12.05.2023 yildagi PF-70-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda “Inson qadri uchun” degan ezgu gʻoyani toʻliq roʻyobga chiqarish, inson huquq va erkinliklari sohasidagi xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, davlat organlari faoliyatiga tizimli va bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Inson huquqlari va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish hamda qonun ustuvorligini taʼminlash, shuningdek, jamiyat va har bir fuqaro hayotiga ularni tatbiq etish Yangi Oʻzbekistonning ichki va tashqi siyosatida markaziy oʻrinni egallab kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasida zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarini samarali bajarishga qaratilgan Inson huquqlari boʻyicha Milliy strategiyasida belgilangan vazifalarning izchil amalga oshirilayotgani uning xalqaro maydondagi obroʻsi yanada mustahkamlanishiga hamda mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklariga hurmat munosabati shakllanishiga xizmat qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha kengashining aʼzosi sifatida faol harakati, BMTning Inson huquqlari boʻyicha oliy komissari hamda inson huquqlari masalalari boʻyicha maxsus maʼruzachilar bilan yaqin hamkorligi bunga yorqin misol boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlariga oid xalqaro standartlarni amalga oshirish, ayniqsa ayollar, bolalar, yoshlar va nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish hamda ijtimoiy adolat tamoyillariga konstitutsiyaviy maqom berildi. Shuningdek, xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, qiynoqqa solishning oldini olish boʻyicha milliy preventiv mexanizmning qonuniy asoslarini shakllantirish, majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Milliy taʼlim dasturining qabul qilinishi mamlakatimizda inson huquqlari sohasidagi taʼlimni yanada rivojlantirishga, aholining inson huquqlari sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirishga, shuningdek, davlat xizmatchilarining inson huquqlari va gender tenglik sohasidagi bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMT Bosh kotibining “Inson huquqlari yoʻlida harakatga daʼvat” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash, Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasida zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarini izchil va qatʼiy bajarishni davom ettirish, fuqarolarning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi tamoyillari va normalari toʻgʻrisidagi bilimlarini oshirish, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy, qonunchilikka oid chora-tadbirlar tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligiga bagʻishlangan tadbirlarda davlat tashkilotlari va muassasalari, jamoatchilik birlashmalari, ommaviy axborot vositalarining faol ishtirok etishi eng muhim vazifa deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Jahon taʼlim dasturining toʻrtinchi bosqichini amalga oshirish boʻyicha Milliy komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Milliy komissiya) (A. Saidov) Dasturni amalga oshirish yuzasidan quyidagi vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda belgilangan tadbirlar ijrosini tashkil qilish va amalga oshirishga koʻmaklashish hamda ularning oʻz vaqtida ijro etilishini nazorat va monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligiga bagʻishlangan xalqaro tadbirlarda Oʻzbekiston vakillarining faol ishtirok etishi boʻyicha xalqaro tashkilotlar, eng avvalo, BMT muassasalari bilan yaqin hamkorlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligiga bagʻishlangan, shuningdek, inson qadri va huquqlarini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini, shu jumladan axborot-tahliliy sharhlar tayyorlanishi, xorijiy tillarga tarjima qilinishi va eʼlon qilinishini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dasturda belgilangan masʼul ijrochilar oʻzlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyning 5-sanasiga qadar Milliy komissiya ishchi organi — Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markaziga taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Milliy komissiya va Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining 2023-yildan boshlab har yili 1 — 10-dekabr kunlari mamlakatimizda “Inson huquqlari” oʻn kunligini eʼlon qilish hamda barcha umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan kunga bagʻishlangan umummilliy dars oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi asosiy maqsadlarini amalda roʻyobga chiqarishda BMT saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi maxsus jamgʻarmasiga Oʻzbekistonning ixtiyoriy badali sifatida yuz ming AQSh dollari miqdorida mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar dasturining amalga oshirilishini har tomonlama yoritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.X. Saidov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 12-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-70-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-maydagi PF-70-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligiga bagʻishlangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalarni implementatsiya qilish

1.

BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashiga Universal davriy hisobot doirasida Oʻzbekiston Respublikasining toʻrtinchi milliy hisobotini tayyorlash.

1. Universal davriy hisobot doirasida Oʻzbekiston Respublikasining toʻrtinchi milliy hisobotini tayyorlash.

2023-yil may

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Tashqi ishlar vazirligi

2. Universal davriy hisobot doirasida Oʻzbekiston Respublikasining toʻrtinchi milliy hisobotini BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashiga taqdim qilish.

2023-yil iyun

3. Oʻzbekiston Respublikasining toʻrtinchi milliy hisobotini taqdim qilish doirasida BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi ishida ishtirok etish.

2023-yil noyabr

2.

BMTning Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi bajarilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining birinchi milliy maʼruzasini tayyorlash.

1. Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya bajarilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining birinchi milliy maʼruzasini tayyorlash yuzasidan ishchi guruhini tuzish.

2023-yil may

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Tashqi ishlar vazirligi

2. Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya bajarilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining birinchi milliy maʼruzasini tayyorlash.

2023-yil iyun

3. Nogironlar huquqlari toʻgʻrisida konvensiya bajarilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining birinchi maʼruzasini BMTning Nogironlar huquqlari boʻyicha qoʻmitasiga taqdim qilish.

2023-yil iyul

3.

BMTning Inson huquqlari nuqtai nazaridan tadbirkorlik faoliyatining asosiy tamoyillarini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish va qabul qilish.

1. Milliy harakatlar rejasi loyihasini ishlab chiqish va manfaatdor vazirlik, idoralar bilan kelishish.

2023-yil iyun

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil

2. Milliy harakatlar rejasi loyihasini Oliy Majlis palatalariga kiritish.

2023-yil iyul

4.

BMTning Bola huquqlari boʻyicha qoʻmitasi tavsiyalari bajarilishi boʻyicha Milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish va qabul qilish.

1. Milliy harakatlar rejasi loyihasini ishlab chiqish, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2023-yil iyun

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Bola huquqlari boʻyicha vakil

2. Milliy harakatlar rejasi loyihasini Oliy Majlis palatalariga kiritish.

2023-yil iyul

5.

BMTning Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashga qarshi konvensiyasi bajarilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining oltinchi milliy maʼruzasini tayyorlash.

1. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashga qarshi konvensiya bajarilishi boʻyicha oltinchi milliy maʼruzani tayyorlash yuzasidan ishchi guruhini tuzish.

2023-yil sentyabr

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Tashqi ishlar vazirligi

2. Qi�noqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashga qarshi konvensiya bajarilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining oltinchi milliy maʼruzasini tayyorlash.

2023-yil oktyabr-noyabr

3. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashga qarshi konvensiya bajarilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining oltinchi milliy maʼruzasini BMTning Qiynoqlarga qarshi qoʻmitasiga taqdim etish.

2023-yil dekabr

II. Inson huquqlari boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish

6.

Qiynoqlarning oldini olish boʻyicha milliy preventiv mexanizmining qonuniy asoslarini rivojlantirish.

“Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga qiynoqlarning oldini olish boʻyicha milliy preventiv mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlash.

2023-yil iyun

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Ichki ishlar vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman), Bosh prokuratura

7.

Fuqarolarning mehnat huquqini cheklovchi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish.

1. Qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslarni qoʻllanilgan jazo chorasidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda oʻziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qoʻllanilganligidan qatʼiy nazar ishga qabul qilishda cheklovlar belgilovchi qonunchilik hujjatlarini aniqlash.

2023-yil iyun

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman), Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, fuqarolik jamiyati institutlari

2. Xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish natijalariga koʻra, ishga qabul qilishda cheklovlar �elgilovchi qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlash.

2023-yil iyul

8.

Milliy qonunchilik va amaliyotni BMTning Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi qoidalari va tamoyillariga, shu jumladan nogironlik bilan bogʻliq terminologiyani xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish.

1. Milliy qonunchilikni nogironlik masalalarini huquqiy tartibga solishdagi boʻshliqlar va qarama-qarshiliklar yuzasidan, shu jumladan “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonunga BMTning Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasida keltirilgan tushunchalarni kiritish yuzasidan tahlil qilish.

2023-yil oktyabr-noyabr

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, fuqarolik jamiyati institutlari

2. Qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nogironlarni kamsituvchi qoidalarni bartaraf etishga, shuningdek, nogironlarning fuqarolik va siyosiy (saylov huquqi, odil sudlov huquqi va boshqa) huquqlarini amalga oshirishda ishtirok etish mexanizmlarini belgilashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

III. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari va xalqaro standartlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish

9.

Oʻzbekiston Respublikasida Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyani amalga oshirish boʻyicha 2023 — 2025-yillarga moʻljallangan Milliy harakatlar rejasi bajarilishini monitoring qilish.

1. Davlat organlari va NNTlardan Milliy harakatlar rejasi bajarilishi boʻyicha maʼlumot olish.

Rejada belgilangan muddatlarda

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, fuqarolik jamiyati institutlari

2. BMTning Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi qoidalarining bajarilishi ustidan jamoatchilik monitoringini oʻtkazish.

3. Umumlashtirilgan maʼlumotni Inson huquqlari sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi boʻyicha parlament komissiyasiga taqdim etish.

Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasigacha

10.

BMTning Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar boʻyicha qoʻmitasining yakuniy tavsiyalarini amalga oshirish yuzasidan Milliy harakatlar rejasi bajarilishini monitoring qilish.

1. Davlat organlari va NNTlardan Milliy harakatlar rejasi bajarilishi boʻyicha maʼlumot olish.

Rejada belgilangan muddatlarda

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, fuqarolik jamiyati institutlari

2. BMTning Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar boʻyicha pakti qoidalarining bajarilishi ustidan jamoatchilik monitoringini oʻtkazish.

3. Umumlashtirilgan maʼlumotni Inson huquqlari sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi boʻyicha parlament komissiyasiga taqdim etish.

Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasigacha

11.

BMT Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish qoʻmitasining yakuniy tavsiyalarini amalga oshirish yuzasidan Milliy harakatlar rejasi bajarilishini monitoring qilish.

1. Davlat organlari va NNTlardan Milliy harakatlar rejasi bajarilishi boʻyicha maʼlumot olish.

Rejada belgilangan muddatlarda

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, fuqarolik jamiyati institutlari

2. Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida konvensiya qoidalarining bajarilishi ustidan jamoatchilik monitoringini oʻtkazish.

3. Umumlashtirilgan maʼlumotni Inson huquqlari sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi boʻyicha parlament komissiyasiga taqdim etish.

Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasigacha

IV. Inson huquqlari va erkinliklari sohasida taʼlim, axborot-maʼrifiy va nashriyot faoliyatini takomillashtirish

12.

Deklaratsiyaning 75-yilligi munosabati bilan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini (oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida) nashr etish.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida chop etish.

2023-yil davomida

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi

13.

Huquqni muhofaza qilish organlari uchun inson huquqlari sohasida oʻqitishning oʻquv-uslubiy bazasini rivojlantirish.

“Huquqni muhofaza qilish organlari uchun inson huquqlari” nomli darslikni nashr etish.

2023-yil sentyabr

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Sudyalar oliy maktabi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Yuristlar malakasini oshirish markazi

14.

Yosh avlodning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha taʼlim muassasalarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishning samarali mexanizmlarini kengaytirish choralarini koʻrish.

1. Umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan oʻquvchilarga huquqni muhofaza qiluvchi, soliq, mehnat organlari hamda maʼmuriy va fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarida faoliyat koʻrsatayotgan mutaxassislar tomonidan haftaning belgilangan kunlarida soliq, uy-joy, mehnat, er, oila, fuqarolik, maʼmuriy ?a jinoyat qonunchiligidagi normalar boʻyicha ochiq dars mashgʻulotlari tashkil qilish.

Muntazam ravishda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Bola huquqlari boʻyicha vakil, fuqarolik jamiyati institutlari

2. Umumtaʼlim maktablarida “Axborot soati” va “Sinf soati”da huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan mavzularni oʻqitishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillarini taklif etish.

Oʻquv yili mobaynida reja asosida

15.

“Oʻzbekistonda xotin-qizlarning huquqlarini taʼminlash va oilaviy zoʻravonlikning oldini olishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish.

1. Ishchi guruhini shakllantirish. Tadbir Konsepsiyasi, muddati va kun tartibini ishlab chiqish.

2023-yil iyun

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yuristlar malakasini oshirish markazi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi

2. Konferensiyani yuqori saviyada tashkil etish hamda mahalliy va xorijiy OAVlarda keng yoritish.

2023-yil avgust

16.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligini oliy taʼlim muassasalarida (xalqaro konferensiyalar, davra suhbatlari oʻtkazish bilan) keng nishonlash.

1. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligini nishonlash boʻyicha oliy oʻquv yurtlarida davra suhbatlari va konferensiyalar oʻtkazish uchun reja ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil iyun

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

2. Oliy taʼlim muassasalarida xalqaro konferensiyalar, davra suhbatlari tashkil etish.

2023-yil davomida

3. Ilmiy-amaliy konferensiya yakunlari boʻyicha toʻplamlar nashr qilish.

2023-yil dekabr

17.

“10-dekabr — Xalqaro inson huquqlari” kuni munosabati bilan (maktab, litsey, texnikum, oliy taʼlim muassasalarida) “Inson huquqlari” oʻn kunligini oʻtkazish.

1. Mamlakatning barcha maktablari, litseylari, kollejlari, oliy taʼlim muassasalarida “Yangi Oʻzbekiston — inson huquqlari” umummilliy darslarini tashkil etish va oʻtkazish.

2023-yil noyabr-dekabr

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, fuqarolik jamiyati institutlari

2. “Yangi Oʻzbekiston — inson huquqlari” umummilliy darslarini OAVlar orqali yoritish.

2023-yil dekabr

3. Taʼlim muassasalarida maktab oʻquvchilari, talabalar oʻrtasida “Inson huquqlari bilimdoni” koʻrik-tanlovini tashkil etish.

2023-yil noyabr-dekabr

18.

“Inson huquqlari bolalar nigohida” tanlovini oʻtkazish.

1. “Inson huquqlari bolalar nigohida” tanlovi nizomini ishlab chiqish.

2023-yil iyun

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Bola huquqlari boʻyicha vakil

2. “Inson huquqlari bolalar nigohida” tanlovini eʼlon qilish.

2023-yil noyabr

3. “Inson huquqlari bolalar nigohida” tanlovi gʻoliblarini aniqlash va taqdirlash.

2023-yil dekabr

19.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75-yilligiga bagʻishlangan turkum maqola va risolalar hamda mamlakatimizning inson huquqlari sohasida erishgan yutuqlarini mahalliy va xorijiy OAVda keng yoritilishini taʼminlash.

1. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75-yilligiga bagʻishlangan turkum maqola va risolalar tayyorlash boʻyicha “Media-reja” ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil iyun

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz

2. Oʻzbekistonda inson huquqlari sohasida erishilgan yutuqlar boʻyicha professor-oʻqituvchilar hamda soha mutaxassislari tomonidan tayyorlangan maqola va risolalarni mahalliy va xorijiy OAVlarda keng yoritish.

2023-yil sentyabr — dekabr

Oʻzbekiston Axborot agentligi, “Dunyo” axb�rot agentligi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman), Bola huquqlari boʻyicha vakil, oliy taʼlim tashkilotlari

20.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75-yilligiga bagʻishlangan 5 daqiqalik qisqa metrajli film tayyorlash va namoyish etish.

1. Qisqa metrajli film ssenariysini ishlab chiqish va suratga olish.

2023-yil sentyabr

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, fuqarolik jamiyati institutlari

2. Qisqa metrajli filmni mahalliy telekanallarda namoyish qilish.

2023-yil noyabr

V. Inson huquqlari boʻyicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

21.

BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari F.Tyurkni Oʻzbekistonga tashrifi natijalari yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Tashrif natijalari boʻyicha bildirilgan tavsiyalar asosida “Yoʻl xaritasini” ishlab chiqish.

2023-yil may

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman)

2. “Yoʻl xaritasini” belgilangan tartibda Oliy Majlis palatalariga kiritish.

2023-yil iyun

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman)

22.

“Markaziy Osiyo davlatlarida konstitutsiyaviy shikoyat institutining rivojlanish tendensiyalari” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazish.

1. Konferensiya konsepsiyasi, kun tartibi va dasturi loyihasini tayyorlash.

2023-yil iyun

Konstitutsiyaviy sud

2. Konferensiyani yuqori darajada tashkillashtirish va oʻtkazish.

2023-yil iyul

23.

Islom hamkorlik tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha doimiy mustaqil komissiyasining 21-sessiyasi doirasida “Biznes va inson huquqlari: qonuniy asoslari va IHTga aʼzo-davlatlarda implementatsiya jarayoni” mavzusidagi seminarda Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirokini taʼminlash.

1. Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibini shakllantirish.

2023-yil may

Inson huquqlari b�yicha Milliy markaz

2. Xalqaro seminarda Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirokini taʼminlash va yakunlari boʻyicha maʼlumot tayyorlash.

2023-yil iyun

24.

BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasining inson huquqlarini mustahkamlashga bagʻishlangan 2023-yil 5-6-iyun kunlari Vena shahrida oʻtkaziladigan oliy darajadagi tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirokini taʼminlash.

1. Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibini shakllantirish.

2023-yil may

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Tashqi ishlar vazirligi

2. Oliy darajadagi tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirokini taʼminlash va yakunlari boʻyicha maʼlumot tayyorlash.

2023-yil iyun

25.

EXHT Parlament Assambleyasining (PA) 2023-yildagi sessiyalarida �shtirok etish.

1. Tashrif dasturini ishlab chiqish.

2023-yil davomida

(EXHT PAning sessiyalariga takliflarga koʻra)

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati (kelishuv asosida), Tashqi ishlar vazirligi

2. Har bir sessiya kun tartibi bandlari boʻyicha delegatsiya nuqtai nazarini shakllantirish.

3. Oʻzbekistonda demokratik islohotlar, shu jumladan, inson huquqlarini himoya qilishga bagʻishlangan maʼruzalar va taqdimotlar tayyorlash hamda EXHTning tuzilmalariga va aʼzo davlatlari delegatsiyalariga t�qdim etish.

26.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75-yilligiga bagʻishlangan “Yoshlar huquqlari: imkoniyatlar va himoya qilish mexanizmlari” mavzusidagi xalqaro Forumni oʻtkazish.

1. Forum konsepsiyasi, kun tartibi va dastur loyihasini tayyorlash.

2023-yil avgust

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Forumni yuqori darajada tashkillashtirish va oʻtkazish.

2023-yil sentyabr

3. Forum doirasida Turkiy davlatlar tashkiloti ombudsmanlari hamda Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar assotsiatsiyasi majlisini oʻtkazish.

2023-yil oktyabr

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman)

27.

BMTning Qiynoqlar masalasi boʻyicha maxsus maʼruzachisi E. Edvardsni Oʻzbekistonga taklif qilishga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Tashrif muddati va dasturini ishlab chiqish.

Kelishilgan muddatda

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz

2. Tashrifga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori darajada tashkillashtirish.

28.

BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasining 2023-yil 10-11-dekabr kunlari oʻtkaziladigan “Inson huquqlari — 75” shiori ostida oʻtkaziladigan yuqori darajadagi tadbirlarida Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirokini taʼminlash.

1. Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibini shakllantirish.

2023-yil oktyabr-noyabr

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Tashqi ishlar vazirligi

2. Yuqori darajadagi tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirokini taʼminlash va yakunlari boʻyicha maʼlumot tayyorlash.

2023-yil dekabr

29.

“Adolat uchun taʼlim”, “Hayotga qoʻshil” (Doha deklaratsiyasini amalga oshirish boʻyicha Global dastur “Line up Live up”) loyihalarini respublika maktablariga bosqichma-bosqich tatbiq etish.

1. Umumtaʼlim maktablarida “Adolat uchun taʼlim”, “Hayotga qoʻshil” (Doxa deklaratsiyasini amalga oshirish boʻyicha Global dastur “Line up Live up”) loyihalarini amalga oshirish reja-jadvalini ishlab chiqish.

2023-2024-yillar davomida

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

2. Reja-jadval asosida loyiha dasturlarini respublika umumtaʼlim maktablarida bosqichma-bosqich joriy qilish.

30.

BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Yevropa Kengashi, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa nufuzli tashkilotlarning xalqaro tadbirlarida Oʻzbekiston vakillarining ishtirokini taʼminlash.

1. Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibini shakllantirish.

2023-yil davomida

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Tashqi ishlar vazirligi

2. Xalqaro tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirokini taʼminlash va yakunlari boʻyicha maʼlumot tayyorlash.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2023-y., 06/23/70/0275-son)