Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligI
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining
Qarori
Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 8-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2858-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Mehnat vazirligining 2017-yil 17-yanvardagi 1-mb, 3-q/q-son qarori (roʻyxat raqami 2858, 2017-yil 17-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 7-son, 104-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori B. BEGALOV
Toshkent sh.,
2023-yil 31-may,
35-mb-son
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 31-may,
19-2023/qq-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh. KUDBIYEV
2023-yil 31-may
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2023-yil 16-may
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
2023-yil 12-may
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023-yil 31-maydagi 35-mb-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 31-maydagi 19-2023/qq-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 12-bandda:
birinchi xatboshidagi “ish vaqti muddatiga” degan soʻzlar “ish vaqti davomiyligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “ish vaqti muddati” degan soʻzlar “ish vaqti davomiyligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “ish vaqtining normal muddati” degan soʻzlar “ish vaqtining normal davomiyligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ish vaqtining normal davomiyligi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 182-moddasiga muvofiq belgilanadi.”.
2. Ilovada:
“ish vaqtining muddati” degan soʻzlar “ish vaqtining davomiyligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“ish vaqtining normal muddati” degan soʻzlar “ish vaqtining normal davomiyligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“115-moddasiga” degan soʻzlar “182-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2023-y., 10/23/2858-1/0345-son)