oʻzbekiston respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
buyrugʻi
Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilinib, ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirilganda xodimlarga moddiy madad berish tartibi haqidagi tushuntirishga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 9-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 720-2]
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1999-yil 15-aprelda 684/04-1-son bilan tasdiqlangan Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilinib, ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirilganda xodimlarga moddiy madad berish tartibi haqidagi tushuntirishiga (roʻyxat raqami 720, 1999-yil 10-may) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 10-may,
9-2023/B-son
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 10-maydagi 9-2023/B-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilinib, ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirilganda xodimlarga moddiy madad berish tartibi haqidagi tushuntirishga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Birinchi xatboshidagi “Mehnat kodeksi 102-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 165-moddasi uchinchi qismi hamda 168-moddasi uchinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, ushbu ogohlantirish muddatlarini pullik kompensatsiyaga almashtirish ish beruvchining xohishi asosida amalga oshiriladi.”.
3. Uchinchi — beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. Uchinchi xatboshidagi “Mehnat kodeksi 67-moddasining birinchi va uchinchi qismida” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi birinchi va toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Toʻrtinchi xatboshidagi “Mehnat kodeksining 67-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 10/23/720-2/0358-son)