29.04.2023 yildagi 173-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sirdaryo viloyatida aholi bandligini taʼminlash va daromadini koʻpaytirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan samarali foydalanishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 28-noyabrdagi PQ-431-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Sirdaryo viloyatida qishloq va suv xoʻjaligi sohalarini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sirdaryo viloyatida aholi bandligini taʼminlash va daromadini koʻpaytirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan samarali foydalanishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 28-noyabrdagi PQ-431-son qarorining 6-bandi “e” kichik bandiga muvofiq Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilganligi hamda jamgʻarma mablagʻlaridan yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun artezian quduqlarni qazish, lotoklar oʻtkazish, zovur qazish va drenajlar qurish, transformator oʻrnatish, elektr energiyasi tarmoqlarini tortish, tashkil etilgan infratuzilmalarni saqlash, yomgʻirlatib sugʻorish tizimini joriy etish, oʻsimliklarni himoya qilish maqsadlarida foydalanilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish hamda jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini hamda uning mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan infratuzilma loyihalarining manzilli roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash, shuningdek, jamgʻarma mablagʻlarini sarflash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarmadan ajratilgan mablagʻlardan foydalanishni hisobga olish, hisobotini yuritish va nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Sirdaryo viloyati hokimi A.A. Maxmudaliyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 29-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 173-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmaydi va Sirdaryo viloyati hokimligi huzurida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari — qishloq xoʻjaligi yerlarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlashga (qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash) doir tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari — qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish doirasida eng yaqin markazlashtirilgan tarmoqlardan ishlab chiqarish maydonlarining chegarasigacha oqar suv (beton lotoklar) va elektr tarmoqlarini tortish hamda zovurlar qazish ishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida belgilangan tartibda mahalliy darajada ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlanadi va ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxema asosida moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamgʻarma mablagʻlari Sirdaryo viloyatida yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun artezian quduqlarni qazish, lotoklar oʻtkazish, zovur qazish va drenajlar qurish, transformator oʻrnatish va elektr energiyasi tarmoqlarini tortish, tashkil etilgan infratuzilmalarni saqlash, yomgʻirlatib sugʻorish tizimini joriy etish, oʻsimliklarni himoya qilish ishlari bilan bogʻliq xarajatlarga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamgʻarma mablagʻlari Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan boshqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarishda Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari boʻyicha buyurtmachi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — buyurtmachi) tomonidan kiritilgan manzilli roʻyxatlarni koʻrib chiqish va ularning belgilangan tartibda kelishilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarining tasdiqlangan manzilli roʻyxatiga asosan Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimida hisobvaraqlar ochish va xarajatlar smetasini shakllantirish yuzasidan soʻrovnomalar taqdim etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni (oy, chorak, yil) tayyorlash hamda Sirdaryo viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasiga choraklik hisobotlarni hisobot choragi yakuni boʻyicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar, yillik hisobotlarni hisobot yili yakuni boʻyicha keyingi yilning 25-yanvariga qadar taqdim etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Sirdaryo viloyati hokimiga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi tomonidan bajarilgan ishlar yuzasidan taqdim etilgan hisobotlarga koʻra qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish ishlarining monitoringini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda buyurtmachi Jamgʻarma mablagʻlarining sarflanishi yuzasidan tegishli hisobotlarni taqdim etmagan taqdirda, buyurtmachi rahbariyatini yozma xabardor qilgan holda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar xarajatlarini moliyalashtirishni (toʻlashni) hisobotlar taqdim etilguniga qadar vaqtincha cheklab qoʻyishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarning manzilli roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tizimidagi Respublika aerogeodeziya markazining tuman (shahar) boʻlimi keyingi yil uchun joriy yil yakuniga qadar tuman (shahar)dagi yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazib, buyurtmachi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari boʻyicha takliflarni shakllantiradi hamda ushbu takliflarni tuman (shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi bilan kelishgan holda tuman (shahar) hokimligiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tuman (shahar) hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tizimidagi Respublika aerogeodeziya markazining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari boʻyicha taqdim etilgan takliflarni qabul qilganidan soʻng 10 ish kunida, biroq har yili 10-yanvardan kechiktirmagan holda koʻrib chiqadi va istiqbolli loyihalarni Sirdaryo viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasiga yuborilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sirdaryo viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari boʻyicha taqdim etilgan takliflarni umumlashtirish va loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxatini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hokimlari tomonidan kiritilgan va Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari boʻyicha takliflarni tegishli xulosalar asosida koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hokimlari va sektor rahbarlari bilan birgalikda manzilli roʻyxatga kiritish taklif etilayotgan qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish zaruratini hamda ularning joylashuvi boʻyicha keng jamoatchilik fikrini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish va buyurtmachini tanlash masalasini koʻrib chiqish uchun birlamchi hisob-kitoblar asosida shakllantirilgan qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarining manzilli roʻyxatini Sirdaryo viloyati hokimligiga hamda xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari boʻyicha buyurtmachilar tomonidan kiritilgan takliflarni koʻrib chiqish va belgilangan tartibda kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan manzilli roʻyxatda nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha buyurtmachi tomonidan kiritilgan maʼlumotlarga asosan qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarining amalga oshirilishi boʻyicha tizimli monitoring yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sirdaryo viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi buyurtmachi bilan birgalikda bir oy muddatda, biroq har yili 1-fevraldan kechiktirmagan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari boʻyicha takliflarni oʻrganib chiqadi va loyihalarning manzilli roʻyxatini shakllantiradi hamda Sirdaryo viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasi bilan kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish va buyurtmachini tanlash masalasini koʻrib chiqish uchun birlamchi hisob-kitoblar asosida shakllantirilgan qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarining manzilli roʻyxatini Sirdaryo viloyati hokimligiga hamda xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Buyurtmachi qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari boʻyicha takliflar xalq deputatlari viloyat Kengashining qarori bilan tasdiqlanganidan soʻng 20 ish kunida, biroq har yili 20-fevraldan kechiktirmagan holda Jamgʻarma mablagʻlari doirasida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi va ularni ekspertizadan oʻtkazadi, shuningdek, tender (tanlov)larni tashkil etadi hamda bosh pudrat tashkilotini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Buyurtmachi tender (tanlov)lardan soʻng 5 ish kunida, biroq har yili 25-fevraldan kechiktirmagan holda qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish uchun tegishli hujjatlarni Sirdaryo viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasiga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sirdaryo viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarining belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan manzilli roʻyxatiga asosan 3 ish kunida, biroq har yili 1-martdan kechiktirmagan holda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan loyihalarni xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash, mablagʻlardan foydalanishni hisobga olish, hisobotini yuritish va nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamgʻarmaning foydalanilmagan hamda buyurtmachining majburiyatlari boʻyicha qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari yuzasidan toʻliq moliyalashtirilmagan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qoʻyilmaydi va kelgusi yilga oʻtkaziladi hamda maqsadli ravishda sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisob-kitoblarni va hisobotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Buyurtmachi Jamgʻarmadan ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilishi boʻyicha hisobotlarni (elektron tarzda, agar elektron aloqa vositalari bilan uzatish dasturi joriy etilgan boʻlsa) Sirdaryo viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasiga har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari taqdim etilgan tegishli hisobot va maʼlumotlar asosida Jamgʻarmadan ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilishi yuzasidan monitoring olib boradi hamda har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning oʻn beshinchi sanasiga qadar xalq deputatlari viloyat Kengashiga axborot kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat Sirdaryo viloyati davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Jamgʻarma qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tizimidagi Respublika aerogeodeziya markazining tuman (shahar) boʻlimi

Tuman (shahar)dagi yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazib, buyurtmachi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari boʻyicha takliflarni shakllantiradi va ushbu takliflarni tuman (shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi bilan kelishgan holda tuman (shahar) hokimligiga kiritadi.

Keyingi yil uchun joriy yil yakuniga qadar

2-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tizimidagi Respublika aerogeodeziya markazining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari boʻyicha taqdim etilgan takliflarni koʻrib chiqadi va istiqbolli loyihalarni Sirdaryo viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasiga yuborilishini taʼminlaydi.

10 ish kunida, biroq har yili 10-yanvardan kechiktirmagan holda

3-bosqich

Sirdaryo viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi

Buyurtmachi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari boʻyicha takliflarni oʻrganib chiqadi va loyihalarning manzilli roʻyxatini shakllantiradi hamda Sirdaryo viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasi bilan kelishadi.

Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan loyihalarni moliyalashtirish va buyurtmachini tanlash masalasini koʻrib chiqish uchun birlamchi hisob-kitoblar asosida shakllantirilgan qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarining manzilli roʻyxatini Sirdaryo viloyati hokimligiga hamda xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashiga kiritadi.

Bir oy muddatda, biroq har yili 1-fevraldan kechiktirmagan holda

4-bosqich

Buyurtmachi

Qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarining manzilli roʻyxati xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining qarori bilan tasdiqlanganidan soʻng Jamgʻarma mablagʻlari doirasida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi va ularni ekspertizadan oʻtkazadi, shuningdek, tender (tanlov)larni tashkil etadi hamda bosh pudrat tashkilotini aniqlaydi.

20 ish kunida, biroq har yili 20-fevraldan kechiktirmagan holda

5-bosqich

Buyurtmachi

Tender (tanlov)lardan soʻng qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish uchun tegishli hujjatlarni Sirdaryo viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasiga taqdim qiladi.

5 ish kunida, biroq har yili 25-fevraldan kechiktirmagan holda

6-bosqich

Sirdaryo viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi

Qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarining belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan manzilli roʻyxatiga asosan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan loyihalarni xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtirib boradi.

3 ish kunida, biroq har yili 1-martdan kechiktirmagan holda

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 09/23/173/0235-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son))