Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandiga qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 27-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3308-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 2-avgustdagi 19-mh-sonli ““Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3308-2, 08.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 395-son “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-iyundagi 12-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3308, 2021-yil 9-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 10/21/3308/0541-son) bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandi “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “Cambridge Assessment English FCE” degan soʻzlardan keyin “, Cambridge Assessment English Linguaskill” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2023-yil 27-iyun,
7-mh-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/3308-1/0493-son)