Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Benefitsiari budjet va korporativ buyurtmachilar boʻlgan toʻlovlarni amalga oshirishda toʻlanadigan vositachilik haqi (yigʻimlar)ning chegaraviy miqdorini belgilash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 25-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3429]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 9-martdagi PQ-88-son “Aholi tomonidan toʻlovlarni amalga oshirishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 9-martdagi PQ-88-son “Aholi tomonidan toʻlovlarni amalga oshirishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish toʻgʻrisida”gi qarorining ilovasida koʻrsatilgan toʻlovlarni amalga oshirishda har bir tranzaksiya boʻyicha toʻlov xizmatlari uchun budjet va korporativ buyurtmachilar tomonidan toʻlanadigan vositachilik haqi (yigʻimlar)ning chegaraviy miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror 2023-yil 1-maydan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 25-aprel,
10/7-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi D. VAXABOV
Toshkent sh.,
2023-yil 19-aprel
Vakil D. KASIMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 19-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 25-aprel
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2023-y., 10/23/3429/0229-son; 17.04.2026-y., 10/26/3429-1/0367-son)