oʻzbekiston respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
buyrugʻi
Kanop-jut ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 2-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 16-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1951-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 3-apreldagi 13-1/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1951, 2009-yil 6-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 19-20-son, 238-modda) bilan tasdiqlangan Kanop-jut ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 2-bandidagi “Davlat standartlari” degan soʻzlar “milliy standartlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq 2023-yil 5-noyabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 9-iyun,
27-2023/B-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2023-y., 10/23/1951-2/0386-son)