Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 9-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3442]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 27-may,
14/10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 27-maydagi 14/10-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2008-yil 19-apreldagi 10/3-son qarori (roʻyxat raqami 1815, 2008-yil 22-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 195-modda) bilan tasdiqlangan Kredit uyushmalarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 35-bandida:
birinchi xatboshidagi “bankrotlik” degan soʻz “toʻlovga qobiliyatsizlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “bankrotligi” degan soʻz “toʻlovga qobiliyatsizligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/3-son qarori (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 27-son, 360-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning 41-bandi uchinchi xatboshisidagi “(bankrotlik)” degan soʻz “(toʻlovga qobiliyatsizlik)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/5-son qarori (roʻyxat raqami 2696, 2015-yil 14-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 28-son, 374-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 336-bandi oltinchi xatboshisidagi “bankrotlik” degan soʻz “toʻlovga qobiliyatsizlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/8-son qarori (roʻyxat raqami 3002, 2018-yil 25-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/3002/1102-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomning 24-bandidagi “bankrotlik” degan soʻz “toʻlovga qobiliyatsizlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/6-son qarori (roʻyxat raqami 3219, 2020-yil 10-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2020-y., 10/20/3219/0160-son) bilan tasdiqlangan Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 31-band ikkinchi xatboshisidagi “bankrotlikka” va “bankrotligi” degan soʻzlar tegishli ravishda “toʻlovga qobiliyatsizlikka” va “toʻlovga qobiliyatsizligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 76-banddagi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/4-son qarori (roʻyxat raqami 3336, 2021-yil 26-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2021y.,10/21/3336/1101-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi 3-bobidagi “16703 Kredit va lizing boʻyicha undirilgan tugatilayotgan bankrot korxonalar mulki” balans hisobvaragʻining taʼrifidagi “bankrotlik” degan soʻz “toʻlovga qobiliyatsizlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 10/23/3442/0359-son)