunchilik masalalari bilan bogʻliq boʻlgan xorijiy xizmat safarlariga yoshlar parlamentining faol aʼzolarini jalb qilish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Oliy Majlis Senatining Xalqaro aloqalar boʻlimi

17.

“Yangi Oʻzbekiston yoshlari” dasturining ishlab chiqilishida hamda qabul qilinganidan soʻng kelgusida ijrosini monitoring qilishda ishtirok etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Yoshlar parlamenti

18.

Yoshlar parlamentlari aʼzolari mehnat qiladigan davlat organlari tomonidan ularga parlamentning yalpi majlislarida ishtirok etish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Vazirlik va idoralar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 29-maydagi KQ-513-IV-sonli Qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyatini yoritish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEDIA-REJA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Vazifa

OAV turi

Muddati

Masʼul

1.

Yoshlar parlamenti faoliyatiga doir targʻibot video roliklarini tayyorlash va efirga uzatish

“Oʻzbekiston 24”,

“Mening yurtim”, “Yoshlar” va mahalliy telekanallar

2023-yil iyun

Yoshlar parlamenti,

Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi,

Axborot xizmati

2.

30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etish va uni matbuotda yoritish

Mahalliy telekanallar, gazetalar, radiokanallar

OʻzA axborot agentligi

2023-yil iyun

Yoshlar parlamenti,

Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi,

Axborot xizmati

3.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Mehr daftari”ga kiritilgan, “sariq” va “qizil” toifadagi yoshlar bilan ishlash jarayonlarini matbuotda yoritib borish

Mahalliy telekanallar,

gazetalar, radiokanallar va internet tarmoqlari

doimiy

Yoshlar parlamenti,

Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi,

Axborot xizmati

4.

Hududlardagi “Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari” faoliyatini hamda “Bir million dasturchi” loyihasining ijro etilishi holatini oʻrganish natijalarini yoritish

Mahalliy telekanallar,

gazetalar, radiokanallar va internet tarmoqlari.

2023 yil avgust

Yoshlar parlamenti Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi,

Axborot xizmati

5.

“Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda Yoshlar parlamentining oʻrni va istiqboldagi dolzarb vazifalar” mavzusida davra suhbati oʻtkazish

“Yoshlar” va mahalliy telekanallar

“Xalq soʻzi va Narodnoye slovo” gazetalari

OʻzA axborot agentligi

Boshqa internet nashrlari

2023 yil sentabr

Yoshlar parlamenti, Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi,

Axborot xizmati

6.

Senatga kelib tushgan qonunlarning xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi muhokamasida ishtirok etish hamda Senatda maʼqullangan qonunlar mazmun-mohiyatini yoshlarga batafsil tushuntirish.

“Mening yurtim”, “Yoshlar” va mahalliy telekanallar

“Xalq soʻzi va Narodnoye slovo” gazetalari

OʻzA axborot agentligi

Boshqa internet tarmoqlari

doimiy

Yoshlar parlamenti raisi,

Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi,

Axborot xizmati

7.

Hududlardagi sport inshootlarining bugungi holati va ularga yoshlarni jalb etish masalalarini oʻrganish natijalarini yoritish

“Oʻzbekiston 24”,

“Mening yurtim”, “Yoshlar” va mahalliy telekanallar

“Xalq soʻzi va Narodnoye slovo” gazetalari

OʻzA axborot agentligi

Boshqa internet tarmoqlari

2023 yil sentabr — noyabr

Yoshlar parlamenti, Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi,

Axborot xizmati

8.

“Global ekologik muammolar: bugungi va istiqboldagi muhim vazifalar” mavzusida maqola chop etish

“Xalq soʻzi va Narodnoye slovo” gazetalari

OʻzA axborot agentligi

2023 yil sentabr — noyabr

Yoshlar parlamenti, Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi,

Axborot xizmati

9.

Yoshlar tozalik aksiyasini tashkil etish

“Mening yurtim”, “Yoshlar” va mahalliy telekanallar

“Xalq soʻzi va Narodnoye slovo” gazetalari

OʻzA axborot agentligi

Boshqa internet tarmoqlari

har oyda

Yoshlar parlamenti,

Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi,

Axborot xizmati

10.

“Mustaqillik — eng ulugʻ va eng aziz neʼmat” mavzusida davra suhbatlari tashkil etish va maqolalar chop etish

“Mening yurtim”, “Yoshlar” va mahalliy telekanallar

“Xalq soʻzi va Narodnoye slovo” gazetalari

OʻzA axborot agentligi

Boshqa internet tarmoqlari

2023 yil avgust-sentabr

Yoshlar parlamenti raisi, Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi,

Axborot xizmati

11.

“Mening oʻqituvchim” mavzusida maktablar, oliygohlarda uchrashuvlar tashkil etish

“Mening yurtim”, “Yoshlar” va mahalliy telekanallar

“Xalq soʻzi va Narodnoye slovo” gazetalari

OʻzA axborot agentligi

Boshqa internet tarmoqlari

2023 yil oktabr

Yoshlar parlamenti,

Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi,

Axborot xizmati

12.

“Yangi Konstitutsiya mening taqdirimda” mavzusida uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etish va maqolalar chop qilish

“Mening yurtim”, “Yoshlar” va mahalliy telekanallar

“Xalq soʻzi va Narodnoye slovo” gazetalari

OʻzA axborot agentligi

Boshqa internet tarmoqlari

2023 yil dekabr

Yoshlar parlamenti aʼzolari, Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi,

Axborot xizmati