19.01.1998 yildagi 31-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.09.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQARO ILMIY-TEXNIKAVIY ALOQALARNI RIVOJLANTIRISHNI, XALQARO VA XORIJIY TASHKILOTLAR VA JAMGʻARMALAR GRANTLARI BOʻYICHA ILMIY DASTURLAR VA LOYIHALARNI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, begʻaraz muruvvat va texnik yordam sifatida hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi xalqaro bitimlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga beriladigan xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar grantlari boʻyicha bajariladigan ilmiy-texnikaviy va innovatsiya dasturlarini va loyihalarini muvofiqlashtirishni va ularning monitoringini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalardan, shuningdek ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilish sohasidagi xalqaro bitimlar doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalardan olingan grant summasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish kengashi qoshidagi Fan va texnologiyalar markazining xulosasi asosida soliq solish uchun jismoniy shaxslarning yalpi yillik daromadiga kiritilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 18-sentabrdagi 324-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 136-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1998-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar grantlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida bajarilayotgan ilmiy-texnikaviy va innovatsiya dasturlari va loyihalarini amalga oshirish doirasida;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha xalqaro bitimlar doirasida yetkazib beriladigan asbob-uskunalar (priborlar, materiallar, axborot va tashkiliy-texnika tizimlari va vositalari) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish kengashi qoshidagi Fan va texnologiyalar markazining koʻrsatib oʻtilgan asbob-uskunalarning ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi asosida bojxonada rasmiylashtirishda undiriladigan bojxona poshlinasi, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 18-sentabrdagi 324-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 136-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotib olingan yoki xorijdan keltirilgan asbob-uskunalar (priborlar, materiallar, axborot va tashkiliy-texnika tizimlari va vositalari) olib qoʻyilgan taqdirda barcha toʻlovlar va soliqlar belgilangan tartibda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha xalqaro bitimlar doirasida xorijdan keltirilayotgan pul mablagʻlari va asbob-uskunalarning (priborlar, materiallar, axborot va tashkiliy-texnika tizimlari va vositalari) ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar berish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 19-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-son