11.05.2023 yildagi 195-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-maydagi PQ-4302-son qaroriga muvofiq sanoat mahsulotlari bozorining barcha qatlamlaridagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni maqsadli jalb qilish, manfaatdor doiralarga respublikada ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari turlari, texnik tavsiflari va sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisida maʼlumot berish orqali dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda muntazam ravishda sanoat yarmarkalarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini oʻtkazish reja-jadvali 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarning namunaviy tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari rejasi 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar ushbu yarmarkalarni tashkil etuvchi hamda ularda ishtirok etuvchi tadbirkorlik subyektlarining oʻz mablagʻlari hisobidan mustaqil ravishda amalga oshirilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portali (keyingi oʻrinlarda — Portal) orqali:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusida respublikadagi iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarning alohida turlari boʻyicha roʻyxatni shakllantirsin va doimiy ravishda yangilab borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning salohiyatini yanada samarali amalga oshirish uchun hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida ishtirok etadigan korxonalar roʻyxatini oldindan aniqlash va Portal orqali onlayn roʻyxatdan 10 kun oldin oʻtkazishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarka yakunlari boʻyicha tuzilgan shartnomalar va memorandumlar toʻgʻrisidagi kelishuvlar bajarilishining monitoringini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida yagona ishtirokchi sifatida nogironligi boʻlgan shaxslarning hamda jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslarning oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlari bilan qatnashishi uchun tegishli joylar ajratilishini taʼminlasin, ularning ishtiroki bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarni hal etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy korxonalarni va xorijiy ishtirokchilarni 2024-yil uchun mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzish rejalashtirilgan hududiy va respublika sanoat yarmarkalari toʻgʻrisida xabardor qilsin hamda ularni sanoat yarmarkalarida ishtirok etishga taklif qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlarning hududiy hamda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalariga faol jalb qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijga sotish boʻyicha yarmarka doirasida eksport shartnomalarini tuzish imkoniyatini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlarni hududiy hamda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalariga faol jalb qilgan holda ular bilan aloqalar oʻrnatsin, eksport masalalari boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlariga va hududiy korxonalarga maslahat bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-son qarori ijrosini jadallashtirish maqsadida barcha hududiy yarmarkalarga mahalliy qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlab chiqaradigan va yetkazib beradigan tashkilotlar faol jalb etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida yangi va innovatsion mahsulotlari, startap ishlanmalari va taqdimotlari bilan faol ishtirok etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalarning hududiy hamda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida ixtiyoriy ravishda faol ishtirok etishlariga koʻmaklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat yarmarkalari yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritilishini hamda imzolangan shartnomalarning ijro holati Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida muhokama qilinishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 24-yanvardagi PQ-99-son qarori asosida ishlab chiqarish tashkil etilgan, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlarni (xizmatlarni) iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar tomonidan reklama qilishda chegirmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy va respublika sanoat yarmarkalari hamda Portal faoliyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 11-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-maydagi 195-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJA-JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Sanoat yarmarkasining ixtisoslashuvi

Oʻtkazish muddati

I. Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalari

1.

Samarqand viloyati

Turizm, gastronomik turizm, oziq-ovqat sanoati, mebelsozlik va elektrotexnika sanoati hamda gilam mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha

2023-yil 30-31-may

2.

Fargʻona viloyati

Toʻqimachilik va ipakni qayta ishlash, charm-poyabzal, mebelsozlik, neft va gaz, kimyo sanoati, qurilish materiallarini ishlab chiqarish boʻyicha

2023-yil 15-16-iyun

3.

Andijon viloyati

Qurilish materiallari, toʻqimachilik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, farmatsevtika sanoati, mebelsozlik, kimyo sanoati, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha

2023-yil 6-7-iyul

4.

Namangan viloyati

Toʻqimachilik, charm-poyabzal, qurilish materiallari, elektr energetikasi, elektro-texnika, oziq-ovqat va mebelsozlik sanoati boʻyicha

2023-yil 20-21-iyul

5.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Tabiiy va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash, neft-kimyo sanoati mahsulotlari, qurilish materiallari, mebelsozlik, elektr energetikasi va elektrotexnika mahsulotlari sanoati boʻyicha

2023-yil 3-4-avgust

6.

Surxondaryo viloyati

Qishloq xoʻjaligi va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish materiallari, dorivor oʻsimliklarni qayta ishlash sohalari va oziq-ovqat sanoati boʻyicha

2023-yil 24-25-avgust

7.

Navoiy viloyati

Togʻ-kon metallurgiyasi, elektrotexnika, energetika va kimyo sanoati va qurilish materiallari boʻyicha

2023-yil 7-8-sentabr

8.

Xorazm viloyati

Turizm, turizm sohasi uchun toʻqimachilik mahsulotlari, transport va logistika, avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi texnikasi, mebelsozlik sanoati boʻyicha

2023-yil 21-22-sentabr

9.

Qashqadaryo viloyati

Neft va gaz sanoati, elektr-energetikasi, kimyo sanoati, charm-poyabzal, toʻqimachilik, elektrotexnika va farmatsevtika sanoati boʻyicha

2023-y�l 5-6-oktabr

10.

Toshkent viloyati

Metallurgiya, kimyo sanoati, elektr energetikasi, elektrotexnika, qurilish materiallari va qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish boʻyicha

2023-yil 19-20-oktabr

11.

Sirdaryo viloyati

Kimyo sanoati, charm-poyabzal, toʻqimachilik va ipakni qayta ishlash, qurilish materiallari, mebelsozlik va farmatsevtika sanoati boʻyicha

2023-yil 2-3-noyabr

II. Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi

12.

Toshkent shahri

Respublikaning barcha tarmoqlari tomonidan 2024-yil uchun buyurtmalar portfelini shakllantirish

2023-yil 12 — 15-dekabr

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ishchi guruhga sanoat yarmarkalarining iqtisodiy ixtisoslashuviga va ularni oʻtkazish muddatiga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-maydagi 195-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

L.Sh. Kudratov

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri, ishchi guruh rahbari

2.

N.Q. Xolmurodov

investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

D.S. Kasimov

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil

4.

E.J. Xamrayev

tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari

5.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

6.

J.T. Maxsudov

raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari

7.

D.A. Vahobov

Savdo-sanoat palatasi raisi

8.

D.N. Sattarov

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori

9.

U.X. Muradov

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi bosh direktori

10.

S.Z. Mirzayev

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

11.

O.M. Saidxonov

“Oʻzekspomarkaz” AJ boshqaruvi raisi

12.

Sh.X. Sodikov

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazi direktori, ishchi guruh kotibi

13.

Z.O. Tursunov

Toshkent shahar hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisi, ishchi guruh kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-maydagi 195-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarning namunaviy tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ishchi guruh rahbari

2.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha yordamchilari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari

4.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari — investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi

5.

Lavozimiga koʻra

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi boshligʻi

6.

Lavozimiga koʻra

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimidagi tashkilotning hududiy filiali boshligʻi

7.

Kelishuv asosida

hududlardagi iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-maydagi 195-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLARI REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbir nomi

Bajarish muddati

Masʼullar

Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalari

1.

Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida (keyingi oʻrinlarda — sanoat yarmarkalari) ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi hududiy korxonalar, shu jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ishtirokini taʼminlash maqsadida ularni xabardor qilish va jalb etish.

Yarmarkalarni oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan bir oy oldin

Investitsiyala�, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

2.

Sanoat yarmarkalarida ishtirok etadigan iqtisodiyot tarmoqlari, xorijiy investorlarni hamda hududiy korxonalar roʻyxatini shakllantirish.

Yarmarkalarni oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan bir oy oldin

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

Iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar, shu jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan namoyish etiladigan yangi turdagi mahsulotlar shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan import qilinadigan mahsulotlar (xomashyo, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, uskuna va materiallar) roʻyxatini shakllantirish hamda Raqamli transformatsiya markazining Elektron kooperatsiya portali (keyingi oʻrinlarda — Portal) orqali mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarga yetkazish.

Yarmarkalarni oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan bir oy oldin

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4.

Respublikada faoliyat yuritayotgan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sanoat yarmarkalarida namoyish etish maqsadida ular toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotni Portalga joylashtirish.

Sanoat yarmarkalarini oʻtkazish vaqtida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Koʻrgazma stendlarining maketlarini hamda sanoat yarmarkalarini oʻtkazish dasturini ishlab chiqish.

Unda sanoat yarmarkalarining ochilish va yopilish marosimlari ssenariysini, hududiy korxonalar, jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillarining taqdimotlarini nazarda tutish.

Yarmarkalarni oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan 10 kun oldin

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

“Oʻzekspomarkaz” AJ bilan hamkorlikda sanoat yarmarkalari ishtirokchilarining koʻrgazma stendlarini joylashtirish hamda dizaynini ishlab chiqish boʻyicha amaliy choralar koʻrish.

Bunda koʻrgazma stendlarida joylashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarilayotgan, ishlab chiqarilishi oʻzlashtiriladigan hamda ishlab chiqarilishi tavsiya etiladigan mahsulotlarga ajratgan holda joylashtirishni taʼminlash.

Sanoat yarmarkalarini oʻtkazish vaqtida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Iqtisodiyot tarmoqlarining ishlab chiqarish faoliyatida talab etiladigan mahsulotlarga (xomashyo, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, uskuna va materiallar) boʻlgan ehtiyojlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha taqdimotlar oʻtkazilishini hamda ularning Portal orqali yoritib borilishini taʼminlash.

Sanoat yarmarkalarini oʻtkazish vaqtida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

8.

Sanoat yarmarkalari oʻtkaziladigan hududni, jumladan, taqdimotlar, muzokaralar hamda hamkorlik shartnomalari imzolanadigan joylarni tayyorlash va bezash.

Yarmarkalarni oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan toʻrt kun oldin

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Koʻrgazma stendlarini loyihalashtirish, oʻrnatish ishlarini yakunlash.

Yarmarkalarni oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan toʻrt kun oldin

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Sanoat yarmarkalari davomida Portal orqali mahsulotlarni sotish va xarid qilish boʻyicha hamkorlik shartnomalari hamda import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha texnik jihatdan hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi memorandumlarni imzolash.

Sanoat yarmarkalarini oʻtkazish vaqtida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshke�t shahar hokimliklari

11.

Sanoat kooperatsiyasi boʻyicha tuzilgan shartnomalar soni, ishlab chiqarish moʻljallangan mahsulot turlari, shuningdek, yangi yuqori texnologik mahsulotlar, innovatsion ishlanmalar va boshqa koʻrsatkichlar boʻyicha eng yaxshi natijalarga erishgan sanoat yarmarkalari ishtirokchilarini ragʻbatlantirish.

Sanoat yarmarkalarini yakunlash vaqtida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

12.

Sanoat yarmarkalari yakunlari boʻyicha bajarilgan ishlar va erishilgan natijalar, jumladan, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tayyorlash va ishchi guruhga taqdim etish.

Sanoat yarmarkalarini yakunlash vaqtida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Sanoat yarmarkalarini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhning yigʻilishini tashkil etish.

Yigʻilishda sanoat yarmarkalari natijalarini muhokama qilish, yangi turdagi mahsulotlarni oʻzlashtirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish ishlarini yanada takomillashtirish hamda belgilangan samaradorlikka erishish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

Sanoat yarmarkalari yakunlanganidan soʻng uch kun muddatda

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududiy korxonalar oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va kengaytirib borish, shuningdek, ushbu jarayonda kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokini faollashtirish toʻgʻrisida taklif ishlab chiqish

14.

Iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar tomonidan quyidagi maʼlumotlarni Portalda joylashtirish hamda ularning doimiy ravishda yangilanib borishini taʼminlash, xususan: ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, oʻzlashtiriladigan ya?gi turdagi mahsulotlar, barqaror talabga ega hamda rivojlanish istiqbolli boʻlgan korxonalar import tovarlari toʻgʻrisida;

hamkorlik aloqalarini oʻrnatishda masʼul boʻlgan rahbarlar toʻgʻrisida.

Doimiy ravishda

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Sanoat yarmarkalari natijalariga koʻra ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi boʻyicha takliflarni xatlovdan oʻtkazish, sanoat kooperatsiyasi doirasida mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnomalar reyestrini va import oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish memorandumlarini shakllantirish.

Tayyorlangan maʼlumotlarni ishchi guruhga kiritish.

Sanoat yarmarkalarini oʻtkazish vaqtida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar

16.

Iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar tomonidan import qilinadigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarish jarayoniga kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish.

Tayyorlangan maʼlumotlarni ishchi guruhga kiritish.

Sanoat yarmarkalarini oʻtkazish vaqtida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

17.

Import tarkibi va ichki bozor ehtiyojlari tahlili asosida ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish uchun tavsiya etilayotgan mahsulotlar boʻyicha kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga buyurtma berish.

Sanoat yarmarkalarini oʻtkazish vaqtida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Hududiy korxonalarga, shu jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga quyidagi masalalarda yordam koʻrsatish:

ularga boʻsh bino va inshootlarni, foydalanilmayotgan texnologik uskunalarni va yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun asbob-uskunalarni ijaraga berish;

oʻzlashtirilayotgan mahsulotlar uchun texnik parametrlar va sifat talablarini muvofiqlashtirib borish.

Doimiy ravishda

Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-maydagi 195-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLARI REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbir nomi

Bajarish muddati

Masʼullar

1.

Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika sanoat yarmarkasi) doirasidagi takliflar asosida iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar, shu jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishni oʻrganish, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni jalb qilishda mahalliy korxonalar va xorijiy investorlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.

2023-yil mart — noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar

2.

Ixtisoslashgan tashkilotlarning respublika sanoat yarmarkasida yangi aloqalar va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish doirasida yangi texnologiyalar va ishlab chiqarish loyihalarini, shuningdek, talab etiladigan mahsulotlar boʻyicha takliflarni taqdim etish.

2023-yil mart — noyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

3.

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish tadbirlari doirasida yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulotning texnik parametrlari va sifat koʻrsatkichlarini takomillashtirish yoʻllarini ishlab chiqish.

Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish doirasida

Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

4.

Sanoat kooperatsiyasi asosida mahsulot yetkazib berish boʻyicha Portal orqali tuzilgan shartnomalarning reyestrini shakllantirib borish.

2023-yil mart — noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Respublikada faoliyat yuritayotgan korxonalarga va xorijiy investorlarga respublika sanoat yarmarkasida ishtirok etish uchun taklifnomalar yuborish.

2023-yil 1-noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirlig�

6.

Respublika sanoat yarmarkasida ishtirok etish uchun ariza berish, yarmarkada ishtirok etadiganlar roʻyxatini shakllantirish, stend eskizlari bilan tanishish, shuningdek, yarmarka ishtirokchisining yangi va namoyish etadigan mahsuloti turlarini Portal orqali onlayn tarzda joylashtirish tizimini ishga tushirish.

2023-yil 1-noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Stendlarni loyihalashtirish va joylashtirishni respublika sanoat yarmarkasi ishtirokchilari bilan kelishish.

2023-yil 10-noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, vilo�tlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Respublika sanoat yarmarkasida tuzilgan shartnomalar doirasida mahsulotlarni yetkazib berishning prognoz parametrlarini aniqlash va Respublika sanoat yarmarkasini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhga tasdiqlash uchun taqdim etish.

2023-yil 10-noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Respublika sanoat yarmarkasini oʻtkazish dasturini tayyorlash.

2023-yil 5-noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

10.

Respublika sanoat yarmarkasi ishtirokchilarining koʻrgazma stendlarini oʻrnatish va loyihalash ishlarini yakunlash.

2023-yil 15-noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Respublika sanoat yarmarkasida iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilishi tavsiya etilgan mahsulotlar roʻyxati va ilgʻor xorijiy texnologiyalar taqdimoti asosida koʻrgazma stendlarini bezatish.

2023-yil 15-noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

12.

Koʻrgazma stendlarini bezatish va yarmarka ishtirokchilariga standartlashtirish, sertifikatlash, moliyaviy xizmatlar boʻyicha maslahatlar berish.

Respublika sanoat yarmarkasini oʻtkazish vaqtida

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, tijorat banklari, sugʻurta va lizing kompaniyalari

13.

Portalda yarmarka doirasida tuzilgan shartnomalar hajmi va sohalar boʻyicha tahliliy materiallarni tayyorlash.

2023-yil 20 — 24-noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Asosiy tadbirlar uchun joylarni tayyorlash

14.

Respublika sanoat yarmarkasi tadbirlarini oʻtkazish uchun yarmarka hududini, 1 — 4 pavilonlarni, 1,2-Atrium va konferensiyalar zalini tayyorlash, yoʻlaklarini kovrolan gilamlari bilan bezash.

2023-yil 15-noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

15.

Respublika sanoat yarmarkasi haqidagi videorolikni, logotip va bannerlar dizaynini tayyorlash.

2023-yil 1-noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

16.

Shartnomalar va memorandumlar imzolash uchun zonalar va “V2V” zonalarini jihozlash, onlayn shartnomalarni imzolash uchun ishtirokchilarini kompyuter orgtexnikasi bilan taʼminlash.

2023-yil 15-noyabr

Toshkent shahar hokimligi

17.

Elektr taʼminoti, zaxiradagi yoritish uskunalari, konditsioner, aloqa, telekommunikatsiya tizimlari hamda koʻrgazma majmuasi va konferensiyalar zalini tayyorlash.

2023-yil 10-noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi

18.

Koʻrgazma majmuasining tashqi hududini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish.

2023-yil 10-noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

19.

Respublika sanoat yarmarkasi davomida shartnomalar va memorandumlarni roʻyxatga olish joylarini shuningdek, matbuot markazini oʻrnatilgan tartibda zarur Internet (Wi-Fi) bilan taʼminlash.

2023-yil 18 — 24-noyabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

20.

“Oʻzekspomarkaz” AJ hududida respublika sanoat yarmarkasi oʻtkaziladigan joylarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash.

2023-yil 20 — 24-noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

21.

Respublika sanoat yarmarkasining ochilish va yopilish marosimi joylarini rasmiylashtirish, shu jumladan, gullar bilan bezash, zarur asbob-uskunalar (ovoz kuchaytirgich apparaturasi, keng formatli monitorlar va proyektorlar) bilan taʼminlash hamda tadbir davomida taqdimotlar oʻtkazish.

2023-yil 18 — 24-noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

22.

Respublika sanoat yarmarkasining ochilishi va yopilishida madaniy tadbirlarni tashkil etish.

2023-yil 20 — 24-noyabr

Madaniyat va turizm vazirligi

23.

“�zekspomarkaz” AJ barcha pavilonlarida taqdimotlarni namoyish etish va jonli efirga uzatishni taʼminlash.

Respublika sanoat yarmarkasini oʻtkazish vaqtida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

24.

Respublika sanoat yarmarkasi oʻtkaziladigan joylarda jamoat tartibini saqlash.

Respublika sanoat yarmarkasini oʻtkazish vaqtida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Milliy gvardiya, Toshkent shahar IIBB

Reklama kampaniyasi, ommaviy axborot vositalarida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish haqida axborotlarni keng jamoatchilikka yetkazish

25.

Iqtisodiyot tarmoqlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rasmiy veb-saytlarida, shuningdek, Portalda Respublika sanoat yarmarkasi haqidagi reklamalarni joylashtirish.

2023-yil 10-noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

26.

Respublika sanoat yarmarkasi oʻtkazilishi haqida audio va video formatda reklama lavhasini ishlab chiqish hamda markaziy televideniye va radio kanallar orqali yoritib borish.

2023-yil oktyabr-noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

27.

Respublika va hududiy sanoat yarmarkasi doirasida rejalashtirilgan tadbirlar haqida ommaviy axborot vositalarida, jumladan, markaziy va hududiy bosmaxonalar, shuningdek, radio va teleradiokanallarda reklamalarni joylashtirish.

2023-yil iyun — oktyabr 2023-yil 10 — 20-noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

28.

Respublika sanoat yarmarkasi tadbirlari, ularni amalga oshirishning maqsad va vazifalari, kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish boʻyicha korxonalar tajribasi haqidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

Yarmarkalarni oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatlarda

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

29.

“Oʻzekspomarkaz” AJ hududida Respublika sanoat yarmarkasi toʻgʻrisidagi bannerlarni tayyorlash va oʻrnatish.

2023-yil 15-noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

30.

Respublika sanoat yarmarkasi oʻtkazilishi haqida reklama bannerlarini chop etish va joylashtirish.

2023-yil 15 — 18-noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

31.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarining markaziy koʻchalari�agi elektron monitorlarda Respublika sanoat yarmarkasi haqida tayyorlangan reklama roliklarini koʻrsatib borish.

2023-yil 1 — 20-noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2023-y., 09/23/195/0274-son)