06.12.2021 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida
Shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun topshirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi, keyingi oʻrinlarda Tomonlar deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat suvereniteti, teng huquqlilik va oʻzaro hurmat prinsiplaridan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy-huquqiy sohada xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga koʻmaklashish niyatida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarning jazoni oʻzlari fuqarosi boʻlgan davlatda oʻtashlari jazoni ijro etish maqsadiga yanada samarali erishishga, huquqbuzarlarni jamiyatda normal hayotga qaytarishga koʻmaklashishini inobatga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insonparvarlik va inson huquqlarini hurmat qilish prinsiplariga amal qilgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishuvga erishdilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnomaning maqsadlariga erishish uchun atamalar quyidagi maʼnolarni bildiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “hukm chiqarish Tomoni” — jazoni oʻtashni davom ettirish uchun topshirilishi mumkin boʻlgan yoki topshirilgan shaxsga nisbatan sud hukmini chiqargan Tomon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “hukmni ijro etish Tomoni” — mahkum jazoni oʻtashni davom ettirishi uchun topshirilishi mumkin boʻlgan yoki topshirilgan Tomon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) “mahkum” — jinoyat sodir etganligi uchun Tomonlardan birining sudi tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “qonuniy vakil” — Tomonlar har birining milliy qonunchiligida belgilangan tartibda shunday deb tan olingan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “vakolatli organlar” — Tomonlarning mahkumlarni topshirish toʻgʻrisidagi qarorlarini ijro etuvchi organlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Hamkorlikning umumiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Shartnomaning qoidalariga muvofiq, Tomonlar mahkumlarni topshirish masalalarida maksimal darajada hamkorlik qilish majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar mazkur Shartnoma talablariga muvofiq bir-birlarining soʻrovlari boʻyicha hukm chiqarish Tomoni hududida jinoyatlar sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida jazoni oʻtayotgan va boshqa Tomonning fuqarosi boʻlgan mahkumlarni hukmni ijro etish Tomoniga jazoni oʻtash uchun topshirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Markaziy organlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Shartnoma maqsadlarida, Tomonlar tarafidan belgilangan markaziy organlar bevosita, shu jumladan elektron aloqa vositalari yoki faks yordamida aloqa qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar markaziy organlar hisoblanadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qozogʻiston Respublikasi uchun — Qozogʻiston Respublikasi Bosh prokuraturasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir Tomon markaziy organi bilan bogʻliq har qanday oʻzgarishlar yoki uning vakolatlari boshqa organlarga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida boshqa Tomonni diplomatik kanallar orqali xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Mahkumni topshirish uchun asos
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumni oʻzi fuqarosi boʻlgan Tomonga topshirish tartib-taomilini boshlash uchun asos ushbu shaxsning yoki uning qonuniy vakilining Tomonlardan istalgan birining markaziy organiga yoʻllagan arizasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Mahkumni topshirish toʻgʻrisidagi soʻrovlar va javoblar hamda zarur hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlarning markaziy organlari tomonidan mahkumni topshirish toʻgʻrisidagi soʻrovlar va ularga javoblar yozma shaklda tuziladi va yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrov mahkumning shaxsi toʻgʻrisida maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa), tugʻilgan sanasi va joyi), shaxs hukm qilingan jinoyat qonuni moddasining nomi va mahkumning fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahkumni topshirish toʻgʻrisidagi soʻrovlar va ularga javoblar, shuningdek ularga ilova qilingan hujjatlar imzo bilan tasdiqlanishi va gerbli muhr bilan muhrlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlardan istalgan biri tarafidan mahkumni topshirish toʻgʻrisidagi soʻrov berilishi mumkin. Soʻralayotgan Tomon oʻzining qarori toʻgʻrisida soʻrayotgan Tomonni darhol xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tomonlarning biridan mahkumni topshirish toʻgʻrisidagi soʻrov kelib tushsa va boshqa Tomon buni rad etmasa, hukm chiqarish Tomoni hukmni ijro etish Tomoniga quyidagi hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonuniy kuchga kirgan sud qarorining nusxasi, shu jumladan qarorga asos boʻlib xizmat qilgan qonunning tegishli qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jazoning turi va muddatini koʻrsatuvchi maʼlumotlar, shuningdek uning hisoblash sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) jazoning oʻtalgan muddatlari va oʻtalishi lozim boʻlgan qismlari toʻgʻrisida, shu jumladan sudga qadar hibsda ushlab turish muddatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar, sud hukmining oʻzgartirilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar va sud hukmini ijroga qaratish uchun ahamiyatli boshqa maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) mazkur Shartnomaning 7-moddasi 1-bandi s) kichik bandiga muvofiq topshirishga mahkumning yoki uning qonuniy vakilining yozma roziligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) mahkumning sogʻligining holati toʻgʻrisida tibbiy xulosa, shu jumladan uning davolanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar va kelgusida hukmni ijro etish Tomonida kelgusida davolanishi boʻyicha tavsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) mahkumning xulq-atvorining oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yetkazilgan moddiy zarar hamda sud hukmi va boshqa ijro hujjatlariga muvofiq uni qoplash boʻyicha maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) agar tayinlangan boʻlsa, qushimcha jazo ijrosi toʻgʻrisida hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hukmni ijro etish Tomoni hukm chiqarish Tomoniga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mahkumning shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa), tugilgan sanasi va joyi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mahkumning fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) hukm chiqarish Tomonida sud hukmi chiqarilishi bilan bogʻliq qilmish hukmni ijro etish Tomonining milliy qonunchiligiga muvofiq jinoyat hisoblanishi belgilangan hukmni ijro etish Tomonining tegishli milliy qonunchiligidan koʻchirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) hukm chiqarish Tomoni tarafidan chiqarilgan sud hukmini hukmni ijro etish Tomonining milliy qonunchiligi boʻyicha ijro etish tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Zarur hollarda, Tomonlarning markaziy organlari qoʻshimcha hujjatlar yoki maʼlumotlarni soʻrab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Shartnomani ijro etishda Tomonlar rus tilidan foydalanadilar. Tomonlarning davlat tillarida tuzilgan hujjatlarga ularning rus tilidagi tasdiqlangan tarjimalari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Mahkumning roziligi va uni tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hukm chiqarish Tomoni mahkum yoki uning qonuniy vakili, huquqiy oqibatlarni toʻliq anglagan holda, topshirishga ixtiyoriy roziligini berganligini va buni topshirishga rozilik toʻgʻrisidagi ariza bilan tasdiqlanishini kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hukm chiqarish Tomoni hukmni ijro etish Tomonining soʻrovi asosida hukmni ijro etish Tomoniga oʻzining vakolatli shaxsi orqali mahkum mazkur moddaning 1-bandi talablariga muvofiq oʻzini topshirishga rozilik berganligiga ishonch hosil qilishi uchun imkoniyat yaratib berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahkum oʻzini topshirish toʻgʻrisidagi arizani oʻzi bilgan tilda taqdim qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Mahkumni topshirish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahkum mazkur Shartnomaga muvofiq quyidagi hollarda topshirilishi mumkin, basharti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mahkum hukmni ijro etish Tomonining fuqarosi boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shaxsni ozodlikdan mahrum qilish toʻgʻrisidagi sud hukmi qonuniy kuchga kirgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) mahkumning yozma roziligi yoki mahkumning yoshi, jismoniy va (yoki) ruhiy holatiga koʻra oʻz irodasini erkin bildira olmasa, uning qonuniy vakilining roziligi boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) shaxs har ikkala Tomonning milliy qonunchiligiga muvofiq jinoiy jazolanadigan va ozodlikdan mahrum qilishga sabab boʻladigan qilmish uchun hukm qilingan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) mahkumni topshirish toʻgʻrisidagi ariza yoki soʻrov qabul qilinganda oʻtalishi lozim boʻlgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddati kamida bir (1) yilni tashkil qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) jinoyat orqali yetkazilgan moddiy zarar qoplangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) hukm chiqarish Tomonida mahkumga nisbatan tergov, sud muhokamasi yoki boshqa protsessual harakatlar davom ettirilmayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) Tomonlar mahkumni topshirishga rozi boʻlsalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Istisno holatlarda Tomonlar, hatto mahkum oʻtashi lozim boʻlgan muddat mazkur moddaning 1-bandi e) kichik bandida koʻrsatilgan muddatdan kam boʻlsa ham, mahkumni topshirishga rozilik bildirishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Mahkumni topshirishni rad etish uchun asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumni topshirish amalga oshirilmaydi, basharti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Shartnomaning 7-moddasi 1-bandida koʻrsatilgan talablarga amal qilinmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Tomonlardan biri mahkumni topshirish uning suvereniteti, xavfsizligi, jamoat tartibi yoki boshqa muhim milliy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin yoxud uning milliy qonunchiligiga zid deb hisoblasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) mahkum biror-bir moliyaviy majburiyatlarni bajarmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) soʻrayotgan Tomon tarafidan mazkur Shartnomaning 5-moddasi talablari lozim darajada bajarilmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Mahkumni topshirish toʻgʻrisidagi soʻrov yuzasidan qaror
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar mazkur Shartnomaga va oʻzlarining milliy qonunchiligiga muvofiq mahkumni topshirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida soʻrayotgan Tomonning markaziy organiga yoki mahkumni topshirish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilgan shaxsga yozma ravishda xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahkumni topshirish rad etilsa, bunday qaror asoslantirilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning har biri mazkur Shartnomani amalga oshirish jarayonida olingan shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilishni kafolatlaydi va ularni boshqa Tomonning oldindan berilgan yozma roziligisiz uchinchi davlatga berishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Mahkumni topshirish tartiboti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahkumni topshirish toʻgʻrisidagi soʻrov qanoatlantirilgan taqdirda, Tomonlarning vakolatli organlari mahkumni topshirish vaqti va shartlari toʻgʻrisida kelishib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Topshirish tartiboti Tomonlarning vakolatli organlari vakillari tomonidan imzolanadigan mahkumni topshirish toʻgʻrisidagi hujjatni ikki nusxada tuzishni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahkumni topshirish tartiboti Oʻzbekiston — Qozogʻiston davlat chegarasida, “Gʻisht-Koʻprik” — “Jibek-Joli” oʻtkazish punktlari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻtkazish punktlari oʻzgartirilgan taqdirda, Tomonlar bu toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Sud hukmini ijro etilishini davom ettirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hukmni ijro etish Tomoni, mahkumning holatini yomonlashtirmagan holda, oʻz milliy qonunchiligiga muvofiq hukm chiqarish Tomoni sudining hukmi ijrosini toʻliq davom ettirilishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hukmni ijro etish Tomonining sudi oʻz milliy qonunchiligiga muvofiq, xuddi hukm chiqarish Tomonining sudi qarori bilan tayinlangani kabi ozodlikdan mahrum qilish muddatini belgilagan holda, qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Basharti hukmni ijro etish Tomonining milliy qonunchiligi boʻyicha jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilishning chegaralangan muddati hukm chiqarish Tomonining sudi hukmi bilan tayinlangan muddatdan kam boʻlsa, hukmni ijro etish Tomonining sudi bunday jinoyatni sodir etganlik uchun milliy qonunchilikda nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum qilishning eng koʻp muddatini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hukm chiqarish Tomonining hududida mahkum oʻtab boʻlgan jazo muddati hukmni ijro etish Tomonida jazoni oʻtashning umumiy muddatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Basharti hukm chiqarish Tomoni sudining hukmi ikki yoki undan ortiq qilmishga tegishli boʻlsa, ulardan biri yoki bir nechtasi hukmni ijro etish Tomonida jinoyat deb hisoblanmasa, ushbu Tomonning sudi jazoning qaysi qismi jinoyat hisoblanadigan qilmishga qoʻllanilishini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Basharti sodir etilgan qilmish uchun hukmni ijro etish Tomonida qushimcha jazo nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu Tomon sudi tarafidan oʻz milliy qonunchiligiga muvofiq bunday qushimcha jazoni oʻtash toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Afv etish, amnistiya, jazoni yengillashtirish va jazoni oʻtashni davom ettirishdan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning har biri, boshqa Tomonni darhol xabardor qilgan holda, topshirilgan mahkumga nisbatan oʻz milliy qonunchiligiga muvofiq afv etish, amnistiya aktini qoʻllash yoki unga tayinlangan jazoni yengillashtirish yoxud uni jazoni oʻtashni davom ettirishdan ozod qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Yurisdiksiyani saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Faqatgina hukm chiqarish Tomoni oʻz sudi tomonidan chiqarilgan qarorni oʻzgartirishi yoki bekor qilishi huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hukmni ijro etish Tomoni hukm chiqarish Tomonidan oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan qarorni olgan taqdirda, hukmning ijro etilishini oʻzgartirishi yoki bekor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Mahkumni topshirishning huquqiy oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahkumni topshirish hukm chiqarish Tomonida hukmning ijro etilishi tugatilganligini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jazoni oʻtash uchun hukmni ijro etish Tomoniga topshirilgan mahkumga nisbatan ushbu Tomon hududida shu kabi jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan boʻlgani kabi shunday hukm qilishning huquqiy oqibatlari boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hukmni ijro etish uchun topshirilgan mahkum xuddi shunday qilmish uchun hukmni ijro etish Tomonining hududida qayta jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Hukmning ijrosi toʻgʻrisida axborot berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmni ijro etish Tomoni hukm chiqarish Tomoniga sud hukmining ijrosi toʻgʻrisida axborot berishi lozim, basharti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sud hukmining ijrosi yakunlangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mahkum qamoqdan qochgan yoki jazoni oʻtash muddati tugashidan oldin vafot etgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) hukm chiqarish Tomoni tarafidan bu haqida axborot soʻralsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Axborot taqdim etish boʻyicha majburiyatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har biri Tomon mazkur Shartnoma qoʻllanilishi mumkin boʻlgan mahkumlarni uning mavjudligi va mazmuni toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahkum yoki uning qonuniy vakili topshirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish boʻyicha Tomonlardan har biri tarafidan qabul qilingan yakuniy qaror toʻgʻrisida yozma xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Tranzit tashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlarning har biri, uchinchi davlat tarafidan boshqa Tomonga topshirilgan mahkumni tranzit tashish toʻgʻrisida tegishli soʻrov mavjud boʻlgan taqdirda, oʻzining hududi orqali tranzit tashishga ruxsat berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tranzit Tomoni oʻz hududida mahkumni qabul qilish, uni hibsda saqlash va kuyidagi qabul qilish-topshirish punktigacha yetkazishni taʼminlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi uchun — Toshkent shahri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qozogʻiston Respublikasi uchun — Chimkent shahri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tranzit Tomoni quyidagi hollarda tranzit tashishni rad etish huquqiga ega, basharti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mahkum uning fuqarosi boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sodir etilganligi uchun jazo tayinlangan jinoyat uning milliy qonunchiligiga muvofiq jinoyat deb hisoblanmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tranzit tashish toʻgʻrisidagi soʻrovga mazkur Shartnomaning 5-moddasi 4-bandi a), b), e) va f) kichik bandlarida nazarda tutilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi va unga mazkur Shartnomaning 5-moddasi 5-bandi a), b), s) kichik bandlarida belgilangan hujjatlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Basharti havo transportidan foydalanilsa va tranzit Tomonining hududida qoʻnish koʻzda tutilmagan boʻlsa, tranzit tashishga ruxsat talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Havo kemasi rejadan tashqari qoʻngan hollarda, tranzit Tomoni boshqa Tomonning mahkumni kuzatib borayotgan vakillarining iltimosiga koʻra, ushbu shaxsni tranzit tashish uchun ruxsat olingunga qadar 72 soat davomida hibsda ushlab turishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Basharti ushbu moddaning 5-bandida koʻrsatilgan muddatlarda tranzit tashish uchun soʻrov olinmasa va Tomonlar oʻrtasida boshqacha kelishuvga erishilmagan boʻlsa, ushbu shaxs ozodlikka chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Shartnomani ijro etish bilan bogʻliq xarajatlarni Tomonlar oʻzlarining milliy qonunchiligiga va mazkur Shartnomaga muvofiq qoplaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hukmni ijro etish Tomoni quyidagi xarajatlarni qoplaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hukm chiqarish Tomonining hududida yuzaga keladigan xarajatlardan tashqari mahkumni tashish bilan bogʻliq xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) topshirish amalga oshirilgandan keyin hukmni ijro etish bilan bogʻliq xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahkumni tranzit tashish bilan bogʻliq xarajatlarni tranzit Tomoni qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Hujjatlarning haqiqiyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnoma maqsadlarida, bir Tomonning markaziy organi tarafidan imzo va gerbli muhr bilan tasdiqlangan holda yuborilgan har qanday hujjat boshqa Tomonning hududida hech qanday maxsus tasdiqlovsiz foydalanilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Noqonuniy hukm chiqarganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hukm chiqarish Tomoni shaxsga nisbatan noqonuniy hukm chiqarganlik uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hukm chiqarish Tomoni noqonuniy hukm chiqarish oqibatida yetkazilgan zararni qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Amal qilish vaqti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnoma u kuchga kirishiga qadar va keyingi davrlarda chiqarilgan hukmlarni ijro etish uchun qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Nizolarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnomani talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar Tomonlarning markaziy organlari oʻrtasida maslahatlashuvlar va muzokaralar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro roziligi bilan mazkur Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Bunday oʻzgartirish va qoʻshimchalar mazkur Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi va alohida bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
Mazkur Shartnomaning boshqa xalqaro shartnomalar bilan oʻzaro nisbati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnomaning qoidalari Tomonlar ishtirokchisi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda
Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Shartnoma ratifikatsiya qilinadi va Tomonlarning biri diplomatik kanallar orqali uning ratifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisida soʻnggi yozma xabarnoma olgan sanadan boshlab olti (6) oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shartnoma nomuayyan muddatga tuziladi. Har bir Tomon boshqa Tomonni istalgan vaqtda diplomatik kanallar orqali yozma xabarnoma yuborish bilan Shartnomaning amal qilishini tugatishi huquqiga ega. Mazkur Shartnomaning amal qilishi Tomonlardan biri boshqa Tomonning uni tugatish istagi toʻgʻrisidagi xabarnomasini olgan sanadan boshlab olti (6) oydan soʻng tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Shartnomani tugatilishi uni tugatilishidan oldin olingan mahkumlarni topshirish toʻgʻrisidagi soʻrovlarning ijrosini yakunlashga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbuni tasdiqlagan holda, tegishli tartibda vakolat berilgan quyida imzo chekuvchilar mazkur Shartnomani imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nur-Sulton shahrida 2021-yil 6-dekabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnomaning matnlari oʻrtasida tafovutlar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.

(imzolar)