25.04.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3429
1. Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 9-martdagi PQ-88-son “Aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida”gi qarorining ilovasida ko‘rsatilgan to‘lovlarni amalga oshirishda har bir tranzaksiya bo‘yicha to‘lov xizmatlari uchun budjet va korporativ buyurtmachilar tomonidan to‘lanadigan vositachilik haqi (yig‘imlar)ning chegaraviy miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi etib belgilansin.