Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
buyrugʻi
Paxta tozalash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 20-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1983-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 10-iyundagi 29/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1983, 2009-yil 16-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 29-son, 341-modda) bilan tasdiqlangan Paxta tozalash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq 2023-yil 5-noyabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 14-iyun,
45-2023/B-son
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 14-iyundagi 45-2023/B-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Paxta tozalash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-banddagi “Davlat standartlarining” degan soʻzlar “milliy standartlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 123-banddagi “davlat standartlari” degan soʻzlar “milliy standartlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 200-banddagi “Davlat standartlarida” degan soʻzlar “milliy standartlarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1983-2/0405-son)