Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining
Qarori
Sud binolari, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 25-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 16-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2981-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda 2022-yil 21-dekabrdagi PQ-447-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 23-fevraldagi 11-87 va 20-son qarori (roʻyxat raqami 2981, 2018-yil 15-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 10/18/2981/0900-son) bilan tasdiqlangan Sud binolari, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 25-bandi oʻn oltinchi xatboshisidagi “davlat qoʻmitalarining” degan soʻzlar “qoʻmitalarning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy sud raisi B. ISLAMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 18-may,
352-son
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2023-yil 17-may,
21-son
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni R. DJURAYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 4-may,
1/1E-709-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2023-y., 10/23/2981-4/0381-son)