TASDIQLANGAN
| T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Masʼul vazirlik va idoralar |
| I. AMALDAGI NORMATIV-HUQUQIY VA BOSHQA HUJJATLARNI QAYTA KOʻRIB CHIQISH VA TAKOMILLASHTIRISH | ||||
| 1. | Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish va tegishli qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash. | 1. Ishchi guruh tuzish. | 2023-yil 25-aprel | Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy sud (kelishuv asosida) |
| 2. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazish. | 2023-yil 10-may | |||
| 3. Qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | 2023-yil 1-iyun | |||
| 4. Ishlab chiqilgan takliflarni manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2023-yil 15-iyun | |||
| 2. | Qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan sud amaliyotida kelib chiqishi mumkin boʻlgan masalalarning oldini olish hamda qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida Oliy sud Plenumi qarorlarini qayta koʻrib chiqish. | 1. Tegishli chora-tadbirlar belgilash. | 2023-yil 1-oktabr | Oliy sud (kelishuv asosida) |
| 2. Oliy sud Plenumi qarorlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish va Plenum qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | 2024-yil 1-mart | |||
| 3. Ishlab chiqilgan takliflarni Oliy sud Plenumi yigʻilishida koʻrib chiqish. | Plenum yigʻilishida | |||
| 3. | Sohaga oid hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. | 1. Sohaviy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish. | 2023-yil 10-may | Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura |
| 2. Tegishli hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. | 2023-yil 1-iyun | |||
| 4. | Taʼlim, tarbiya, bolalar sogʻlomlashtirish, sport va ijodiy tashkilotlarda ishlash hamda bolalar bilan bevosita ishlashni nazarda tutuvchi faoliyat turlari bilan shugʻullanishi taqiqlangan shaxslarning reyestrini shakllantirish va yuritish. | 1. Ishchi guruh tuzish. | 2023-yil 25-aprel | Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura, Oliy sud (kelishuv asosida) |
| 2. Amaldagi mavjud holat, statistik maʼlumotlar va xorijiy tajribani oʻrganish va tahlil qilish. | 2023-yil 1-iyun | |||
| 3. Reyestrni tasdiqlash va yuritishni belgilovchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tayyorlash va qabul qilish. | 2023-yil 1-iyul | |||
| II. TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR | ||||
| 5. | Mazkur Qonun bilan kiritilayotgan oʻzgartirishlar jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishga taʼsir etishini inobatga olib, olimlar, fan doktorlari va professor oʻqituvchilarni jalb qilgan holda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror hamda sudyalarning malakasini oshirish. | 1. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror hamda sudyalarning malakasini oshirish boʻyicha reja-grafik tasdiqlash. | 2023-yil 25-aprel | Adliya vazirligi, Sudyalar oliy maktabi (kelishuv asosida), Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi |
| 2. Reja-grafik asosida oʻquv mashgʻulotlari va seminarlar oʻtkazish. | Reja-grafik asosida | |||
| 6. | Qonunning mohiyati va ahamiyati yuzasidan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror hamda sudyalar uchun qoʻllanma, risolalar tayyorlash va tarqatish. | 1. Qoʻllanma va risolalar tayyorlash va chop etish. | 2023-yil 15-may | Adliya vazirligi, Sudyalar oliy maktabi (kelishuv asosida), Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
| 2. Qoʻllanma va risolalarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror hamda sudyalarga tarqatish. | 2023-yil 25-may | |||
| III. TUSHUNTIRISH VA TARGʻIBOT TADBIRLARI | ||||
| 7. | Qonunning mohiyati va ahamiyati yuzasidan aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish. | 1. Targʻibot guruhlari tuzish va reja-grafik ishlab chiqish. | 2023-yil 25-aprel | Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Targʻibot guruhlari tomonidan reja-grafik asosida joylarda tushuntirish ishlarini amalga oshirish. | Reja-grafik asosida | |||
| 8. | Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalari hamda rasmiy veb-saytlar orqali yoritish. | 1. Qonunning mohiyati va ahamiyati yuzasidan televideniye va radioda tok-shou va boshqa koʻrsatuvlar tashkil etish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish. | 2023-yil 25-aprel | Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi, Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi |
| 2. Reja-grafik asosida koʻrsatuvlar tayyorlash va efirga uzatish. | Reja-grafik asosida | |||
| 9. | Qonunning mohiyati va ahamiyatini bosma ommaviy axborot vositalari orqali yoritish. | 1. Qonunning mohiyati va ahamiyati yuzasidan gazeta va jurnallarda maqolalar chop etish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish. | 2023-yil 25-aprel | Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi, Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi |
| 2. Reja-grafik asosida gazeta va jurnallarda maqolalar chop etish. | Reja-grafik asosida | |||
| 3. Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yorituvchi buklet va flayerlar tayyorlash va tarqatish. | Doimiy | |||