Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
buyrugʻi
Dori-darmonlarni saqlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 3-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 16-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1976-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 2-iyundagi 25/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1976, 2009-yil 26-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 26-son, 310-modda) bilan tasdiqlangan Dori-darmonlarni saqlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 3-bandidagi “davlat standartlarining” degan soʻzlar “milliy standartlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq 2023-yil 5-noyabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 12-iyun,
35-2023/B-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2023-y., 10/23/1976-1/0393-son)