10.06.2023 yildagi 3271-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 10.06.2023 yildagi 3271-IV-son
Кучга кириш санаси
10.06.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish va tushuntirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berishi orqali qabul qilinib, Yangi Oʻzbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratdi hamda milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini soʻzsiz va toʻliq amalga oshirish, unda mustahkamlangan ustuvor prinsiplarni Yangi Oʻzbekiston ulugʻvor gʻoyasiga hamohang tarzda roʻyobga chiqarish, davlat organlarining faoliyatini yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda yoʻlga qoʻyish, fuqarolar oʻz hayotida xalq Konstitutsiyasi ruhini yaqqol his etib turishini taʼminlash muhim ahamiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 10-moddasiga muvofiq yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mohiyati va ahamiyatini, undagi yangi normalar mazmunini keng jamoatchilikka yetkazish va tushuntirish borasidagi ishlarni samarali tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish va tushuntirish yuzasidan kompleks choralarni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhi tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish va tushuntirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (bundan buyon matnda Kompleks chora-tadbirlar dasturi deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarni oʻz vaqtida hamda sifatli bajarish uchun tegishli vazirlik hamda idoralarning rahbarlari shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish va tushuntirish yuzasidan kompleks choralarni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhi Kompleks chora-tadbirlar dasturi yuzasidan doimiy monitoring olib borib, uning ijrosi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga maʼlumot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 10-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3271-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 10-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-520-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 10-iyundagi 3271-IV/KQ-520-IV-sonli Qoʻshma qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish va tushuntirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ustuvor vazifalar

Amalga oshirish mexanizmlari

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mohiyati va ahamiyatini oʻrganish hamda keng targʻib qilish boʻyicha chora-tadbirlar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) deputatlarining saylovchilarga yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mohiyati va ahamiyatini tushuntirish borasidagi ishlarini tashkil etish.

1. Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan har oyning oxirgi haftasida oʻz saylov okrugidagi faoliyati davomida korxona, tashkilot va muassasalarning mehnat jamoalarida, shuningdek, saylovchilar bilan uchrashuvlarda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mohiyati va ahamiyatini tushuntirish ishlarini amalga oshirish.

2. Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan joylarda mahalliy Kengashlar deputatlari hamda partiyalarning hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish.

3. Qonunchilik palatasi Devonining Parlament axborot markazi tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiya va undagi normalarni sodda, xalqchil tilda aholiga yetkazish maqsadida maxsus koʻrsatuvlar, videoroliklar tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, shuningdek, mahalliy hamda respublika nashrlarida deputatlarning maqolalarini eʼlon qilib borish.

4. Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi tomonidan Yoshlar parlamenti bilan hamkorlikda yangi tahrirdagi Konstitutsiyani yoshlar oʻrtasida tushuntirish-targʻibot tadbirlarini tashkil etish.

5. Xorijiy mamlakatlar parlamentlari bilan tashkil etilgan hamkorlik guruhlari tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mohiyati va ahamiyatini xalqaro jamoatchilikka yetkazish.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar

2023-yil davomida

Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari,

Qonunchilik palatasining qoʻmitalari,

Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi,

Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti,

xorijiy parlamentlar bilan doʻstlik guruhlari

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) aʼzolarining fuqarolarga yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mohiyati va ahamiyatini tushuntirish ishlarini tashkil etish.

1. Senat aʼzolari tomonidan har oyning oxirgi haftasida oʻzi saylangan hududlardagi korxona, tashkilot va muassasalarning mehnat jamoalarida, shuningdek fuqarolar bilan uchrashuvlarda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublik�si Konstitutsiyasining mohiyati va ahamiyatini tushuntirish ishlarini amalga oshirish.

2. Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi tomonidan joylarda mahalliy Kengashlar bilan birgalikda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish.

3. Senat devoni Axborot xizmati tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiya va undagi normalarni sodda, xalqchil tilda aholiga yetkazish maqsadida maxsus koʻrsatuvlar, videoroliklar tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, shuningdek, mahalliy hamda respublika nashrlarida Senat aʼzolarining maqolalarini eʼlon qilib borish.

4. Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tomonidan Yoshlar parlamenti bilan hamkorlikda yangi tahrirdagi Konstitutsiyani yoshlar oʻrtasida tushuntirish-targʻibot tadbirlarini tashkil etish.

5. Xorijiy mamlakatlar parlamentlari bilan tashkil etilgan hamkorlik guruhlari tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mohiyati va ahamiyatini xalqaro jamoatchilikka yetkazish.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar

2023-yil davomida

Senat qoʻmitalari,

Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi,

Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti,

xorijiy parlamentlar bilan doʻstlik guruhlari

3.

Siyosiy partiyalar tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish ishlarini tashkil etish.

1. Siyosiy partiyalarning dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mohiyati va ahamiyatini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritishda faol ishtirok etish.

2. Siyosiy partiyalarning rasmiy matbuot nashrlari hamda veb-saytlarida deputatlar, partiya xodimlari va faollarining tahliliy maqolalari va munosabatlarini eʼlon qilib borish.

3. Siyosiy partiyalar markaziy kengashlari hamda ularning hududiy boʻlinmalari xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan oʻquv-seminarlar tashkil etish.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar

2023-yil davomida

Siyosiy partiyalar

(kelishuv asosida)

4.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini targʻib qilish ishlarini hududlar kesimida yoʻlga qoʻyish.

1. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning hududlar kesimidagi targʻibotini amalga oshirish dasturini ishlab chiqib, tasdiqlash hamda targʻibot guruhlari tarkiblarini shakllantirish.

2. Targʻibot guruhlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ular tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish.

Targʻibot dasturi

2023-yil iyun

Adliya vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

“Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” hamda “Mening Konstitutsiyam!” shiorlari ostida hududlarda yangilangan Konstitutsiya targʻiboti boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini tashkil etish.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar

2023-yil doimiy

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

5.

2023/2024 oʻquv yili boshlanguniga qadar yangi tahrirdagi Konstitutsiyani oʻrganish boʻyicha darslik va adabiyotlar yaratish.

1. Barcha taʼlim turlari va bosqichlaridagi Konstitutsiyani oʻrganish boʻyicha oʻquv va taʼlim dasturlarini qayta koʻrib chiqish va ularni yangi tahrirdagi Konstitutsiya norma va qoidalariga moslashtirish.

2. Oʻquvchilarga, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, yangi tahrirdagi Konstitutsiyani oʻrgatish boʻyicha zamonaviy metodikaga asoslangan darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va maxsus adabiyotlar yaratish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil iyun

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

6.

Barcha taʼlim turlari uchun maktabgacha taʼlimdan boshlab to oliy taʼlim va undan keyingi taʼlimni qamrab olgan holda Konstitutsiyani oʻrganish boʻyicha oʻquv rejalari va taʼlim dasturlarini qayta koʻrib chiqish va yangilash.

1. Yangilangan Konstitutsiya mazmun-mohiyati bilan bogʻliq oʻzgarishlar asosida Davlat va huquq asoslari fani oʻquv dastu�larini qayta koʻrib chiqish.

2. Davlat va huquq asoslari fani oʻquv dasturlarini takomillashtirishda konstitutsiyaviy bilimlarga oid mavzularni uzviylik va uzluksizlik asosida oʻquvchilarning qiziqishi, yosh fiziologiyasi va psixologiyasini hisobga olish.

3. Takomillashtirilgan oʻquv dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish va tegishli tashkilotlardan xulosa olish hamda tasdiqlash.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar

2023-yil avgust

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Jamoat xavfsizligi universitetida oʻqitiladigan tegishli fanlar boʻyicha oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqish, tayyorlash hamda chop etish.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar

2023-yil avgust

Jamoat xavfsizligi universiteti

1. Konstitutsiyani oʻrganish boʻyicha oliy taʼlim muassasalari, oʻrta maxsus, professional va akademik litseylarda tajribali professor-oʻqituvchilardan iborat ekspertlar guruhlarini tuzish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil iyun

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oliy taʼlim muassasalari, oʻrta maxsus, professional va akademik litseylarning oʻquv rejalari va dasturlarining joriy holatini tahlil qilish.

2023-yil iyun

3. Konstitutsiyani oʻrganish boʻyicha tashkil etiladigan kurs boʻyicha dastur hamda qoʻllanma ishlab chiqish.

2023-yil iyul

4. Konstitutsiyani oʻrganish kursini oliy taʼlim muassasalarining taʼlim jarayoniga joriy qilish.

2023-yil sentyabr

1. Qurolli Kuchlar Akademiyasida tashkil etilgan taʼlim turlarini qamrab olgan xolda yangi tahrirdagi Konstitutsiyani oʻrganish boʻyicha oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqish va yangilash.

2. Qurolli Kuchlar Akademiyasi ofitser va professor-oʻqituvchilari tomonidan 2023/2024 oʻquv yili uchun yangidan oʻqitiladigan “Konstitutsiyaviy huquq” fani boʻyicha oʻquv dasturi va ishchi oʻquv dasturini yaratish.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar

2023-yil 1-sentabr

Qurolli Kuchlar Akademiyasi

Konstitutsiyani oʻrganish boʻyicha oʻquv va taʼlim dasturlarini ekspertlar ishtirokida qayta koʻrib chiqish va yangilash.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar

2023-yil sentyabr

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

7.

Barcha taʼlim turlarida bolalar va oʻquvchilarga, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, yangi tahrirdagi Konstitutsiyani oʻrgatish boʻyicha zamonaviy metodika asosida darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va maxsus adabiyotlarni yaratish.

1. Davlat va huquq asoslari fani darsligini yaratishda malakali mutaxassislar guruhini shakllantirish.

2. Davlat va huquq asoslari fani darsligini yaratish, chop etish va umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga yetkazib berish.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar

2023-yil avgust

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

1. Zamonaviy metodika asosida Konstitutsiyani oʻrgatish boʻyicha darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va maxsus adabiyotlarni yaratishda mualliflar tarkibini shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil iyul

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Adabiyotlarni chop etishning moliyalashtirish manbalarini hamda taʼlim tashkilotlariga adabiyotlar yetkazish va ommalashtirishning mexanizmlarini oʻz ichiga olgan amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2023-yil avgust

1. Konstitutsiyani oʻrgatish boʻyicha zamonaviy metodika asosida darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va maxsus adabiyotlarni yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar

2023-yil sentyabr

Qurolli Kuchlar Akademiyasi

2. Bakalavriat, magistratura, oliy kurs va oliy strategik kurslar uchun Konstitutsiyani oʻrgatish boʻyicha yangi darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va maxsus adabiyotlarni yaratish (yangilash) boʻyicha mavjud rejaga qoʻshimchalar kiritish.

2023-yil oktyabr

3. Darslik va oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlash va nashr etish.

Rejadagi muddatga asosan

1. Zamonaviy metodika asosida yangi tahrirdagi Konstitutsiyani oʻrgatishga doir darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va maxsus adabiyotlar yaratish boʻyicha mualliflar jamoasini va oʻquv adabiyotlari roʻyxatini shakllantirish.

2. Konstitutsiyani oʻrgatish boʻyicha mavjud oʻquv adabiyotlarini yangilash choralarini koʻrish.

Alohida grafik asosida

2023-yil avgust

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

8.

Oʻzbekiston fuqarosini chet elda himoya qilish, vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolishga oid konstitutsiyaviy kafolatlarni chet elda yashovchi fuqarolar va vatandoshlarga samarali yetkazish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani mamlakatimizning xorijdagi diplomatik va konsullik muassasalari veb-saytlari va boshqa resurslariga joylashtirish.

Oʻzbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilishga qaratilgan konstitutsiyaviy kafolatlar aks etgan moddalarni mazkur veb-saytlar orqali keng targʻib qilish.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar

2023-yil iyun

Tashqi ishlar vazirligi,

“Dunyo” axborot agentligi,

Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik va konsullik muassasalari,

Yoshlar ishlari agentligi,

“Vatandoshlar” jamoat fondi

(kelishuv asosida)

2. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani broshyura shaklida nashr etish va mamlakatimizning xorijdagi vakolatxonalariga yetkazish hamda vatandoshlar orasida tarqatish.

2023-yil iyun

3. Mamlakatimizning xorijdagi diplomatik va konsullik muassasalari veb-saytlarida “Mening Konstitutsiyam” nomli sahifalar ochish hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda Oʻzbekiston fuqarosini chet elda himoya qilish, vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolishga oid konstitutsiyaviy kafolatlarni ochib beradigan materiallar chop etish.

2023-yil iyun oyidan boshlab doimiy ravishda

4. Chet elda yashab, mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan vatandoshlar va Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi vakillari ishtirokida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mohiyatini va ahamiyatini keng ochib berishga qaratilgan tadbirlar oʻtkazish.

doimiy ravishda

5. Yangi Konstitutsiyadagi fuqarolar huquqlarini himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisidagi bandlar boʻyicha xorijdagi vatandoshlarning munosabatlarini oʻrganish va ulardan intervyular olish, ularning fikrlarini “Dunyo” axborot agentligi, respublika bosma ommaviy axborot vositalari hamda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi orqali keng yoritish.

doimiy ravishda

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mohiyatini chet elda yashovchi fuqarolar va vatandoshlarga samarali yetkazish boʻyicha “Konstitutsiya — mening huquqlarim qalqoni!” onlayn targʻibot aksiyalarini tashkil etish.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar

2023-yil davomida

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Tashqi ishlar vazirligi,

“Vatandoshlar” tashkiloti

(kelishuv asosida)

“Vatandosh bilan suhbat” loyihasi doirasida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mohiyati yuzasidan uchrashuv va muloqotlar oʻtkazish.

Uchrashuv va muloqotlar

2023-yil davomida

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi

(kelishuv asosida)

9.

Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.

1. Tajribali sudyalar, tergovchilar, advokatlarni jalb qilgan holda quyidagi masalalar boʻyicha telekoʻrsatuvlar va ijtimoiy roliklar tayyorlash va keng tarqatish:

shaxs ayblov toʻgʻrisida xabardor boʻlishi, unga qarshi yoki uning foydasiga guvohlarning soʻroq qilinishini talab etish, qonunni buzib olingan dalillardan sudda foydalanilmaslik, yuqori turuvchi sudga shikoyat qilish, afv etish yoki jazoni yengillashtirishni iltimos qilish;

jazolash faqat sudning vakolatiga kirishi, “samosud” holatlariga huquqiy davlatda mutlaqo yoʻl qoʻyilmasligi, respublikada odil sudlov faqat sudl�r tomonidan amalga oshirilishi, ularning munosib ravishda moliyalashtirilishi konstitutsiyaviy darajada belgilanganligi.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil iyul

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Advokatlar palatasi

(kelishuv asosida)

2. Ushlangan va tergov ostida boʻlgan shaxsning konstitutsiyaviy protsessual huquqlarini batafsil tushuntirib beruvchi koʻrgazmali materiallarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shu jumladan, tergov idoralari binolarida fuqarolarga koʻrinadigan tarzda joylashtirilishini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyun

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

Milliy gvardiya

10.

Shaxs ushlangan paytda unga huquqlari va ushlab turish sabablari tushuntirilishi, unga qarshi yoki uning foydasiga guvohlarning soʻroq qilinishini talab etishi va boshqa konstitutsiyaviy protsessual huquqlar boʻyicha tergov idoralari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar binolarida koʻrgazmali materiallarning joylashtirilishini tashkil etish.

1. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 27, 28, 29-moddalari va boshqa tegishli normalari mohiyatini ochib beradigan sodda va tushunarli shakldagi ommabop koʻrgazmali materiallar, shu jumladan videoroliklar, vaynlar, animatsiyalar, bukletlar, tarqatmalar, flayerlar kabi targʻibot materiallari loyihalarini yaratish.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar, ijodiy ishlanmalar

2023-yil iyun

Ichki ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura,

Milliy gvardiya,

Oliy sud,

Advokatlar palatasi

(kelishuv asosida),

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi

(kelishuv asosida),

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)

2. Koʻrgazmali targʻibot materiallarini oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida tayyorlash.

2023-yil avgust

3. Tayyorlangan targʻibot materiallarini huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda barcha hududiy boʻlinmalari binolariga joylashtirish.

2023-yil avgust-sentyabr

4. Shax� ushlanganda uning bu boradagi konstitutsiyaviy huquqlari aks etgan flayerlarni taqdim qilish.

Doimiy ravishda

11.

Aholi orasida, ayniqsa, mahallalarda uy-joyga ega boʻlish, ijtimoiy himoya, tibbiy xizmatlardan foydalanish, taʼlim olish kabi konstitutsiyaviy ijtimoiy huquqlarni keng tushuntirish va targʻib qilish.

Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari va tinglovchilariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish-targʻibot tadbirlarini tashkil etish.

Targʻibot tadbirlari

Doimiy ravishda

Jamoat xavfsizligi universiteti

Taʼlim tashkilotlari, ayniqsa, mehribonlik uylari, oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida konstitutsiyaviy ijtimoiy huquqlar haqida mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari oʻtkazish.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar

2023/2024 oʻquv yili davomida

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

“Konstitutsiya-shaʼnim va qadrim himoyachisi!”, “Yangi Konstitutsiya: yoshlar va xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar” mavzularida mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy suhbatlar tashkil qilish.

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar

2023-yil iyun

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

12.

Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan, shuningdek, probatsiya hisobidagi mahkumlar uchun yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini yetkazish.

1. Mahkumlarga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha targʻibot ishlarini amalga oshirish.

Tashkiliy-amaliy choralar

Doimiy ravishda

Ichki ishlar vazirligi

2. Jazoni ijro etish muassasalarida Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani oʻrganish boʻyicha targʻibot burchaklarini joriy etish.

2023-yil dekabr

13.

Aholi, ayniqsa bolalar va yoshlar oʻrtasida Konstitutsiyani keng targʻib qilishga qaratilgan audio va video mahsulotlarni (film, multfilm, ijtimoiy roliklar va boshqalar) tayyorlash va tarqatish.

1. Aholi, ayniqsa bolalar va yoshlar oʻrtasida Konstitutsiyani keng targʻib qilishga qaratilgan audio va video mahsulotlar tayyorlash va taʼlim muassasalariga tarqatish.

2. Konstitutsiya moddalarini bolalarga yetkazish boʻyicha Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan audio materiallar yaratish.

3. Audio materiallarni kitob.uz platformasiga joylashtirish.

4. Umumtaʼlim maktablarida audio kitob taqdimotlarini oʻtkazish va targʻibotini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023/2024 oʻquv yili davomida

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Kinematografiya agentligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Qurolli kuchlar Akademiyasiga biriktirilgan Temurbeklar maktabi hamda umumtaʼlim maktablarida yangi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlarini tashkil etish.

Targʻibot-tushuntirish tadbirlar

2023-yil sentyabr-oktyabr

Qurolli Kuchlar Akademiyasi

Davlat boshqaruvi organlarining ijtimoiy buyurtmasiga asosan Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasining “Ijtimoiy roliklar” loyihasi doirasida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan roliklar ishlab chiqish va nodavlat telekanallarda efirga uzatish boʻyicha davlat ijtimoiy buyurtmasini eʼlon qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil iyun

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

1. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha taʼlim muassasalari oʻqituvchilari oʻrtasida “Oʻqituvchi kasbi konstitutsiyaviy maqomiga ega boʻldi” mavzusida targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.

Targʻibot tadbirlari

2023/2024 oʻquv yili davomida

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

2. “Konstitutsiya alifbosi” rukni ostida video mahsulotlar, ijtimoiy roliklar tayyorlash va tarqatish.

Ijtimoiy roliklar tayyorlash

14.

Yoshlarga oʻz huquqlarini himoya qilishning amaliy mexanizmlarini oʻrgatishga qaratilgan “Street law” (Koʻcha huquqi — oddiy huquq) loyihasi doirasida taʼlim muassasalarida yangi tahrirdagi Konstitutsiyani tushuntirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini tashkil etish.

Taʼlim muassasalarida yangi tahrirdagi Konstitutsiyani tushuntirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash va amalga oshirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil sentyabr

Adliya vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

15.

Bolalar va yoshlarga Konstitutsiyada belgilangan normalarning mazmun-mohiyatini yetkazishga qaratilgan koʻrgazmali materiallar tayyorlash va tarqatish.

1. Koʻrgazmali huquqiy targʻibot materiallarni, jumladan, flayerlar, bukletlar, taqdimot slaydlari, videoroliklar tayyorlash va har bir taʼlim muassasasiga yetkazish.

2. Koʻrgazmali huquqiy targʻibot materiallarini ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali bolalar va yoshlar eʼtiboriga yetkazish.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar

2023-yil sentyabr

Adliya vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Oʻzbekiston milliy teleradiokom-paniyasi,

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

16.

Taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalari orasida “Siz Konstitutsiyani bilasizmi?” koʻrik-tanlovini tashkil qilish hamda tanlov gʻoliblarini ragʻbatlantirish.

1. Koʻrik-tanlovni tashkil etish va oʻtkazish tartibini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2. Koʻrik-tanlovni oʻtkazish hamda gʻoliblarni taqdirlash.

Qoʻshma qaror loyihasi

2023-yil avgust

Adliya vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

17.

Bola huquqlari portalida (bolahuquqlari.uz) maktab oʻquvchilari hamda oʻqituvchilar foydalanishi uchun yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan turkum kontentlar joylashtirish.

1. Bola huquqlari portalidagi Konstitutsiyaga oid kontentlarni qayta koʻrib chiqish va yangilash.

2. Bola huquqlari portalidan oʻquvchilarning keng foydalanishini taʼminlash choralarini koʻrish.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar

2023-yil noyabr-dekabr

Adliya vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

18.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani tayyorlash boʻyicha, shu jumladan, ushbu jarayonda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rolini koʻrsatib beruvchi hujjatli film yaratish.

1. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi qoshida ijodiy guruh tashkil etish.

2. Ijodiy guruh tomonidan hujjatli film ssenariysini yaratish.

3. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi DUK va davlat-xususiy sherikchiligi loyihalari asosida hujjatli filmni suratga olish ishlarini amalga oshirish.

4. Tayyorlangan hujjatli film taqdimotini oʻtkazish.

5. Hujjatli filmni davlat va nodavlat telekanallar, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilikka namoyish etish.

Hujjatli film

2023-yil iyun-iyul

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Oʻzbekiston milliy teleradiokom-paniyasi,

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi,

Kinematografiya agentligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

19.

“Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi” yagona milliy portali va uning mobil ilovasini ishga tushirish.

Aholiga konstitutsiyaviy normalar bilan qulay tarzda tanishish imkoniyatini beruvchi “Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi” yagona milliy portalini “Mening Konstitutsiyam” portali negizida yaratish va ishga tushirish.

Portalning oʻzbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida yuritilishini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyun

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi

20.

Konstitutsiyada belgilangan qoidalarning barcha aholi qatlamlari uchun tushunarli boʻlishini taʼminlash.

Nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar uchun foydalanishga qulay boʻlgan (Brayl alifbosi) yangilangan Konstitutsiyaning asosiy jihatlarini aks etgan qoʻllanmalarni tayyorlash va bepul tarqatish.

Kompleks chora-tadbirlar

2024-yil 1-yanvar

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Adliya vazirligi

1. Katta yoshdagi koʻzi ojizlar va koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari roʻyxatini shakllantirish.

2. Nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar uchun foydalanishga qulay boʻlgan qoʻllanmalarni nashr qilish va begʻaraz tarqatish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil sentyabrga qadar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Adliya vazirligi

1. Koʻzi ojizlar uchun Brayl alifbosida Konstitutsiya va uning asosiy jihatlari aks etgan qoʻllanmalarni tayyorlash boʻyicha mualliflar guruhini shakllantirish.

Buyruq loyihasi

2023-yil iyul

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oliy taʼlim va professional taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan koʻzi ojiz talabalar uchun Konstitutsiya va uning asosiy jihatlari aks etgan qoʻllanmalarni tayyorlash va nashr etish boʻyicha oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil avgust

21.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani targʻib qilish va oʻrganishda joylardagi kutubxonalar imkoniyatidan samarali foydalanish choralarini koʻrish.

1. Taʼlim muassasalari kutubxonalarida huquqiy savodxonlik burchaklarini Yangi tahrirdagi Konstitutsiya va unga sharhlar bilan toʻldirish.

2. Taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻrtasida “Mening konstitutsiyaviy huquqlarim” mavzusida bir bosqichli rasmlar tanlovini tashil etish.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar

2023-2024 oʻquv yili mobaynida

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

1. Oliy taʼlim muassasalarining axborot-resurs markazlarida Konstitutsiyaviy huquq sohasiga oid adabiyotlar burchagini tashkil qilish.

2. Konstitutsiyaviy huquq sohasiga oid adabiyotlar burchagini bosma va elektron shakldagi adabiyotlar bilan boyitish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil avgust

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini mahalliy jamoatchilikning barcha qatlamlariga sodda va tushunarli tarzda yetkazish maqsadida soha va yoʻnalishlar kesimida yoritib beruvchi infografika koʻrinishidagi media-mahsulotlar, slayd va videor�liklar tayyorlash.

1. Soha va yoʻnalishlar kesimida infografika koʻrinishidagi slayd va videoroliklar mavzulari va kontentlarini shakllantirish.

2. Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda soha va yoʻnalishlar kesimida tayyorlanadigan infografika koʻrinishdagi slaydlar uchun tezislar ishlab chiqish va slaydlarning mos dizaynlarini yaratish, videoroliklar uchun ssenariylar ishlab chiqish.

3. Infografika va slayd dizayni hamda ssenariylar doirasida roliklarni tasvirga olish va montaj qilish.

Media mahsulotlar

2023-yil iyun-iyul

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi

23.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini ochib beruvchi turkum maqolalar tayyorlash hamda mahalliy va xorijiy matbuotda yoritish.

1. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda 5 ta yoʻnalishda maqolalar mavzusini shakllantirish va alohida reja-dasturni ishlab chiqish.

2. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartirishlarni Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni bilan bogʻlagan holda shakllantirilgan mavzular doirasida maqolalar yozish.

3. Tayyorlangan maqolalarni mahalliy va xorijiy nashrlarda yoritish.

Maqolalar reja-dasturi

2023-yil iyun — avgust

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi

24.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik va shu kabi yoʻnalishlarda kiritilgan oʻzgarishlar boʻyicha olimlar, ziyolilar, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari ishtirokida “Yangi Konstitutsiya bilan umummilliy taraqqiyot sari!” shiori ostida turkum videoroliklar tayyorlash.

1. Ishchi va ijodiy guruh shakllantirish.

2. Roliklar mavzularini va respondentlar roʻyxatini belgilab olish.

3. Tasvirga olish ishlarini amalga oshirish.

4. Roliklarni ijtimoiy tarmoqlarda joylab borish.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar

2023-yil davomida

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

25.

“Yangi Oʻzbekistonni — yangi Konstitutsiya bilan bunyod etamiz!” shiori ostida Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning moddalari sharhiga bagʻishlangan chellenjerlar tayyorlash.

1. Konstitutsiyada ifoda etilgan har bir boʻlim, bob yoki moddalar mazmuni va ahamiyatini ochib beradigan vaziyatlar hamda voqea-hodisa keltiriladi.

2. Holatga mos audio, video va matnli kontentlar yaratiladi.

3. Chellenjerlarni oʻzbek, rus, ingliz tillarida ijtimoiy tarmoqlarga joylash.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar

2023-yil davomida

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

26.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mohiyati va ahamiyatining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlash.

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati yuzasidan turli tahliliy maqolalar, sharhlar, intervyular va boshqa materiallar tayyorlash hamda ularning Internet jahon axborot tarmogʻi hamda bosma nashrlarda keng eʼlon qilinishini taʼminlash.

Media-reja

2023-yil iyun — dekabr

Oʻzbekiston Milliy Axborot agentligi

27.

Yoshlarning konstitutsiyaviy bilimlari va huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan “Yoshlar va qonun” tanlovini oʻtkazish.

1. Yoshlarning konstitutsiyaviy bilimlari va huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tanlov nizomini ishlab chiqish va hamkor tashkilotlar bilan qoʻshma hujjat imzolash.

2. Tanlovni mahalla-tuman-viloyat-respublika bosqichlarida tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyun

Yoshlar ishlari agentligi,

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

Ichki ishlar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

28.

Yoshlar oʻrtasida “Konstitutsiya bilimdoni” onlayn tanlovini oʻtkazish.

1. Tanlov nizomini ishlab chiqish.

2. Tanlov uchun yangi tahrirdagi Konstitutsiyadan savollarni shakllantirish.

3. Tanlovni yoshlar orasida yuqori saviyada oʻtkazish.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar

2023-yil avgust-

sentyabr

Yoshlar ishlari agentligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Adliya vazirligi

4. Tanlov gʻoliblarini ragʻbatlantirish.

oktyabr-noyabr

29.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan media kampaniya tashkil etish.

Toʻplangan maʼlumotlarga asoslanib, media-reja ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash.

Media-reja

2023-yil davomida

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

30.

Qonunchilik palatasi va siyosiy partiyalarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida “Siz Konstitutsiyani bilasizmi?” mavzusida viktorina tashkil etish.

1. Viktorina oʻtkazish tartibini ishlab chiqish.

2. Viktorina uchun savollar matnlarini tayyorlash va har haftada bir marta viktorinani oʻtkazish.

3. Viktorina gʻoliblarini taqdirlash.

Amaliy chora-tadbir tadbirlari

2023-yil iyun-iyul

Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, siyosiy partiyalar

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya boʻyicha davlat organlari va muassasalari xodimlarini oʻqitish hamda kasbiy malakasini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar

31.

Sohalar va tarmoqlar kesimida alohida dastur (grafik) asosida davlat xizmatchilariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini oʻqitishni tashkil etish.

Tarmoq va hududiy kasaba uyushmalari tomonidan har haftada bir kun kasaba uyushmasiga aʼzo tashkilotlarda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mohiyatini kasaba uyushma aʼzolariga tushuntirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi

(kelishuv asosida)

1. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini oʻqitish boʻyicha elektron oʻquv platformasini yaratish.

2. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati haqidagi oʻquv dasturi hamda oʻquv materiallarini zamonaviy standartlar asosida ishlab chiqish va elektron oʻquv platformasiga joylashtirish.

3. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini oʻrganish boʻyicha oʻquv-uslubiy majmua tayyorlash va nashr etish.

4. Alohida grafik asosida davlat xizmatchilarining onlayn va oflayn oʻquvlarda ishtirokini taʼminlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil iyun — avgust

Davlat boshqaruvi akademiyasi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

1. Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va uning hududiy boʻlinmalarida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida seminar-treninglar oʻtkazish dasturini ishlab chiqish.

2. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar orqali fuqarolik jamiyati institutlari, ay�iqsa, nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan imkoniyatlar va masʼuliyat toʻgʻrisida tushuntirishlar berish.

Seminar-treninglar dasturi

2023-yil sentyabr

Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi

(kelishuv asosida),

Yuristlar malakasini oshirish markazi

Harbiy qism, birlashma, uyushmalar, taʼlim muassasalari tinglovchi va kursantlariga hamda fuqaro xizmatchilariga maʼnaviy-maʼrifiy mashgʻulotlarda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar

Doimiy ravishda

Qurolli Kuchlar Akademiyasi

Oʻzbekiston Milliy media Assotsiatsiyasiga aʼzo teleradiokanallar xodimlari uchun Qonunchilik palatasi deputatlari, Markaziy saylov komissiyasi, Adliya vazirligi, Davlat boshqaruv akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari ishtirokida oʻquv seminarlari tashkil etish.

Oʻquv seminarlari dasturi

2023-yil iyun-avgust

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

Vazirlik, korxona va tashkilotlarda konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan “Maʼrifat soat”larini oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

32.

Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish va baholash tizimini yangi tahrirdagi Konstitutsiya normalarini kiritish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish.

1. Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish va baholashda yangi tahrirdagi Konstitutsiya normalarini eʼtiborga olish.

2. Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablarni yangi tahrirdagi Konstitutsiya normalari asosida qayta koʻrib chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil iyun — avgust

Davlat boshqaruvi akademiyasi,

Adliya vazirligi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

33.

Davlat xizmatchilari oʻrtasida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini bilasizmi?” mavzusida test sinovlarini oʻtkazish.

Davlat xizmatchilari oʻrtasida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini bilasizmi?” mavzusida test sinovlarini oʻtkazish grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash;

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Adliya vazirligi qoʻshma qarori

2023-yil iyun — avgust

Davlat boshqaruvi akademiyasi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Adliya vazirligi

1. NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga oid bilimlari va salohiyatini oshirish boʻyicha test savollarini tayyorlash.

2. Koʻrik-tanlov, ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish orqali NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining bilimlari va salohiyatini oshirish.

Ijtimoiy soʻrovnoma

2023-yil dekabr

Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va uning hududiy boʻlinmalari

(kelishuv asosida)

34.

Davlat fuqarolik xizmati va sud-huquq tizimi xodimlarining yangi konstitutsiyaviy talablarga rioya etish borasidagi bilim va malakasini oshirish.

2023-2024-yillarda yangi tahrirdagi Konstitutsiya boʻyicha davlat fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlarini oʻqitish rejasini tasdiqlash va uning samarali amalga oshirilishini taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar dasturlari

2023-yil iyun

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Adliya vazirligi,

Sudyalar oliy kengashi

(kelishuv asosida),

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi

35.

Barcha turdagi qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish.

1. Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida oʻquv dasturlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati yuzasidan oʻquv soatlarini kiritish va talabalar oʻrtasida keng targʻibot ishlari olib borilishini tashkil etish.

2. Federatsiyaning malaka oshirish instituti bilan hamkorlikda tashkil etiladigan malaka oshirish boʻyicha oʻquv dasturlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning ma�mun-mohiyati yuzasidan oʻquv soatlarini kiritish va malaka oshirishga kelgan kasaba uyushmasi faollari hamda mutaxassislari orasida keng targʻibot ishlarini tashkil etish.

3. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi xodimlari uchun huquqshunoslar va olimlarni taklif qilgan holda oʻquvlar tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil iyun — sentyabr

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi

(kelishuv asosida)

1. Qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining oʻquv reja dasturlarini ishlab chiqish.

Targʻibot dasturi, koʻrgazmali materiallar va boshqa tashkiliy choralar

2023-yil iyun

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

2. Oʻquv rejasi va dasturlariga muvofiq videokontentlarni tayyorlash.

2023-yil avgust

3. Videokontentlarni “Uzluksiz kasbiy taʼlim” elektron platformasida joylashtirish.

4. Tizim xodimlarining elektron platforma orqali malakasini oshirish choralarini koʻrish.

2023/2024 oʻquv yili mobaynida belgilangan reja asosida

1. Barcha turdagi qayta tayyorlash va malaka oshirish masalalarida Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini oʻqitish boʻyicha kamida 16 soatlik oʻquv kursini joriy etish.

2. Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini oʻqitish boʻyicha oʻquv kursi boʻyicha oʻquv materiallarini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil iyun-avgust

Davlat boshqaruvi akademiyasi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

vazirlik va idoralar

1. “Konstitutsiya — huquqlarimiz kafolati” mavzusida qisqa muddatli masofaviy malaka oshirish kursi oʻquv dasturini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar

2023-yil iyun

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Malaka oshirish kursining oʻquv metodik resurslarini yaratish.

2023-yil iyun

3. Qisqa muddatli masofaviy malaka oshirish kursini tashkil etish.

2023-yil iyul

1. Malaka oshirish kurslari oʻquv dasturiga “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mohiyati va ahamiyati” mavzusini kiritish.

2. Malaka oshirish kurslarida qatnashish uchun nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlarini tanlov asosida qabul qilish.

3. Nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mohiyati va ahamiyati boʻyicha tushunchalar berish.

Oʻquv dasturi loyihasi

2023-yil oktyabr

Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi

(kelishuv asosida),

Davlat boshqaruvi akademiyasi

Qurolli Kuchlar Akademiyasida tashkil etilgan bakalavriat, magistratura, oliy kurs, oliy strategik kurslar, tayanch doktorantura hamda malaka oshirish taʼlim turlarida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha mahorat darslarini tashkil etish.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar

2023/2024 oʻquv yili davomida

Qurolli Kuchlar Akademiyasi

36.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada davlat organlari zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarini samarali bajarish mexanizmlarini ilmiy tadqiq etish.

1. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada davlat organlari zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni samarali bajarish mexanizmlarini ilmiy tadqiq etish boʻyicha grant mablagʻlari ajratish.

2. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya normalarini ijro etish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy ishlar tayyorlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil iyun — dekabr

Davlat boshqaruvi akademiyasi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

37.

Siyosiy partiyalar tizimidagi xodimlar uchunyangitahrirdagiKonstitutsiyaningmazmun-mohiyatini oʻqitishni tashkil etish.

1. Yangitahrirdagi Konstitutsiyaningmazmun-mohiyatini oʻqitish boʻyicha alohida reja ishlab chiqish va tasdiqlash.

2.Oʻquv seminarlari konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish.

3. Reja boʻyicha har bir mintaqadagi xodimlar uchun oʻquvlar tashkil etish.

Oʻquv seminarlari rejasi

2023-yil iyul-avgust

Siyosiy partiyalar

(kelishuv asosida)

38.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhi aʼzolari uchun yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati boʻyicha onlayn oʻquv seminarlari tashkil etish.

1. YangitahrirdagiKonstitutsiyaningmazmun-mohiyati boʻyicha oʻquv seminarlari rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Oʻquv seminarlari konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish.

3. Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati boʻyicha onlayn oʻquv seminarlari tashkil etish.

Oʻquv seminarlari rejasi

2023-yil iyul-avgust

Siyosiy partiyalar

(kelishuv asosida)