Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
buyrugʻi
Tayyorlash-qoliplash ishlarida mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 165-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 20-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2010-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 27-avgustdagi 54-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2010, 2009-yil 29-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 40-son, 437-modda) bilan tasdiqlangan Tayyorlash-qoliplash ishlarida mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 165-bandidagi “davlat standartlariga” degan soʻzlar “milliy standartlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq 2023-yil 5-noyabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 14-iyun,
41-2023/B-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/2010-3/0407-son)