O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQARO ILMIY-TEXNIKAVIY ALOQALARNI RIVOJLANTIRISHNI, XALQARO VA XORIJIY TASHKILOTLAR VA JAMG‘ARMALAR GRANTLARI BO‘YICHA ILMIY DASTURLAR VA LOYIHALARNI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASH TO‘G‘RISIDA
Xalqaro ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, beg‘araz muruvvat va texnik yordam sifatida hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi xalqaro bitimlar doirasida O‘zbekiston Respublikasiga beriladigan xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalar grantlari bo‘yicha bajariladigan ilmiy-texnikaviy va innovatsiya dasturlarini va loyihalarini muvofiqlashtirishni va ularning monitoringini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
2. 1998-yil 1-yanvardan boshlab:
xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalar grantlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida bajarilayotgan ilmiy-texnikaviy va innovatsiya dasturlari va loyihalarini amalga oshirish doirasida;
Oldingi tahrirga qarang.
ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha xalqaro bitimlar doirasida yetkazib beriladigan asbob-uskunalar (priborlar, materiallar, axborot va tashkiliy-texnika tizimlari va vositalari) O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan asbob-uskunalarning ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi asosida bojxonada rasmiylashtirishda undiriladigan bojxona poshlinasi, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i to‘lashdan ozod etilsin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
Sotib olingan yoki xorijdan keltirilgan asbob-uskunalar (priborlar, materiallar, axborot va tashkiliy-texnika tizimlari va vositalari) olib qo‘yilgan taqdirda barcha to‘lovlar va soliqlar belgilangan tartibda to‘lanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalar hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha xalqaro bitimlar doirasida xorijdan keltirilayotgan pul mablag‘lari va asbob-uskunalarning (priborlar, materiallar, axborot va tashkiliy-texnika tizimlari va vositalari) ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar berish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 19-yanvar,
31-son