OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 20-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3336-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3336, 2021-yil 26-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2021y.,10/21/3336/1101-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 7-mart,
4/6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur hujjat tijorat banklarida (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning yagona metodologik asoslarini belgilaydi.”.
2. 2-bobda:
1) 10795 balans hisobvaragʻi nomidagi “haqqoniy qiymatining oʻzgarishi” degan soʻzlardan keyin “(aktiv-passiv)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 10895 balans hisobvaragʻi nomidagi “haqiqiy qiymatining oʻzgarishi” degan soʻzlardan keyin “(aktiv-passiv)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 11813, 12900, 12901, 12905, 12909, 12999, 15300, 15301, 15305, 15399, 15609, 20214, 20414, 20614, 22312, 42400, 42401, 42405, 42409, 44500, 44501, 44505, 45013, 45109, 50114, 50614, 51114, 54312 balans hisobvaraqlari nomidagi “kapitali” degan soʻz “investitsiyalari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 12921 balans hisobvaragʻining nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12921 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga davlat dasturlari boʻyicha berilgan qisqa muddatli kreditlar”;
5) “15305 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 15321 balans hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“15321 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga davlat dasturlari boʻyicha berilgan uzoq muddatli kreditlar”;
6) 16325 balans hisobvaragʻi nomidagi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Davlat maqsadli jamgʻarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) “17409 Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar boʻyicha bank kartalaridan hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari” balans hisobvaragʻidan keyin 17500 balans hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“17500 Hukumat hisobvaraqlari”;
8) “17515 Respublika budjeti — Maxsus xarajatlar” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 17700, 17701, 17703 va 17705 balans hisobvaraqlari bilan toʻldirilsin:
“17700 Standart deb tasniflangan aktivlar boʻyicha zaxira (kontr-aktiv)
17701 Standart deb tasniflangan kreditlar, lizing va faktoring boʻyicha zaxira (kontr-aktiv)
17703 Standart deb tasniflangan aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlariga yaratilgan zaxira (kontr-aktiv)
17705 Standart deb tasniflangan boshqa aktivlar boʻyicha yaratilgan zaxira (kontr-aktiv)”;
9) “19949 Muzlatilgan aktivlar” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 19951 balans hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“19951 Olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Valyuta birjasi bilan hisob-kitoblar”;
10) “20405 Budjetdan tashqari jamgʻarmalarning jamgʻarma depozitlari” balans hisobvaragʻi chiqarib tashlansin;
11) “20806 Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻiga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Nostro, overdraft” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 20814 va 20816 balans hisobvaraqlari bilan toʻldirilsin:
“20814 Markaziy bankka toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Tezkor toʻlovlar tizimi
20816 Markaziy bankka toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Markaziy bank kliring tizimi”;
12) 21604, 22004, 23208, 23210, 23222 balans hisobvaraqlari nomidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) “22612 “Oʻzbekiston pochtasi” AJ tarkibiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladigan pul oʻtkazmalari va davriy nashrlarga obuna” balans hisobvaragʻidan keyin 22613 balans hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“22613 Valyuta bozorida konvertatsiya qilish uchun mijozlarning zaxiralangan mablagʻlari”;
14) “22644 Mijozlarning metall hisobvaraqlari boʻyicha majburiyatlar” balans hisobvaragʻidan keyin 22646, 22648 balans hisobvaraqlari bilan toʻldirilsin:
“22646 Mijozlarning investitsiya mablagʻlari boʻyicha majburiyatlar
22648 Mijozlarning “yashil energiya” loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha mablagʻlari”;
15) 23110 balans hisobvaragʻi nomidagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 23112 balans hisobvaragʻi nomidagi “Ishlamaydigan pensionerlarning” degan soʻzlar “Pensionerlarning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
17) 23212 balans hisobvaragʻi nomidagi “Moliya vazirligi Gʻaznachiligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 23214 balans hisobvaragʻi nomidagi “Gʻaznachilikning” degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) “29806 Toʻlash uchun hisoblangan boshqa foizsiz xarajatlar” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 29807 balans hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“29807 Standart balansdan tashqari hisobvaraqlardagi moddalar boʻyicha zaxira”;
20) 29840 balans hisobvaragʻi nomidagi “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) “30911 Standart aktivlar boʻyicha zaxira” balans hisobvaragʻi chiqarib tashlansin;
22) “44905 Bosh bank/filialga taqdim etilgan resurslar boʻyicha foizli daromadlar” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 44907 balans hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“44907 Hosilaviy instrumentlar boʻyicha foizli daromadlar”;
23) “45921 Hisobdan chiqarilgan mablagʻlarning qaytarilishi” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 45924 balans hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“45924 Hisobdan chiqarilgan aktivlarning qaytarilishi”;
24) “54904 Bosh bank/filialdan olingan resurslar boʻyicha foizli xarajatlar” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 54908 balans hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“54908 Hosilaviy instrumentlar boʻyicha foizli xarajatlar”;
25) “56838 Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash — Lizing (moliyaviy ijara)” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 56839 balans hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“56839 Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash — olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar”;
26) “56902 Foyda soligʻini baholash” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 57700, 57701, 57703, 57705 va 57707 balans hisobvaraqlari bilan toʻldirilsin:
“57700 Standart deb tasniflangan aktivlar va balansdan tashqari hisobvaraqlardagi moddalar boʻyicha zaxira xarajatlari
57701 Standart deb tasniflangan kreditlar, lizing va faktoring boʻyicha zaxira xarajatlari
57703 Standart deb tasniflangan aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlariga zaxira xarajatlari
57705 Standart deb tasniflangan boshqa aktivlar boʻyicha zaxira xarajatlari
57707 Standart deb tasniflangan balansdan tashqari hisobvaraqlardagi moddalar boʻyicha zaxira xarajatlari”;
27) “92709 Forvard bitimi boʻyicha sotish” balansdan tashqari hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 92710 balansdan tashqari hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“92710 Hisob-kitobli forvard bitimi boʻyicha sotish”;
28) “92716 Forvard bitimi boʻyicha sotib olish” balansdan tashqari hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 92717 balansdan tashqari hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“92717 Hisob-kitobli forvard bitimi boʻyicha sotib olish”;
29) “94504 Olingan kreditlar va lizinglar boʻyicha garov sifatida berilgan qimmatli qogʻozlar” balansdan tashqari hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 94505 balansdan tashqari hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“94505 Olingan kreditlar boʻyicha bankning garovga qoʻyilgan aktivlari”;
30) 95413 balansdan tashqari hisobvaragʻining nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“95413 Hisobdan chiqarilgan kreditlar, lizinglar va faktoringlar”;
31) “96365 Forvard bitimi boʻyicha sotish kontr-hisobvaragʻi” balansdan tashqari hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 96366 balansdan tashqari hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“96366 Hisob-kitobli forvard bitimi boʻyicha sotish kontr-hisobvaragʻi”;
32) “96367 Forvard bitimi boʻyicha sotib olish kontr-hisobvaragʻi” balansdan tashqari hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 96368 balansdan tashqari hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“96368 Hisob-kitobli forvard bitimi boʻyicha sotib olish kontr-hisobvaragʻi”.
3. 3-bobda:
1) 10795 balans hisobvaragʻi nomidagi “haqqoniy qiymatining oʻzgarishi” degan soʻzlardan keyin “(aktiv-passiv)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 10895 balans hisobvaragʻi nomidagi “haqiqiy qiymatining oʻzgarishi” degan soʻzlardan keyin “(aktiv-passiv)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 11813, 12900, 12901, 12905, 12909, 12999, 15300, 15301, 15305, 15399, 15609, 20214, 20414, 20614, 22312, 42400, 42401, 42405, 42409, 44500, 44501, 44505, 45013, 45109, 50114, 50614, 51114, 54312 balans hisobvaraqlari nomi va taʼrifidagi “kapitali” degan soʻz “investitsiyalari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 12921 balans hisobvaragʻining nomi va taʼrifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12921 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga davlat dasturlari boʻyicha berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: 1 yil muddatgacha chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga davlat dasturlari boʻyicha berilgan kreditlarning (shu jumladan, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalarning) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi boʻyicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
5) 13301, 13305, 13399, 14301, 14399, 20202, 21604, 22004, 23208, 23210, 23222 balans hisobvaraqlari nomi va taʼrifidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) “15305 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” balans hisobvaragʻi taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 15321 balans hisobvaragʻi nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“15321 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga davlat dasturlari boʻyicha berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: 1 yildan ortiq muddatga chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga davlat dasturlari boʻyicha berilgan kreditlarning (shu jumladan, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalarning) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi boʻyicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
7) 16325 balans hisobvaragʻining nomi va taʼrifidagi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Davlat maqsadli jamgʻarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) “17409 Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar boʻyicha bank kartalaridan hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari” balans hisobvaragʻi taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 17500 balans hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“17500 Hukumat hisobvaraqlari”;
9) “17515 Respublika budjeti — Maxsus xarajatlar” balans hisobvaragʻi taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 17700, 17701, 17703 va 17705 balans hisobvaraqlari nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“17700 Standart deb tasniflangan aktivlar boʻyicha zaxira (kontr-aktiv)
17701 Standart deb tasniflangan kreditlar, lizing va faktoring boʻyicha zaxira (kontr-aktiv)
17703 Standart deb tasniflangan aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlariga yaratilgan zaxira (kontr-aktiv)
17705 Standart deb tasniflangan boshqa aktivlar boʻyicha yaratilgan zaxira (kontr-aktiv)
Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari oʻz xususiyatlari boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼrifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning taʼrifi: Standart deb tasniflangan kreditlar, lizing va faktoring, aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlari, boshqa aktivlar boʻyicha yaratilgan zaxira (kontr-aktiv) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
10) “19949 Muzlatilgan aktivlar” balans hisobvaragʻi taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 19951 balans hisobvaragʻi nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“19951 Olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Valyuta birjasi bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning taʼrifi: bankning Oʻzbekiston Respublikasi Valyuta birjasidan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning Oʻzbekiston Respublikasi Valyuta birjasidan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning Oʻzbekiston Respublikasi Valyuta birjasidan kelib tushgan mablagʻlari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
11) “20405 Budjetdan tashqari jamgʻarmalarning jamgʻarma depozitlari” balans hisobvaragʻi chiqarib tashlansin;
12) “20806 Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻiga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Nostro, overdraft” balans hisobvaragʻi taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 20814 va 20816 balans hisobvaraqlari nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“20814 Markaziy bankka toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Tezkor toʻlovlar tizimi
Hisobvaraqning taʼrifi: Tezkor toʻlovlar tizimi boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank va uning mijozlari nomiga kelib tushgan mablagʻlar hisobi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank majburiyatlari va mijozlarning topshiriqlari boʻyicha hisobdan chiqarilgan mablagʻlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
20816 Markaziy bankka toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Markaziy bank kliring tizimi
Hisobvaraqning taʼrifi: Markaziy bank kliring tizimi boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank va uning mijozlari nomiga kelib tushgan mablagʻlar hisobi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank majburiyatlari va mijozlarning topshiriqlari boʻyicha hisobdan chiqarilgan mablagʻlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.”;
13) “22612 “Oʻzbekiston pochtasi” AJ tarkibiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladigan pul oʻtkazmalari va davriy nashrlarga obuna” balans hisobvaragʻi taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 22613 balans hisobvaragʻi nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“22613 Valyuta bozorida konvertatsiya qilish uchun mijozlarning zaxiralangan mablagʻlari
Hisobvaraqning taʼrifi: valyuta bozorida konvertatsiya qilish uchun mijozlarning soʻmdagi zaxiralangan maqsadli mablagʻlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida konvertatsiya uchun zaxiralangan, shuningdek, ilgari mazkur hisobvaraqdan hisobdan chiqarilgan va belgilangan muddatda maqsadi boʻyicha konvertatsiya qilinmay qolgan soʻmdagi mablagʻlarning kelib tushgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida konvertatsiya uchun yoʻnaltirilgan, shuningdek, maqsadi boʻyicha foydalanilmay qolgan soʻmdagi mablagʻlarning belgilangan tartibda hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
14) “22644 Mijozlarning metall hisobvaraqlari boʻyicha majburiyatlar” balans hisobvaragʻi taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 22646, 22648 balans hisobvaraqlari nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“22646 Mijozlarning investitsiya mablagʻlari boʻyicha majburiyatlar
Hisobvaraqning taʼrifi: mijozlarning investitsiya mablagʻlari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlarga tegishli boʻlgan investitsiya mablagʻlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan/qaytarilgan investitsiya mablagʻlarining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har mijoz boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22648 Mijozlarning “yashil energiya” loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha mablagʻlari
Hisobvaraqning taʼrifi: mijozlarning “yashil energiya” loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha mablagʻlari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlarning hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan/qaytarilgan mablagʻlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har mijoz boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
15) 23110 balans hisobvaragʻi nomi va taʼrifidagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 23112 balans hisobvaragʻi nomi va taʼrifidagi “Ishlamaydigan pensionerlarning” degan soʻzlar “Pensionerlarning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
17) 23212 balans hisobvaragʻi nomi va taʼrifidagi “Moliya vazirligi Gʻaznachiligi” va “Moliya vazirligi Gʻaznachiligidan” degan soʻzlar tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 23214 balans hisobvaragʻi nomi va taʼrifidagi “Gʻaznachilikning” degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 23224, 23226 balans hisobvaraqlari debetidagi “Moliya vazirligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) “29806 Toʻlash uchun hisoblangan boshqa foizsiz xarajatlar” balans hisobvaragʻi taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 29807 balans hisobvaragʻi nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“29807 Standart balansdan tashqari hisobvaraqlardagi moddalar boʻyicha zaxira
Hisobvaraqning taʼrifi: standart balansdan tashqari hisobvaraqlardagi moddalar boʻyicha yaratilgan zaxira hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida standart balansdan tashqari hisobvaraqlardagi moddalar boʻyicha yaratilgan zaxira summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan, qaytarilgan standart balansdan tashqari hisobvaraqlardagi moddalar boʻyicha yaratilgan zaxira summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob standart balansdan tashqari hisobvaraqlardagi moddalar boʻyicha yaratilgan zaxira turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
21) 29840 balans hisobvaragʻi nomidagi “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22) “30911 Standart aktivlar boʻyicha zaxira” balans hisobvaragʻining nomi va taʼrifi chiqarib tashlansin;
23) “44905 Bosh bank/filialga taqdim etilgan resurslar boʻyicha foizli daromadlar” balans hisobvaragʻi taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 44907 balans hisobvaragʻi nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“44907 Hosilaviy instrumentlar boʻyicha foizli daromadlar
Hisobvaraqning taʼrifi: hosilaviy instrumentlar boʻyicha foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hosilaviy instrumentlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida notoʻgʻri hisoblangan yoki toʻlangan foizlarning qaytarilgan summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 hisobvaragʻiga yopiladigan daromad summasi aks ettiriladi.”;
24) “45265 Bank kartalari boʻyicha vositachilik xizmatlari uchun olingan daromadlar” balans hisobvaragʻining kreditidan “xorijiy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
25) “45921 Hisobdan chiqarilgan mablagʻlarning qaytarilishi” balans hisobvaragʻi taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 45924 balans hisobvaragʻi nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“45924 Hisobdan chiqarilgan aktivlarning qaytarilishi
Hisobvaraqning taʼrifi: 2022-yil 1-yanvardan soʻng tashkil qilingan zaxira hisobidan hisobdan chiqarilgan aktivlarning, shuningdek qayta tasniflash natijasida oʻtgan yillarda yaratilgan zaxiralarning qaytarilish summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida 2022-yil 1-yanvardan soʻng tashkil qilingan zaxira hisobidan hisobdan chiqarilgan aktivlarning, shuningdek qayta tasniflash natijasida oʻtgan yillarda yaratilgan zaxiralarning qaytarilishi boʻyicha kelib tushgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida notoʻgʻri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa oʻtkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.”;
26) “54904 Bosh bank/filialdan olingan resurslar boʻyicha foizli xarajatlar” balans hisobvaragʻi taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 54908 balans hisobvaragʻi nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“54908 Hosilaviy instrumentlar boʻyicha foizli xarajatlar
Hisobvaraqning taʼrifi: hosilaviy instrumentlar boʻyicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida hosilaviy instrumentlar boʻyicha toʻlash uchun hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri hisoblangan va/yoki toʻlangan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.”;
27) “56838 Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash — Lizing (moliyaviy ijara)” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 56839 balans hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“56839 Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash — olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar”;
28) “56902 Foyda soligʻini baholash” balans hisobvaragʻi taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 57700, 57701, 57703, 57705 va 57707 balans hisobvaraqlari nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“57700 Standart deb tasniflangan aktivlar va balansdan tashqari hisobvaraqlardagi moddalar boʻyicha zaxira xarajatlari
57701 Standart deb tasniflangan kreditlar, lizing va faktoring boʻyicha zaxira xarajatlari
57703 Standart deb tasniflangan aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlariga zaxira xarajatlari
57705 Standart deb tasniflangan boshqa aktivlar boʻyicha zaxira xarajatlari
57707 Standart deb tasniflangan balansdan tashqari hisobvaraqlardagi moddalar boʻyicha zaxira xarajatlari
Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari oʻz xususiyatlari boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼrifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning taʼrifi: bank tomonidan standart deb tasniflangan kreditlar, lizing va faktoring, aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlari, boshqa aktivlar, balansdan tashqari hisobvaraqlardagi moddalar boʻyicha zaxira xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan standart deb tasniflangan kreditlar, lizing va faktoring, aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlari, boshqa aktivlar, balansdan tashqari hisobvaraqlardagi moddalar boʻyicha zaxira xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri hisoblangan bank tomonidan standart deb tasniflangan kreditlar, lizing va faktoring, aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlari, boshqa aktivlar, balansdan tashqari hisobvaraqlardagi moddalar boʻyicha zaxira xarajatlarining qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.”;
29) 91501 balansdan tashqari hisobvaragʻining taʼrifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hisobvaraqning taʼrifi: muddati oʻtgan va oʻrnatilgan qoidalarga muvofiq balansdan hisobdan chiqarilgan, berilgan muddatli va shartlari qayta koʻrib chiqilgan kreditlar va lizinglar boʻyicha hisoblangan, lekin olinmagan foizlar hisobi olib boriladi. Shu bilan birga, ushbu hisobvaraqda muddati oʻtgan hamda sud yoki ijro ishi yuritish jarayonidagi kreditlar va lizinglar boʻyicha hisoblangan, lekin olinmagan foizlar hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96335 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi”;
30) “92709 Forvard bitimi boʻyicha sotish” balansdan tashqari hisobvaragʻi taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 92710 balansdan tashqari hisobvaragʻi nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“92710 Hisob-kitobli forvard bitimi boʻyicha sotish
Hisobvaraqning taʼrifi: kelishilgan kurs va sanada moliyaviy instrumentni hisob-kitobli sotishga asoslangan forvard shartnomalarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96366 balansdan tashqari hisobvaragʻi kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni hisob-kitobli sotishga asoslangan forvard shartnomalarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisob-kitobli forvard shartnomasi boʻyicha sotilgan moliyaviy instrumentning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir hisob-kitobli forvard shartnomasi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
31) “92716 Forvard bitimi boʻyicha sotib olish” balansdan tashqari hisobvaragʻi taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 92717 balansdan tashqari hisobvaragʻi nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“92717 Hisob-kitobli forvard bitimi boʻyicha sotib olish
Hisobvaraqning taʼrifi: kelishilgan kurs va sanada moliyaviy instrumentni hisob-kitobli sotib olishga asoslangan forvard shartnomalarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96368 balansdan tashqari hisobvaragʻi kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni hisob-kitobli sotib olish boʻyicha forvard shartnomasining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisob-kitobli forvard shartnomasi boʻyicha sotib olingan moliyaviy instrumentning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir hisob-kitobli forvard shartnomasi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
32) “94504 Olingan kreditlar va lizinglar boʻyicha garov sifatida berilgan qimmatli qogʻozlar” balansdan tashqari hisobvaragʻi taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 94505 balansdan tashqari hisobvaragʻi nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“94505 Olingan kreditlar boʻyicha bankning garovga qoʻyilgan aktivlari
Hisobvaraqning taʼrifi: bank tomonidan olingan kreditlar boʻyicha bankning garovga qoʻyilgan depozitlari, asosiy vositalari, kreditlari va boshqa aktivlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan garovga qoʻyilgan depozitlari, asosiy vositalari, kreditlari va boshqa aktivlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida garovdan chiqarilgan bankning depozitlari, asosiy vositalari, kreditlari va boshqa aktivlari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
33) 95413 balansdan tashqari hisobvaragʻining nomi va taʼrifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“95413 Hisobdan chiqarilgan kreditlar, lizinglar va faktoringlar
Hisobvaraqning taʼrifi: bank balansidan hisobdan chiqarilgan kreditlar, lizinglar va/yoki faktoringlar (toʻlanmagan qismi)ning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96397 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan kredit, lizinglar va faktoringlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tiklangan yoki toʻlangan kreditlar, lizinglar va/yoki faktoringlarning, shuningdek oʻrnatilgan muddati oʻtishi bilan bekor qilingan kreditlar, lizinglar va/yoki faktoringlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha kredit, lizing va faktoring shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
34) “96365 Forvard bitimi boʻyicha sotish kontr-hisobvaragʻi” balansdan tashqari hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 96366 balansdan tashqari hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“96366 Hisob-kitobli forvard bitimi boʻyicha sotish kontr-hisobvaragʻi”;
35) “96367 Forvard bitimi boʻyicha sotib olish kontr-hisobvaragʻi” balansdan tashqari hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 96368 balansdan tashqari hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“96368 Hisob-kitobli forvard bitimi boʻyicha sotib olish kontr-hisobvaragʻi”.
4. Ilovada:
1) 29-bandda “Kt 45994 “Boshqa foizsiz daromadlar” degan soʻzlar “Kt 45921 “Hisobdan chiqarilgan mablagʻlarning qaytarilishi” yoki Kt 45924 “Hisobdan chiqarilgan aktivlarning qaytarilishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 31-bandning birinchi hatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Kreditlar boʻyicha foizlar tushumi quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali aks ettiriladi:”;
3) quyidagi mazmundagi 4 — 7-boblar bilan toʻldirilsin:
“4-bob. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha buxgalteriya yozuvlari
35. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning (bundan buyon matnda KBTEB deb yuritiladi) qiymatini oldindan toʻlab berish bilan sotib olish:
1) KBTEBni oldindan toʻliq yoki qisman toʻlanishi quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi:
Dt 19909 “Olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Tovar-moddiy qimmatliklar uchun”
Kt Bankning vakillik hisobvaragʻi yoki mijozning talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi (agar mol yetkazib beruvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga shu bankda xizmat koʻrsatilsa);
2) KBTEB omborxonaga sotib olinganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar asosida kirim qilinib, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan rasmiylashtiriladi:
Dt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”
Kt 19909 “Olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Tovar-moddiy qimmatliklar uchun”.
36. Agar toʻlov KBTEB kelib tushgandan keyin amalga oshirilsa, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
1) KBTEB kelib tushganda:
Dt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”
Kt 29802 “Toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar uchun”;
2) KBTEB qiymati toʻlanganda:
Dt 29802 “Toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar uchun”
Kt Bankning vakillik hisobvaragʻi yoki mijozning talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi (agar mol yetkazib beruvchining talab qilib olinguncha boʻlgan depozit hisobvaragʻiga shu bankda xizmat koʻrsatilsa).
37. KBTEB Bosh bank/filialdan filiallar/bosh bankka berilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 16104 “Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablagʻlar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar”;
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”.
38. KBTEB Bosh bankdan filialga qabul qilinganda boshlangʻich hujjatlar (yuk xatlari) asosida quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”;
Kt 22205 “Bosh ofis/filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar”.
39. Omborga qabul qilingan KBTEBda biror bir nomuvofiqlik yoki nuqson topilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
1) Bankning daʼvosi mol yetkazib beruvchi tomonidan qabul qilinganda yoki sud tomonidan tegishli qaror chiqarilganda, omborga kirim qilingan KBTEBni mol yetkazib beruvchiga qaytarish quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan amalga oshiriladi:
Dt 19909 “Olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Tovar-moddiy qimmatliklar uchun”;
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”;
2) Qaytarilgan mablagʻlarni qayta yozuv bilan vakillik hisobvaragʻiga oʻtkazishda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt Bankning vakillik hisobvaragʻi;
Kt 19909 “Olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Tovar-moddiy qimmatliklar uchun”.
40. Banklar KBTEBni sof sotish qiymatigacha hisobdan chiqarishni quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan amalga oshiradilar:
Dt 56895 “Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash — Boshqa aktivlar”;
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”.
41. KBTEBni foydalanishga berish quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan rasmiylashtiriladi:
Dt 56406 “Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari”;
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”.
42. Bank ortiqcha KBTEBni sotganda (KBTEB shartnomada kelishilgan narxlarda sotiladi) quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
1) KBTEBni sotish summasiga:
Dt Bankning vakillik hisobvaragʻi yoki sotib oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi, agar sotib oluvchiga shu bankda xizmat koʻrsatilsa;
Kt 29802 “Toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar uchun”;
2) KBTEB bank uchun foyda yoki zararsiz sotilganda:
Dt 29802 “Toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar uchun” — sof tushum summasiga (Sof tushum deganda shartnoma bahosidan qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksizlarni ayirib tashlagandan keyingi summa nazarda tutiladi);
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”;
3) KBTEB foyda bilan sotilganda:
Dt 29802 “Toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar uchun” — sof tushum summasiga;
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”;
Kt 45913 “Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda” — sof tushum va balans qiymati oʻrtasidagi farq summasiga;
4) KBTEB zarar bilan sotilganda:
Dt 29802 “Toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar uchun” — sof tushum summasiga;
Dt 55906 “Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan koʻrilgan zararlar” — sof tushum va balans qiymati oʻrtasidagi farq summasiga;
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”.
43. Kamomad chiqqan, yaroqsiz holga kelgan (aybdor shaxslar aniqlanmagan holda), tekinga berilgan, shuningdek fors-major holatlarda KBTEBning qiymati, bank tomonidan belgilangan tartibda zararga chiqariladi va quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
Dt 56795 “Boshqa operatsion xarajatlar”;
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”.
44. KBTEBning kamomadi, shuningdek aybdor shaxsning aybi bilan yaroqsiz holga kelgan (aybdor shaxs aniqlanganda) KBTEBning qiymati quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali rasmiylashtiriladi:
Dt 19908 “Olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Bank xodimlari bilan hisob-kitoblar”;
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”.
Aybdor xodimlarning ish haqidan undirib olinganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 29803 “Toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Xodimlar bilan hisob-kitoblar”;
Kt 19908 “Olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Bank xodimlari bilan hisob-kitoblar”.
Belgilangan tartibda bank xodimidan kassa orqali undirib olinganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar”;
Kt 19908 “Olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Bank xodimlari bilan hisob-kitoblar”.
45. Omborda hisobda boʻlmagan buyumlar omborga kirim qilinganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”;
Kt 45994 “Boshqa foizsiz daromadlar”.
5-bob. Moliyaviy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha buxgalteriya yozuvlari
46. Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlarning haqqoniy qiymat oʻsishini aks ettirish uchun quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10795 “Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlari haqqoniy qiymatining oʻzgarishi (aktiv-passiv)”;
Kt 45609 “Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlarining haqqoniy qiymatining oʻzgarishi natijasida olingan foyda” yoki
Kt 45611 “Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlari haqqoniy qiymatining oʻzgarishi natijasida olingan foyda”.
47. Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlarning haqqoniy qiymati pasayishini aks ettirish uchun quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 55610 “Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlarning haqiqiy qiymatining oʻzgarishi natijasida koʻrilgan zararlar” yoki
Dt 55614 “Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlari haqiqiy qiymatining oʻzgarishi natijasida koʻrilgan zararlar”;
Kt 10795 “Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlari haqqoniy qiymatining oʻzgarishi (aktiv-passiv)”.
48. Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalarning haqqoniy qiymati oʻsishini aks ettirish uchun quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10895 “Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar haqiqiy qiymatining oʻzgarishi (aktiv-passiv)”;
Kt 30907 “Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlarning haqqoniy qiymatining oʻzgarishi natijasida hosil boʻlgan oʻzlashtirilmagan foyda yoki zararlar (aktiv-passiv)”.
49. Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalarning haqqoniy qiymati kamayishini aks ettirish uchun quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 30907 “Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlarning haqqoniy qiymatining oʻzgarishi natijasida hosil boʻlgan oʻzlashtirilmagan foyda yoki zararlar (aktiv-passiv)”;
Kt 10895 “Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar haqiqiy qiymatining oʻzgarishi (aktiv-passiv)”.
50. Amortizatsiyalangan qiymati boʻyicha baholanadigan moliyaviy aktivlar va koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasini tashkil etish quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan amalga oshiriladi:
Dt 56826 “Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash — Amortizatsiyalangan qiymati boʻyicha baholanadigan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar”;
Kt 15999 “Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi — Amortizatsiyalangan qiymati boʻyicha baholanadigan qarz qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar (kontr-aktiv)”.
51. Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan moliyaviy aktiv qadrsizlanganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
1) Haqqoniy qiymatni toʻgʻrilash summasini bekor qilish uchun:
Dt 10895 “Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar haqiqiy qiymatining oʻzgarishi (aktiv-passiv)”;
Kt 30907 “Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlarning haqqoniy qiymatining oʻzgarishi natijasida hosil boʻlgan oʻzlashtirilmagan foyda yoki zararlar (aktiv-passiv)”;
2) Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasini tashkil etish uchun:
Dt 56808 “Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash — Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar”;
Kt 10899 “Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar (kontr-aktiv)”.
52. Agar koʻrilishi mumkin boʻlgan zarar summasi ilgari kapitalda tan olingan haqiqiy qiymatning salbiy (manfiy) toʻgʻrilash summasidan oshib ketadigan boʻlsa, u holda banklar qoʻshimcha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash summasini quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali aks ettiradi:
Dt 56808 “Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash — Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar”;
Kt 10899 “Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar (kontr-aktiv)”.
53. Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasini tashkil etishda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 56806 “Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash — Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlar”;
Kt 10799 “Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi — Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlar (kontr-aktiv)”.
6-bob. Kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha buxgalteriya yozuvlari
54. Bank kassalariga naqd pullar kirim qilinganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
1) bank mijozlari boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan naqd pullarni bevosita olib kelish yoʻli bilan hamda jismoniy shaxslar tomonidan omonatlarga naqd pullar topshirilganda:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Kt Mijozlarning depozit hisobvaragʻi;
2) jismoniy shaxslar tomonidan bir martalik toʻlovlar (soliq toʻlovlari, jarimalar, kommunal va boshqa toʻlovlar) uchun naqd pullar topshirilganda:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Kt 29824 “Naqd pul mablagʻlari boʻyicha jismoniy shaxslarning maqsadli hisob-kitoblari”;
3) jismoniy shaxslar tomonidan kreditni qaytarish uchun naqd pullar topshirilganda:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Kt Mijozlarning tegishli kredit hisobvaragʻi yoki
Kt 12599 “Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi — Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)” va 14999 “Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi — Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)” (balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinayotgan kredit toʻlanganda);
4) jismoniy shaxslar tomonidan olingan kreditlar boʻyicha foizlar toʻlovi uchun naqd pul topshirilganda:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Kt 16309 “Kreditlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar” yoki
Kt 16377 “Shartnoma boʻyicha hisoblab yozilgan, biroq muddatida toʻlanmagan olinishi lozim boʻlgan foizlar” yoxud
Kt 42005 “Jismoniy shaxslarga berilgan muddati oʻtgan kreditlar boʻyicha foizli daromadlar” (balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinayotgan foizlar toʻlanganda);
5) jismoniy shaxslar tomonidan olingan kreditlar boʻyicha vaqtida toʻlanmagan foizlar uchun penya va jarimalar naqd pulda toʻlanganda:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Kt 16405 “Olinishi lozim boʻlgan hisoblangan jarima va penyalar”;
6) jismoniy shaxslar tomonidan oʻzlarining bank kartalariga kirim qilish uchun naqd pul topshirilganda:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Kt 23116 “Naqd pullar boʻyicha jismoniy shaxslarning bank kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar” va 23122 “Xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxsning bank kartalaridan foydalangan holda oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlar boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”;
Dt 23116 “Naqd pullar boʻyicha jismoniy shaxslarning bank kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar” va 23122 “Xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxsning bank kartalaridan foydalangan holda oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlar boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”;
Kt 22618 “Jismoniy shaxslarning bank kartalari boʻyicha majburiyatlari” va 22617 “Pensionerlarning bank kartalari boʻyicha majburiyatlar”;
7) bank xizmat haqi uchun mijozlar tomonidan bank kassasiga naqd pul topshirilganda:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Kredit 4XXXX tegishli daromadlar hisobvaragʻi.
55. Bank kassasidan naqd pullar chiqim qilinganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali amalga oshiriladi:
1) bank kassasidan mijozlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, dividendlar, xizmat safari xarajatlari, nafaqa va moddiy yordam pullari, shuningdek qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa toʻlovlar boʻyicha naqd pul berilganda:
Dt Mijozlarning depozit va kredit hisobvaraqlari;
Kt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Kt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
2) bank kassasidan mazkur filialning mijozi boʻlgan jismoniy shaxsning bank kartalaridan naqd pul berilganda:
Dt 17401 “Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan olingan naqd pullar boʻyicha hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”;
Kt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Kt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Dt 22618 “Jismoniy shaxslarning bank kartalari boʻyicha majburiyatlari” va 22617 “Pensionerlarning bank kartalari boʻyicha majburiyatlar”;
Kt 23504 “Bank kartalaridan berilgan naqd pullar yoki jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”;
Dt 23504 “Bank kartalaridan berilgan naqd pullar yoki jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”;
Kt 17401 “Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan olingan naqd pullar boʻyicha hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”;
3) bank kassasidan mazkur bankning boshqa filiali mijozi boʻlgan jismoniy shaxsning bank kartasidan naqd pul berilganda:
Naqd pul bergan bankning filialida:
Dt 17401 “Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan olingan naqd pullar boʻyicha hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”;
Kt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Kt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Dt 16111 “Bosh ofis/filialdan jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”;
Kt 23504 “Bank kartalaridan berilgan naqd pullar yoki jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”;
Dt 23504 “Bank kartalaridan berilgan naqd pullar yoki jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”;
Kt 17401 “Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan olingan naqd pullar boʻyicha hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”;
Bankning boshqa filialida:
Dt 22618 “Jismoniy shaxslarning bank kartalari boʻyicha majburiyatlari”;
Kt 22212 “Bosh ofis/filiallarga jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar”;
Dt 22212 “Bosh ofis/filiallarga jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar”;
Kt 16111 “Bosh ofis/filialdan jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”;
4) boshqa bank mijozi boʻlgan jismoniy shaxsning bank kartalaridan naqd pul berilganda:
naqd pul bergan bankning filialida:
Dt 17401 “Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan olingan naqd pullar boʻyicha hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”;
Kt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Kt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Dt 16111 “Bosh ofis/filialdan jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”;
Kt 23504 “Bank kartalaridan berilgan naqd pullar yoki jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”;
Dt 23504 “Bank kartalaridan berilgan naqd pullar yoki jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”;
Kt 17401 “Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan olingan naqd pullar boʻyicha hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”;
naqd pul bergan bankning Bosh ofisida:
Dt 10511 “Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”;
Kt 22212 “Bosh ofis/filiallarga jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar”;
Dt 22212 “Bosh ofis/filiallarga jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar”;
Kt 16111 “Bosh ofis/filialdan jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar” — Naqd pulni bergan filial;
bank kartasi ochilgan bankning Bosh ofisida:
Dt 16111 “Bosh ofis/filialdan jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”;
Kt 21012 “Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha boshqa banklarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar”;
Dt 21012 “Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha boshqa banklarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar”;
Kt 10511 “Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar” — naqd pulni bergan bankning Bosh ofisi;
bank kartasi ochilgan bank filialida:
Dt 22618 “Jismoniy shaxslarning bank kartalari boʻyicha majburiyatlari”;
Kt 22212 “Bosh ofis/filiallarga jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar”;
Dt 22212 “Bosh ofis/filiallarga jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar”;
Kt 16111 “Bosh ofis/filialdan jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar” — Bosh ofis.
56. Bankning Markaziy bankka topshirish uchun tayyorlangan “eskirgan” toifadagi naqd pullari 10198 “Markaziy bankka topshiriladigan “eskirgan” toifadagi naqd pullar” hisobvaragʻida yuritiladi va ushbu hisobvaraqqa “eskirgan” toifadagi naqd pullar 17301 “Tranzit hisobvaragʻi” orqali kirim (chiqim) qilinadi.
57. Inkassatorlar tomonidan mijozlardan yigʻib kelingan pul mablagʻlari boʻyicha inkassatsiya sumkasining (qopining) yuk xati asosida quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
1) inkassatorlar tomonidan yigʻib kelingan inkassatorlik qoplaridagi pul mablagʻlari shu bankning mijoziga tegishli boʻlsa:
Dt 19903 “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”;
Kt Mijozning depozit hisobvaragʻi;
2) inkassatorlar tomonidan yigʻib kelingan inkassatorlik qoplaridagi pul mablagʻlari boshqa bank yoki bankning boshqa filiali mijoziga tegishli boʻlsa:
Dt 19903 “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”;
Kt 29804 “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”;
3) inkassatorlar tomonidan yigʻib kelingan inkassatorlik qoplaridagi naqd pul boshqa hududda joylashgan tijorat banki (filiali)ning shu hududdagi bank binosidan tashqarida joylashgan amaliyot kassasiga tegishli boʻlsa:
Dt 19903 “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”;
Kt 29896 “Boshqa majburiyatlar”.
58. Qayta sanash kassasida inkassatorlik qoplaridagi pul mablagʻlari bankning aylanma kassasiga kirim qilinadi va quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Kt 19903 “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”.
59. Agar qayta sanash kassasida ortiqcha naqd pul mablagʻlari aniqlansa, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Kt 29816 “Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan ortiqchalar”.
60. Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablagʻlari ushbu bankning mijoziga tegishli boʻlsa, u mijozning hisobvaragʻiga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali kirim qilinadi:
Dt 29816 “Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan ortiqchalar”;
Kt Mijozning depozit hisobvaragʻi.
61. Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablagʻlari boshqa bank mijozining 29804 “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” hisobvaragʻiga shartnomada kelishilgan hollarda oʻtkazib berilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 29816 “Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan ortiqchalar”;
Kt 29804 “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”.
62. Agar bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablagʻlari shu hududda bosh banki yoki filiali boʻlmagan bank binosidan tashqarida joylashgan amaliyot kassasiga tegishli boʻlsa, unda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 29816 “Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan ortiqchalar”;
Kt 29896 “Boshqa majburiyatlar”.
63. Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi ushbu bankning mijoziga tegishli boʻlsa va u mijozning hisobvaragʻidan undirib olinganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt Mijozning depozit hisobvaragʻi;
Kt 19935 “Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan kamomad”.
64. Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi boshqa bank mijozining 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” balans hisobvaragʻidan shartnomada kelishilgan shartlarga asosan undirib olinganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 29804 “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”;
Kt 19935 “Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan kamomad”.
Agar bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi shu hududda bosh banki yoki filiali boʻlmagan bank binosidan tashqarida joylashgan amaliyot kassasiga tegishli boʻlsa va u shartnomada kelishilgan shartlarga binoan undirib olinganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 29896 “Boshqa majburiyatlar”;
Kt 19935 “Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan kamomad”.
65. Boshqa bankning mijozlariga tegishli boʻlgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 29804 “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”;
Kt Mijozning depozit hisobvaragʻi (16103 “Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar”).
Bosh banki yoki filiali boʻlmagan bank binosidan tashqarida joylashgan amaliyot kassasiga tegishli boʻlgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 29896 “Boshqa majburiyatlar” — naqd pulni qabul qilgan tijorat banki (filiali);
Kt 29896 “Boshqa majburiyatlar” — boshqa hududda joylashgan tijorat banki (filiali).
66. Mablagʻ oluvchining bankiga elektron toʻlov tizimi orqali mablagʻ kelib tushganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali kirim qilinadi:
Dt 29804 “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” (16103 “Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali);
Kt Mijozning depozit hisobvaragʻi”.
Boshqa hududda joylashgan tijorat banki (filiali)ga elektron toʻlov tizimi orqali mablagʻ kelib tushganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali kirim qilinadi:
Dt 29896 “Boshqa majburiyatlar” (16103 “Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali) — naqd pulni qabul qilgan tijorat banki (filiali);
Kt 29896 “Boshqa majburiyatlar” — boshqa hududda joylashgan tijorat banki (filiali).
67. Filiallari mavjud boʻlmagan banklar oʻrtasida amalga oshiriladigan banklararo toʻlovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Boshqa bankning mijozlariga tegishli boʻlgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 29804 “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”;
Kt Mijozning depozit hisobvaragʻi (10301 “Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻidan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Nostro” hisobvaragʻi orqali);
Benefitsiar bankka, yaʼni mablagʻ oluvchining bankiga elektron toʻlov tizimi orqali mablagʻ kelib tushganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali kirim qilinadi:
Dt 29804 “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” (10301 “Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻidan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Nostro” hisobvaragʻi orqali);
Kt Mijozning depozit hisobvaragʻi.
68. Filiali mavjud boʻlmagan tashabbuskor bank madad puli olish uchun quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshirishi lozim:
Dt 10307 “Markaziy bankdan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Naqd pullar”;
Kt 21307 “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablagʻlar” (10301 Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻidan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Nostro” hisobvaragʻi orqali).
69. Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazlariga (bundan buyon matnda HKKM deb yuritiladi) madad puli olish uchun mablagʻ kelib tushganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10307 “Markaziy bankdan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Naqd pullar” (Markaziy bankning 16103 “Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali);
Kt 21307 “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablagʻlar”.
70. Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari HKKMlari tomonidan madad puli joʻnatilganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10109 “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”;
Kt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Kt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”.
71. Filiali mavjud boʻlmagan tashabbuskor bankka HKKMdan Markaziy bank hududiy bosh boshqarmalari farmoyishiga asosan madad puli keltirilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Kt 10307 “Markaziy bankdan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Naqd pullar”.
72. Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari HKKMlariga filiali mavjud boʻlmagan tashabbuskor bankdan madad pulini olganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma kelganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 21307 “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablagʻlar”;
Kt 10109 “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”.
73. Tashabbuskor bank filialida (filiali mavjud banklarda) Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari HKKMlaridan madad puli olishda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10307 “Markaziy bankdan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Naqd pullar”;
Kt 21307 “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablagʻlar” (16103 “Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali).
Benefetsiar bankning filialiga, yaʼni Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlariga madad puli uchun mablagʻ kelib tushganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10307 “Markaziy bankdan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Naqd pullar” (16103 “Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali);
Kt 21307 “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablagʻlar”;
Benefitsiar bankning filiali, yaʼni Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlari tomonidan madad puli joʻnatilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10109 “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”;
Kt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Kt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”.
Tashabbuskor bankning filialiga madad puli keltirilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Kt 10307 “Markaziy bankdan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Naqd pullar”.
Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari HKKMlariga madad pulini olganligi toʻgʻrisida tashabbuskor bank filialidan tasdiqnoma kelganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi:
Dt 21307 “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablagʻlar”;
Kt 10109 “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”.
74. Tijorat bankining filiallari Markaziy bank hududiy bosh boshqarmalari farmoyishiga asosan boshqa tijorat banki filialidan madad puli olganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Tashabbuskor bankning filiallari madad puli olish uchun quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali mablagʻ joʻnatadilar:
Dt 10507 “Boshqa banklardan vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Naqd pullar”;
Kt 21008 “Boshqa banklarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Naqd pullar” (16103 “Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar).
Benefetsiar bankning filialiga madad puli uchun mablagʻ kelib tushganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10507 “Boshqa banklardan vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Naqd pullar” 16103 “Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali;
Kt 21008 “Boshqa banklarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Naqd pullar”.
Benefitsiar bankning filiali madad puli joʻnatganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi:
Dt 10109 “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”;
Kt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Kt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”.
Tashabbuskor bankning filialida, yaʼni madad puli olgan filialda olingan madad puli summasiga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Kt 10507 “Boshqa banklardan vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Naqd pullar”.
Benefitsiar bankning filialiga tashabbuskor bankning filiali tomonidan joʻnatilgan madad pulini olganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma kelib tushganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi:
Dt 21008 “Boshqa banklarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Naqd pullar”;
Kt 10109 “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”.
75. Bir bankning filiallari oʻrtasida madad pullarini berish va olish boʻyicha buxgalteriya hisobi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Tashabbuskor bankning filiali, yaʼni madad puli oluvchi filial naqd pul olish uchun shu bankning benefitsiar filialiga mablagʻ joʻnatganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi:
Dt 16101 “Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablagʻlar — Naqd pullar”;
Kt 22202 “Bosh ofis/filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Naqd pullar” (16103 “Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali).
Bankning benefitsiar bank filialiga elektron toʻlov orqali madad puli uchun mablagʻ kelib tushganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 16101 “Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablagʻlar — Naqd pullar” (16103 “Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali);
Kt 22202 “Bosh ofis/filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Naqd pullar”.
Bankning benefitsiar filiali, yaʼni madad puli joʻnatuvchi 22202 “Bosh ofis/filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Naqd pullar” hisobvaraqqa madad puli uchun mablagʻ kelib tushgandan soʻng quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi:
Dt 10109 “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”;
Kt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Kt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Bankning tashabbuskor filialiga, yaʼni madad puli oluvchi bankka madad puli keltirilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Kt 16101 “Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablagʻlar — Naqd pullar”.
Benefitsiar bank filiali, yaʼni madad puli joʻnatgan filial tashabbuskor bank filiali, yaʼni madad puli olgan filialdan belgilangan tartibda tasdiqnoma kelganda, benefitsiar bank filiali tomonidan quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 22202 “Bosh ofis/filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Naqd pullar”;
Kt 10109 “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”.
76. Bankomatlarga madad puli qoʻyilganda, bankomatlardagi qolgan pullar yoki toʻlovga yaroqsiz naqd pullar bankka qaytarilganda, har bir bankomat boʻyicha naqd pul mablagʻlari 10107 “Bankomatlar va boshqa oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish uskunalaridagi naqd pullar” hisobvaragʻiga(dan) 17301 “Tranzit hisobvaraqlari” orqali kirim (chiqim) qilinadi.
77. Bankomatdan bank kartasi orqali naqd pul olinganda, har bir holat uchun quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
Dt 17401 “Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan olingan naqd pullar boʻyicha hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”;
Kt 10107 “Bankomatlar va boshqa oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish uskunalaridagi naqd pullar”;
Dt 22617 “Pensionerlarning bank kartalari boʻyicha majburiyatlar” va 22618 “Jismoniy shaxslarning bank kartalari boʻyicha majburiyatlari”;
Kt 23504 “Bank kartalaridan berilgan naqd pullar yoki jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”;
Dt 23504 “Bank kartalaridan berilgan naqd pullar yoki jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”;
Kt 17401 “Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan olingan naqd pullar boʻyicha hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”.
78. Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi yordamida Online-inkassatsiya operatsiyalari quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
1) agar mijozga ushbu bankning filialida xizmat koʻrsatilsa:
Dt 10107 “Bankomatlar va boshqa oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish uskunalaridagi naqd pullar”;
Kt 202XX “Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”;
Kt 45294 “Boshqa koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda);
2) agar mijozga ushbu bankning boshqa filialida xizmat koʻrsatilsa:
Dt 10107 “Bankomatlar va boshqa oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish uskunalaridagi naqd pullar”;
Kt 29804 “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”;
Kt 45294 “Boshqa koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda);
Dt 29804 “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”;
Kt 202XX Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar;
3) agar mijozga boshqa bank filialida xizmat koʻrsatilsa:
Dt 10107 “Bankomatlar va boshqa oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish uskunalaridagi naqd pullar”;
Kt 29804 “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”;
Kt 45294 “Boshqa koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda);
Dt 29804 “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”;
Kt 202XX Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar.
79. Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi yordamida jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi bank kartalariga naqd pullar kirim qilinganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
1) agar mijozga ushbu bankning filialida xizmat koʻrsatilsa:
Dt 10107 “Bankomatlar va boshqa oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish uskunalaridagi naqd pullar”;
Kt 23116 “Naqd pullar boʻyicha jismoniy shaxslarning bank kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”;
Kt 45294 “Boshqa koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda);
Dt 23116 “Naqd pullar boʻyicha jismoniy shaxslarning bank kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”;
Kt 22617 “Pensionerlarning bank kartalari boʻyicha majburiyatlar” va 22618 “Jismoniy shaxslarning bank kartalari boʻyicha majburiyatlari”;
2) agar mijozga ushbu bankning boshqa filialida xizmat koʻrsatilsa:
Dt 10107 “Bankomatlar va boshqa oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish uskunalaridagi naqd pullar”;
Kt 22214 “Bosh ofis/filiallarga bank kartalaridan amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar”;
Kt 45294 “Boshqa koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda);
Dt 16113 “Bosh ofis/filialdan bank kartalaridan amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”;
Kt 23116 “Naqd pullar boʻyicha jismoniy shaxslarning bank kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”;
Dt 23116 “Naqd pullar boʻyicha jismoniy shaxslarning bank kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”;
Kt 22617 “Pensionerlarning bank kartalari boʻyicha majburiyatlar” va 22618 “Jismoniy shaxslarning bank kartalari boʻyicha majburiyatlari”;
Dt 22214 “Bosh ofis/filiallarga bank kartalaridan amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar”;
Kt 16113 “Bosh ofis/filialdan bank kartalaridan amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”;
3) agar mijozga boshqa bank filialida xizmat koʻrsatilsa:
Dt 10107 “Bankomatlar va boshqa oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish uskunalaridagi naqd pullar”;
Kt 21014 “Bank kartalaridan amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha boshqa banklarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar”;
Kt 45294 “Boshqa koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda);
Dt 10513 “Bank kartalaridan amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”;
Kt 23116 “Naqd pullar boʻyicha jismoniy shaxslarning bank kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”;
Dt 23116 “Naqd pullar boʻyicha jismoniy shaxslarning bank kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”;
Kt 22617 “Pensionerlarning bank kartalari boʻyicha majburiyatlar” va 22618 “Jismoniy shaxslarning bank kartalari boʻyicha majburiyatlari”;
Dt 21014 “Bank kartalaridan amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha boshqa banklarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar”;
Kt 10513 “Bank kartalaridan amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”.
80. Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi yordamida jismoniy shaxslarning kreditlari toʻlanganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
1) agar mijozga ushbu bankning filialida xizmat koʻrsatilsa:
Dt 10107 “Bankomatlar va boshqa oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish uskunalaridagi naqd pullar”;
Kt 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” yoki
Kt 22812 “Kelgusi davr foizli daromadlari”;
Dt 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”;
Kt Mijozning ssuda hisobvaragʻi yoki
Kt 16309 “Kreditlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar” yoxud
Kt 16377 “Shartnoma boʻyicha hisoblab yozilgan, biroq muddatida toʻlanmagan olinishi lozim boʻlgan foizlar”;
Dt 22812 “Kelgusi davr foizli daromadlari”;
Kt 4XXXX Tegishli daromadlar hisobvaragʻi;
2) agar mijozga ushbu bankning boshqa filialida xizmat koʻrsatilsa:
Dt 10107 “Bankomatlar va boshqa oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish uskunalaridagi naqd pullar”;
Kt 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”;
Dt 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”;
Kt 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (Kredit olingan filial);
Dt 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (Kredit olingan filial);
Kt Mijozning ssuda hisobvaragʻi yoki
Kt 16309 “Kreditlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar” yoxud
Kt 16377 “Shartnoma boʻyicha hisoblab yozilgan, biroq muddatida toʻlanmagan olinishi lozim boʻlgan foizlar” yoki
Kt 22812 “Kelgusi davr foizli daromadlari”;
Dt 22812 “Kelgusi davr foizli daromadlari”;
Kt 4XXXX Tegishli daromadlar hisobvaragʻi.
81. Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi yordamida boshqa toʻlovlar amalga oshirilsa, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
Dt 10107 “Bankomatlar va boshqa oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish uskunalaridagi naqd pullar”;
Kt 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”;
Dt 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”;
Kt Toʻlovlarni oluvchilarning hisobvaraqlari.
82. Bankning amaliyot kassalariga madad pulini joʻnatganda, amaliyot kuni oxirida amaliyot kassalaridagi qoldiq naqd pullar 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar” hisobvaragʻidan tegishli amaliyot kassasi uchun ochilgan 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar” hisobvaragʻiga (dan) 17301 “Tranzit hisobvaragʻi” orqali kirim (chiqim) qilinadi. Bunda, amaliyot kassasidagi qoldiq naqd pullar boshqa hududda joylashgan tijorat banki (filiali)ning shu hududdagi bank binosidan tashqarida joylashgan amaliyot kassasiga tegishli boʻlsa, mablagʻlar 29896 “Boshqa majburiyatlar” hisobvaraqqa kirim qilinadi.
83. Tijorat banklari naqd pullar zaxirasidan ortiqcha naqd pullarni Markaziy bankning bosh boshqarmalari HKKMlariga joʻnatganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi:
Dt 10109 “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”;
Kt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Kt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”.
84. Markaziy bankning bosh boshqarmalari HKKMlari aylanma kassasiga tijorat banklaridan keltirilgan naqd pullarni kirim qilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar”;
Kt 21314 “Rezident banklari tomonidan topshirilgan naqd pul uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar” (Markaziy bankda).
Markaziy bankning bosh boshqarmalari HKKMlari naqd pullarni aylanma kassasiga kirim qilgandan soʻng, tijorat bankiga naqd pullarni qabul qilganligi toʻgʻrisida tasdiqnomani joʻnatishi shart.
85. Markaziy bankning bosh boshqarmalari HKKMlari aylanma kassasiga kirim qilingan naqd pullar uchun tijorat banklariga mablagʻ oʻtkazib berilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 21314 “Rezident banklari tomonidan topshirilgan naqd pul uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar” (Markaziy bankda);
Kt 10311 “Markaziy bankdan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Topshirilgan naqd pullar” (16103 “Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali).
86. Tijorat banklariga Markaziy bankning bosh boshqarmalari HKKMlaridan topshirilgan naqd pullar uchun tasdiqnoma kelib tushganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshirishlari shart:
Dt 10311 “Markaziy bankdan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Topshirilgan naqd pullar”;
Kt 10109 “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”.
87. Tijorat bankiga topshirilgan naqd pullar uchun Markaziy bankning bosh boshqarmalari HKKMlaridan mablagʻ kelib tushganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 21314 “Rezident banklari tomonidan topshirilgan naqd pul uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar” (Markaziy bankda) (16103 “Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi);
Kt 10311 “Markaziy bankdan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Topshirilgan naqd pullar”.
7-bob. Qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha buxgalteriya yozuvlari
88. Qimmatli qogʻozlar chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning emitent bankka berilgan nusxasiga asosan quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 90329 “Bankning hujjatsiz qimmatli qogʻozlari”;
Kt 96314 “Bankning qimmatli qogʻozlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”.
89. Aksiyalar uchun obuna qilinganda va aksiya oldi-sotdi shartnomasi tuzilganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
1) imtiyozli aksiyalar boʻyicha:
Dt 30303 “Aksiyalar uchun obuna boʻyicha olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Imtiyozli (kontr-passiv)”;
Kt 30309 “Roʻyxatdan oʻtkazilgan ustav kapitali — Imtiyozli”;
2) oddiy aksiyalar boʻyicha:
Dt 30306 “Aksiyalar uchun obuna boʻyicha olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Oddiy (kontr-passiv)”;
Kt 30312 “Roʻyxatdan oʻtkazilgan ustav kapitali — Oddiy”.
90. Aksiya uchun toʻlov toʻliq yoki qisman olinganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning hisobvaragʻi;
Kt 30303 “Aksiyalar uchun obuna boʻyicha olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Imtiyozli (kontr-passiv)” yoki 30306 “Aksiyalar uchun obuna boʻyicha olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Oddiy (kontr-passiv)”.
91. Toʻlov toʻliq olingandan soʻng bitim amalga oshirilganda, aksiya boʻyicha egalik huquqi oʻtkazilganligini tasdiqlovchi depo hisobvaragʻidan olingan tegishli koʻchirmaga asosan bir vaqtning oʻzida quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
1) imtiyozli aksiyaning nominal qiymati boʻyicha:
Dt 30309 “Roʻyxatdan oʻtkazilgan ustav kapitali — Imtiyozli”;
Kt 30315 “Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli”;
2) oddiy aksiyaning nominal qiymati boʻyicha:
Dt 30312 “Roʻyxatdan oʻtkazilgan ustav kapitali — Oddiy”;
Kt 30318 “Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy”;
3) obuna bahosi va nominal qiymat oʻrtasidagi ijobiy farq summasi boʻyicha:
Dt 30309 “Roʻyxatdan oʻtkazilgan ustav kapitali — Imtiyozli” yoki
Dt 30312 “Roʻyxatdan oʻtkazilgan ustav kapitali — Oddiy”;
Kt 30603 “Qoʻshilgan kapital — Imtiyozli”;
4) joylashtirilgan aksiyalar boʻyicha:
Dt 96314 “Bankning qimmatli qogʻozlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 90329 “Bankning hujjatsiz qimmatli qogʻozlari”.
92. Aksiyalarning chiqarilishi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar 56795 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvaragʻining “Aksiyalarni chiqarish bilan bogʻliq xarajatlar” alohida shaxsiy hisobvaragʻida hisobga olinadi.
93. Agar aksiyalar chiqarilishidan avval aksiyaning qiymati potensial aksiyadorlar tomonidan toʻliq yoki qisman toʻlanganda, aksiyalar boʻyicha oldindan toʻlovlar aksiyalar chiqarilishiga qadar majburiyatlarda aks ettiriladi. Shuningdek, bankning yangi aksiyalariga obunada ishtirok etish kafolati uchun potensial aksiyadorlar tomonidan omonat (depozit) qoʻyilishi mumkin.
Bunda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
1) oldindan toʻlov amalga oshirilganda:
Dt Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning hisobvaragʻi;
Kt 29830 “Aksiyalar uchun obuna mablagʻini toʻlash boʻyicha depozitlar”;
2) aksiyalar sotilganda, aksiya boʻyicha egalik huquqi oʻtkazilganligini tasdiqlovchi depo hisobvaragʻidan olingan tegishli koʻchirmaga asosan:
Dt 29830 “Aksiyalar uchun obuna mablagʻini toʻlash boʻyicha depozitlar” — toʻlov summasiga;
Kt 30315 “Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli” yoki
Kt 30318 “Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy” — aksiyaning nominal qiymatiga;
Kt 30603 “Qoʻshilgan kapital — Imtiyozli” — toʻlov summasi bilan nominal qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq summasiga.
94. Eʼlon qilingan dividendlarning hisoblanishi va toʻlanishi quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari orqali amalga oshiriladi:
1) dividendlar hisoblanganda:
Dt 31203 “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” (yillik dividendlarni hisoblashda);
Dt 31206 “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” (oraliq dividendlarni hisoblashda);
Dt 30903 “Umumiy zaxira fondi” (foyda yetmaganda imtiyozli aksiyalar boʻyicha);
Kt 29822 “Toʻlanishi lozim boʻlgan dividendlar”;
2) dividendlar toʻlanganda:
Dt 29822 “Toʻlanishi lozim boʻlgan dividendlar”;
Kt Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning hisobvaragʻi;
3) hisoblangan dividendlar bank ustav kapitalini oshirishga yoʻnaltirilganda:
Dt 29822 “Toʻlanishi lozim boʻlgan dividendlar”;
Kt 30315 “Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli” yoki
Kt 30318 “Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy” — aksiyaning nominal qiymatiga;
Kt 30603 “Qoʻshilgan kapital — Imtiyozli” — nominal qiymatidan yuqori summasiga.
Bir vaqtning oʻzida ushbu Qoidalarning 92-bandi “g” kichik bandida koʻrsatilgan buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi.
95. Aksiyalarning nominal qiymatini oshirish hisobiga ustav kapitali koʻpaytirilganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 30603 “Qoʻshilgan kapital — Imtiyozli” yoki
Dt 31203 “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” yoxud
Dt 31206 “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” (30603 Qoʻshilgan kapital — Imtiyozli hisobvaragʻida mablagʻ yetmaganda);
Kt 30315 “Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli” yoki
Kt 30318 “Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy”.
96. Taqsimlanmagan foydani kapitallashtirish hisobiga qoʻshimcha aksiyalar joylashtirilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 31203 “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)”;
Kt 30315 “Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli” yoki
Kt 30318 “Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy” — aksiyaning nominal qiymatiga;
Kt 30603 “Qoʻshilgan kapital — Imtiyozli” — aksiyaning nominal qiymatidan yuqori summasiga.
97. Ilgari chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga erkin ayirboshlash hisobiga bank aksiyalari joylashtirilganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
1) imtiyozli aksiyalarni oddiy aksiyalarga yoki imtiyozli aksiyalarni boshqa turdagi imtiyozli aksiyalarga ayirboshlanganda:
Dt 30315 “Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli” — aksiyaning nominal qiymatiga;
Kt 30315 “Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli” yoki
Kt 30318 “Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy” — aksiyaning nominal qiymatiga;
2) erkin ayirboshlanadigan obligatsiyalar ayirboshlash uchun taqdim etilganda:
Dt 23602 “Chiqarilgan obligatsiyalar” balans hisobvaragʻining “Erkin ayirboshlanadigan obligatsiyalar” shaxsiy hisobvaragʻida — erkin ayirboshlashga taqdim etilgan qimmatli qogʻoz qiymatiga;
Kt 30315 “Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli” yoki
Kt 30318 “Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy” — aksiyaning nominal qiymatiga;
Kt 30603 “Qoʻshilgan kapital — Imtiyozli” — nominal qiymatidan yuqori summasiga, ayirboshlash koeffitsiyenti 1 dan yuqori boʻlganda.
98. Agar bank oʻz aksiyalarini ularni qayta sotish yoki bekor qilish maqsadida sotib olsa, u holda bankning oʻz kapitali aksiyani sotib olish qiymatiga kamayadi. Bunda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 30321 “Aksiyadorlardan qayta sotib olingan oʻz aksiyalari — Imtiyozli (kontr-passiv)” yoki
Dt 30324 “Aksiyadorlardan qayta sotib olingan oʻz aksiyalari — Oddiy (kontr-passiv)”;
Kt Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning hisobvaragʻi.
99. Agar bank oʻz aksiyalarini bekor qilish maqsadida sotib olsa, u holda aksiyalar 90329 “Bankning hujjatsiz qimmatli qogʻozlari” hisobvaragʻiga 1 soʻm shartli bahoda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali kirim qilinadi:
Dt 90329 “Bankning hujjatsiz qimmatli qogʻozlari”;
Kt 96314 “Bankning qimmatli qogʻozlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”.
100. Agar bank oʻz aksiyalarini keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olsa, u holda aksiyalar 90337 “Bankning sotib olingan qimmatli qogʻozlari” hisobvaragʻiga nominal qiymatida quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali kirim qilinadi:
Dt 90337 “Bankning sotib olingan qimmatli qogʻozlari”;
Kt 96314 “Bankning qimmatli qogʻozlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”.
101. Bankning sotib olingan oʻz aksiyalari keyinchalik ikkilamchi bozorda qayta sotilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
1) sotib olish bahosiga nisbatan qimmat bahoda sotilganda:
Dt Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning hisobvaragʻi — aksiyani sotish qiymatiga;
Kt 30321 “Aksiyadorlardan qayta sotib olingan oʻz aksiyalari — Imtiyozli (kontr-passiv)” yoki
Kt 30324 “Aksiyadorlardan qayta sotib olingan oʻz aksiyalari — Oddiy (kontr-passiv)” — aksiyani sotib olish qiymatiga yoxud
Kt 30603 “Qoʻshilgan kapital — Imtiyozli” balans hisobvaragʻining “Qayta sotib olingan oʻz aksiyalari boʻyicha qoʻshilgan kapital” shaxsiy hisobvaragʻi — qayta sotish va sotib olish oʻrtasidagi ijobiy farq summasiga;
2) sotib olish bahosiga nisbatan arzon bahoda sotilganda:
Dt Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning hisobvaragʻi — aksiyani sotish qiymatiga;
Dt 30603 “Qoʻshilgan kapital — Imtiyozli” — aksiyani qayta sotish va sotib olish oʻrtasidagi salbiy farq summasiga, kredit qoldigʻi doirasida;
Kt 30321 “Aksiyadorlardan qayta sotib olingan oʻz aksiyalari — Imtiyozli (kontr-passiv)” yoki
Kt 30324 “Aksiyadorlardan qayta sotib olingan oʻz aksiyalari — Oddiy (kontr-passiv)” — aksiyani sotib olish qiymatiga.
30603 “Qoʻshilgan kapital — Imtiyozli” hisobvaragʻining “Oʻz aksiyalarini sotib olishdan olingan qoʻshilgan kapital” alohida shaxsiy hisobvaragʻining qoldigʻi nolga teng boʻlsa, aksiyani qayta sotish va sotib olish oʻrtasidagi salbiy farq 31206 “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” balans hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
3) bir vaqtning oʻzida quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96314 “Bankning qimmatli qogʻozlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 90337 “Bankning sotib olingan qimmatli qogʻozlari”.
102. Aksiyalar bekor qilinganda yoki bankning aksiyadorlik kapitali kamaytirilganda (ustav hujjatlariga kiritiladigan tegishli oʻzgartirishlar Markaziy bankda roʻyxatga olingandan soʻng), quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 30315 “Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli” yoki
Dt 30318 “Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy” — aksiyaning nominal qiymatiga;
Kt 30321 “Aksiyadorlardan qayta sotib olingan oʻz aksiyalari — Imtiyozli (kontr-passiv)” yoki
Kt 30324 “Aksiyadorlardan qayta sotib olingan oʻz aksiyalari — Oddiy (kontr-passiv)” — aksiyani sotib olish qiymatiga.
103. Bankning oʻz aksiyalarini sotib olish bilan ularning nominal qiymati oʻrtasidagi ijobiy yoki salbiy farq 30603 “Qoʻshilgan kapital — Imtiyozli” balans hisobvaragʻining mos ravishda debeti yoki kreditida hisobga olinadi. Hisobvaraqning kredit qoldigʻi yetarli boʻlmaganda, yetmagan salbiy farq 31206 “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” balans hisobvaragʻiga olinadi.
Bir vaqtning oʻzida quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96314 “Bankning qimmatli qogʻozlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 90329 “Bankning hujjatsiz qimmatli qogʻozlari”.
104. Hujjatsiz yoki hujjatli qimmatli qogʻozlarning blankalari Markaziy depozitariyda hisobga olinganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 90327 “Bankning qimmatli qogʻozlari blankalari”;
Kt 96314 “Bankning qimmatli qogʻozlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”;
Dt 90329 “Bankning hujjatsiz qimmatli qogʻozlari”;
Kt 96314 “Bankning qimmatli qogʻozlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”
105. Qimmatli qogʻozlar nominal qiymati boʻyicha joylashtirilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
Dt Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning hisobvaragʻi;
Kt 23600 “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar”;
Dt 96314 “Bankning qimmatli qogʻozlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 90327 “Bankning qimmatli qogʻozlari blankalari”;
Dt 96314 “Bankning qimmatli qogʻozlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 90329 “Bankning hujjatsiz qimmatli qogʻozlari”.
106. Qimmatli qogʻoz nominal qiymatidan yuqori bahoda sotilganda sotish bahosi va nominal qiymat oʻrtasidagi farq (mukofot) 23696 “Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha mukofot” hisobvaragʻining kreditiga sotish kunida quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali oʻtkaziladi:
Dt Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning hisobvaragʻi — qimmatli qogʻozni sotish qiymatiga;
Kt 23600 “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar” — qimmatli qogʻozning nominal qiymatiga;
Kt 23696 “Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha mukofot” — qimmatli qogʻozni sotish qiymati va nominal qiymati oʻrtasidagi farq summasiga.
Bir vaqtning oʻzida qimmatli qogʻoz blankasiga qimmatli qogʻozni oluvchi haqidagi tegishli yozuvlar kiritilganda yoki qimmatli qogʻozlar investorning depo hisobvaragʻiga oʻtkazilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96314 “Bankning qimmatli qogʻozlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 90327 “Bankning qimmatli qogʻozlari blankalari”;
Dt 96314 “Bankning qimmatli qogʻozlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 90329 “Bankning hujjatsiz qimmatli qogʻozlari”.
107. Qimmatli qogʻoz nominal qiymatidan past bahoda sotilsa, nominal qiymati va sotish bahosi oʻrtasidagi farq (diskont) 23698 “Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha diskont (kontr-passiv)” balans hisobvaragʻining debetiga sotish sanasida quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali oʻtkaziladi:
Dt Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning hisobvaragʻi — qimmatli qogʻozni sotish qiymatiga;
Dt 23698 “Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha diskont (kontr-passiv)” — qimmatli qogʻozning nominal qiymati va sotish qiymati oʻrtasidagi farq summasiga;
Kt 23600 “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar” — qimmatli qogʻozning nominal qiymatiga.
Diskontlar balans hisobotida chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning umumiy summasidan chegirma koʻrinishida aks ettiriladi.
108. Agar qimmatli qogʻozlar foizlarni toʻlash davrlari orasida sotilgan boʻlsa, sotilgan va toʻlanishi lozim boʻlgan foizli majburiyatlar quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali sotish sanasida hisobga olinadi:
Dt Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning hisobvaragʻi;
Kt 22414 “Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar”.
109. Qimmatli qogʻozlar soʻndirish yoki qayta sotish shartlari bilan sotib olinganda, balansdan hisobdan chiqariladi. Agar sotib olish balans qiymatida boʻlsa, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
1) ilgari nominal qiymatda sotilgan qimmatli qogʻozlar sotib olinganda:
Dt 23600 “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar” — nominal qiymatga;
Kt Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning hisobvaragʻi — nominal qiymatga;
2) ilgari diskont bilan sotilgan qimmatli qogʻozlar sotib olinganda:
Dt 23600 “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar” — nominal qiymatga;
Kt 23698 “Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha diskont (kontr-passiv)” — diskontning qoldiq qiymati doirasida;
Kt Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning hisobvaragʻi — qimmatli qogʻozni sotib olish qiymatiga;
3) ilgari mukofot bilan sotilgan qimmatli qogʻozlar sotib olinganda:
Dt 23600 “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar” — nominal qiymatga;
Dt 23696 “Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha mukofot” — mukofotning qoldiq qiymati doirasida;
Kt Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning hisobvaragʻi — qimmatli qogʻozni sotib olish qiymatiga;
4) hisoblangan foizlarni toʻlashda:
Dt 22414 “Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar”;
Kt Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning hisobvaragʻi.
110. Agar bank qimmatli qogʻozni nominal qiymatidan past bahoda sotib olsa, nominal qiymat va sotib olish bahosi oʻrtasida ijobiy farq 45994 “Boshqa foizsiz daromadlar” balans hisobvaragʻining “Chiqarilgan qarz majburiyatlari bilan bogʻliq operatsiyalardan olingan daromadlar” alohida shaxsiy hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi. Agar bank tomonidan qimmatli qogʻoz balans qiymatidan yuqori bahoda sotib olinsa, balans qiymati va sotib olish bahosi oʻrtasidagi salbiy farq 55995 “Boshqa foizsiz xarajatlar” balans hisobvaragʻining “Chiqarilgan qarz majburiyatlari bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha qilingan xarajatlar” alohida shaxsiy hisobvaragʻining debetida aks ettiriladi.
111. Agar bank qimmatli qogʻozni bekor qilish maqsadida sotib olgan boʻlsa, u holda qimmatli qogʻozlar 1 soʻm shartli bahoda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali hisobga olinadi:
Dt 90327 “Bankning qimmatli qogʻozlari blankalari”;
Kt 96314 “Bankning qimmatli qogʻozlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”;
Dt 90329 “Bankning hujjatsiz qimmatli qogʻozlari”;
Kt 96314 “Bankning qimmatli qogʻozlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”.
112. Agar bank qimmatli qogʻozlarni qayta sotish maqsadida sotib olgan boʻlsa, u holda qimmatli qogʻozlar nominal qiymat boʻyicha quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali kirim qilinadi:
Dt 90337 “Bankning sotib olingan qimmatli qogʻozlari”;
Kt 96314 “Bankning qimmatli qogʻozlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”.
113. Mijozdan yoki bank-korrespondentdan mahalliy (ichki) yoki xorijiy (ichki) veksellar inkassoga qabul qilinganda, bank tomonidan vekselning nominal qiymatiga balansdan tashqari hisobvaraqlarida quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 90965 “Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar — Mahalliy” yoki
Dt 90972 “Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar — Xorijiy”;
Kt 96323 “Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar boʻyicha kontr-hisobvaraq”.
114. Veksel boʻyicha toʻlov toʻliq yoki qisman amalga oshirilganda yoki toʻlovsiz qaytarilganda (toʻlashdan bosh tortish yoki hisobvaragʻida mablagʻ yetishmaslik hollarida) quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96323 “Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar boʻyicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 90965 “Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar — Mahalliy” yoki
90972 “Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar — Xorijiy”.
Veksel boʻyicha qisman toʻlov amalga oshirilganda vekselning toʻlanmagan summasi 90963 “Muddatida toʻlanmagan hisob-kitob hujjatlari” hisobvaragʻiga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali oʻtkaziladi:
Dt 90963 “Muddatida toʻlanmagan hisob-kitob hujjatlari”;
Kt 96321 “Muddatida toʻlanmagan hisob-kitob hujjatlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”.
115. Veksel boʻyicha bankda oʻz hisobvaragʻiga ega boʻlmagan toʻlovchilar yoki vakil-banklardan toʻlovni olish uchun veksellar inkassoga joʻnatilganda, ularning nominal qiymatiga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 90979 “Inkassoga joʻnatilgan (tashqi) veksellar — Mahalliy” yoki
90986 “Inkassoga joʻnatilgan veksellar — xorijiy”;
Kt 96330 “Inkassoga joʻnatilgan (tashqi) veksellar boʻyicha kontr-hisobvaraq”.
116. Veksel toʻlovchisi tomonidan veksel boʻyicha toʻlov amalga oshirilgandan soʻng quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96330 “Inkassoga joʻnatilgan (tashqi) veksellar boʻyicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 90979 “Inkassoga joʻnatilgan (tashqi) veksellar — Mahalliy” yoki
Kt 90986 — “Inkassoga joʻnatilgan veksellar — xorijiy”.
117. Banklar qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq inkasso operatsiyalaridan daromadlar va xarajatlar koʻrishi mumkin. Bu holda, daromadlar 45257 “Mijozlarga inkasso operatsiyalari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar” hisobvaragʻida va xarajatlar 55158 “Inkasso operatsiyalarini amalga oshirish boʻyicha va vositachilik xarajatlari” hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
118. Qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun mijozlar tomonidan oʻtkazilgan pul mablagʻlari hamda vositachilik va topshiriq shartnomalari boʻyicha mijozlarning qimmatli qogʻozlarini sotishdan olingan pul mablagʻlarining hisobi 22608 “Mijozlarning qimmatli qogʻozlar bilan boʻladigan operatsiyalar boʻyicha mablagʻlari” balans hisobvaragʻining “Qimmatli qogʻozlar bilan brokerlik operatsiyalari boʻyicha mijozlar mablagʻlari” alohida hisobvaragʻida yuritiladi.
119. Sotish uchun yoki mijozning topshirigʻiga asosan sotib olingan qimmatli qogʻozlar 93616 “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qogʻozlari” va 93623 “Shartli tarzda saqlanayotgan xususiy qimmatli qogʻozlar/tijorat hujjatlari” balansdan tashqari hisobvaraqlarida nominal qiymat boʻyicha hisobga olinadi:
Dt 93616 “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qogʻozlari” yoki
Dt 93623 “Shartli tarzda saqlanayotgan xususiy qimmatli qogʻozlar/tijorat hujjatlari”;
Kt 96379 “Saqlanayotgan qimmatli qogʻozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar boʻyicha kontr-hisobvaraq”.
120. Mijozlarning topshirigʻiga koʻra sotish uchun olingan qimmatli qogʻozlar sotilmaganda, ular mijozlarga qaytarilganda, shuningdek mijozlarga ularning topshirigʻi boʻyicha sotib olingan qimmatli qogʻozlarni topshirishda qimmatli qogʻozlarning nominal qiymatiga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96379 “Saqlanayotgan qimmatli qogʻozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar boʻyicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 93616 “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qogʻozlari” yoki
Kt 93623 “Shartli tarzda saqlanayotgan xususiy qimmatli qogʻozlar/tijorat hujjatlari”.
121. Banklar tomonidan vositachilik operatsiyalarini bajarishdan olingan daromadlar 45209 “Qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirilgan investitsiyaviy vositachilik operatsiyalari boʻyicha daromadlar” balans hisobvaragʻining kreditida hisobga olinadi.
122. Qimmatli qogʻozlar emitentdan joylashtirish uchun olinganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 93616 “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qogʻozlari” yoki
Dt 93623 “Shartli tarzda saqlanayotgan xususiy qimmatli qogʻozlar/tijorat hujjatlari”;
Kt 96379 “Saqlanayotgan qimmatli qogʻozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar boʻyicha kontr-hisobvaraq”.
123. Emitentning qimmatli qogʻozlarini joylashtirishdan olingan pul mablagʻlarining hisobi 22608 “Mijozlarning qimmatli qogʻozlar bilan boʻladigan operatsiyalar boʻyicha mablagʻlari” balans hisobvaragʻining “Qimmatli qogʻozlarning chiqarilishiga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq emitentlar mablagʻlari” alohida shaxsiy hisobvaragʻida hisobga olinadi.
124. Qimmatli qogʻozlarni ularning birinchi egalariga joylashtirishda, shuningdek joylashtirilmagan qimmatli qogʻozlarni emitentga qaytarishda qimmatli qogʻozlarning nominal qiymati boʻyicha quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96379 “Saqlanayotgan qimmatli qogʻozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar boʻyicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 93616 “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qogʻozlari” yoki
Kt 93623 “Shartli tarzda saqlanayotgan xususiy qimmatli qogʻozlar/tijorat hujjatlari”.
125. Bank qimmatli qogʻozlarni emitentning topshirigʻiga asosan emitentning mablagʻlari hisobiga soʻndiradi. Emitentdan olingan mablagʻlar 22608 “Mijozlarning qimmatli qogʻozlar bilan boʻladigan operatsiyalar boʻyicha mablagʻlari” balans hisobvaragʻining “Qimmatli qogʻozlarni chiqarish boʻyicha emitentlarning mablagʻlari” alohida shaxsiy hisobvaragʻida hisobga olinadi. Emitentning qimmatli qogʻozlari soʻndirilganda, soʻndirish summasiga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi.
Dt 22608 “Mijozlarning qimmatli qogʻozlar bilan boʻladigan operatsiyalar boʻyicha mablagʻlari”;
Kt Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning hisobvaragʻi.
Bir vaqtning oʻzida soʻndirilgan qimmatli qogʻozlarning blankalari balansdan tashqari hisobvaraqlariga 1 soʻm shartli bahoda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari orqali kirim qilinadi:
Dt 90303 “Davlatning qimmatli qogʻozlari blankalari”;
Kt 96305 “Davlatning qimmatli qogʻozlari blankalari boʻyicha kontr-hisobvaraq” yoki
Dt 90317 “Boshqa tashkilot va muassasalarning qimmatli qogʻozlari blankalari”;
Kt 96315 “Boshqa tashkilot va muassasalarning qimmatli qogʻozlari blankalari boʻyicha kontr-hisobvaraq”.
126. Emitentning topshirigʻiga koʻra soʻndirilgan qimmatli qogʻozlarning blankalarini emitentga oʻtkazishda yoki bekor qilishda 1 soʻm shartli bahoda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96305 “Davlatning qimmatli qogʻozlari blankalari boʻyicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 90303 “Davlatning qimmatli qogʻozlari blankalari” yoki
Dt 96315 “Boshqa tashkilot va muassasalarning qimmatli qogʻozlari blankalari boʻyicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 90317 “Boshqa tashkilot va muassasalarning qimmatli qogʻozlari blankalari”.
127. Anderrayting xizmatlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar 45294 “Boshqa koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” hisobvaragʻining “Qimmatli qogʻozlarning chiqarilishiga xizmat koʻrsatish boʻyicha bank operatsiyalaridan olingan daromadlar” alohida shaxsiy hisobvaragʻida hisobga olinadi.
128. Mijozlardan qimmatli qogʻozlar saqlash uchun qabul qilinganda nominal qiymati boʻyicha quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 93616 “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qogʻozlari” yoki
Dt 93623 “Shartli tarzda saqlanayotgan xususiy qimmatli qogʻozlar/tijorat hujjatlari”;
Kt 96379 “Saqlanayotgan qimmatli qogʻozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar boʻyicha kontr-hisobvaraq”.
129. Qimmatli qogʻozlar saqlashdan chiqarilib mijozga qaytarilganda, nominal qiymat boʻyicha quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96379 “Saqlanayotgan qimmatli qogʻozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar boʻyicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 93616 “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qogʻozlari” yoki
Kt 93623 “Shartli tarzda saqlanayotgan xususiy qimmatli qogʻozlar/tijorat hujjatlari”.
130. Saqlash operatsiyalarini amalga oshirishdan olingan daromadlar 45294 “Boshqa koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” balans hisobvaragʻining “Bankning qimmatli qogʻozlarni saqlash boʻyicha bajargan operatsiyalaridan olingan daromadlar” alohida shaxsiy hisobvaragʻining kreditida hisobga olinadi.
131. REPO bitimlari boʻyicha sotilgan qimmatli qogʻozlar 22300 “REPO bitimlari boʻyicha sotilgan qimmatli qogʻozlar” balans hisobvaragʻining tegishli hisobvaragʻida hisobga olinadi. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdi bitimlari toʻgʻrisidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda qimmatli qogʻozlarni sotuvchi bank tomonidan bitimning birinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlarni sotish summasida quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
Dt Bankning vakillik hisobvaragʻi yoki mijozning hisobvaragʻi;
Kt 22300 “REPO bitimlari boʻyicha sotilgan qimmatli qogʻozlar”.
Bir vaqtning oʻzida balansdan tashqari hisobvaraqlar boʻyicha:
Dt 92802 “Qimmatli qogʻozlarni sotib olish boʻyicha muddatli bitimlar”;
Kt 96374 “Qimmatli qogʻozlarni sotib olish boʻyicha muddatli bitimlar kontr-hisobvaragʻi”.
92802 “Qimmatli qogʻozlarni sotib olish boʻyicha muddatli bitimlar” hisobvaragʻida qimmatli qogʻozlar REPO operatsiyasining birinchi qismiga muvofiq, qimmatli qogʻozlarning sotilish sanasidan boshlab, bank tomonidan REPO operatsiyasining ikkinchi qismiga muvofiq, qimmatli qogʻozlarni sotib olish muddatigacha hisobga olinadi.
132. REPO operatsiyasining ikkinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlarni qayta sotib olish bahosi hamda REPO operatsiyasining birinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlarni sotish bahosi oʻrtasidagi farq oʻz mohiyatiga koʻra olingan pul mablagʻlari uchun toʻlov hisoblanadi. Koʻrsatilgan farq amortizatsiya qilinadi va sotuvchi bank tomonidan har oyda qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimi toʻgʻrisidagi kelishuvning amal qilish muddati davomida foizli xarajatlar hisobvaragʻiga olib boriladi:
Dt 54300 “Qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari boʻyicha foizli xarajatlar”;
Kt 22300 “REPO bitimlari boʻyicha sotilgan qimmatli qogʻozlar”.
133. Agar REPO kelishuvning birinchi qismi boʻyicha REPO summasi foiz (kupon) daromadlari miqdorida kamayishi koʻzda tutilgan boʻlsa, u holda REPO summasi dastlabki sotib oluvchi tomonidan olingan foiz (kupon) daromadlari miqdorida kamayadi va quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 22300 “REPO bitimlari boʻyicha sotilgan qimmatli qogʻozlar”;
Kt REPO bitimining obyekti boʻlgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan foizlarning tegishli hisobvaragʻi.
134. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimlari toʻgʻrisidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank tomonidan kelishuvning ikkinchi qismi boʻyicha qayta sotib olingan qimmatli qogʻozlar summasiga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 22300 “REPO bitimlari boʻyicha sotilgan qimmatli qogʻozlar”;
Kt Bankning vakillik hisobvaragʻi yoki mijozning hisobvaragʻi.
Bir vaqtning oʻzida balansdan tashqari hisobvaraqlarda kelishuvning ikkinchi qismi boʻyicha qayta sotib olingan qimmatli qogʻozlar qiymatida quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96374 “Qimmatli qogʻozlarni sotib olish boʻyicha muddatli bitimlar kontr-hisobvaragʻi”,
Kt 92802 “Qimmatli qogʻozlarni sotib olish boʻyicha muddatli bitimlar”.
135. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimlari toʻgʻrisidagi kelishuvning ikkinchi qismi bajarilmagan hamda qimmatli qogʻozlar sotib oluvchi portfeliga oʻtkazilgan taqdirda, sotuvchi bank quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi:
Dt 22300 “REPO bitimlari boʻyicha sotilgan qimmatli qogʻozlar” — bitimning ikkinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozni qayta sotib olish summasiga;
Kt 10700 “Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlar”, 10800 “Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar”, 15900 “Amortizatsiyalangan qiymati boʻyicha baholanadigan qarz qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar”.
Kelishuvning ikkinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlarni sotib olish bahosi va uning balans qiymati oʻrtasidagi farq tegishli foyda yoki zarar hisobvaragʻida aks ettiriladi.
Bir vaqtning oʻzida balansdan tashqari hisobvaraqlarda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96374 “Qimmatli qogʻozlarni sotib olish boʻyicha muddatli bitimlar kontr-hisobvaragʻi”;
Kt 92802 “Qimmatli qogʻozlarni sotib olish boʻyicha muddatli bitimlar”.
136. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimlari toʻgʻrisidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda, qimmatli qogʻozlarni sotib oluvchi bank kelishuvning ikkinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlarning sotib olish summasiga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini bajaradi:
Dt 11800 “REPO bitimlari boʻyicha sotib olingan qimmatli qogʻozlar”;
Kt Bankning vakillik hisobvaragʻi yoki mijozning hisobvaragʻi.
Bir vaqtning oʻzida bank tomonidan sotib olingan va qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimlari toʻgʻrisidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank sotishi lozim boʻlgan qimmatli qogʻozlar qiymatiga balansdan tashqari hisobvaraqlarida quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi:
Dt 92806 “Qimmatli qogʻozlarni sotish boʻyicha muddatli bitimlar”;
Kt 96376 “Qimmatli qogʻozlarni sotish boʻyicha muddatli bitimlar kontr-hisobvaragʻi”.
92806 “Qimmatli qogʻozlarni sotish boʻyicha muddatli bitimlar” hisobvaragʻida qimmatli qogʻozlar REPO operatsiyasining birinchi qismiga muvofiq qimmatli qogʻozlarni sotib olish sanasidan boshlab bank tomonidan REPO operatsiyasining ikkinchi qismiga muvofiq qimmatli qogʻozlarni sotish muddatigacha hisobga olinadi.
137. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimlari toʻgʻrisidagi kelishuvning ikkinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlarni qayta sotish bahosi va kelishuvning birinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlar sotib olish bahosi oʻrtasidagi farq oʻz mohiyatiga koʻra berilgan pul mablagʻlari uchun toʻlov hisoblanadi. Koʻrsatilgan farq amortizatsiya qilinadi va oluvchi bank tomonidan har oyda qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimi toʻgʻrisidagi kelishuvning amal qilish muddati davomida foizli daromadlar hisobvaragʻida hisobga olinadi:
Dt 11800 “REPO bitimlari boʻyicha sotib olingan qimmatli qogʻozlar”;
Kt 45000 “Qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari boʻyicha foizli daromadlar”.
Banklar REPO bitimi boʻyicha kontragentning moliyaviy ahvoli yomonlashgan holda qimmatli qogʻozlarni qayta sotib olishi bankda shubha uygʻotsa, foizli daromad bank balansidan quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan hisobdan chiqarilishi kerak:
Dt 45000 “Qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari boʻyicha foizli daromadlar”;
Kt 11800 “REPO bitimlari boʻyicha sotib olingan qimmatli qogʻozlar”.
Hisobdan chiqarilgandan soʻng kelishuvning ikkinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlarni qayta sotish bahosi va kelishuvning birinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlarni sotib olish bahosi oʻrtasidagi farq amortizatsiyasi balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinadi:
Dt 95411 “Olinishi lozim boʻlgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisoblangan foizlar”;
Kt 96333 “Olinishi lozim boʻlgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisoblangan foizlar kontr-hisobvaragʻi”.
Balansdan tashqari hisobvaraqda yuritiladigan hisob REPO kelishuvining ikkinchi qismi bajarilganidan soʻng toʻxtatiladi:
Dt 96333 “Olinishi lozim boʻlgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisoblangan foizlar kontr-hisobvaragʻi”;
Kt 95411 “Olinishi lozim boʻlgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisoblangan foizlar”.
138. Balans hisoboti sanasida kelishuvning birinchi qismi boʻyicha sotib olingan qimmatli qogʻozlarning bozor qiymati balans qiymati (11800 “REPO bitimlari boʻyicha sotib olingan qimmatli qogʻozlar” hisobvaragʻida hisobga olingan summa) bilan tenglashtiriladi. Bozor qiymati balans qiymatidan tushib ketsa, bank xarajatlari hisobidan ehtimoliy yoʻqotishlar zaxirasi tashkil etiladi. Bunda, balans qiymati va bozor qiymati oʻrtasidagi farq 56824 “Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash — REPO bitimlari” hisobvaragʻining debetida hisobga olinadi:
Dt 56824 “Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash — REPO bitimlari”;
Kt 11899 “Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi — REPO bitimlari boʻyicha sotib olingan qimmatli qogʻozlar (kontr-aktiv)”.
Bozor qiymati balans qiymatidan oshib ketsa, zaxira nolga tenglashtiriladi:
Dt 11899 “Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi — REPO bitimlari boʻyicha sotib olingan qimmatli qogʻozlar (kontr-aktiv)”;
Kt 56824 “Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash — REPO bitimlari”.
139. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimlari toʻgʻrisidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi:
Dt Bankning vakillik hisobvaragʻi yoki mijozning hisobvaragʻi;
Kt 11800 “REPO bitimlari boʻyicha sotib olingan qimmatli qogʻozlar” — bitimning ikkinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozni qayta sotib olish summasiga.
Bir vaqtning oʻzida qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimlari toʻgʻrisidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank tomonidan sotilgan qimmatli qogʻozlar qiymatiga balansdan tashqari hisobvaragʻi boʻyicha quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96376 “Qimmatli qogʻozlarni sotish boʻyicha muddatli bitimlar kontr-hisobvaragʻi”;
Kt 92806 “Qimmatli qogʻozlarni sotish boʻyicha muddatli bitimlar”.
140. Bank qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimlari toʻgʻrisidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarish sanasida 11800 “REPO bitimlari boʻyicha sotib olingan qimmatli qogʻozlar” hisobvaragʻida hisobga olingan qimmatli qogʻozlarning balans qiymati kelishuvning birinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlarni sotib olish summasiga teng boʻlishi lozim.
Bu holatda kelishuvning ikkinchi qismi bajarilmagan va qimmatli qogʻozlar sotib oluvchi bank portfeliga oʻtkazilgan taqdirda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
1) qimmatli qogʻozlarning bozor qiymati kelishuvining birinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlarni sotib olish summasidan oshib ketsa:
a) ehtimoliy yoʻqotishlar zaxirasi miqdorini toʻgʻrilashga doir buxgalteriya oʻtkazmasi (zarur boʻlsa) amalga oshiriladi;
b) qimmatli qogʻozlarni bank portfeliga oʻtkazish boʻyicha buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10700 “Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlar” yoki
Dt 10800 “Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar” yoxud
Dt 15900 “Amortizatsiyalangan qiymati boʻyicha baholanadigan qarz qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar”;
Kt 11800 “REPO bitimlari boʻyicha sotib olingan qimmatli qogʻozlar” — bitimning birinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozni sotib olish summasiga.
2) qimmatli qogʻozning bozor qiymati kelishuvning birinchi qismi boʻyicha sotib olingan qiymatidan kam boʻlganda:
a) zaxira miqdorini oʻzgartirish boʻyicha buxgalteriya oʻtkazmasi (lozim boʻlganda) amalga oshiriladi;
b) qimmatli qogʻozlarni bank portfeliga oʻtkazish boʻyicha quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10700 “Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlar” yoki
Dt 10800 “Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar” yoxud
Dt 15900 “Amortizatsiyalangan qiymati boʻyicha baholanadigan qarz qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar” — qimmatli qogʻozni bozor qiymatiga;
Dt 11899 “Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi — REPO bitimlari boʻyicha sotib olingan qimmatli qogʻozlar (kontr-aktiv)” — shakllantirilgan zaxira summasiga;
Kt 11800 “REPO bitimlari boʻyicha sotib olingan qimmatli qogʻozlar” — bitimning birinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozni sotib olish summasiga.
Bir vaqtning oʻzida balansdan tashqari hisobvaraqda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96376 “Qimmatli qogʻozlarni sotish boʻyicha muddatli bitimlar kontr-hisobvaragʻi”;
Kt 92806 “Qimmatli qogʻozlarni sotish boʻyicha muddatli bitimlar”.
141. Bank qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimlari toʻgʻrisidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarish sanasida 11800 “REPO bitimlari boʻyicha sotib olingan qimmatli qogʻozlar” hisobvaragʻida hisobga olingan qimmatli qogʻozlarning balans qiymati kelishuvning ikkinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlar qayta sotuvi summasiga teng boʻlishi lozim.
Kelishuvning ikkinchi qismi bajarilmagan holda bank foizli daromadlarni quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali balansdan chiqarishi shart:
Dt 45000 “Qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari boʻyicha foizli daromadlar”;
Kt 11800 “REPO bitimlari boʻyicha sotib olingan qimmatli qogʻozlar”.
142. Bank REPO bitimlarini qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi operatsiyalari sifatida hisobga olishi mumkin:
1) qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimlari toʻgʻrisidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda qimmatli qogʻozlar sotuvchisi boʻlgan bank qimmatli qogʻozlarni sotish boʻyicha tegishli buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi. Bunda sotilgan qimmatli qogʻozlar bank balansidan chiqariladi.
Bir vaqtning oʻzida bank tomonidan sotilgan va qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimlari toʻgʻrisidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank sotib olishi lozim boʻlgan qimmatli qogʻozlar qiymatiga balansdan tashqari hisobvaragʻida quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 92802 “Qimmatli qogʻozlarni sotib olish boʻyicha muddatli bitimlar”;
Kt 96374 “Qimmatli qogʻozlarni sotib olish boʻyicha muddatli bitimlar kontr-hisobvaragʻi”.
92802 “Qimmatli qogʻozlarni sotib olish boʻyicha muddatli bitimlar” hisobvaragʻida qimmatli qogʻozlar REPO operatsiyasining birinchi qismiga muvofiq, qimmatli qogʻozlarni sotib olish sanasidan boshlab, bank tomonidan REPO operatsiyasining ikkinchi qismiga muvofiq, qimmatli qogʻozlarni sotish muddatigacha hisobga olinadi.
2) Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimlari toʻgʻrisidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank qimmatli qogʻozlarni sotib olish boʻyicha tegishli buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi.
Bir vaqtning oʻzida qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimlari toʻgʻrisidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank tomonidan sotib olingan qimmatli qogʻozlar qiymatiga balansdan tashqari hisobvaraq boʻyicha quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96374 “Qimmatli qogʻozlarni sotib olish boʻyicha muddatli bitimlar kontr-hisobvaragʻi”;
Kt 92802 “Qimmatli qogʻozlarni sotib olish boʻyicha muddatli bitimlar”.
143. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimlari toʻgʻrisidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda qimmatli qogʻozlar sotib oluvchisi boʻlgan bank qimmatli qogʻozlarni sotish boʻyicha tegishli buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi.
Bir vaqtning oʻzida bank tomonidan sotib olingan va qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimlari toʻgʻrisidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda, bank sotishi lozim boʻlgan qimmatli qogʻozlar qiymatiga balansdan tashqari hisobvaraqda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 92806 “Qimmatli qogʻozlarni sotish boʻyicha muddatli bitimlar”;
Kt 96376 “Qimmatli qogʻozlarni sotish boʻyicha muddatli bitimlar kontr-hisobvaragʻi”.
92806 “Qimmatli qogʻozlarni sotish boʻyicha muddatli bitimlar” hisobvaragʻida qimmatli qogʻozlar REPO operatsiyasining birinchi qismiga muvofiq, qimmatli qogʻozlarni sotib olish sanasidan boshlab, bank tomonidan REPO operatsiyasining ikkinchi qismiga muvofiq, qimmatli qogʻozlarni sotish muddatigacha hisobga olinadi.
144. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimlari toʻgʻrisidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda, bank qimmatli qogʻozlarni sotish boʻyicha tegishli buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi. Bunda, sotilgan qimmatli qogʻozlar bank balansidan chiqariladi.
Bir vaqtning oʻzida qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimlari toʻgʻrisidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda, bank tomonidan sotilgan qimmatli qogʻozlar qiymatiga balansdan tashqari hisobvaragʻi boʻyicha quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96376 “Qimmatli qogʻozlarni sotish boʻyicha muddatli bitimlar kontr-hisobvaragʻi”;
Kt 92806 “Qimmatli qogʻozlarni sotish boʻyicha muddatli bitimlar”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)