23.06.2023 yildagi 18-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyotida reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklash yuzasidan masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shaxsni reabilitatsiya etish Jinoyat-protsessual kodeksining (bundan buyon matnda — JPK deb yuritiladi) 83-moddasida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda ishni sudga qadar yuritish bosqichida jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxsga nisbatan ayblovni tugatish, sudda oqlov hukmi chiqarish, jinoyat ishini tugatish kabi protsessual hujjatlar orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Reabilitatsiya — bu asossiz jinoiy taʼqibga uchragan shaxsning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklashdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPK 302-moddasiga muvofiq, reabilitatsiya etilgan shaxs qonunga xilof ravishda ushlab turilgani, ehtiyot chorasi sifatida qonunga xilof ravishda qamoqda saqlangani yoki uy qamogʻiga joylashtirilgani, pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi qonunga xilof ravishda toʻxtatib turilgani, ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingani tufayli vazifasidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgani yoxud tibbiy muassasaga qonunga xilof ravishda joylashtirilgani natijasida unga yetkazilgan mulkiy zararni undirish hamda maʼnaviy ziyon oqibatlari bartaraf etilishini talab qilish huquqiga ega, mehnat qilish, nafaqa olish, uy-joydan foydalanish va boshqa huquqlari ham tiklanishi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Reabilitatsiya asoslariga koʻra yetkazilgan ziyonni qoplanishini va boshqa huquqlarini tiklanishini talab qilish huquqiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga nisbatan jinoiy taʼqib noqonuniy yoki asossiz deb topilib, jinoyat ishi JPK 83-moddasining 1,2,3-bandlari (ish qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari yoki sud muhokamasi oʻtkazilgan ish boʻyicha jinoyat hodisasi yuz bermagan boʻlsa, shaxsning qilmishida jinoyat tarkibi boʻlmasa, shaxsning sodir etilgan jinoyatga aloqasi boʻlmasa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 36-moddasi (jinoyat sifatida nazarda tutilgan qilmishning alomatlari mavjud boʻlsada, oʻzining kam ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfli boʻlmagan harakat yoki harakatsizlik jinoyat deb topilmasligi) asoslarida tugatilgan shaxslar ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish boʻyicha tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari sudning qaroriga koʻra qonunga xilof ravishda asossiz qoʻllangani sababli bekor qilinganda, tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslar ham reabilitatsiya asoslariga koʻra huquqlarini tiklashni talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jinoyat ishi shaxsni javobgarlikka tortish muddati oʻtgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eʼlon qilingan amnistiya akti jinoyatga yoki shaxsga daxldor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayblanuvchi, sudlanuvchi vafot etgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish faqat jabrlanuvchining shikoyati bilan qoʻzgʻatiladigan hollarda uning shikoyati boʻlmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan paytda jinoiy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan yoshga toʻlmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida shaxsning oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganligi tufayli yoxud belgilangan muddat ichida yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplanganligi va (yoki) jinoyat oqibatlari bartaraf etilganligi asoslarida tugatilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuningdek shaxs jinoyat qonunchiligi boʻyicha qilmishni jinoiyligini bekor qiladigan (dekriminalizatsiya) yoki yengillashtiradigan (liberalizatsiya) qonun qabul qilinishi natijasida reabilitatsiya etilgan hollarda jinoyat ishi qoʻzgʻatish va boshqa qarorlarni asossiz yoki qonunga xilof deb topish uchun asos boʻlmasligi sababli shaxs reabilitatsiya asoslariga koʻra huquqlarini tiklashni talab qilishga haqli boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qisman reabilitatsiya etilgan ayblanuvchi yoki mahkum unga faqat asossiz yetkazilgan hajmdagi mulkiy zararni qoplanishini va maʼnaviy ziyonning oqibatlarini bartaraf etilishini talab qilishga haqli boʻladi (JPK 303-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs qisman reabilitatsiya etilganda, unga tayinlangan jazodan ortiq muddat qamoqda, uy qamogʻida saqlangan, ozodlikdan mahrum qilish yoxud ozodlikni cheklash jazosini oʻtagan qismlari asossiz deb topiladi, zarar qoplangani munosabati bilan ozodlikdan mahrum qilish yoxud ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarni oʻzgartirish holatlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoiy jazo tayinlamasdan hukm chiqarilgan hollarda ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamogʻining, tibbiy muassasaga joylashtirishning asossizligi aniqlanganda, shaxsni ushlab turish, qamoqda yoki uy qamogʻi, yoxud tibbiy muassasaga joylashtirilib saqlangan butun muddati asossiz deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Reabilitatsiya etilgan shaxsga JPK 304-moddasiga muvofiq JPK 302 va 303-moddalarida koʻrsatilgan qonunga xilof harakatlar bilan yetkazilgan quyidagi mulkiy ziyonlar toʻla hajmda qoplanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reabilitatsiya etilgan shaxs oʻziga nisbatan sodir etilgan qonunga xilof harakatlar natijasida mahrum boʻlgan ish haqi va mehnatdan topiladigan boshqa daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiya va nafaqalar, basharti ularni toʻlash toʻxtatib qoʻyilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pullar, pul jamgʻarmalari va ularga toʻlanadigan foizlar, davlat zayomi obligatsiyalari va ularga chiqqan yutuqlar, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar, shuningdek sudning hukmi, ajrimiga (qaroriga) asosan musodara qilingan yoxud davlat foydasiga oʻtkazilgan ashyolar yoxud boshqa mol-mulkning qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan olingan va yoʻqotilgan mol-mulk qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hukmini ijro qilish chogʻida undirilgan jarimalar va sud chiqimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik yordam koʻrsatilishi uchun shaxs tomonidan advokatlar byurosiga, hayʼatiga yoki firmasiga toʻlangan pul, shuningdek unga nisbatan sodir etilgan qonunga xilof harakatlar natijasida qilingan boshqa xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reabilitatsiya etilgan shaxs vafot etgan taqdirda toʻxtatib qoʻyilgan pensiya va nafaqalar boʻyicha ziyonni undirish huquqiga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi bilan taʼminlanishi lozim boʻlganlar jumlasiga kiruvchi oila aʼzolari, qolgan barcha holatlar boʻyicha ziyonni undirish huquqiga uning merosxoʻrlari ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼnaviy ziyonni pul koʻrinishida undirish huquqi reabilitatsiya qilingan shaxs bilan bogʻliqligi sababli reabilitatsiya etilgan shaxs vafot etgan hollarda uning merosxoʻrlari pul koʻrinishida maʼnaviy ziyonni undirishni talab qilish huquqiga ega boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. JPK 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra chiqarilgan oqlov hukmida yoki ishni tugatish haqidagi ajrimda sud, ishni tugatish toʻgʻrisidagi qarorda esa surishtiruvchi, tergovchi, prokuror reabilitatsiya etilgan shaxsning oʻziga yetkazilgan mulkiy ziyonni undirish, mehnat qilish, pensiya olish va uy-joydan foydalanish huquqlarini tiklash, shuningdek mol-mulkni qaytarish yoki uning qiymatini toʻlash toʻgʻrisidagi talabi boʻyicha JPKning 304-313-moddalarida nazarda tutilgan tartibda bartaraf qilish huquqini eʼtirof etadi (JPK 306-moddasi 1-qismi va 311-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm, ajrim yoki qarorning nusxasi reabilitatsiya etilgan shaxsga topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi. Ayni vaqtda unga hukm, ajrim yoki qaror ustidan shikoyat qilish, shuningdek mulkiy va maʼnaviy ziyonni qoplash va boshqa huquqlarini tiklash tartibi tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Reabilitatsiya etilgan shaxs mehnat qilish, pensiya olish va uy-joydan foydalanish huquqlarini tiklash toʻgʻrisidagi talab bilan tegishli korxona, tashkilot, muassasaga murojaat qilishi lozim. Korxona, tashkilot, muassasa tomonidan shaxsning bu toifadagi talabi qanoatlantirilmagan hollarda yoxud shaxs qabul qilingan qaror (buyruq, farmoyish va v.x.)ga rozi boʻlmasa, u tegishli tartibda (fuqarolik yoki maʼmuriy sud ish yurituvi tartibida) sudga murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan maʼnaviy zarar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 57-bobi, 4-paragrafi talablari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi “Maʼnaviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 7-sonli qarori tushuntirishlaridan kelib chiqib, fuqarolik ish yurituvi tartibida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mulkiy ziyonni qoplash va boshqa huquqlarini tiklash yuzasidan ariza jinoyat ishi boʻyicha hukm chiqargan birinchi instansiya sudiga, reabilitatsiya etish toʻgʻrisida qaror chiqargan prokuror, tergovchi, surishtiruvchiga taqdim etiladi (JPK 306-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuqori instansiya sudlari tomonidan tugatilgan, oqlov hukmi (ajrimi) chiqarilgan hollarda ham ariza birinchi instansiya sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. JPK 306-moddasiga koʻra, mulkiy ziyon miqdorini aniqlash majburiyati sud, reabilitatsiya etish toʻgʻrisida qaror chiqargan prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchiga yuklatilgan boʻlib, mulkiy ziyonni undirish toʻgʻrisidagi arizaga yetkazilgan ziyon miqdori haqidagi maʼlumotlarning ilova qilinmaganligi ushbu arizaning qaytarilishi yoki rad qilinishiga asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud, reabilitatsiya etish toʻgʻrisida qaror chiqargan prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ziyon miqdorini aniqlash choralarini koʻrishi, buning uchun moliya organlaridan va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlaridan hisob-kitob talab qilib olishi, zarurat tugʻilganda mutaxassis jalb qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sud, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi reabilitatsiya etilgan shaxsga nisbatan sodir etilgan qonunga xilof harakatlar natijasida mahrum boʻlgan ish haqi va mehnatdan topiladigan boshqa daromadlar, toʻxtatib qoʻyilgan pensiya va nafaqalar miqdorini aniqlashda, ushbu shaxs qonunga xilof ravishda ushlab turilgan, ehtiyot chorasi sifatida qonunga xilof ravishda qamoqda yoki uy qamogʻida saqlangan, tibbiy muassasaga joylashtirilgan yoki noqonuniy qaror (hukm, ajrim) chiqarilganligi natijasida ish haqi yoki pensiya va nafaqalar toʻlash toʻxtatilgan yoki qonuniy daromadlaridan mahrum boʻlgan paytdan reabilitatsiya qilish haqida qaror chiqarilgan paytga qadar boʻlgan davrni inobatga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reabilitatsiya etilgan shaxsga toʻlanishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlar miqdori uning ilgari ishlagan lavozimiga toʻlangan ish haqi va boshqa daromadlarini hisoblash orqali aniqlanadi. Bunda shaxsning ish haqi va boshqa daromadlaridan mahrum boʻlgan vaqtdan, reabilitatsiya haqida qaror chiqarilgunga qadar boʻlgan butun davri uchun shaxs boshqa daromadga ega boʻlgan, boʻlmaganidan qatʼiy nazar oylik ish haqini oʻsib borishi hisobga olingan holda undirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs jazoni oʻtagach ilgari ishlagan lavozimida ish faoliyatini davom ettirgan holatlarda qayta ishga tiklangunga qadar boʻlgan davri boʻyicha ish haqi va boshqa daromadlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddam ishlamagan shaxsga qonunga xilof ravishda ushlangan, jazoni oʻtagan davridagi daromadlari bandlik va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi tomonidan hisoblangan ishsizlik nafaqasi miqdoridan hisoblanadi. Bunday shaxslarga ular jazoni oʻtaganidan soʻng reabilitatsiya qilingunga qadar boʻlgan davri boʻyicha daromadlari undirib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda muayyan muddatga saylanishi yoki tayinlanishi nazarda tutilgan (sudya, deputat va h.k); lavozimlarda ishlagan shaxslar reabilitatsiya etilganda, shaxsga nisbatan sodir etilgan qonunga xilof harakatlar natijasida mahrum boʻlgan ish haqi va mehnatdan topiladigan boshqa daromadlarni hisoblashda, reabilitatsiya etilgan muddatdan emas, balki ushbu shaxsning lavozimidagi vakolatining tugash muddatidan kelib chiqishlari lozim. Vakolat muddati tugash paytidan reabilitatsiya qilish haqida qaror qabul qilingunga qadar boʻlgan davridagi muddat uchun ishlagan ish joyi hududidagi oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqib ish haqi va boshqa daromadini hisoblash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs reabilitatsiya etilgan jinoyat ishi yuzasidan jinoiy taʼqib bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa asoslarga koʻra ishdan boʻshatilgani aniqlangan hollarda jinoyat ishlari boʻyicha sudlarda, reabilitatsiya etilgan shaxsning ish haqini undirish xususidagi talabi qanoatlantirilishi mumkin emas. Bunday hollarda reabilitatsiya etilgan shaxsga ish haqini undirish toʻgʻrisida fuqarolik sudlariga daʼvo kiritishi mumkinligi tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. JPK 304-moddasi 2-qismining 3, 4-bandlarida koʻrsatilgan mulkiy ziyon miqdorini aniqlashda sudlar nafaqat jinoyat-protsessual qonunchiligi, balki fuqarolik qonunchiligi normalariga ham (FK 14-moddasi) amal qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulk nol qiymatda begonalashtirilgan yoki yoʻqotilgan hollarda mulkning baholangan qiymatidan kelib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Begonalashtirilgan yoki yoʻqotilgan mulkning qiymati zarur hollarda baholash ekspertizasi oʻtkazish yoʻli bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulk begonalashtirilmagani aniqlangan taqdirda, ushbu mulk natura shaklida egasiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. JPK 305-moddasiga koʻra, sud, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi, JPK 304-moddasining 1, 3, 4, 5 va 6-bandlarida koʻrsatilgan ziyon reabilitatsiya qilingan shaxs ishlagan hududdagi, agar shaxs ishlamagan boʻlsa, jinoyat sodir etilgan deb topilgan hududdagi moliya organlari (Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetidan (Budjet kodeksi 71-moddasining oltinchi qismi) tomonidan, 2-bandida koʻrsatilgan ziyon Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari tomonidan davlat budjeti hisobidan qoplanishini aniq koʻrsatishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. JPK 307-moddasiga koʻra, mulkiy ziyonning miqdori hisoblab chiqarilganidan keyin bu ziyonni qoplash uchun pul toʻlovlarini amalga oshirish toʻgʻrisida sud ajrim, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrim yoki qarorning nusxasi gerbli muhr yoki elektron imzo bilan tasdiqlanib, toʻlovni amalga oshirishi lozim boʻlgan organlarga taqdim etish uchun reabilitatsiya etilgan shaxsga, u vafot etgan boʻlsa, JPKning 304-moddasi uchinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga beriladi va ijro qilish uchun tegishli organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. JPK 312-moddasining mazmuniga koʻra, mulkiy ziyonni qoplash uchun pul tovoni toʻlashni, reabilitatsiya etilgan shaxs yoki JPK 304-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar, pul toʻlovlarni amalga oshirish haqidagi ajrim yoki qarorni olgan paytdan eʼtiboran ikki yil mobaynida talab qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reabilitatsiya etilgan shaxs oʻz huquqlarini tiklash tartibini tushuntiruvchi sud qarorini (tergov organining bildirish xatini) olgan paytdan eʼtiboran bir yil mobaynida bunday huquqlarini tiklanishini talab qilishi mumkin. Uzrli sabablarga koʻra bu muddat oʻtkazib yuborilgan hollarda u manfaatdor shaxsning arizasiga binoan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan tiklanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etgan taqdirda, buni oʻz qarori (ajrimi)da asoslantirishi hamda ushbu qaror (ajrim)ga nisbatan manfaatdor taraflarning shikoyat (protest) keltirish huquqini tushuntirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. JPK 309-moddasiga koʻra, shaxs ushlab turilganligi, qamalganligi yoki uy qamogʻida turganligi, lavozimidan chetlashtirilganligi, tibbiy muassasaga joylashtirilganligi yoki hukm qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar matbuotda eʼlon qilingan, radio, televideniye yoki boshqa ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan boʻlsa, reabilitatsiya etilgan shaxsning, u vafot etgan boʻlsa, qarindoshlarining, sud, prokuror, tergovchining va surishtiruvchining talabiga koʻra tegishli ommaviy axborot vositalari uning reabilitatsiya etilganligi toʻgʻrisida bir oy ichida xabar berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. JPKning 310-moddasiga koʻra, qonunga xilof ravishda hukm qilingani, qonunga xilof ravishda tibbiy muassasaga joylashtirilgani, ehtiyot chorasi tariqasida qonunga xilof ravishda qamoqqa olingani yoki uy qamogʻiga joylashtirilgani, qonunga xilof ravishda ushlab turilgani tufayli ishdan (lavozimidan) ozod qilingan yoki ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi munosabati bilan lavozimidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgan shaxs oldin ishlagan ishiga (lavozimiga) tiklanishi lozim, korxona, muassasa, tashkilot tugatilgan yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar uni oldingi ishlab turgan ishiga (lavozimiga) tiklash imkoniyatini bermagan taqdirda unga avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reabilitatsiya etilgan shaxsning qonunga xilof ravishda ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlangan yoki uy qamogʻida boʻlgan vaqti, jazo oʻtagan vaqti, lavozimidan chetlashtirilganligi tufayli ishlamay yurgan vaqti, tibbiy muassasada saqlangan vaqti umumiy mehnat stajiga va ixtisoslik boʻyicha ish stajiga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga xilof ravishda hukm etilgani, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlangani yoki uy qamogʻiga joylashtirilgani, ushlab turilgani yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgani tufayli oʻquv yurtidan haydalgan shaxs iltimosiga koʻra oʻqishga tiklanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga xilof ravishda hukm etilgani yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgani tufayli uy-joydan foydalanish huquqidan mahrum boʻlgan shaxsga ilgari u egallab turgan uy-joy qaytariladi, basharti uni qaytarib berishning imkoni boʻlmasa, oʻsha aholi punktining oʻzida avvalgisiga teng qulayliklarga ega boʻlgan uy-joy beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga xilof ravishda hukm qilinganligi yoki ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilinganligi munosabati bilan pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi toʻxtatib turilgan hollarda sud oʻz qarorida pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi tiklanishini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qonunga xilof ravishda ushlab turilgan, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan, hukm qilingan yoki boshqa koʻrinishda jazo qoʻllangan yoxud jinoiy javobgarlikka tortilib, lavozimidan chetlashtirilgan yoki harbiy xizmatdan boʻshatilgan harbiy xizmatchilar reabilitatsiya qilinganida, shuningdek boshqa asoslarga koʻra ishdan boʻshatilganida harbiy xizmatga (lavozimga) tiklash va boshqa mulkiy ziyonni undirish masalasida harbiy sudlarga murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. JPK 313-moddasiga koʻra, reabilitatsiya qilingan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash, maʼnaviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish JPKning 38-bobida belgilangan qoidalarga va “Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, maʼnaviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Nizom va amaldagi qonun talablari oʻrtasida tafovut yuzaga kelgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 18-moddasi talabiga muvofiq, qonun normalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Reabilitatsiya etilgan shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari bekor qilinib, ayblov hukmi chiqarilgan taqdirda reabilitatsiya asoslariga koʻra toʻlangan barcha summalar moliya organlariga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklashga oid qonunchilikning sudlar tomonidan aniq qoʻllanishi ustidan nazoratni kuchaytirishlari, ushbu masala yuzasidan sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishlari va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish chorasini koʻrishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 23-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-son