Oʻzbekiston respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 30-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3435]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 29-avgustdagi 169-son hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 29-avgustdagi 2024-15-sonli “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam sotish narxlarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3554, 17.09.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta koʻrib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 26-noyabrdagi 75-son va Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 19-noyabrdagi 2021-49-son “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3339, 2021-yil 1-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 10/21/3339/1121-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq 2023-yil 1-iyundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 20-may,
14-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 20-maydagi 14-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Alkogol mahsulotlari* uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar
|
Sotilayotgan tovarning nomi |
Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi |
Eng kam chakana narx |
|
Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida |
14 400 |
16 400 |
|
Konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida |
57 400 |
66 000 |
|
Aroq va boshqa alkogol mahsulotlari, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida |
37 000 |
43 000 |
*Pivodan tashqari
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2023-y., 10/23/3435/0300-son)