Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Qarori
Birja aʼzolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 3-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2038-6]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 01/19-18/24, 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038, 2009-yil 6-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 46-son, 501-modda) bilan tasdiqlangan Birja aʼzolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi va Respublika koʻp tarmoqli agrosanoat birjasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi Sh. ShARAXMETOV
Toshkent sh.,
2023-yil 10-aprel,
03/15-05/01-son
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi D. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 6-aprel,
16-son
Kelishildi:
“Oʻzbekiston Respublikasi koʻp tarmoqli agrosanoat birjasi” bosh direktori T. VALITOV
2023-yil 13-mart
“Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi” boshqaruv raisi Z. BADRIDDINOV
2023-yil 13-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2023-yil 10-apreldagi 03/15-05/01-son
va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 6-apreldagi 16-son qaroriga
ILOVA
va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 6-apreldagi 16-son qaroriga
ILOVA
Birja aʼzolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 6-bandda:
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralarni;
xodimlarni tanlash boʻyicha malaka talablari va tartiblarini;
kadrlarni tayyorlash va oʻqitishga doir malaka talablarini;”;
toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn ikkinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Quyidagi mazmundagi 61-band bilan toʻldirilsin:
“61. Birja va birja aʼzolarining nazorati ostida yoki ahamiyatli taʼsiri doirasida bitta yoki bir nechta pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar boʻlgan taqdirda ichki qoidalar guruhiy yondashuv asosida ishlab chiqilishi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni boshqarish va mijozlarni lozim darajada tekshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni almashish qoidalari va tartib-taomillari;
komplaens nazoratni, auditni va (yoki) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish funksiyalarini guruh darajasida taʼminlash, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadlari uchun zarur boʻlgan hollarda filiallardan va shuʼba korxonalardan ularning mijozlari, hisobvaraqlari va operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olinishini taʼminlash;
maxfiylikni va maʼlumotlardan foydalanishni yetarli darajada himoya qilish.”.
3. 81-bandning birinchi xatboshisi “identifikatsiyalashi va” degan soʻzlardan keyin “ishchanlik obroʻsini oʻrganishi hamda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. 9-band “rahbarining buyrugʻi bilan tayinlanadi” degan soʻzlardan keyin “va toʻgʻridan toʻgʻri rahbarga hisobdor hisoblanadi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5. Quyidagi mazmundagi 92-band bilan toʻldirilsin:
“92. Masʼul shaxs lavozimiga quyidagi shaxslar tayinlanishi mumkin emas:
oʻz faoliyati va shaxsiy xulq atvorida ishonib topshirilgan boʻlinmani notoʻgʻri boshqargani yoki ishni vijdonan yuritmaganini namoyon etgan shaxslar;
iqtisodiyot sohasidagi, boshqaruv tartibiga qarshi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlari uchun avval sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar.”.
6. 14-bandning birinchi xatboshisi “birja aʼzolarining” degan soʻzlardan keyin “barcha xodimlarini, shu jumladan,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
7. Quyidagi mazmundagi 151-band bilan toʻldirilsin:
“151. Har bir birja aʼzosi qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalar asosida masʼul shaxsning vazifalari, huquqlari va javobgarligini belgilaydigan nizomni ishlab chiqishi, tasdiqlashi va amalga kiritishi lozim.
Ushbu Nizom oʻzida masʼul shaxsga boʻlgan quyidagi talablarni aks ettirishi kerak:
uning maqsadi va vazifalari;
uning boshqa boʻlinmalardan mustaqil boʻlishini taʼminlash usullari;
uning rahbar, shu jumladan benefitsiar mulkdorlari bilan oʻzaro munosabati;
oʻzining funksiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni olish huquqiga ega boʻlishi, shuningdek mazkur maʼlumotlarni taqdim etish masalalari yuzasidan birja aʼzosi xodimlarining majburiyati;
qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlar talablari buzilishlarini oʻrganishni oʻtkazish huquqi;
olingan maʼlumotlarni rahbarga erkin ifodalash va oshkor etish huquqiga ega boʻlishi;
rahbarga tegishli hisobotni taqdim qilish majburiyati;
mazkur sohadagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida rahbarni xabardor qilish majburiyati;
xodimlarni tanlash boʻyicha malaka talablari va tartiblari;
malakani oshirish boʻyicha maxsus kurslarda muntazam ravishda oʻqib borish majburiyati.”.
8. 32-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Birja aʼzolari toʻxtatilgan operatsiyani oʻtkazishni tiklashni va ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berishni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3327, 2021-yil 19-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.”.
9. 401-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“401. Birja aʼzosi ichki nazorat tizimining samaradorligini monitoring qilish ichki audit xizmati yoki tashqi audit tomonidan amalga oshiriladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2023-y., 10/23/2038-6/0245-son)