Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
buyrugʻi
Ikkilamchi xomashyo tayyorlash omborxonalari, baza va punktlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 3-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 16-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1966-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 30-apreldagi 18/B-1-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1966, 2009-yil 11-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 24-son, 279-modda) bilan tasdiqlangan Ikkilamchi xomashyo tayyorlash omborxonalari, baza va punktlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 3-bandidagi “Davlat standartlarining” degan soʻzlar “milliy standartlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq 2023-yil 5-noyabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 9-iyun,
29-2023/B-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2023-y., 10/23/1966-3/0389-son)