Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 07.01.2003 yildagi 5-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY-BOShQARUV XODIMLARI SONINI QISQARTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv apparati tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyati samaradorligini oshirish, maʼmuriy-boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslarining, Moliya vazirligining 2003-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalarining hamda ular tasarrufidagi davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan muassasalar va tashkilotlar maʼmuriy-boshqaruv apparati xodimlari sonini 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlari lavozimlarini 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning xoʻjalik hisobidagi faoliyati hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan maʼmuriy-boshqaruv apparatini 3-ilovaga* muvofiq qisqartirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hududlarning agrosanoat komplekslari kotibiyatlari tuzilmasini tartibga solish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Sirdaryo va Xorazm viloyatlari hokimliklarining koʻrsatib oʻtilgan kotibiyatlarida xodimlar soni 2 nafarga, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo¸ va Navoiy viloyatlari hokimliklarida esa 1 nafarga qisqartirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar va boshqa xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv apparati xodimlari sonini 2003-yil 1-yanvardan boshlab qisqartirish boʻyicha belgilangan topshiriqlarning bajarilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda uning joylardagi organlari bilan birgalikda boʻshab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish masalalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil budjetini shakllantirishda budjet tashkilotlarida boshqaruv apparati xodimlari sonining qisqartirilishi munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlarning moddiy-texnikaviy bazani mustahkamlashga va yuqori malakali xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilishini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet muassasalari va tashkilotlarining shtat jadvallarini hamda xarajatlar smetalarini roʻyxatdan oʻtkazishni boshqaruv apparati xodimlarining ushbu qarorda belgilangan cheklangan soniga qatʼiy muvofiq holda amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 7-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш