Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlarni sertifikatsiyadan oʻtkazish” aviatsiya qoidalarini (OʻZR AQ-182) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 23-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2576-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-yanvardagi 59-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini gʻayriqonuniy aralashuv harakatlaridan aviatsiya xavfsizligi jihatidan himoyalashni taʼminlash milliy dasturini tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 4-apreldagi 44-n-son “Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlarni sertifikatsiyadan oʻtkazish” aviatsiya qoidalarini (OʻZR AQ-182) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2576, 2014-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 16 son, 188-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 15-may,
4-son
Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 15-maydagi 4-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlarni sertifikatsiyadan oʻtkazish” aviatsiya qoidalarini (OʻZR AQ-182) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruq muqaddimasidagi “2000-yil 5-iyuldagi 256-son” degan soʻzlar “2019-yil 25-yanvardagi 59-son” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Qoidalarda:
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlarni sertifikatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.”;
b) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Dastlabki sertifikatsiyadan oʻtish uchun instruktorlikka nomzod yoki takroriy sertifikatsiyadan oʻtish uchun aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktor arizani komissiyaga taqdim etadi.”;
d) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Sertifikatsiya imtihonlaridan oʻtish uchun aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar sertifikatsiya imtihonlari oʻtkaziladigan joyga oʻz vaqtida pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi bilan yetib kelishi shart.”;
e) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Sertifikatsiya imtihonlariga pasportsiz yoki identifikatsiya ID-kartasiz kelgan, shuningdek kechikib kelgan aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar sertifikatsiya imtihonlariga kelmagan hisoblanadi va navbatdagi sertifikatsiya imtihonlaridan oʻtadigan aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar roʻyxatiga kiritiladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2023-y., 10/23/2576-1/0291-son)