1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Aloqa;
2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun masʼul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2023-yil 1-iyuldan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari) axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun masʼul xodimlarining (keyingi oʻrinlarda — xodimlar) reyting baholash tizimi asosida malakasini uch yilda bir marotaba majburiy oshirish tartibi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xodimlarning malakasini oshirish jarayonlarini muvofiqlashtirishga masʼul vakolatli organ etib — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, ishchi organ etib — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-sentabrdagi 584-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2025-y., 09/25/584/0830-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning malakasini oshirish tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, barcha turdagi taʼlim tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv dasturlari asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni malaka oshirish kursida oʻqitishning eng kam muddati 24 soatni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kursini yakunlagan xodimlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha savodxonligi ishchi organ tomonidan ikki oy muddatda reyting baholanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning malakasini oshirish bilan bogʻliq barcha xarajatlar ularni malaka oshirishga yuborgan davlat organlarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi organ reyting baholashdan oʻtkazish jarayonini zamonaviy uslubda baholash tizimlari va infratuzilmasiga ega tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting baholash jarayonlarini tashkiliy va texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash va zamonaviy baholash vositalariga ega tashkilotlar xizmatlaridan foydalanish bilan bogʻliq xarajatlar Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda 2023-yil 1-avgustdan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida grafik asosida davlat organlarining birinchi rahbarlari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish boʻyicha qisqa muddatli kurslarda oʻqitilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun masʼul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining malakasi va koʻnikmalarini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda ularni ishda kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” 2011-yil 27-oktabrdagi 289-son qaroriga2-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 20-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-maydagi 208-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun masʼul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning tizimiga kiruvchi tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari) axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va xodimlarining (keyingi oʻrinlarda — talabgor) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (keyingi oʻrinlarda — AKT) boʻyicha malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Raqamli texnologiyalar vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi organ — vakolatli organ huzuridagi “Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-sentabrdagi 584-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2025-y., 09/25/584/0830-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting baholash axborot tizimi — reyting baholash imkonini beruvchi yagona axborot tizimi (attestat.egov.uz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting baholash guvohnomasi — talabgorning AKT boʻyicha savodxonlik darajasini hamda reyting baholashdan muvaffaqiyatli oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting baholash maʼlumotnomasi — talabgorning AKT boʻyicha savodxonlik darajasini va reyting baholashdan muvaffaqiyatsiz oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting baholash — reyting mezonlari yordamida talabgorning AKT boʻyicha savodxonlik darajasini baholash usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting indikatori — talabgorning AKT boʻyicha bilimlarini baholashning asosiy koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — tarkibiy boʻlinma xodimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinma — davlat organining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilgan tuzilmasi yoki bitta shtat birligidan iborat xodimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Talabgorning AKT boʻyicha savodxonligi mos ravishda ishchi organ va vakolatli organning hududiy boʻlinmalarida har uch yilda bir marta reyting baholashdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Talabgor reyting baholashdan oʻtish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda masʼul tarkibiy boʻlinma xodimlarining AKT boʻyicha savodxonligi ular mehnat faoliyatini yuritayotgan davlat organlari tomonidan reyting baholashdan oʻtkazilishi mumkin. Bunda mazkur davlat organlarida reyting baholash komissiyasiga vakolatli organning kamida uch nafar vakili kiritilishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-oktabrdagi 289-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining ishda kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tarkibiy boʻlinmaga ishga qabul qilingan yangi xodimning reyting baholash guvohnomasi boʻlmagan taqdirda, ishga qabul qilingan kundan boshlab olti oy mobaynida reyting baholashdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi marta ishga qabul qilingan talabgor AKT sohasida ikki yil ish stajiga ega boʻlgan vaqtdan boshlab, uch oy ichida reyting baholashdan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyting baholash guvohnomasi uch yil muddatga amal qiladi, shuningdek, talabgor reyting baholash guvohnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin ikki oy davomida reyting baholashdan oʻtishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AKT sohasidagi ixtisosliklar boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlgan talabgor reyting baholashdan oʻtkazilmaydi, shuningdek, ishchi organ yoki vakolatli organning hududiy boʻlinmasi tomonidan bunday talabgor soʻroviga asosan reyting baholash guvohnomasi taqdim etiladi.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-sentabrdagi 584-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2025-y., 09/25/584/0830-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomda belgilangan muddatlarda talabgorning AKT boʻyicha savodxonligini reyting baholashdan oʻtkazishni taʼminlash davlat organi rahbari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar reyting baholashdan oʻtkazilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homilador va uch yoshgacha bolalari bor ayollar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 yoshga toʻlmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishlarni bajarayotgan yoki xizmat koʻrsatayotgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq uzrli deb topilgan holatlarda, ushbu holatlar bartaraf boʻlgunga qadar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Reyting baholash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Reyting baholash mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq kompyuterda reyting baholash axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Talabgor reyting baholashdan oʻtish uchun YIDXPda soʻrovnomani mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq elektron shaklda toʻldiradi va yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Soʻrovnomaga talabgor tomonidan quyidagi hujjatlar elektron shaklda ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AKT sohasida eng kam muddati 24 soatni tashkil etadigan malaka oshirish kursini tamomlaganligini tasdiqlovchi sertifikat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AKT sohasidagi ixtisosliklar boʻyicha ilmiy darajasini tasdiqlovchi hujjat (agar mavjud boʻlsa).
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-sentabrdagi 584-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2025-y., 09/25/584/0830-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Talabgor tomonidan soʻrovnomada notoʻgʻri yoki qalbaki maʼlumotlar koʻrsatilishi reyting baholashdan oʻtkazishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishchi organ yoki vakolatli organning hududiy boʻlinmasi tomonidan soʻrovnoma oʻrganib chiqilib, reyting baholashdan oʻtkazishga qabul qilish haqida talabgorga YIDXP orqali reyting baholash oʻtkaziladigan kundan besh ish kuni oldin, rad etilganda esa uch ish kuni ichida maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor reyting baholashdan oʻtkazishga qabul qilinganda, reyting baholash oʻtkaziladigan sana va joy belgilanadi, rad etilganda rad etish sababi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Talabgor reyting baholashdan oʻtkaziladigan manzilga 15 daqiqa oldin yetib kelishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ yoki vakolatli organning hududiy boʻlinmasi masʼullariga talabgor tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjati (biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID kartasi) taqdim etilgan taqdirda, uning reyting baholash oʻtkaziladigan auditoriyaga kirishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Reyting baholash test sinovlari orqali oʻtkaziladi, bunda talabgor reyting baholash axborot tizimida reyting baholashdan oʻtish uchun Elektron hukumatning Yagona identifikatsiya tizimi orqali identifikatsiyadan oʻtadi va test savollariga javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test savollarining soni va ularni yechish vaqti davomiyligi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Reyting baholashdan oʻtkazish 100 ballik tizim asosida baholanib, bunda 55 balldan yuqori ball toʻplagan talabgor reyting baholashdan oʻtgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Reyting baholashdan oʻtkazishga ajratilgan vaqt ichida talabgor kompyuter vositasida oʻtkaziladigan test sinovlarini yakunlashi shart. Bunda ushbu talabni buzgan talabgor reyting baholashdan oʻtmagan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Reyting baholashning test savollari vakolatli organ tomonidan ishchi organ hamda ekspertlarni jalb qilgan holda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test savollari qonunchilik hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda muntazam yangilab boriladi, shuningdek, test savollaridan namunalar reyting baholash axborot tizimida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Reyting baholashdan oʻtkazish jarayonlari uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushiriladi va videotasvir ishchi organ tomonidan bir yil davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Reyting baholash vaqtida quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari va yoʻriqnoma materiallar, axborotnomalar va maxsus adabiyotlardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil aloqa vositasi va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditoriyadan tashqariga chiqish (auditoriyadan tashqariga chiqqan shaxslar qaytib kiritilmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda belgilangan talablarni buzgan talabgorlar auditoriyadan chiqarib yuboriladi va reyting baholashdan oʻtmagan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditoriyadan chiqarib yuborish sabablari reyting baholash axborot tizimida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Begona shaxslarga reyting baholashda ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Reyting baholashdan oʻtmagan deb hisoblangan talabgorlar bir oy ichida belgilangan tartibda reyting baholashdan oʻtish uchun takroran murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Talabgorning reyting baholash axborot tizimidagi shaxsiy kabinetida reyting baholash natijasi boʻyicha QR kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda rasmiylashtirilgan reyting baholash guvohnomasi yoki maʼlumotnomasi avtomatik tarzda shakllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Reyting baholash guvohnomasi va maʼlumotnomasining haqiqiyligini tekshirish — elektron qurilmada QR kod (matrik shtrixli kod)ni oʻqib olish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron qurilma orqali QR kod (matrik shtrixli kod) oʻqilganda (skaner qilinganda), reyting baholash guvohnomasi va maʼlumotnomasining haqiqiyligi repozitoriydan tegishli hujjat berilgan sanani va raqamini solishtirish orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Davlat organlariga talabgorning reyting baholash natijalari ishchi organ tomonidan besh ish kuni ichida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Reyting baholash mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Reyting baholash quyidagi mezonlar orqali amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0 — 55 ball — qoniqarsiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56 — 70 ball — qoniqarli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71 — 85 ball — yaxshi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86 — 100 ball — yuqori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Reyting baholash quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“elektron hukumat” tizimini joriy etish bilan bogʻliq bilimlar — 20 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“raqamli iqtisodiyot” tizimini joriy etish bilan bogʻliq bilimlar — 20 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq bilimlar — 20 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AKT infratuzilmasi tashkil etilishi bilan bogʻliq bilimlar — 20 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organining faoliyatiga AKTni joriy etish hamda boshqaruv koʻnikmalari bilan bogʻliq bilimlar — 20 ball.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Reyting baholash maʼlumotnomasini olgan talabgorning malakasini oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat organlari toʻrt oy muddat ichida talabgorning reyting baholash maʼlumotnomasida tavsiya etilgan yoʻnalishlar boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kursida malaka oshirishini va reyting baholashdan oʻtish uchun takroran murojaat etishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Talabgor malaka oshirish yakunlangandan soʻng oʻn ish kuni ichida belgilangan tartibda reyting baholashdan oʻtish uchun takroran murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor oʻz mablagʻi hisobidan takroriy baholashda ishtirok etish uchun ishchi organga bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi miqdorida toʻlov toʻlaydi. Bunda ushbu mablagʻlar xorijiy va mahalliy professor-oʻqituvchilar va ekspert mutaxassislarni jalb qilish, oʻquv dasturlari, qoʻllanmalar hamda kontentlarini ishlab chiqish, eng yuqori natija koʻrsatgan davlat xizmatchilarini taqdirlash (chet el safarlariga yuborish), shuningdek, ishchi organning axborot tizimlarini takomillashtirish va ularga texnik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-sentabrdagi 584-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2025-y., 09/25/584/0830-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Reyting baholashdan takroran oʻta olmagan talabgorga reyting baholashdan muvaffaqiyatli oʻtgunga qadar davlat organi tomonidan belgilangan ustama haq toʻlash tarzidagi moddiy ragʻbatlantirishga yoʻl quyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Davlat organlari takroran reyting baholashdan oʻta olmagan talabgorning lavozimga loyiqlik masalasini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Reyting baholash guvohnomalari va maʼlumotnomalari reyestrlarini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Reyting baholash axborot tizimidagi reyting baholash natijasi boʻyicha QR kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda rasmiylashtirilgan reyting baholash guvohnomasi yoki maʼlumotnomasi mazkur Nizomga 3 va 4-ilovalarga muvofiq avtomatik tarzda shakllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ishchi organ reyting baholash guvohnomasi va maʼlumotnomasining reyestrlarini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Reyting baholash guvohnomalar reyestrida quyidagi maʼlumotlar qayd etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi;

biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID karta maʼlumotlari;

reyting baholash oʻtkazilgan sana;

reyting baholash natijasi (ball);

reyting baholash natijasi (darajasi);

reyting baholash guvohnomasini hisobga olish raqami va berilgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting baholash guvohnomasining amal qilish muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Reyting baholash maʼlumotnomalari reyestrida quyidagi maʼlumotlar qayd etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID karta maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting baholash oʻtkazilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting baholash natijasi (ball);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting baholash natijasi (darajasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting baholash maʼlumotnomasi berilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish yoʻnalishlari boʻyicha tavsiya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob.Apellyatsiyani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Reyting baholashdan oʻta olmagan talabgor reyting baholash oʻtkazilgan kundan boshlab 20 kalendar kun ichida ishchi organga apellyatsiya berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya reyting baholash axborot tizimida talabgorning shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ bir hafta muddatda kiritilgan apellyatsiyani koʻrib chiqadi va reyting baholash axborot tizimida talabgorga qabul qilingan qaror haqida shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan ishchi organ tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting baholash natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiyani qanoatlantirish va talabgorni reyting baholashdan muvaffaqiyatli oʻtgan deb hisoblash toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya bergan talabgorning reyting baholash ushbu Nizom talablariga zid ravishda oʻtkazilganligi holatlari aniqlanganda, reyting baholashni takroran oʻtkazish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Reyting baholash natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya mazkur Nizom talablarini buzgan holda taqdim etilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiyada koʻrsatilgan vajlar oʻz tasdigʻini topmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ishchi organ tomonidan apellyatsiya bergan talabgor uchun reyting baholashni takroran oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, takroriy reyting baholash mazkur Nizomda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Talabgor takroran apellyatsiya berishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ishchi organning qarori ustidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq sudga shikoyat qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Vakolatli organ ushbu Nizom talablariga rioya etilishi taʼminlash maqsadida davlat organlarining faoliyati boʻyicha monitoring olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun masʼul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun masʼul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Talabgor
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi” davlat muassasasiga (keyingi oʻrinlarda — ishchi organ) murojaat qiladi.
Belgilangan muddatlarda
2-bosqich
Ishchi organ va Raqamli texnologiyalar vazirligining hududiy boʻlinmasi
1. Soʻrovnomada keltirilgan maʼlumotlar haqiqiyligini tekshiradi va qabul qiladi.
2. Talabgorga YIDXP orqali reyting baholash oʻtkaziladigan sana va joy yoki reyting baholashdan oʻtkazish rad etilganligi toʻgʻrisida elektron xabarnoma yuboradi.
Baholash oʻtkaziladigan sanadan 5 ish kuni oldin
3-bosqich
Talabgor
Reyting baholashdan oʻtish uchun “elektron hukumat”ning yagona identifikatsiya tizimi orqali identifikatsiyadan oʻtadi va test savollariga javob beradi.
Belgilangan muddatlarda
4-bosqich
Ishchi organ
Talabgor reyting baholashdan muvaffaqiyatli oʻtganda QR-kod qoʻyilgan reyting baholash guvohnomasi rasmiylashtiriladi va talabgorga reyting baholash axborot tizimi orqali yuboriladi.
Real vaqt rejimida
5-bosqich
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi
Talabgor reyting baholashdan oʻta olmagan taqdirda:
1. Baholash maʼlumotnomasida tavsiya etilgan yoʻnalishlar boʻyicha 24 soatdan kam boʻlmagan oʻquv kurslarida malakasini oshiradi;
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga talabgorning reyting baholash natijalarini yuboradi.
5 ish kuni mobaynida
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-sentabrdagi 584-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2025-y., 09/25/584/0830-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun masʼul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
__________________
(sana)
__________________
(raqam)
Reyting baholashdan oʻtish uchun
SOʻROVNOMA
Talabgor haqidagi maʼlumotlar:
1. F.I.O.:
2. Biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID karta seriyasi va raqami:*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Elektron hukumat idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda, reyting baholash axborot tizimida (attestat.egov.uz) avtomatik shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun masʼul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida reyting baholashdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
The Ministry of Digital technologiyes of the Republic of Uzbekistan
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida reyting baholashdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-sentabrdagi 584-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2025-y., 09/25/584/0830-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun masʼul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AKT boʻyicha savodxonlik darajasini reyting baholash natijasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
The Ministry of Digital technologiyes of the Republic of Uzbekistan
AKT boʻyicha savodxonlik darajasini reyting baholash natijasi toʻgʻrisida
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-sentabrdagi 584-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2025-y., 09/25/584/0830-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-maydagi 208-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining malakasi va koʻnikmalarini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda ularni ishda kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” 2011-yil 27-oktabrdagi 289-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1-ilovaning 1-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu talablar respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu Nizom talablari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi”;