Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 1-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3339]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 20-maydagi 14-sonli “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3435, 30.05.2023-y.) asosan 2023-yil 1-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta koʻrib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 16-martdagi 16, 2021-16-son “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3288, 2021-yil 20-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2021-y., 10/21/3288/0225-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror 2021-yil 1-dekabrdan kuchga kiradi.
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-noyabr,
75-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-noyabr,
2021-49-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 26-noyabrdagi 75-son va Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 19-noyabrdagi 2021-49-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Alkogol mahsulotlari* uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar
|
Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi |
Eng kam chakana narx | |
|
Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida |
12 000 |
14 200 |
|
Konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida |
48 200 |
57 800 |
|
Aroq va boshqa alkogol mahsulotlari, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida |
30 200 |
36 200 |
*Pivodan tashqari
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 10/21/3339/1121-son)