Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan bajariladigan geodeziya va kartografiya ish turlarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 9-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2721-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2022-yil 21-dekabrdagi PQ-447-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2015-yil 14-sentabrdagi 32-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan bajariladigan geodeziya va kartografiya ish turlarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2721, 2015-yil 21-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 42-son, 547-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 31-may,
19-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 31-maydagi 19-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan bajariladigan geodeziya va kartografiya ish turlarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorda:
nomi va 1-bandidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Ilovada:
nomi hamda 1 va 2-bandlardagi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 10/23/2721-2/0351-son)