01.05.2023 yildagi 176-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Axborot-kutubxona sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali bosqichma-bosqich joriy etiladigan davlat xizmatlari roʻyxatining 53 — 56-bandlariga muvofiq nashrlarga universal oʻnlik klassifikatsiya va kutubxona-bibliografik klassifikatsiya indekslari hamda nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqami (ISBN)ni va davriy nashrning xalqaro standart tartib raqami (ISSN)ni berish boʻyicha Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Nashrlarga xalqaro standart tartib raqamlari berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqam (ISBN)lari hamda davriy nashrlarning xalqaro standart raqami (ISSN)ni olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatini Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy kutubxona) tomonidan davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatini koʻrsatish uchun toʻlov miqdorini belgilash (nashrlarga kitobning ISBN xalqaro standart raqamini berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 75 foizi miqdorida, davriy nashrlarning ISSN xalqaro standart raqamini berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 foizi miqdorida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Nashrlarga kutubxona klassifikatsiya indekslarini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2023-yil 1-iyundan boshlab amalga kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noshirlik faoliyatini amalga oshirish uchun tasdiqnomaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga kutubxona klassifikatsiya indekslarini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy ishlar (ilmiy maqola, ilmiy hisobot, dissertatsiya) huquqiy egasi boʻlgan jismoniy shaxslarga kutubxona klassifikatsiya indekslari berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatini davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali Milliy kutubxona tomonidan koʻrsatish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nashrlarga kutubxona klassifikatsiya indekslarini berish boʻyicha nashriyotlarda chop etishga tayyorlanayotgan bitta nashr uchun soʻrovnoma asosida davlat xizmati koʻrsatish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatini koʻrsatish uchun toʻlov miqdorini belgilash (Kutubxona-bibliografik klassifikatsiya indeksi hamda Universal oʻnlik klassifikatsiya indeksini berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona sohasida davlat xizmatlari Milliy kutubxona tomonidan koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar adabiyotlari, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarga moʻljallangan nashrlarga beriladigan xalqaro standart tartib raqami (ISBN) va davriy nashrlarning xalqaro standart tartib raqami (ISSN), shuningdek, Universal oʻnlik klassifikatsiya va Kutubxona-bibliografik klassifikatsiya indekslari uchun toʻlovlar belgilangan toʻlovning 50 foizi miqdorida belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP orqali kelib tushadigan soʻrovlar boʻyicha noshirlik faoliyatini amalga oshirish uchun tasdiqnomaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga taqdim etiladigan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari shaxsan masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kutubxona tomonidan YIDXP orqali elektron xizmatlarni joriy qilish boʻyicha texnik hujjatlarni 2023-yil 15-mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga taqdim etishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-iyunga qadar axborot-kutubxona sohasidagi davlat xizmatlari YIDXP orqali koʻrsatilishi uchun axborot tizimlarining oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha ularning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentlarning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolar qoʻllasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori A.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
176-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 1-maydagi 176-son qaroriga
1-ILOVA

Nashrlarga xalqaro standart tartib raqamlari berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Reglament nashrlarga kitobning ISBN xalqaro standart tartib raqami hamda davriy nashrlarning ISSN xalqaro standart tartib raqamini olish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat xizmati Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy kutubxona) tomonidan davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatiladi.

3. Davlat xizmatlari markazlari va Milliy kutubxona oʻrtasida axborot almashinuvi faqat elektron raqamli imzodan (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy foydalanish orqali idoralararo elektron aloqa vositasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:

buyurtmachi — ISBN yoki ISSN xalqaro standart tartib raqamini olish uchun murojaat qilgan yuridik shaxs (nashriyot) rahbari yoki ishonchli vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISBN (International Standard Book Number) xalqaro standart raqami (keyingi oʻrinlarda — ISBN xalqaro standart raqami) — Axborot-kutubxona va nashriyotchilik ishi boʻyicha standartlar tizimi davlatlararo standartiga muvofiq har bir kitob uchun noyob identifikator boʻlib, kitobning chiquvchi maʼlumotlari majburiy tarkibiy qismi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISSN (International Standard Serial Number) xalqaro standart raqami (keyingi oʻrinlarda — ISSN xalqaro standart raqami) — Axborot-kutubxona va nashriyotchilik ishi boʻyicha standartlar tizimi davlatlararo standartiga muvofiq har bir seriyali nashr (gazeta, jurnal, seriyali elektron nashrlar, seriyali audio-, videonashrlar va boshqalar) uchun noyob identifikator boʻlib, seriyali nashrlarning chiquvchi maʼlumotlari majburiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nashrlarni chop etishdan oldin ISBN va ISSN xalqaro standart tartib raqamlari ushbu Reglamentda belgilangan tartibda taqdim etiladi hamda Axborot-kutubxona va nashriyotchilik ishi boʻyicha standartlar tizimi davlatlararo standartiga muvofiq nashr etish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nashrlarga xalqaro standart tartib raqamlari berish boʻyicha davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. ISBN va ISSN xalqaro standart tartib raqamlari olishning talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. ISBN hamda ISSN xalqaro standart tartib raqamlari olishning talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartib raqami olinayotgan kitob va boshqa bosma nashrlar chop etilmagan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli xalqaro standart tartib raqamlarini olgandan soʻng nashrni chop etilmaslik holatlariga va uchinchi shaxslarga berilishiga yoʻl qoʻyilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir nashriyot tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga rioya etish maqsadida chop etiladigan kitob mahsulotlariga mazkur nashrning chiqish maʼlumotlarini oʻzida aks ettiruvchi QR-kod bilan chop etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nashr etilgan kitob va boshqa bosma nashrlarning majburiy bepul nusxalarini doimiy saqlovini amalga oshirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga hisobotini taqdim etish maqsadida chop etilgan nashrlarni oʻn kun muddatda Milliy kutubxonaga taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat xizmati koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Buyurtmachi oʻz xohishiga koʻra, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojaat qiladi yoki YIDXP orqali davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Buyurtmachi Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi buyurtmachi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan hollarda esa — mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Soʻrovnoma Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilganda, buyurtmachi undagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirgandan soʻng markaz xodimi uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi va soʻrovnomani real vaqt rejimida Milliy kutubxonaga yuboradi, YIDXP orqali murojaat etilganda soʻrovnoma avtomatik tarzda Milliy kutubxonaga elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolarni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, Mobil-ID tizimi va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Milliy kutubxonaga kelib tushgan soʻrovnoma Milliy kutubxona masʼul xodimi tomonidan qabul qilib olinadi va uning toʻgʻri toʻldirilganligi tekshiriladi. Agar soʻrovnomada xato boʻlsa, ularni besh ish kunida bartaraf etish uchun qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilangan muddatda xatolar bartaraf etilmagan va yetishmayotgan maʼlumotlar taqdim etilmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilgan taqdirda, davlat xizmatini koʻrsatish rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmati koʻrsatishni ushbu bandda koʻrsatilgandan tashqari boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.

13. Soʻrovnomadagi maʼlumotlar toʻgʻri va yetarli boʻlgan taqdirda, bir ish kuni ichida buyurtmachi va Milliy kutubxona oʻrtasida davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha elektron shaklda shartnoma tuziladi. Shartnoma tuzilgach, buyurtmachi tomonidan ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan miqdorlarda toʻlov amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachilar tomonidan bolalar adabiyotlari, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarga moʻljallangan nashrlar uchun belgilangan toʻlovlarning 50 foizi miqdorida imtiyoz qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun toʻlov summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:

toʻlovning 20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;

0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining maxsus hisobvaragʻiga;

toʻlovning qolgan qismi — Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;

b) YIDXP orqali murojaat etilganda:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;

toʻlovning 11,75 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun);

davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, toʻlov qiymati summasining 90 foizi undiriladi;

toʻlovning qolgan qismi — Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.

15. Milliy kutubxona masʼul xodimi toʻlov amalga oshirilganidan soʻng uch ish kuni ichida davlat xizmatini koʻrsatadi va ushbu Reglamentning 4-ilovasida keltirilgan shakldagi elektron maʼlumotnomani Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali buyurtmachiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat xizmatlari markazi xodimi davlat xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani real vaqt rejimida buyurtmachining elektron manziliga yuboradi va uni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi murojaatiga asosan Davlat xizmatlari markazi xodimi maʼlumotnomani elektron yoki qogʻoz shaklida taqdim etishi mumkin.

4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Buyurtmachi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Buyurtmachi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan toʻlov summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat xizmatlari markazlari va Milliy kutubxona oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur Reglament talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nashrlarga xalqaro standart tartib raqamlarini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Nashrlarga xalqaro standart tartib raqamlarini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Buyurtmachi (ISBN yoki ISSN xalqaro standart raqamini olish uchun murojaat qilgan yuridik shaxs rahbari yoki ishonchli vakili)

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojaat qiladi yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi va soʻrovnomani toʻldiradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilgan soʻrovnomani markaz xodimi oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi va Milliy kutubxonaga yuboradi.

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng real vaqt rejimida

2. YIDXP

2. Soʻrovnomani Milliy kutubxonaga yuboradi.

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

Milliy kutubxona, Buyurtmachi

1. Soʻrovnoma Milliy kutubxona masʼul xodimi tomonidan qabul qilib olinadi va toʻgʻri toʻldirilganligi tekshiriladi.

Agar soʻrovnomada xato boʻlsa, ularni 5 ish kunida bartaraf etish uchun qaytaradi.

1-2. Bir ish kuni ichida

2. Soʻrovnomada qayd etilgan maʼlumotlar toʻgʻri boʻlsa buyurtmachi va Milliy kutubxona oʻrtasida davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuziladi.

3. Shartnoma tuzilgach buyurtmachi tomonidan toʻlov amalga oshiriladi.

3. Shartnoma tuzilganidan soʻng

4-bosqich

Milliy kutubxona

Milliy kutubxona masʼul xodimi shartnomaga muvofiq davlat xizmatini koʻrsatadi va belgilangan shakldagi elektron maʼlumotnomani Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali buyurtmachiga yuboradi.

Toʻlov amalga oshirilganidan keyin 3 ish kuni ichida

5-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

1. Davlat xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani buyurtmachining elektron manziliga yuboradi va uni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

1. Real vaqt rejimida

2. Maʼlumotnomani elektron yoki qogʻoz shaklida taqdim etadi.

2. Buyurtmachi murojaatiga asosan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nashrlarga xalqaro standart tartib raqamlarini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

Nashrlarga xalqaro standart tartib raqamlari berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA SHAKLI

Muallif (F.I.O.)

Hammuallif/lar (F.I.O.)

Nashrga masʼullar: muharrir/tuzuvchi/tarjimon va boshqalar

Muallif(lar), tarjimon yoki boshqa huquq egasi bilan tuzilgan yozma shartnomaning tuzilgan sanasi va raqami

Nashr sarlavhasi

Kitobning yoʻnalishi va noshirlik faoliyatining ixtisoslashuvlari

Nashr uchun qoʻshimcha maʼlumotlar (toʻldirilgan va/yoki qayta nashr)

Kitobning tili va yozuvi (“oʻzbek-lotin”, “oʻzbek-kirill”, “rus”, “ingliz” va boshq.)

Formati (beti, bosma tabogʻi)

Adadi

Qisqacha annotatsiya

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolarni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, Mobil-ID tizimi va boshqalar) bilan ham tasdiqlash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nashrlarga xalqaro standart tartib raqamlari berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish uchun tuziladigan shartnomani rasmiylashtirish uchun buyurtmachi rekvizitlari*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Nashriyot/OAV nomi

Nashriyot direktori/OAV bosh muharriri (F.I.O.)

Manzil:

Telefon

Bank nomi

Shaxsiy hisobvaragʻi

STIR

IFUT

Bank kodi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Shartnomaga toʻlov varaqasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nashrlarga xalqaro standart tartib raqamlarini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA

Nashrlarga xalqaro standart tartib raqamlari berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun toʻlov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIQDORLARI

T/r

Davlat xizmati turi

Oʻlchov birligi

Narxi

1.

Nashrlarga kitobning ISBN xalqaro standart raqamini berish

1 donasi

Bazaviy hisoblash miqdorining 75 foizi miqdorida

2.

Davriy nashrlarga ISSN xalqaro standart raqamini berish

1 donasi

Bazaviy hisoblash miqdorining 200 foizi miqdorida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Bolalar adabiyotlari, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarga moʻljallangan nashrlarga beriladigan kitobning ISBN xalqaro standart tartib raqami va davriy nashrlarning ISSN xalqaro standart tartib raqami uchun belgilangan toʻlovlar miqdorining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nashrlarga xalqaro standart tartib raqamlarini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nashrlarga xalqaro standart tartib raqamlarini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNASI

I. Nashrlarga kitobning ISBN xalqaro standart tartib raqamini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan 2022-yil 23-sentabrdagi ISBN-C-40133-sonli hisob-kitob shartnomasiga asosan “Universitet” nashriyotiga nashrlarning chiqish maʼlumotlarini GOST 7.4-95 “Nashrlar. Chiqish maʼlumotlari” hamda GOST 7.53-2001 “Kitoblarni xalqaro standart raqamlash” davlatlararo standartlari talablari asosida boʻlishini taʼminlash maqsadida kitob mahsulotiga quyidagi ISBN xalqaro standart tartib raqami belgilash uchun taqdim etildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Kitob nomi

Kitob janri

Kitob chop etiladigan til

Kitob hajmi

Kitob adadi

Berilgan ISBN tartib raqami

1.

“Geodeziya”

Oʻquv qoʻllanma

Oʻzbek tili

272 bet

100

978-9943-8686-9-4

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Davriy nashrlarga ISSN xalqaro standart raqamini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GOST 7.56-2002 “Seriyali nashrlarning xalqaro standart raqamlanishi” davlatlararo standartlari talablari asosida boʻlishini toʻliq taʼminlash maqsadida, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi “Nisoblash va amaliy matematika muammolari” jurnaliga 2021-yil 20-dekabrdagi № ISSN-C-20231 sonli hisob-kitob shartnomasiga asosan davriy nashrlarini ISSN tartib raqami bilan belgilash uchun quyidagi raqam taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Jurnal nomi

Berilgan ISSN tartib raqami

1.

“Nisoblash va amaliy matematika muammolari”

2181-8460

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 1-maydagi 176-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nashrlarga kutubxona klassifikatsiya indekslarini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Reglament belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish uchun tasdiqnomaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga kutubxona-bibliografik klassifikatsiya indekslari va universal oʻnlik klassifikatsiya indekslarini, shuningdek ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslarga oʻnlik klassifikatsiya indekslarini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat xizmati Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy kutubxona) tomonidan davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat xizmatlari markazlari va Milliy kutubxona oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni imzodan (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda foydalanish orqali faqat idoralararo elektron aloqa vositasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bibliografik tavsif — identifikatsiya va umumiy tavsiflar uchun belgilangan davlat standartlariga muvofiq ketma-ketlikda berilgan nashr haqidagi bibliografik maʼlumotlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi — kutubxona-bibliografik klassifikatsiya indeksi yoki universal oʻnlik klassifikatsiya indeksi nashrlarga kutubxona klassifikatsiya indekslarini olish uchun murojaat qilgan yuridik shaxsning vakili yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kutubxona-bibliografik klassifikatsiya indeksi (KBK) — arab raqamlari va harf birikmalaridan tashkil topgan indekslar mazmuni va rasmiy xususiyatlariga koʻra axborot resurslarini tizimlashtirish uchun moʻljallangan universal klassifikatsiya tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mualliflik belgisi — bibliografik yozuvda tavsif boshining belgilanishi (muallifning familiyasi, nashrning nomi, tashkilot nomi), bitta harf va muallif belgilari jadvalida aniqlangan ikki xonali tartib raqamidan iborat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
universal oʻnlik klassifikatsiya indeksi (UUK) — axborot resurslarini mazmuniga qarab umumiy qabul qilingan matematik belgilar kombinatsiyasi bilan raqamli indekslar ifodalangan rasmiy xususiyatlariga koʻra tizimlashtirish uchun moʻljallangan xalqaro universal klassifikatsiya tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nashrlarga kutubxona klassifikatsiya indekslarini berish boʻyicha davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Buyurtmachi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojaat qiladi yoki YIDXP orqali davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi va soʻrovnomani toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Buyurtmachi Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi buyurtmachi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan hollarda esa — mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soʻrovnoma Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilganda, buyurtmachi undagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirgandan soʻng markaz xodimi uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi va soʻrovnomani real vaqt rejimida Milliy kutubxonaga yuboradi, YIDXP orqali murojaat etilganda soʻrovnoma avtomatik tarzda Milliy kutubxonaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolarni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID tizimi va boshqalar) bilan ham tasdiqlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Milliy kutubxonaga kelib tushgan soʻrovnoma Milliy kutubxona masʼul xodimi tomonidan qabul qilib olinadi va toʻgʻri toʻldirilganligi tekshiriladi. Agar soʻrovnomada xato boʻlsa, ularni 5 ish kunida bartaraf etish uchun qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilangan muddatda xatolar bartaraf etilmagan va yetishmayotgan maʼlumotlar taqdim etilmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilgan taqdirda, davlat xizmatini koʻrsatish rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmati koʻrsatishni ushbu bandda koʻrsatilgandan tashqari boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Soʻrovnomadagi maʼlumotlar toʻgʻri va yetarli boʻlgan taqdirda, bir ish kuni ichida buyurtmachi va Milliy kutubxona oʻrtasida davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha elektron shaklda shartnoma tuziladi. Shartnoma tuzilgach, buyurtmachi tomonidan ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan miqdorlarda toʻlov amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachilar tomonidan bolalar adabiyotlari, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarga moʻljallangan nashrlari uchun berilgan soʻrovnoma toʻlovlari miqdoriga 50% imtiyoz qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlov summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovning 20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovning qolgan qismi — Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovning 11,75 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, toʻlov qiymati summasining 90 foizi undiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovning qolgan qismi — Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Milliy kutubxona masʼul xodimi toʻlov amalga oshirilganidan soʻng uch ish kuni ichida davlat xizmatini koʻrsatadi va ushbu Reglamentning 4-ilovasida keltirilgan shakldagi elektron maʼlumotnomani Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali buyurtmachiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat xizmatlari markazi xodimi davlat xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani real vaqt rejimida buyurtmachining elektron manziliga yuboradi va uni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi murojaatiga asosan Davlat xizmatlari markazi xodimi maʼlumotnomani elektron yoki qogʻoz shaklida taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Buyurtmachi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Buyurtmachi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan toʻlov summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat xizmatlari markazlari va Milliy kutubxona oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nashrlarga kutubxona klassifikatsiya indekslarini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Nashrlarga kutubxona klassifikatsiya indekslarini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Buyurtmachi (KBK yoki UOʻK indekslarini olish uchun murojaat qilgan yuridik shaxs vakili yoki jismoniy shaxs)

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojaat qiladi yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi va soʻrovnomani toʻldiradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilgan soʻrovnomani markaz xodimi oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi va Milliy kutubxonaga yuboradi.

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng real vaqt rejimida

2. YIDXP

2. Soʻrovnomani Milliy kutubxonaga yuboradi.

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

Milliy kutubxona, Buyurtmachi

1. Soʻrovnoma Milliy kutubxona masʼul xodimi tomonidan qabul qilib olinadi va toʻgʻri toʻldirilganligi tekshiriladi.

Agar soʻrovnomada xato boʻlsa, ularni 5 ish kunida bartaraf etish uchun qaytaradi.

1-2. Bir ish kuni ichida

2. Soʻrovnomada qayd etilgan maʼlumotlar toʻgʻri boʻlsa buyurtmachi va Milliy kutubxona oʻrtasida davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuziladi.

3. Shartnoma tuzilgach buyurtmachi tomonidan toʻlov amalga oshiriladi.

3. Shartnoma tuzilganidan soʻng

4-bosqich

Milliy kutubxona

Milliy kutubxona masʼul xodimi shartnomaga muvofiq davlat xizmatini koʻrsatadi va belgilangan shakldagi elektron maʼlumotnomani Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali buyurtmachiga yuboradi.

Toʻlov amalga oshirilganidan keyin 3 ish kuni ichida

5-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

1. Davlat xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani buyurtmachining elektron manziliga yuboradi va uni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

1. Real vaqt rejimida

2. Maʼlumotnomani elektron yoki qogʻoz shaklida taqdim etadi.

2. Buyurtmachi murojaatiga asosan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nashrlarga kutubxona klassifikatsiya indekslarini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nashrlarga kutubxona klassifikatsiya indekslarini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun elektron
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA SHAKLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Yuridik shaxslar uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Muallif (F.I.O.)

Hammuallif/lar (F.I.O.)

Nashr uchun masʼullar: muharrir/tuzuvchi/tarjimon va boshqalar

Muallif(lar), tarjimon yoki boshqa huquq egasi bilan tuzilgan yozma shartnomaning tuzilgan sanasi va raqami

Nashr sarlavhasi

Kitobning yoʻnalishi va noshirlik faoliyatining ixtisoslashuvlari

Nashr uchun qoʻshimcha maʼlumotlar (toʻldirilgan va/yoki qayta nashr)

Kitobning tili va yozuvi (“oʻzbek-lotin”, “oʻzbek-kirill”, “rus”, “ingliz” va boshqalar)

Formati (beti, bosma tabogʻi)

Adadi

Qisqacha annotatsiya

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolarni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID tizimi va boshqalar) bilan ham tasdiqlash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Jismoniy shaxslar uchun*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

F.I.O.

JSHSHIR

Ilmiy ish nomi

Annotatsiya yoki ilmiy ishga kirish**

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Jismoniy shaxslarga ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar, ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha hisobotlar uchun UOʻK klassifikatsiya indekslari berish xizmati taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Elektron shaklda taqdim etish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning uchun jismoniy shaxs tomonidan elektron shaklda quyidagilar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy maqola UOʻK indeksi uchun — ilmiy maqola (toʻliq hajmda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dissertatsiya UOʻK indeksi uchun — titul varagʻi va dissertatsiyaga kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha hisobot UOʻK indeksi uchun — titul varagʻi va ilmiy-tadqiqot ishlariga kirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomani rasmiylashtirish uchun buyurtmachi rekvizitlari***
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Nashriyot nomi

Nashriyot direktori (F.I.O.)

Manzil:

Telefon

Bank nomi

Shaxsiy hisobvaragʻi

STIR:

IFUT

Bank kodi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Shartnomaga toʻlov varaqasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nashrlarga kutubxona klassifikatsiya indekslarini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nashrlarga kutubxona klassifikatsiya indekslarini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIQDORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Davlat xizmati turi

Oʻlchov birligi

Narxi

1.

Kutubxona-bibliografik klassifikatsiya (KBK) indeksini berish

1 donasi

Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida

2.

Universal oʻnlik klassifikatsiya (UUK) indeksini berish

1 donasi

Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Buyurtmachilar tomonidan bolalar adabiyotlari, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarga moʻljallangan nashrlari uchun berilgan soʻrovnoma toʻlovlari miqdoriga 50% imtiyoz qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nashrlarga kutubxona klassifikatsiya indekslarini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nashrlarga kutubxona klassifikatsiya indekslarini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHAKLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Yuridik shaxslar uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kutubxona-bibliografik klassifikatsiya (KBK) indeksi

Mualliflik belgisi

Bibliografik tavsif

Universal oʻnlik klassifikatsiya (UOʻK) indeksi

Mualliflik belgisi

Bibliografik tavsif

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Jismoniy shaxslar uchun
(Dissertatsiya va maqolalar uchun universal oʻnlik klassifikatsiya indeksini berish)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Universal oʻnlik klassifikatsiya (UOʻK) indeksi

Muallif

Mavzu

Sana

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2023-y., 09/23/176/0240-son)