31.05.2023 yildagi PQ-174-son
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-81-son Farmoniga muvofiq Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) (keyingi o‘rinlarda — Universitet) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-114-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2023-y., 06/23/114/0527-son)

1.

Lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri, Vasiylik kengashi raisi

2.

Lavozimi bo‘yicha

Markaziy Osiyo mamlakatlarining tegishli vazirliklari tomonidan tavsiya etiladigan nomzodlar, Vasiylik kengashi hamraislari (kelishuv asosida)

3.

B.B. Alixanov

Oliy Majlis Senati Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi, Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari (kelishuv asosida)

4.

B. Oberle

Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi bosh direktori (kelishuv asosida)

5.

M. Dimovska

BMT Rivojlanish dasturi doimiy vakili (kelishuv asosida)

6.

S. Vaxba

Jahon banki Yevropa va Markaziy Osiyo uchun barqaror rivojlanish bo‘yicha mintaqaviy direktori (kelishuv asosida)

7.

F. Raysberman

Global yashil o‘sish instituti ijroiya direktori (kelishuv asosida)

8.

M. Mumba

Suvda suzuvchi qushlarning asosiy yashash manzili bo‘lgan xalqaro ahamiyatga ega suv-botqoq yerlar to‘g‘risidagi konvensiya Bosh kotibi (kelishuv asosida)

9.

I.A. Kutbiddinov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi

10.

X.L. Gapparov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi (kelishuv asosida)

11.

Z.X. Maxmudov

Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi ijrochi direktori (kelishuv asosida)

12.

Lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi, Vasiylik kengashi kotibi

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida (keyingi o‘rinlarda — Universitet) ta’lim sifatini oshirish va yuqori malakali kadrlarni tayyorlash

1.

Zarur yangi o‘quv rejalari va fan dasturlari, o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish.

1. Universitet ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish yuzasidan professor-o‘qituvchilar tarkibi va jalb qilingan ekspertlar orasidan ishchi guruhlar tuzish.

2023-yil iyun

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlari, shuningdek, talabalar bilimini baholash tizimini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2023/2024 o‘quv yili

3. Yangi o‘quv reja joriy qilingan akademik guruhlarda, kafedralar yig‘ilishlari, fakultet va universitet kengashlarida buyurtmachi tashkilotlar, talabalar amaliyot o‘tashini ta’minlagan tashkilotlar ishtirokida bitiruvchilar erishgan kasb malakalaridan kelib chiqib tanqidiy tahlil o‘tkazish, o‘quv rejasi va fan dasturlarini zamon talablari asosida takomillashtirish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish.

2023/2024 o‘quv yili yakuni

2.

Universitetda kafedralar tizimini tashkil etish.

1. Tarmoq mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2023-yil iyun

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Ishchi guruh tom�nidan universitetda, iqtisodiyot tarmoqlarida va hududlarda yangidan tashkil etilishi zarur bo‘lgan kafedralar ro‘yxatini shakllantirish hamda asoslash.

2023-yil iyul

3. Kafedralar faoliyatini boshlash muddatlarini belgilash.

2023/2024 o‘quv yili

4. Kafedralar nizomlarini ishlab chiqish, ularni o‘quv-uslubiy va boshqa hujjatlar bilan ta’minlash.

2023-yil iyul

5. Kafedralarda professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish hamda kafedralar faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish.

2023-yil sentyabr

II. Universitetda ta’lim jarayonini tashkil etish

3.

Universitetda xalqaro ta’lim standartlari asosida ta’lim jarayonini tashkil etish.

1. Universitetda tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish maqsadida respublikamizdagi yetakchi ilmiy xodimlar, mutaxassislar va professor-o‘qituvchilarni jalb qilish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab doimiy

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar

vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Universitet

2. O‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlari asosida o‘qitishning ilg‘or texnologiyalari va metodlarini tatbiq etish.

3. Tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish yo‘nalishidagi ta’lim muassasalariga metodik va amaliy ko‘mak ko‘rsatish.

4. Nufuzli xorijiy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dasturlar asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish maqsadida hamkorlik memorandumlarini tuzish va imzolash.

2023-2024-yillar

5. Universitetda elektron o‘qitish tarmog‘ini yaratish.

2023-2024 o‘quv yili

4.

Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologiya masalalariga bag‘ishlab iste’dodli talabalarning xalqaro ilmiy-ijodiy forumini o‘tkazish.

1. Universitetning faol va iste’dodli talabalarini ilmiy-tadqiqot va ijodiy guruhlarga jalb qilish.

Doimiy

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar

vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Universitet

2. Universitet hududida buk-kafe tashkil qilish.

2023-yil noyabr

3. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-ijodiy forum tashkil etish.

5.

Amaliyotda talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni maqsadli tayyorlashni ta’minlash hamda shu asosda ta’lim mutaxassisliklari va yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni tayyorlashga har yillik maqsadli buyurtmalar portfelini shakllantirish.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasidagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tijoriy tuzilmalar va nodavlat tashkilotlarning kadrlarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini kompleks tahlil qiluvchi doimiy ishlaydigan tizimni yaratish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Universitet

III. Tashkilotlar bazasida malakaviy amaliyotlarni tashkil etish

6.

Talabalarda amaliy va ishlab chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishda ish beruvchi tashkilotlarning ishtirokini oshirish va mas’uliyatini belgilash.

1. Universitet talabalarining amaliyotini tashkil etish bo‘yicha amaliyot o‘tash obyektlari — ish beruvchi tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

2023-yil noyabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Universitet

2. Zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etgan yetakchi tashkilotlar bilan talabalarning amaliyot o‘tashi bo‘yicha o‘zaro hamkorlik shartnomalarini tuzishda ish beruvchi tashkilotlarning talabalarda amaliy va ishlab chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish majburiyatlarini e’tiborga olish.

2023-yil dekabr

3. Buyurtmachi tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini o‘tkazish.

har yili

4. Talabalar amaliyotini tashkilotlar bazasida o‘tkazish, ularning amaliyot o‘tashlari uchun zarur jihoz va texnikalar, transport vositalari, yashash sharoitlari bilan ta’minlash.

2023/2024 o‘quv yili

7.

Talabalarning sohadagi muayyan korxonalar va tashkilotlarda amaliy mashg‘ulotlar hamda malakaviy amaliyotlar o‘tishini tashkil qilish.

1. Tarmoqning nazariy va amaliy muammolaridan kelib chiqib, shuningdek, �lg‘or xorijiy tajriba va ilmiy tadqiqotlar natijalarini inobatga olgan holda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari uchun o‘quv-dala amaliyoti va malakaviy amaliyot dasturlarini yaratish.

2024-yil mart

Amaliyotga biriktirilgan tashkilotlar mablag‘lari doirasida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Universitet, manfaatdor korxona va tashkilotlar

2. Tahsil olayotgan talabalar kontingentini tegishli korxonalar va tashkilotlarga biriktirish, shuningdek, ta’lim yo‘nalishi xususiyatidan kelib chiqqan holda ular bilan tegishli shartnomalar tuzish.

3. Shartnomalar va jadval asosida talabalarning amaliy mashg‘ulotlari va malakaviy amaliyotini tashkil etish, mazkur jarayonni nazorat qilish uchun Universitetning mas’ul vakillarini tayinlash.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab muntazam ravishda

8.

Universitet professor-o‘qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlarining yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarda stajirovka o‘tash va malaka oshirishini tashkil etish.

1. Xorijiy mamlakatlarning sohadagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tahliliy markazlari bilan xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish va chuqurlashtirish bo‘yicha 2023 — 2025-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash.

2023-yil oktyabr

“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari, Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Universitet

2. Tegishli xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar o‘tkazish.

2023-yil dekabr

3. “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan hamkorlikda stajirovka va malaka oshirishni tashkil qilish jadvalini tuzish, kelishish va tasdiqlash.

2023-yil fevral

4. Stajirovka va malaka oshirish kurslarining samarali va o‘z vaqtida tashkil qilinishini ta’minlash.

belgilangan muddatlarda

IV. Ilmiy-tadqiqot va innovatsiyani rivojlantirish

9.

Xalqaro (shu jumladan, hamkorlikdagi) ilmiy-tadqiqot grant loyihalarini amalga oshirish.

1. Xorijiy davlatlar oliy ta’lim va ilmiy muassasalari bilan aloqalar o‘rnatish, qo‘shma konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga er�shish.

har yili 20-sentabrga qadar

Xalqaro grantlar va xorijiy hamkorlarning mablag‘lari,

Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ilmiy ishlarni olib borish bo‘yicha takliflar tayyorlash va dasturini tasdiqlash hamda o‘z faoliyat yo‘nalishida ishlarni tashkil etish.

har yili 30-sentabrga qadar

3. Sohaga ilg‘or ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini joriy etish maqsadida ixtisoslashgan kompaniyalar bilan hamkorlikni amalga oshirish hamda ushbu ishlarga nufuzli xalqaro universitetlarni jalb qilish.

2024-yil aprel

4. Barcha ilmiy-tadqiqot ishlari, loyihalar va grantlarning bajarilishini tizimli monitoring qilish.

har chorakda

10.

Ilmiy-tadqiqot institutlarida ilmiy maktablarni shakllantirishga ko‘maklashish hamda “fan — ta’lim — ishlab chiqarish integratsiyasi” tamoyili asosida ilmiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish.

1. Magistratura, stajor-tadqiqotchilik va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutini rivojlantirish orqali yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlash.

2. Ilmiy ishlar olib boruvchi kafedralar faoliyatini tashkil etish va rag‘batlantirish.

3. Ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun moddiy-texnik bazani yaratish, tegishli ilmiy uskunalar bilan ta’minlash.

4. Ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatiga iqtidorli magistrantlarni jalb qilish.

5. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasi tarmoq tashkilotlarining muammolari tematik bazasini shakllantirish.

6. Davlat grantlari va xo‘jalik shartnomalari, bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarining tematik bazadan foydalangan holda bajarilishini tashkil etish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab muntazam ravishda

Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

11.

Universitetda yirik ishlab chiqarish tashkilotlarining dolzarb muammolari yechimiga oid ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun doktorantlarni maqsadli tayyorlash.

1. Dolzarb muammolardan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot institutlari va kafedralarning yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2. Doktorantura ilmiy yo‘nalishlarini sohaga tegishli tashkilotlarning mutaxassislarini ilmiy-texnik kengashlarida ishtirokini ta’minlash orqali hamkorlikni amalga oshirish.

3. Doktorantura tadqiqotchilariga ilmiy rahbar sifatida mahalliy va xorijiy salohiyatli ilmiy kadrlarni jalb etish.

4. Har yili tanlov asosida iqtidorli yoshlarni doktoranturaga qabul qilish.

Doimiy

Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida

Ek?logiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

12.

Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish.

1. Yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarni xorijiy va respublika ta’lim tashkilotlari hamda ilmiy-tadqiqot institutlariga biriktirish.

2. Universitetning axborot-resurs markazini xorijiy ilmiy jurnallar, yetakchi davriy nashrlar bilan ta’minlash.

3. Universitet professor-o‘qituvchilarini xorijda o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda ishtirok etishini tashkil etish va ta’minlash.

Doimiy

Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

13.

Davlat qo‘riqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bog‘lari, pitomniklar, o‘rmon va o‘rmon-ov xo‘jaliklari, tog‘li va cho‘l hududlarida Universitetning dala tadqiqotlari (dala laboratoriyalari) maydonlarini tashkil qilish.

1. Dala tadqiqotlari o‘tkazish hududlarni aniqlash.

2. Dala tadqiqotlari maydonlarini tashkil qilish.

2023-yil avgust

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

3. Universitet talabalarining dala tadqiqotlari maydonlarida amaliyotlarini o‘tkazib borish.

doimiy

V. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish

14.

Yashash joylarini ijaraga oluvchi talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish.

1. Ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari, fuqarolar yig‘inlari vakillarini jalb qilgan holda, talabalarning turmush kechirish, darslarga tayyorlanish, dam olish va boshqa hayotiy ahamiyatga molik shart-sharoitlarini va ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish.

2. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

doimiy

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

15.

Universitet hududida amaliy ishlab chiqarish maydonlari (media markaz, buk-kafe, Wi-Fi zonalar, munozara klublari va boshqalar)ni tashkil qilish.

1. Universitetda amaliy ishlab chiqarish maydonlari loyihasini (dizaynini) yaratish.

2. Amaliy ishlab chiqarish maydonlarini tashkil etish maqsadida grantlar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘larni jalb qilish.

3. Obyektlarning to‘laqonli ishlashini ta’minlash.

2023-2024-yillar davomida

Xorijiy tashkilotlarning grant mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

16.

“Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasini rivojlantirish bo‘yicha eng yaxshi tashabbuslar” respublika tanlovini tashkil qilish.

1. Tanlovni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Tanlovni ommaviy axborot vositalarida keng yoritgan holda tashkil qilish va o‘tkazish.

har o‘quv yilida

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

VI. Universitet hududida qurilish-montaj ishlarini olib borish va uning hududini obodonlashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

17.

Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darxon qo‘rg‘oni, Chimkent yo‘li ko‘chasi 2-uy manzilida joylashgan O‘rmon xo‘jaligi texnikumining bino va inshootlarini tutash hududi bilan birgalikda Universitetga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul o‘tkazib berish.

Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darxon qo‘rg‘oni, Chimkent yo‘li ko‘chasi 2-uy manzilida bino va inshootlarini tutash hududi bilan birgalikda bepul o‘tkazib berish bo‘yicha qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilishini ta’minlash.

2023-yil iyun

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi,

Buxoro viloyati hokimligi

18.

Buxoro shahri, B. Naqshband ko‘chasi yoqasida joylashgan 1-passaj binosini Etnoekologiya ilmiy-tadqiqot markaziga bepul o‘tkazib berish.

Buxoro shahri, B. Naqshband ko‘chasi yoqasida joylashgan 1-passaj binosini bepul o‘tkazib berish bo‘yicha qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilishini ta’minlash.

2023-yil iyun

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘rmon x�jaligi agentligi,

Buxoro viloyati hokimligi

19.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Bo‘stonliq o‘rmon xo‘jaligi va servis kasb-hunar kolleji va uning bino va inshootlarini Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetiga tasarrufiga bepul o‘tkazib berish.

Bo‘stonliq o‘rmon xo‘jaligi va servis kasb-hunar kolleji va uning bino va inshootlarini bepul o‘tkazib berish bo‘yicha qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilishini ta’minlash.

2023-yil iyun

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Madaniyat va turizm vazirligi

20.

Zarur infratuzilmani yaratish va Universitet faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun birinchi bosqichda kerakli kompleks ishlarni amalga oshirish.

1. Universitet bino va inshootlarini ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish.

2. Universitetni kompyuter va boshqa orgtexnika, o‘qitishning texnik vositalari, shu jumladan masofaviy va onlayn ta’limni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan texnikalar, o‘quv adabiyotlari va kutubxona fondi bilan ta’minlash.

3. Universitetni mebel (doskalar, partalar, stollar, stullar va boshqalar), inventar, zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, shuningdek, o‘quv adabiyotlari va kutubxona fondi bilan ta’minlash.

4. Universitet bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish ishlarini bajarish, unga tutash hududdagi yo‘llar sifatini yaxshilash, ?egishli infratuzilma, kommunikatsiya tarmoqlari, yo‘l-axborot ko‘rsatkichlari bilan ta’minlash.

5. Tegishli uskunalar bilan jihozlagan holda, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tortish bo‘yicha barcha zarur ishlarni bajarish.

6. Universitetni optik tolali liniya orqali Internet tarmog‘iga va axborot-ta’limiy portallarga ulash.

2023-yil avgust

Ekologiya jamg‘armasi,

Oliy ta’�im muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Toshkent shahri hokimligi,

Toshkent viloyati hokimligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jalik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar

vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar

vazirligi

21.

Universitetning rasmiy veb-saytini yaratish.

1. Veb-saytni ishlab chiqish bo‘yicha ijrochilarni aniqlash va ular bilan shartnoma tuzish.

2. Veb-saytning internet tarmog‘ida to‘laqonli ishlashini ta’minlash.

3. Veb-saytni dolzarb va zarur axborot bilan doimiy ravishda yangilab borish.

2023-yil sentyabr

Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar

vazirligi,

Universitet

VII. Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish

22.

Vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari hududiy bo‘linmalari, O‘rmon xo‘jaligi agentligi va hududiy bo‘linmalari mutaxassislarining malakasini oshirishni tashkil etish.

1. Tinglovchilar kontingentini shakllantirish.

2. Sohalar bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarni ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash.

2023-yil iyun

Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Universitet

3. Tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlar asosida malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

2023-yil iyun

4. Davlat ta’lim talablari asosida har ikki yilda bir marta majburiy tartibda malaka oshirish kurslarida o‘qitish.

2023-yil iyun —dekabr

23.

Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va IV toifalariga mansub korxona va tashkilotlar ekolog mutaxassislarining atmosfera havosini tozalash, oqova suvlarni tozalash tizimi va tuproq zararlanishining oldini olish hamda foydalanishda bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar bo‘yicha malakasini oshirishni tashkil etish.

1. O‘quv reja va dastur ishlab chiqish hamda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash, dastur asosida malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

2023-yil iyun

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Universitet

2. Davlat ta’lim talablari asosida har ikki yilda bir marta majburiy tartibda malaka oshirish kurslarida o‘qitish.

2023-yil iyun —dekabr

24.

Davlat ta’lim talablari asosida (360 hamda 576 soatlik) qayta tayyorlash kurslarini yo‘lga qo‘yish.

1. Tinglovchilar kontingentini shakllantirish.

2023-yil iyun

Tinglovchilar hisobidan

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Universitet

2. O‘quv reja va dastur ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash.

2023-yil avgust

3. Reja-jadval asosida qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish.

Reja-jadval asosida

25.

Markaz moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Markaz moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bunda:

100 dona o‘quv-amaliyot plansheti;

4 dona elektron o‘quv doska;

20 dona kompyuter jamlanmasi;

mobil laboratoriya avtomobili;

Tuproq, suv, atmosfera tahlili uchun o‘quv laboratoriya jihozlari.

2023-yil dekabr

Xalqaro grantlar mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Universitet

26.

Malaka oshirish kurslari bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lgan tinglovchilarga sertifikat muddati tugagunga qadar oylik ish haqiga qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish.

1. Markaz tomonidan berilgan sertifikatga asosan sertifikatning amal qilish davrigacha mutaxassislarning lavozim maoshiga har oyda 20 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda ish beruvchilar tomonidan qo‘shimcha to‘lovni amalga oshirish.

2. Davlat ta’lim talablari asosida har ikki yilda bir marta majburiy tartibda malaka oshirish kurslarida o‘qitish.

Sertifikat amal qilish muddati tugagunga qadar (2 yil)

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar

27.

“Ekota’lim” elektron platformasi loyihasini ishlab chiqish.

1. “Ekota’lim” elektron platformasi loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil sentyabr

Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Universitet

2. Platformani moliyalashtirishni amalga oshirish va uni ishga tushirish.

2023-yil oktyabr

3. Tinglovchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini real vaqt bo‘yicha inson omilisiz elektron baholab borish.

2023-yil noyabr doimiy

28.

Vazirlik xodimlarini ularning malakasini oshirish uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali rivojlangan davlatlar universitetlari va tadqiqot markazlariga yuborish:

ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish maqsadida 5 nafar magistr (2 yil);

ilmiy ish olib borish uchun 2 nafar PhD tadqiqotchisi (3 yil);

amaliy bilim va stajirovka o‘tash maqsadida sohada faoliyat olib borayotgan 43 nafar mutaxassis (6 oydan 1 yilgacha);

xodimlarining tajriba almashish maqsadida (1,2 oy) malaka oshirishini ta’minlash;

markaz xodimlarining o‘quv dasturlarni ishlab chiqish bo‘yicha xorijda qisqa muddatli seminar-treninglarda ishtirokini ta’minlash.

1. Xorijiy davlatlarga yuboriladigan mutaxassislar ro‘yxatini shakllantirish va “El-yurt umidi” jamg‘armasiga taqdim etish.

2. “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan hamkorlikda xorijiy rivojlangan mamlakatlardagi korxonalar va ta’lim tashkilotlarini aniqlash.

3. “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali rivojlangan xorijiy korxonalar va ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

2023-yil davomida

“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Universitet,

“El-yurt umidi” jamg‘armasi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

VIII. O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy faoliyatini rivojlantirish

29.

O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut)da yaratilgan ilmiy ishlanmalarni (patentlar, texnologiyalar, dasturiy mahsulotlar) tijoratlashtirishni yo‘lga qo‘yish.

1. Institut tuzilmasida ilmiy ishlanmalarni patentlashtirish va tijoratlashtirish bo‘limini tashkil etish.

2023-yil avgust

Mablag‘ talab etilmaydi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi agentligi,

Universitet

2. Yaratilgan ilmiy ishlanmalar (patentlar, texnologiyalar, dasturiy mahsulotlar)ni o‘rmon xo‘jaliklaridagi ishlab chiqarish amaliyotiga joriy etish va undan tushgan pul mablag‘larining bir qismini Institutga yo‘naltirishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish.

2023-yil sentyabr

3. O‘rmon xo‘jaliklarida daraxt-buta ko‘chatlarini yetishtirish va daraxtzorlarni barpo etish ishlarini Institut tomonidan ishlab chiqilgan tavsiya hamda texnologiyalar asosida amalga oshirish.

2023 — 2025-yillar

4. O‘rmon xo‘jaliklarda ilmiy asosda yetishtirilgan ko‘chatlarni sotishdan tushadigan umumiy daromadning 5 foizini ishlanma muallifi (i�stitut)ga shartnoma asosida o‘tkazish tizimini yo‘lga qo‘yish.

2023 — 2025-yillar

5. Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va marketingini tashkil etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Jizzax viloyatlarida ko‘rgazmali yarmarkalarni tashkil etish.

2023-yil sentyabr, oktyabr

30.

Qurg‘oqchil sharoitda daraxt-buta ko‘chatlarini yetishtirish hamda madaniy o‘rmonlar barpo etishning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish.

1. Xalqaro UEFRO va KOICA tashkilotlari bilan daraxt-buta ko‘chatlarini zamonaviy “smart” issiqxona va kichik hajmli ko‘chatxona sharoitida yetishtirish bo‘yicha tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan hamkorlik kelishuvlarni tashkil etish.

2023-yil oktyabr

Mablag‘ talab etilmaydi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi agentligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Institut qoshida daraxt-buta ko‘chatlarini jadal yetishtirish bo‘yicha 1 ta zamonaviy issiqxona tashkil etish.

2024-yil dekabr

Xalqaro tashkilotlar mablag‘lari

(500 mln so‘m)

3. Tog‘ va tog‘oldi maydonlarda archa o‘rmonlarini tiklash uchun ko‘chatlarni zamonaviy konteynerlar (briket, kasseta, rulon)da yetishtirish.

2024-yil oktyabr

4. Lalmi tog‘ va cho‘l sharoitlarida nam saqlovchi polimer mahsulotlar (gidrogellar, kompozitsion mahsulotlar, kapsulalar) hamda o‘stiruvchi biologik moddalar (stimulyator, gummat oziqalar) yordamida madaniy o‘rmon barpo etish va ko‘chatlar ko‘karuvchanligini oshirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni bajarish.

2024-yil mart

Ilmiy loyihalarga ajratiladigan mablag‘lar

(3,0 mlrd so‘m)

5. To‘qay hududlarida daryo qirg‘oqlarini yuvilishdan saqlash va mustahkamlash uchun turang‘il, qayrag‘och, shumtol, jiyda, chakanda daraxt-buta o‘simliklaridan o‘rmon barpo etish usullarini ishlab chiqish.

2025-yil fevral

31.

Institut tashkiliy tuzilmasida Qoraqalpog‘iston sharoitida o‘rmon yo‘nalishlarida doimiy tadqiqotlarni olib borishga ixtisoslashgan Qoraqalpog‘iston ilmiy-tajriba stansiyasini tashkil etish.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanidan tajriba stansiyasi uchun bino qurish va tajriba o‘tkazish uchun 10 ga yer maydonini ajratish.

2023-yil sentyabr

Mahalliy budjet (6 mlrd so‘m)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi agentligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Qoraqalpog‘iston ilmiy-tajriba stansiyasining moddiy-texnika bazasini yaratish.

2024-yil mart

Mahalliy budjet

(2 mlrd so‘m)

3. Yangidan tashkil etilgan tajriba stansiyasida cho‘l sharoitiga bardoshli daraxt-buta ko‘chatlarini yetishtirish hamda daraxtzorlarni barpo etishning ilg‘or texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy loyihalarni amalga oshirish.

2023-2024-yillar

Ilmiy loyihalarga ajratiladigan mablag‘lari hisobidan

(1,5 mlrd so‘m)

32.

Institut tashkiliy tuzilmasida Toshkent viloyatida Chotqol tog‘ o‘rmon meliorativ tajriba stansiyasi va uning Jizzax viloyati Zomin tumanida Kulsay tayanch punktini qayta tiklashni tashkil etish.

1. Toshkent viloyati Saksonota davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonasiga qarashli Suqoq bo‘limini tugatib, Institut negizida Chotqol tog‘ o‘rmon meliorativ tajriba stansiyasini qayta tashkil etish.

2023-yil oktyabr

Mablag‘ talab etilmaydi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi agentligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaz??ligi,

Universitet

2. Zomin qo‘riqxonasiga qarashli Kulsay tayanch punktini tugatib, Institut negizida qayta tashkil etish.

2023-yil oktyabr

Mablag‘ talab etilmaydi

3. Tog‘ hududlaridagi tuproq degradatsiyasiga qarshi o‘rmon ko‘chatlarini ekish va sel oqimlarini to‘xtatish bo‘yicha ilmiy loyihalar tanlovini o‘tkazish va tadqiqotlarni bajarish.

2024-yil noyabr

Ijrochilar mablag‘lari

4. Tog‘ yaylovzorlarini tiklash, saqlash va unumdorligini oshirish bo‘yicha ilmiy loyihalar tanlovini o‘tkazish va tadqiqotlarni bajarish.

2025-yil mart

Ilmiy loyihalar uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan

(2,0 mlrd so‘m)

33.

O‘rmon xo‘jaliklarida musbat belgiga ega daraxt-buta turlarining birlamchi urug‘chilik plantatsiyalarini barpo etish.

1. O‘rmon fondi yerlarida tarqalgan daraxt-buta o‘simliklarning musbat belgili turlarini tanlash bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borish.

2023-yil oktyabr

Mablag‘ talab etilmaydi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi agentligi,

Universitet

2. Buxoro tajriba stansiyasida jami 1,0 ga maydonda saksovulning “Jondor” navining doimiy urug‘chilik plantatsiyasini tashkil etish.

2023-yil oktyabr

Xo‘jalik mablag‘lari hisobidan

(100 mln. so‘m)

3. Navoiy viloyati cho‘l o‘rmonchiligini rivojlantirish markazida jami 1,0 ga qayrog‘och va shumtol daraxtlarining urug‘chilik plantatsiyalarini barpo etish.

2024-yil oktyabr

4. Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlari davlat o‘rmon xo‘jaliklarida shumtol va oq akatsiya daraxtlarining urug‘chilik plantatsiyalarini tashkil etish.

2025-yil oktyabr

Xo‘jalik mablag‘lari hisobidan

(100 mln. so‘m)

34.

“Yashil makon” umummi�liy loyihasi doirasida ekilgan daraxtzorlarni xavfli zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishning zamonaviy biologik kurash choralarini qo‘llash.

1. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani va Jizzax viloyati Zomin tumani sharoitida ekilgan daraxt-buta o‘simliklarida entomologik va fitopatologik kuzatuvlar olib borish.

2023-yil iyun

Mablag‘ talab etilmaydi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi agentligi,

Universitet

2. Laboratoriya sharoitida kasallik va zararkunandalarning tur tarkibini aniqlash.

2023-yil iyul

3. Aniqlangan kasallik va zararkunanda turlariga qarshi laboratoriya va dala sharoitida uyg‘unlashgan kurash choralarini olib bo�ish.

2023-yil iyul

Xo‘jalik va subyektlar mablag‘lari hisobidan

(300 mln so‘m)

4. Zararkunanda va kasalliklarga qarshi mikrobiologik preparatlar (prestij, prestij plyus, lipitatsid, fitolavin, sporangin)ni vegetatsiya davrida qo‘llash.

2023-yil avgust

5. Foydali entomofag hasharotlarni zararkunanda lichinkalarining birinchi, ikkinchi, uchinchi rivojlanishda qo‘llash.

2023-yil avgust

Xo‘jalik va subyektlar mablag‘lari hisobidan

(300 mln so‘m)

35.

O‘rmon fondi yerlarida o‘rmondan qo‘shimcha foydalanish uchun dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish.

1. Andijon filialining 2,0 ga maydonida dorivor lavanda va kovul o‘simligining ko‘chatlarini yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish.

2023-yil oktyabr

Ijrochilar mablag‘lari hisobidan

(3,0 mlrd so‘m)

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi agentligi,

Universitet

2. Toshkent viloyati Saksonota davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonasida dorivor valeriana va diaskareya o‘simliklarini yetishtirish usullarini ishlab chiqish.

2024-yil noyabr

3. Toshkent va Navoiy viloyati tajriba stansiyalarida dorivor godji ko‘chatlarini yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish.

2024-yil noyabr

4. Toshkent viloyati Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligida manzarali hamda dorivor evodiya daniela va meliya daraxt ko‘chatlarini yetishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish.

2025-yil noyabr

36.

Vegetativ va generativ usullarda qiyin ko‘payadigan daraxt-buta o‘simliklarini yetishtirishni yo‘lga qo‘yish.

1. Institut in-vitro laboratoriyasida iqlimlashtirish xonasini jihozlash va 0,01 ga maydonda issiqxona tashkil etish.

2023-yil noyabr

Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari

(300 mln so‘m)

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi agentligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Xorijdan keltirilgan manzarali va dorivor evodiya daniela, meliya hamda yog‘ochbop pavlovniyaning “Shank-Tong” navi, golubika daraxt va buta turlarini mikroklonal usulda ko‘paytirish uchun donor o‘simliklarni tanlab olish.

2024-yil aprel, may

Mablag‘ talab etilmaydi

3. Tanlab olingan donor daraxt-buta o‘simlik hujayralaridan ko‘paytirish uchun laboratoriya sharoitida eksplantlar (urug‘lik material) tayyorlash.

2024-yil may — avgust

Mablag‘ talab etilmaydi

4. Viruslardan sterillangan laboratoriya sharoitida maxsus sun’iy o�uqa muhitida nihollarini ko‘paytirish tadqiqotlarini olib borish.

2024-yil avgust

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar jamg‘armalari

(1,0 mlrd so‘m)

Mablag‘ talab etilmaydi

Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari

(100 mln so‘m)

5. Ko‘paytirilgan nihollarni konteynerlarga ekib, moslashtiruvchi (adaptatsiya) xonalarida yetishtirish va parvarishlash.

2024-yil sentyabr, oktyabr

6. Etishtirilgan ko‘chatlardan Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida 1,0 ga maydonda namunaviy ko‘chatxonalarni tashkil etish.

2025-yil aprel

37.

Hududlarning tuproq tarkibini ilmiy asosda o‘rganish orqali ko‘chatlarni yetishtirish va o‘rmonlar barpo etishni yo‘lga qo‘yish.

1. O‘rmon fondi yer maydonlari va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekiladigan hududlarda tuproq tarkibini o‘rganish, xaritalarini xo‘jalik shartnomalari asosida ishlab chiqish.

2023 — 2025-yillar, iyul

Xo‘jalik va subyektlar mablag‘lari hisobidan

(ish hajmiga qarab shartnoma asosida)

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi agentligi,

Universitet

2. Tuproq namunalarini olish va tahlildan o‘tkazish uslublarini ishlab chiqish.

2023-yil avgust

3. Ishlab chiqilgan uslublarga asosan tuproq namunalarini olish va tahlildan o‘tkazish.

2023 — 2025-yillar, mart, noyabr

4. Olingan ma’lumotlarga asosan, tuproqlarning tarqalishi bo‘yicha xarita ishlab chiqish.

5. Natijalarga asosan tuproq-iqlim sharoitiga mos daraxt-buta turlari tavsiya etish.

2023 — 2025-yillar, dekabr

IX. O‘rmon xo‘jaligi texnikumining faoliyatini takomillashtirish

38.

O‘rmonchilik sohalariga oid yangi zamonaviy yo‘nalishlarni ochish.

1. O‘rmonchilik sohalariga oid yangi zamonaviy yo‘nalishlarni ochish bo‘yicha jahon tajribasini o‘rganish.

2. Sohaga doir O‘zbekistonda mavjud ish o‘rinlari va talab darajasini aniqlash.

3. Quyidagi Yangi yo‘nalishlar ochish va ularga qabul kvotalarini belgilash.

Yo‘nalishlar:

Ekoturizm obyektlarini tashkil etish;

O‘rmon inspektori;

O‘rmon ekologi;

O‘rmon kadastri;

O‘rmonchilik iqtisodiyoti;

Sog‘lomlashtirish maskanlarini tashkil etish;

Manzarali bog‘dorchilik va gulchilik;

Landshaftli loyihalash.

2023-yil iyun — avgust

O‘rmon xo‘jaligi texnikumi o‘quv shartnomalaridan tushadigan mablag‘lar hisobidan

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi agentligi,

Universitet

39.

Texnikum�i sohaga mos zamonaviy laboratoriya, innovatsion o‘quv moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlash.

1. Texnikum binosini kapital ta’mirlash.

2. O‘quvchilar zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirishlari uchun zamonaviy laboratoriya (in vitro, zamonaviy issiqxona) zamonaviy kompyuter xo?asini (GIS, MAXENT) tashkil etish.

3. Dars jarayonlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish va interfaol usullarni qo‘llash maqsadida moddiy-texnik baza bilan ta’minlash.

4. Qabul kvotalariga mos ravishda yotoqxona qurish.

2023-2024-yillar

Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari,

Toshkent viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi,

O‘rmon xo‘jaligi agentligi,

Universitet

40.

O‘quv amaliyotlarini zamonaviy laboratoriyalar, ilmiy-tadqiqot muassasalarida o‘tkazishni tashkil etish.

Ishlab chiqarish amaliyotlarini ishlab chiqarish tashkilotlari, xo‘jaliklar, xususiy sektorlarda tashkil etishni yo‘lga qo‘yish.

1. Texnikum va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida shartnoma tuzish.

2. Texnikum o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish maqsadida sohaga oid ishlab chiqarish tashkilotlari, xo‘jaliklar, xususiy sektorlar (O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti, Darxon ilmiy-tajriba xo‘jaligi, Bahor gullari, Flowers Garden, Toshkent botanika bog‘i, R.R. Shreder nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy tajriba uchastkasi) o‘rtasida shartnoma tuzish.

bog‘dorchilik va uzumchilik ilmiy-tadqiqot instituti

3. Ishlab chiqarish amaliyotlarini sohaga oid ishlab chiqarish tashkilotlari, xo‘jaliklar, xususiy sektorlarda o‘tkazish.

2023-yil sentyabr

Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari,

O‘rmon xo‘jaligi texnikumi o‘quv shartnomalaridan tushadigan mablag‘lari hisobidan

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi agentligi,

Universitet

41.

Texnikumning bino va inshootlarini rekonstruksiya va ta’mirlash uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlarini jalb qilish.

Grant mablag‘lari hamda kreditlarni jalb qilish uchun choralarini ko‘rish.

2023-2024-yillar

Xalqaro grantlar mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

X. Gidrometeorologiya texnikumining faoliyatini takomillashtirish

42.

Respublikada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar talabiga javob bera oladigan avtomat meteorologik stansiya mutaxassislari va meteorologik radiolokator operatorlarini tayyorlash.

1. Texnikum moddiy-texnika bazasini raqamli meteorologik asboblar bilan boyitish.

2023-yil aprel

Jahon meteorologiya tashkiloti,

manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari,

Xalqaro tashkilotlar mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Universitet

2. Mazkur qurilmalar bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini yaratish.

2023-yil sentyabr

3. O‘quv kurslariga xodimlarni tizimli jalb etish.

2023-yil dekabr

4. Xorijiy ilg‘or korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish.

2024-yil iyun

5. Meteorologik parametrlar monitoringi va kadastri bo‘yicha yagona axborot bazasini yaratish.

2024-yil dekabr

43.

Avtomat meteorologik stansiyalarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun texnik ustalar tayyorlash.

1. Texnikum moddiy-texnika bazasini raqamli meteorologik asboblar bilan boyitish.

2023-yil iyun — avgust

Jahon meteorologiya tashkiloti,

manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Universitet

2. Mazkur qurilmalar bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini yaratish.

2023-yil sentyabr

3. O‘quv kurslariga o‘quvchi-yoshlarni tizimli jalb etish.

2023-yil dekabr

4. Xorijiy ilg‘or korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish.

2024-yil dekabr

44.

Zamonaviy avtomat agrometeorologik stansiyalar ishlab chiqish va ularga texnik xodimlar tayyorlash.

1. Agrometeorologik uskunalar ishlab chiqaruvchi xorijiy korxonalar bilan hamkorlik o‘rnatish.

2023-yil iyun — avgust

Jahon meteorologiya tashkiloti,

manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Universitet

2. Salohiyatli kadrlarni jalb etish.

2023-yil sentyabr

3. Ishlab chiqarish va yig‘ish ishlarini yo‘lga qo‘yish.

2023-yil dekabr

4. Qishloq xo‘jaligi tashkilotlari bilan shartnomalar imzolash.

2024-yil iyun

5. O‘quv uslubiy va metodik adabiyotlar tayyorlash.

2024-yil dekabr

45.

Gidrologik stansiya va postlar xodimlariga zamonaviy raqamli gidrologik asbob-uskunalar bo‘yicha dual (Toshkent shahri GMB va Toshkent viloyati GMB uchun) va sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish.

1. Texnikum moddiy-texnika bazasini raqamli gidrologik asboblar bilan boyitish.

2023-yil iyul

Jahon meteorologiya tashkiloti,

manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Universitet

2. Mazkur qurilmalar bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini yaratish.

2023-yil sentyabr

3. O‘quv kurslariga xodimlarni tizimli jalb etish.

2023-yil dekabr

4. O‘zgidromet va Suv xo‘jaligi vazirligi bilan ikki tomonlama hamkorlikni ta’minlash.

2024-yil iyun

5. Xorijiy ilg‘or korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish.

2024-yil dekabr

46.

Aerogeodezik va masofadan zondlash bo‘yicha kunduzgi hamda ishlovchi xodimlar uchun dual va sirtqi ta’lim shakllarini joriy etish.

1. Texnikum moddiy-texnika bazasini boyitish.

2023-yil iyul

Jahon meteorologiya tashkiloti,

manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Universitet

2. O‘quv adabiyotlarini yaratish.

2023-yil sentyabr

3. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

2023-yil dekabr

4. O‘quvchi-yoshlar va mavjud xodimlar uchun uzluksiz ta’lim olish imkoniyatini yaratish.

2024-yil iyun

5. Xalqaro tashkilotlar va korxonalar bilan hamkorlik qilish.

2024-yil dekabr

47.

Talabalar uchun texnikumda sinoptik analiz va prognozlashtirish markazini tashkil etish.

1. Markazni bino va jihozlar bilan ta’minlash.

2023-yil avgust

Jahon meteorologiya tashkiloti,

manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Universitet

2. Salohiyatli kadrlarni jalb etish.

2023-yil sentyabr

3. O‘quv adabiyotlarini yaratish va xorijiy darsliklar bilan ta’minlash.

2023-yil dekabr

4. Sohaga ilg‘or texnologiyalarni olib kirish.

2024-yil iyun

5. Prognozlar ishlab chiqish va shartnomalar tuzish.

2024-yil dekabr

48.

Issiqxona effekti gazlari miqdori ortishi jarayonida gidrometeorologiya va ekologiya hamkorligini kompleks yo‘lga qo‘yish hamda zamonaviy ekoiqlimshunos kadrlar tayyorlash.

1. Gidrometeorologik omillar ta’sirida yuzaga keluvchi ekologik jarayonlarni o‘rganish.

2023-yil avgust

Jahon meteorologiya tashkiloti,

manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Universitet

2. Atmosfera ifloslanishi jarayonini ekologik va gidrometeorologik nuqtai nazardan tahlil qilish hamda mazkur jarayonlar raqamli bazasini tuzish.

2023-yil sentyabr

3. Sohaga ilg‘or, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish.

2023-yil dekabr

4. Zamonaviy texnologiyalar bilan ishlay oladigan ekolog kadrlar tayyorlash.

2024-yil dekabr

5. Xavfli ekologik jarayonlarnin� ritmik atlasini yaratish.

2025-yil dekabr

XI. Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish

49.

Global iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini yumshatishga qaratilgan dolzarb muammolar yechimiga bag‘ishlangan ilmiy loyihalarni bajarish hamda ilm-fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish.

1. Xorijiy tajribalarni o‘rganish va ulardan olingan natijalar asosida loyihalarni shakllantirish orqali ilmiy-tadqiqot ishlanmalarni ishlab chiqish.

2023-2024-yillar

Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablag‘lar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgari�i vazirligi,

Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Universitet

2. Har bir loyihaning tanqidiy tahlil qilinishi natijasida loyihalarni qayta ko‘rib chiqish, ularning sifatini oshirish va olingan ilmiy natijalar doirasida sohada tatbiq etish.

3. Gidrometereologiya sohasiga tegishli bo‘lgan global iqlim o‘zgarishini inobatga olgan ilmiy loyihalarni amalga oshirish.

Doimiy ravishda

50.

Zamonaviy geoaxborot tizimlarini qo‘llagan ho?da O‘zbekiston tabiiy ko‘llarining gidrologik rejimini modellashtirish.

1. Loyiha pasportini shakllantirish;

2023-yil iyun

Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablag‘lar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Universitet

2. Loyiha konsepsiyasi va texnik yechimlarini yechish orqali loyihani shakllantirish.

2023-yil iyul

3. O‘zbekiston hududida joylashgan barcha ko‘llar bo‘yicha tegishli koordinatalar, tavsiflar, xarakterli belgilar bilan ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

2023-yil sentyabr

4. Elektron katalog yaratish, unda ko‘llar bo‘yicha barcha mavjud ma’lumotlarni to‘plashni tizimlashtirish va turli shakllarda (batigrafiya, gidrokimyo, rejim va boshqalar) taqdim etish.

2024-yil yanvar

5. O‘zbekiston ko‘llari bo‘y�cha milliy axborot platformasini ishlab chiqish.

2025-yil dekabr

51.

O‘zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishi darajasi va aholi salomatligiga aerogen xavfni kompleks baholash asosida atmosfera havosi sifati monitoringi milliy axborot platformasini va uning mobil ilovasini yaratish.

1. O‘zbekiston Respublikasi aholisining ob-havoga sezgirligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yaratish.

2023-yil avgust

Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablag‘lar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Universitet

2. Aholi salomatligi uchun meteorologik parametrlardan kelib chiqadigan xavfni baholash metodikasini ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

3. O‘zbekistonning tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena me’yorlarini ishlab chiqish.

2024-yil yanvar

4. O‘zbekiston Respublikasi aholisining ob-havo sharoitiga bog‘liq qatlamlarini erta ogohlantirish tizimi milliy axborot platformasini yaratish.

2025-yil yanvar

52.

Agrometeorologik kuzatuvlar va agrometeo prognozlarni avtomatik monitoring qilishning kompleks tizimini yaratish va uni rivojlantirish.

1. Loyiha pasportini shakllantirish.

2023-yil oktyabr

Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablag‘lar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Universitet

2. Loyiha konsepsiyasi va texnik yechimlarini yechish orqali loyihani shakllantirish.

2024-yil dekabr

3. Agrometeorologik kuzatishlar, shu jumladan modellar natijalarini monitoring qilishning kompleks tizimini yaratish.

2025-yil noyabr

53.

Zamonaviy meteorologik monitoring, ob-havo prognozi tizimlarida matematik algoritmlarni qo‘llagan holda prognozlash tizimlarini rivojlantirib borish.

1. Ob-havo prognozining COSMO-CA sonli modeli ma’lumotlari asosida xavfli gidrometeorologik hodisalar (kuchli shamol, jala yomg‘irlari, sel toshqinlari) monitoring tizimi va uning mobil ilovasini yaratish.

2. “CARFFGS” tizimi asosida O‘zbekiston hududlar kesimida sel toshqinlari haqida oldindan ogohlantirish interaktiv onlayn tizimini ishlab chiqish va tatbiq etish.

3. “MODSNOW” tizimi asosida O‘zbekistonning tog‘li hududlaridagi muzliklarning massa balansi o‘zgarishini va kelgusidagi bashorat qilib borish monitoring tizimini ishlab chiqish va tatbiq etish.

4. Ob-havo prognozi tarmoqlarida joriy etilayotgan ogohlantirish tizimidan foydalanish bo‘yicha ustuvorlik va ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha treninglar o‘tkazish.

2023-2024-yillar davomida

Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablag‘lar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Universitet

54.

Parij bitimiga muvofiq O‘zbekistonning belgilangan milliy hissasini amalga oshirish va monitoring qilish shaffofligini oshirish uchun “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va yerdan foydalanish sektorlarida salohiyatni mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish.

1. BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konvensiyasiga muvofiq, mamlakat hisobotlarining sifati va muddatiga qo‘yiladigan talablarning sezilarli darajada sifatini oshirish.

2. Parij bitimi va BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konvensiyasi doirasidagi so‘nggi qarorlarga muvofiq shaffoflikni oshirish tizimini yaratish.

3. Mamlakatlar tomonidan yangi hisobot shakliga bezarar va xatosiz o‘tishni tashkil etish.

4. Issiqxona gazlari ajratmalari, iqlimni moliyalashtirish va issiqxona gazlari ajratmalarini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar natijalarini kuzatish orqali mamlakatning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha sa’y-harakatlarining shaffofligini ta’minlash.

2023-2024-yillar davomida

BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) / Global ekologik fond (GEF) bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Universitet

55.

Xorijiy hamkor va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

1. Yer tadqiqotlari instituti (GFZ-Potsdam, Germaniya) bilan muzliklarni monitoring qilish yuzasidan amaliy tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha anglashuv memorandumini imzolash.

2023-yil iyul

Mablag‘ talab etilmaydi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazir�igi,

Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Universitet

2. Iqlim tadqiqotlari instituti (PIK-Potsdam, Germaniya) bilan O‘zbekistondan iqlim o‘zgarishi, qayta tiklanuvchi energiya resurslari va aholi salomatligi yo‘nalishida hamkorlik kelishuvini imzolash.

2023-yil sentyabr

3. Tadqiqot va ishlanmalar tashabbusi (ChUO universiteti, Yaponiya) bilan atmosferaga chiqarilayotgan issiqxona gazlarini GOSAT sun’iy yo‘ldosh orqali monitoring va hisob-kitoblar yuritish tizimini O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha anglashuv memorandumini imzolash.

2023-yil noyabr

4. AQShning geologiya xizmati (USGS, AQSh) bilan Geoinformatsion texnologiyalardan keng foydalangan holda suv resurslarini boshqarish, tabiiy ofatlarni prognozlash borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish b?yicha anglashuv memorandumini imzolash.

2023-yil dekabr

56.

“Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi sharoitida chang bo‘ronlari muammolari va ularning ta’sirini bartaraf etishda zamonaviy tadqiqotlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish.

1. Tadbir dasturi va konsepsiyasini ishlab chiqish.

2023-yil sentyabr

Budjet mablag‘lari, xalqaro tashkilotlarning grantlari, ijrochilar mablag‘lari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Universitet

2. Hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish.

2023-yil noyabr

3. MDH, Yevropa, Osiyo va boshqa mamlakatlar olimlari va mutaxassislarining taklifi bilan xalqaro konferensiya tashkil etish.

2024-yil aprel

XII. Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirish rejalashtirilayotgan maqsadli ilmiy loyihalar

57.

Sun’iy intellekt texnologiyalari asosida Orol dengizining qurigan tubi florasi inventarizatsiyasini o‘tkazish va muntazam yangilanib boruvchi raqamli ma’lumotlar bazasini yaratish.

1. Orol dengizining qurigan tubida belgilangan tadqiqot hududlarida sho‘rlanish darajasi va florasi inventarizatsiyasini o‘tkazish.

2. Sun’iy intellekt texnologiyalari asosida hududlarning sho‘rlanish darajasi va florasini raqamlashtirish.

3. Orol dengizining qurigan tubi florasi bo‘yicha raqamli ma’lumotlar bazasini yaratish.

4. Orol dengizi qurigan tubi florasining muntazam monitoringini olib borish.

2023 — 2025-yillar

Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablag‘lar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish agentligi, Universitet

58.

Orolbo‘yi mintaqasi uchun chang bo‘ronlarining shakllanish sharoitlari va tarqalish mintaqalarini prognozlashtirish modelini ishlab chiqish.

1. Statsionar bo‘lmagan modellashtirish tizimini ishlab chiqish va prognozlashtirish mexanizmlarini tadqiq qilish.

2. Tadqiqot natijalari asosida yangi mezonlarni belgilash uchun xulosalar taqdim qilish.

3. Hududdagi ekologik holatning xavflilik darajasiga qarab ijtimoiy va ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish.

4. Chang bo‘ronlarining shakllanish sharoitlari va tarqalish mintaqalarini prognozlashtirishning dasturiy ta’minotini yaratish.

2023 — 2025-yillar

Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablag‘lar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish agentligi, Universitet

59.

Sanoat korxonalaridan chiqadigan oqova suvlarni tozalashning bioinjenerlik qurilmasini yaratish (amaliy).

1. Ishlab chiqarish korxonalarining asosiy texnologik jarayonlari hamda tashkilotlarda yo‘lga qo‘yilgan oqova suvlarni tozalash jarayonlari haqida ma’lumotlar to‘plash.

2. Sanoat va ishlab chiqarish korxonalaridan chiqadigan chiqindi oqova s?vlarni tozalash uchun taklif etilayotgan bioinjenerlik qurilm?si orqali tozalangan chiqindi oqova suvlarni turli xil kimyoviy moddalardan tozalash.

3. Tozalash qurilmasining gidravlik his�bini hisoblash, optimal gidravlik parametrlarini aniqlash, suvni tindirish inshooti o‘lchamlarini hisoblash.

4. Turli xil korxonalardan chiqadigan oqova suvlarni tozalashning mexanik konstruksiyasi qurilmasidan foydalanish bo‘yicha maxsus qo‘llanmalar ishlab chiqish.

2023 — 2025-yillar

Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablag‘lar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish agentligi, Universitet