Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 21-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2146-13]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-avgustdagi 65-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2146, 2010-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 356-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 24-may,
16-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 24-maydagi 16-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 19-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Tashkiliy tasnif (14 — 16 kodlar) kelib tushayotgan daromadlarning ana shu daromadlarni maʼmuriy jihatdan idora qiluvchi tegishli organga (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va sh.k.) mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qoʻllaniladi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.”;
ikkinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. 7 011 300 “Budjet-moliyaviy masalalar” kichik boʻlimi boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalarini saqlash xarajatlari, shuningdek Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi va boshqa toifalarga kiritilmagan budjet-moliyaviy masalalar bilan bogʻliq xarajatlar aks ettiriladi.”.
3. 43-banddagi “Moliya vazirligi huzuridagi maʼmuriy binodan foydalanish boʻyicha boshqarmani” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligining Maʼmuriy binolardan foydalanish boshqarmasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 44-banddagi “Innovatsion rivojlanish vazirligini” degan soʻzlar “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 59-banddagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga beriladigan mablagʻlar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalariga beriladigan mablagʻlar;
tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlariga beriladigan mablagʻlar;”.
7. 64-banddagi ““Oʻzdavzaxira”“ degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 77-banddagi “Davlat personallashtirish markazini” degan soʻlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 79-banddagi “Investitsiyalar va tashqi” degan soʻzlar “Investitsiyalar, sanoat va” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 80-bandning uchinchi xatboshisidagi “Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasini” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 82-band “Qurilish vazirligini” degan soʻzlar “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 84-banddagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 89-banddagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. 110-banddagi “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasini” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 112-banddagi “Madaniyat vazirligi va Sportni rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Madaniyat va turizm vazirligi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. 118-banddagi “Xalq taʼlimi vazirligi” degan soʻzlar “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17. 120-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“120. 7 098 000 “Boshqa toifalarga kiritilmagan taʼlim masalalari” boʻlimida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligini, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi markaziy apparatini va uning hududiy boʻlinmalarini saqlash xarajatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi va uning hududiy boʻlinmalarini saqlash xarajatlari, shuningdek budjet ajratmalari, budjet ssudalari va boshqa manbalar hisobidan kapital qoʻyilmalar xarajatlari, shuningdek boshqa xarajatlar va maqsadli xarajatlar uchun ayrim tashkilotlarga ajratilgan mablagʻlar aks ettiriladi.”.
18. 123-banddagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19. 125-banddagi “Bandlikka koʻmaklashish markazlarining” va “Moliya vazirligi” degan soʻzlar tegishli ravishda “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlarining” va “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
20. 129-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21. 200-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
22. 1-ilovada:
1) 2 001 0 0, 2 007 0 0 va 3 001 0 0 qatorlardagi “Moliya” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 3 004 0 0 qatordagi “Xalq” degan soʻz “Maktabgacha va maktab” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 3 011 0 0 qatordagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 3 014 0 0 qatordagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 3 035 0 0 qatordagi “Prezident” degan soʻz “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 3 037 0 0 qatordagi “Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish” degan soʻzlar “Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 3 041 0 0 qatordagi “Turizm va madaniy meros” degan soʻzlar “Madaniyat va turizm” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 3 045 0 0 qatordagi “Moliya vazirligi “ degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 3 049 0 0 qatordagi “Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 3 056 2 2 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 058 0 0 Qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi;
3 058 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 058 2 0 Hududiy mablagʻlar;
3 058 2 1 Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablagʻlari;
3 059 0 0 Kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
3 059 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 059 2 0 Hududiy mablagʻlar;
3 059 2 1 Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablagʻlari;
3 060 0 0 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining maxsus jamgʻarmalari;
3 060 2 0 Hududiy mablagʻlar;
3 060 2 1 Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatlarning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablagʻlari”;
11) 4 001 2 2 Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijtimoiy nafaqalarni toʻlash uchun mablagʻlari qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4 002 0 0 Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijtimoiy nafaqalarni toʻlash uchun mablagʻlari”;
12) 4 018 2 2 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“4 019 0 0 Gʻolib mahalla jamgʻarmasi;
4 019 1 0 Respublika mablagʻlari;
4 019 2 0 Hududiy mablagʻlar;
4 019 2 1 Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablagʻlari;
4 019 2 2 Tumanlar va shaharlar darajasidagi mablagʻlar”;
13) 4 028 2 1 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“4 600 0 0 Davlat muassasalarining mablagʻlari;
4 600 1 0 Respublika mablagʻlari;
4 600 2 0 Hududiy mablagʻlar;
4 600 2 1 Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablagʻlari;
4 600 2 2 Tumanlar va shaharlar darajasidagi mablagʻlar”.
23. 2-ilovada:
1) 3 111 103 — 3 111 106, 3 112 108, 3 112 126, 3 112 501, 3 112 525, 3 131 201, 3 131 208, 3 131 211, 3 131 215 — 3 131 217, 3 136 104, 3 136 107, 3 136 108, 3 141 119, 3 141 120, 3 145 209, 3 145 210, 3 146 111 va 3 146 112 qatorlardan “davlat” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 3 211 100, 3 211 201, 3 211 400, 3 212 111, 3 212 121, 3 212 131, 3 212 141 va 3 212 151 qatorlardagi “Moliya” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 3 212 160 qatordan “davlat” degan soʻz chiqarib tashlansin;
4) 3 212 161 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalarida hisobi yuritiladigan soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan ijtimoiy soliqdan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ajratma”;
5) 3 212 162, 3 212 163 va 3 212 170 qatorlardan “davlat” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
6) 3 212 171 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalarida hisobi yuritiladigan soliq toʻlovchilar (budjet tashkilotlari) tomonidan toʻlanadigan ijtimoiy soliqdan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ajratma”;
7) 3 212 172 va 3 212 173 qatorlardan “davlat” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 3 212 201, 3 212 301, 3 212 601, 3 212 700, 3 212 800, 3 214 112 va 3 214 113 qatorlardagi “Moliya” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 3 214 116 qatordan “Toshkent shahar” degan soʻzlaridan keyingi “davlat” degan soʻz chiqarib tashlansin;
10) 3 331 220 qatordagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 3 411 116 va 3 411 201 qatorlar chiqarib tashlansin;
12) 3 411 203 va 3 411 204 qatorlardagi “Xalq” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 3 411 212 va 3 411 213 qatorlardagi “Moliya” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 3 421 108 qatordagi “Xalq” degan soʻz “Maktabgacha va maktab” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 3 422 114 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligining budjetdan tashqari hisob raqamidagi mablagʻlar qoldigʻidan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga tushum”;
16) 3 422 135 qatordagi “Davlat personallashtirish markazining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 3 422 319 qator “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlardan keyin “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
18) 3 430 107 qator “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish” degan soʻzlardan keyin “va uy-joy kommunal xoʻjaligi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
19) 3 430 109 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan solingan jarimalar boʻyicha tushumlar”;
20) 3 430 121 qatordagi “Davlat soliq” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 3 430 122 qatordagi “Bandlikka koʻmaklashish markazlari tomonidan” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22) 3 430 124, 3 430 126 va 3 430 127 qatorlar chiqarib tashlansin;
23) 3 430 129 qatordagi “Xalq” degan soʻz “Maktabgacha va maktab” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24) 3 430 136 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan solinadigan jarimalardan tushadigan mablagʻlar”;
25) 3 430 137 qator chiqarib tashlansin;
26) 3 430 149 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan solinadigan jarimalar”;
27) 3 430 178 qatordagi “Xavfsiz turizmni taʼminlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi” degan soʻzlar “Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
28) 3 450 515 qatordagi “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
29) 3 450 607 qator chiqarib tashlansin;
30) 3 450 608 qatordagi “Xalq” degan soʻz “Maktabgacha va maktab” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
31) 3 450 801 va 3 450 803 qatorlar chiqarib tashlansin;
32) 3 450 804 qatordagi “Moliya” degan soʻz “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
33) 3 450 920 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Respublika budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasiga tushadigan tushumlar”;
34) 3 450 926 qatordagi “Moliya vazirligi Gʻaznachiligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
35) 3 450 951 va 3 450 961 qatorlardan “davlat” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
36) 3 450 972 va 3 450 973 qatorlardagi “Moliya” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
37) 3 450 978 qatordan “davlat” degan soʻz chiqarib tashlansin;
38) 3 610 106 va 3 610 108 qatorlar chiqarib tashlansin;
39) 3 610 115 va 3 610 116 qatorlardagi “Xalq” degan soʻzlar “Maktabgacha va maktab” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
40) 3 610 117 va 3 610 118 qatorlardagi “Moliya” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
41) 3 610 119 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining xorijiy valyutadagi depozitlarga qoʻyilgan mablagʻlarini qaytarilishi”;
42) 3 610 120 qatordagi “Xalq” degan soʻz “Maktabgacha va maktab” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
43) 3 610 221 qator chiqarib tashlansin;
44) 3 610 236 qatordagi “Moliya” degan soʻz “Maktabgacha va maktab” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
45) 3 620 243 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari tomonidan olingan ssudalar”;
46) 3 620 244 qatordagi “Bandlikka koʻmaklashish markazlari” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
47) 3 710 304 qator chiqarib tashlansin;
48) 3 999 061 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasiga asosan mehnatdan mayiblanganlik yoki kasb kasalligi oqibatida nogiron boʻlgan shaxslarning pensiyasini qoplash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalarida hisobi yuritiladigan soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan mablagʻlar”.
24. 4-ilovada:
1) 7 011 310 va 7 011 311 qatorlardagi “Moliya” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 7 011 312 qator “Hududiy” degan soʻzdan keyin “iqtisodiyot va” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 7 011 313 qatordagi “Moliya” degan soʻz “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 7 011 313 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 011 314 Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasini saqlash xarajatlari”;
5) 7 011 320, 7 011 321 va 7 011 322 qatorlar chiqarib tashlansin;
6) 7 011 324 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tarmoq bozori va ishlab chiqarish mehnat unumdorligi tadqiqotlari markazini saqlash xarajatlari”;
7) 7 011 325 qator chiqarib tashlansin;
8) 7 011 326 qatordagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 7 011 330 va 7 011 331 qatorlardagi “Davlat soliq” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 7 011 333 qatordan “davlat” degan soʻz chiqarib tashlansin;
11) 7 011 340 va 7 011 341 qatorlardagi “Davlat bojxona” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 7 011 905 va 7 011 906 qatorlar chiqarib tashlansin;
13) 7 011 907 qatordagi “Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 7 013 903 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Maʼmuriy binolardan foydalanish boshqarmasi”;
15) 7 013 904 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
““Iqtisodiyot va moliya vazirligi Axborot texnologiyalari markazi” DUKni saqlash xarajatlari”;
16) 7 014 300 qatordagi “Innovatsion rivojlanish vazirligini” degan soʻzlar “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 7 014 301 qatordagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” degan soʻzlar “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 7 018 340 qatordagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 7 018 512 qatordagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 7 018 513 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalariga beriladigan mablagʻlar”;
21) 7 018 514 qatordagi “Bandlikka koʻmaklashish markazlariga” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22) 7 019 909 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 019 910 Gʻolib mahalla jamgʻarmasi mablagʻlari”;
23) 7 021 400 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi boshqaruv apparati va uning tarkibiy boʻlinmalarini saqlash xarajatlari”;
24) 7 029 904 qator chiqarib tashlansin;
25) 7 029 906 qatordagi “sanoati boʻyicha davlat qoʻmitasini” degan soʻzlar “vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
26) 7 031 102 qatordagi “vazirligining jazoni ijro etish Bosh boshqarmasini” degan soʻzlar “vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
27) 7 031 104 qator chiqarib tashlansin;
28) 7 039 910 qatordagi “Davlat personallashtirish markazini” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
29) 7 041 170, 7 041 180 va 7 041 190 qatorlardagi “Investitsiyalar va tashqi” degan soʻzlar “Investitsiyalar, sanoat va” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
30) 7 041 902 qatordagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” degan soʻlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan oʻzgartirilsin;
31) 7 041 903 qator chiqarib tashlansin;
32) 7 041 904 va 7 041 905 qatorlardagi “Investitsiyalar va tashqi” degan soʻzlar “Investitsiyalar, sanoat va” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
33) 7 041 907 qatordagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
34) 7 041 909 qatordagi “Investitsiyalar va tashqi” degan soʻzlar “Investitsiyalar, sanoat va” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
35) 7 041 910 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 041 911 Kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari”;
36) 7 042 107 qatordagi “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
37) 7 042 128 qator chiqarib tashlansin;
38) 7 042 130 qatordagi “Davlat veterinariya” degan soʻzlar “Veterinariya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
39) 7 042 131 qatordagi “Davlat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” degan soʻzlar “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
40) 7 042 132 qatordagi “veterinariya” degan soʻz “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
41) 7 042 201 va 7 042 204 qatorlardagi “Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
42) 7 042 205 qatordagi “Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
43) 7 042 405 qatordagi “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Suv xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
44) 7 042 991 qatordagi “Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish” degan soʻzlar “Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
45) 7 043 202 va 7 043 203 qatorlardagi “neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat” degan soʻzlar “Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
46) 7 043 301 qatordagi “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Energetika vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
47) 7 043 501 va 7 043 502 qatorlar chiqarib tashlansin;
48) 7 044 101 qatordagi “(Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi)” degan soʻzlar “(Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
49) 7 044 210 qator chiqarib tashlansin;
50) 7 044 220 qatordagi “Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasini” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
51) 7 044 302 va 7 044 303 qatorlar “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish” degan soʻzlardan keyin “va uy-joy kommunal xoʻjaligi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
52) 7 044 304 qator chiqarib tashlansin;
53) 7 044 305 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qurilishda texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot institutini saqlash xarajatlari”;
54) 7 045 192 va 7 045 193 qatorlardagi “Avtomobil yoʻllari davlat” degan soʻzlar “Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
55) 7 045 401 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasini saqlash xarajatlari”;
56) 7 045 501 qatordagi “Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasini” degan soʻzlar “Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
57) 7 045 903 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 045 904 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining maxsus jamgʻarmalari”;
58) 7 046 101 va 7 046 102 qatorlardagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
59) 7 046 902 qatordagi “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
60) 7 047 301, 7 047 302, 7 047 303, 7 047 901 va 7 047 902 qatorlar chiqarib tashlansin;
61) 7 047 903 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasini saqlash xarajatlari”;
62) 7 047 904 qatordagi “Turizm va madaniy meros” degan soʻzlar “Madaniyat va turizm” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
63) 7 047 905 qator chiqarib tashlansin;
64) 7 047 906 va 7 047 907 qatorlar “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlardan keyin “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
65) 7 049 100 va 7 049 200 qatorlardagi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
66) 7 049 992 va 7 049 993 qatorlardagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” degan soʻzlar “Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
67) 7 049 994 qator chiqarib tashlansin;
68) 7 049 995 va 7 049 996 qatorlar “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlardan keyin “Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
69) 7 056 100 va 7 056 200 qatorlardagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
70) 7 063 300 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalarini saqlash xarajatlari”;
71) 7 069 100, 7 069 200 va 7 069 400 qatorlar chiqarib tashlansin;
72) 7 069 907 qatordagi “Uy-joy kommunal xizmati koʻrsatish” degan soʻzlar “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
73) 7 073 203 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimlarini saqlash xarajatlari”;
74) 7 074 110 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi”;
75) 7 076 902 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligini saqlash xarajatlari”;
76) 7 082 930 qatordagi “Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi” degan soʻzlar “Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuridagi Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
77) 7 083 700 qatordan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
78) 7 085 100 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasini saqlash xarajatlari”;
79) 7 085 400 qatordagi “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasini” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
80) 7 089 100 va 7 089 200 qatorlar “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat” degan soʻzlardan keyin “va turizm” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
81) 7 089 600, 7 089 601 va 7 089 602 qatorlardagi “Sportni rivojlantirish” degan soʻzlar “Yoshlar siyosati va sport” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
82) 7 096 400 qatordagi “Xalq” degan soʻz “Maktabgacha va maktab” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
83) 7 098 100 qatordagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligini” degan soʻzlar “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
84) 7 098 300 qatordagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish” degan soʻzlar “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
85) 7 098 400 va 7 098 500 qatorlardagi “Xalq” degan soʻzlar “Maktabgacha va maktab” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
86) 7 098 600 qatordagi “Maktabgacha taʼlim vazirligini” degan soʻzlar “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
87) 7 098 601 qatordagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi” degan soʻzlar “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
88) 7 098 602 qatordagi “Maktabgacha taʼlim vazirligining” degan soʻzlar “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
89) 7 098 902 qatordagi “Prezident” degan soʻz “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
90) 7 098 904 qator chiqarib tashlansin;
91) 7 098 905 qatordagi “Prezident” degan soʻz “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
92) 7 102 200 va 7 102 300 “Moliya” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
93) 7 102 416 qatordagi “Davlat bojxona” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
94) 7 104 101 qatordagi “Bandlikka koʻmaklashish markazlarining” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
95) 7 104 103, 7 106 211, 7 106 212, 7 106 321 va 7 106 322 qatorlardagi “Moliya” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
96) 7 109 100, 7 109 110 va 7 109 120 qatorlardagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
97) 7 109 130 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasini saqlash xarajatlari”;
98) 7 109 207 qatordagi “Bandlikka koʻmaklashuvchi tuman (shahar) markazlarida” degan soʻzlar “tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
99) 7 109 406 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi xarajatlari”;
100) 7 109 940 qatordagi “Moliya” degan soʻz “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
101) 7 109 950 qatordagi “Bandlik va mehnat” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
25. 6-ilovada:
50-boʻlim 5-paragrafdagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/2146-13/0414-son)