19.04.2023 yildagi 161-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.11.2023 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratishni takomillashtirish hamda aholining doimiy daromad manbalarini koʻpaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-son qarori ijrosini taʼminlash hamda hududlarda aholining daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat bilan shugʻullanishiga koʻmaklashish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-son qaroriga muvofiq 2023-yilda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari (keyingi oʻrinlarda — Dasturlar) doirasida aholi va tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini moliyalashtirish uchun jami 13 trln soʻm, shundan 2,8 trln soʻm “Mikrokreditbank” ATB, AT Xalq banki va “Agrobank” ATB (keyingi oʻrinlarda — vakolatli banklar) resurslari hisobidan yoʻnaltirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlarni yillik 14 foiz stavkada ajratish tartibi saqlab qolinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tumanlar hokimliklari bilan birgalikda tumanlarda uzoq muddatga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ijaraga olgan dehqon xoʻjaliklariga yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib “bir mahalla-bir mahsulot” tamoyili asosida mahsulotlar yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlar bozorini topishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi vakolatli banklar bilan birgalikda ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishini hokim yordamchilari va bank filiallari xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda monitoring qilib borilishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi “marketpleys” tizimi taʼminotchilar taklif etayotgan mahsulotlar (xizmatlar) boʻyicha ustun mavqeyini suiisteʼmol qilishning, taʼminotchilarning oʻzaro kelishib qilingan harakatlari va til biriktirishlari orqali narxlarning asossiz oʻsishining oldini olish, yetkazib berilayotgan mahsulotlar (koʻrsatilayotgan xizmatlar) narxlarining hududdagi ichki bozor narxlariga mutanosib boʻlishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchilarining kredit ajratish boʻyicha tavsiya berishiga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi vakolatli banklar bilan birgalikda “marketpleys” tizimini “E-aktiv” axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tumanlar (shaharlar) hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarda aholi va tadbirkorlik subyektlariga dasturlarning maqsadi va kredit olish tartiblari boʻyicha doimiy ravishda tushuntirishlar berib borilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit olish uchun tavsiyalar ustuvor ravishda uzoq muddatga qishloq hoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini ijaraga olib, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan dehqon xoʻjaliklariga berilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan oilalarga yangi loyihalarni amalga oshirish hamda ayrim sabablarga koʻra faoliyatini toʻxtatgan tadbirkorlik subyektlari va hunarmandlar faoliyatini qayta tiklash uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilishi, mavjud muammolar hal etilishiga amaliy yordam berilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarda ajratilgan kreditlardan maqsadli va samarali foydalanish holati boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muntazam muhokama qilib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli banklar bilan birgalikda ajratilgan kreditlarning ularni soʻndirish grafigiga muvofiq qaytarilishini va muammoli kreditlarni undirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni har oy yakuni boʻyicha muhokama qilib, tumanlarda (shaharlarda) kreditlash prognozlari soʻndirilmasdan qolib ketgan mablagʻlarga mos ravishda kamaytirib borilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar (shaharlar) hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari — Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari rahbarlarining dasturlar ijrosini, shu jumladan, ajratilgan kreditlar samaradorligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida har chorak yakuni boʻyicha xalq deputatlari tumanlar (shaharlar) Kengashlarida hisobot berib borishini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tumanlarda (shaharlarda) dasturlarni amalga oshirishdan koʻzlangan maqsadlarga erishilishi, dasturlarning aholi bandligini taʼminlash va daromad manbaini oshirishga taʼsiri, ajratilgan imtiyozli kreditlar samaradorligi, yuzaga kelgan muammoli kreditlar va uning sabablari, muammoli kreditlarni qaytarish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi toʻgʻrisida batafsil hisobot berilishini nazoratga olsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, dasturlar doirasida 50 mln soʻmgacha garovsiz kreditlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-452-son qaroriga asosan zargarlik ishi yoʻnalishi boʻyicha maxsus oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, tegishli sertifikatni olgan shaxslarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan jihozlar va asbob-uskunalarni sotib olish maqsadlari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrar tarmoqda oʻz biznesini tashkil etishga koʻmaklashish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish maqsadida uzoq muddatga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini ijaraga olib, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan dehqon xoʻjaliklari va kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Markaziy bank va vakolatli banklar bilan birgalikda bir oy muddatda hokim yordamchilarini dasturlar va ular doirasida kreditlar ajratish tartibi boʻyicha oʻqitish ishlarini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda “elektron savdo maydonchasi” tizimida qarz oluvchilarning taʼminotchilar bilan elektron shartnoma tuzish, hisob-fakturalarni tasdiqlash, elektron raqamli imzodan foydalanish va boshqa shartnomaviy munosabatlarni amalga oshirish jarayonlarining sodda, xalqchil tilda ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, televideniye orqali keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 19-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, bandlik, moliya, investitsiya” soʻzlari “kambagʻallikni qisqartirish va bandlik, iqtisodiyot va moliya, investitsiyalar, sanoat va savdo” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 7-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chorvachilikni rivojlantirish yoʻnalishidagi kreditlar aholi va tadbirkorlik subyektlariga kamida 10 boshdan 50 boshgacha chetdan keltirilgan yoki mahalliylashtirilgan (naslchilik xoʻjaliklarida yetishtirilgan) va chorva hayvonlarini identifikatsiyalash tizimida aks etgan chorva mollarini (qoramol, qoʻy, echki) boqish maqsadida ferma tashkil etish uchun ajratiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 9-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ichki turizmni rivojlantirish yoʻnalishida aylanma mablagʻlarni toʻldirishga kreditlar 18 oy muddatgacha ajratiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“13. Jismoniy shaxslar hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan kichik tadbirkorlik subyektlariga 33 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda kredit ajratilishida hokim yordamchisining tavsiyanomasi asos hisoblanadi. Bunda tijorat banklari oʻz mablagʻlari hisobidan kreditning qaytmaslik xatarini sugʻurtalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim yordamchisining tavsiyalari asosida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan kichik tadbirkorlik subyektlariga uchinchi shaxs kafilligi, sugʻurta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining kafilligi va qonunchilik hujjatlari doirasidagi boshqa taʼminot turlari inobatga olingan holda, 300 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda imtiyozli kredit ajratiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 15-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur garovsiz kreditlarning qaytarilmaslik xavfi tashabbuskor hisobidan kredit olishdan oldin sugʻurtalanadi, tashabbuskor tomonidan kredit evaziga olingan asosiy vositalarga tijorat banki tomonidan taqiq qoʻyiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagi mazmundagi 151-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“151. “Temir daftar”, “Ayollar” daftari, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning kredit olish yuzasidan arizalari alohida navbat asosida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Dasturlar doirasida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga ajratilgan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanilishi va oʻz vaqtida soʻndirilishi yuzasidan mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi mahalla raisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va tijorat banklari bilan birgalikda doimiy monitoring va nazorat tizimini oʻrnatadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “tizim” soʻzi “Yagona elektron platforma” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshi “toʻliq qaytarilmagan krediti mavjud boʻlganda” soʻzlaridan keyin “(Fermer, dehqon hoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan ajratiladigan kreditlar bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 19-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hokim yordamchilari tomonidan kredit ajratish uchun tavsiyanomalar ustuvor ravishda, kreditlardan avval foydalanmagan aholi va tadbirkorlik subyektlariga beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“20. Hokim yordamchisi tavsiyanoma berishdan avval amalga oshirilayotgan loyihaning oʻziga xos xususiyatlari va mavsumiyligini inobatga olgan holda “Hunarmand” uyushmasi, Bandlikka koʻmaklashish va mahalliy hokimliklar huzuridagi jamgʻarmalar, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda sohaga masʼul uyushma va tashkilotlarning xulosalarini olish, ular orqali tegishli qaror qabul qilish vakolatiga ega”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fermer, dehqon hoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kreditlar hududiy fermer, dehqon hoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tavsiyanomasiga koʻra hamda har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan beriladigan tavsiyanomalar asosida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining mahallalarda, shu jumladan, tashkil etilgan mikromarkazlarda ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish sohasi, hunarmandchilik hamda aholi bilan kooperatsiya va kasanachilikni kengaytirishga yoʻnaltirilgan loyihalari uchun hokim yordamchilarining tavsiyanomasi asosida kredit ajratiladigan loyihalarda tashabbuskor kamida oʻttiz foiz ulush bilan ishtirok etishiga eʼtibor qaratilishi lozim”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dasturlar doirasida avval berilgan kreditlarning oʻz vaqtida soʻndirilmasligi natijasida resurslar yetarli boʻlmaganda”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 23-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fermer, dehqon hoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan ajratiladigan kreditlar tashabbuskorlarga loyihabay shakllantirilgan buyurtmanomalar asosida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish manbalarida nazarda tutilgan mablagʻlardan tashqari va navbatsiz rasmiylashtirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga Jamgʻarma resurslarini tashabbuskorlarga tijorat banklari tomonidan Yagona elektron platforma orqali rasmiylashtirish jarayonlarini toʻliq muvofiqlashtirish vakolati beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qarz oluvchi bank tomonidan imzolangan holda taqdim etilgan kredit shartnomasini 10 kun mobaynida imzolamasa, fuqaroning kredit olish toʻgʻrisidagi arizasi rad etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagi mazmundagi 301 — 307-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“301. Maxsus oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, tegishli sertifikatni olgan shaxslarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan jihozlar va asbob uskunalarni sotib olish maqsadlari uchun 50 mln soʻmgacha garovsiz imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda maxsus oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, tegishli sertifikatni olgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mos ravishda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi maʼlumotlar bazasidan avtomatik tarzda olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
302. Agrar tarmoqda oʻz biznesini tashkil etishga koʻmaklashish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish maqsadida uzoq muddatga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini ijaraga olib, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan dehqon xoʻjaliklari va kichik tadbirkorlik subyektlariga 50 million soʻmgacha garovsiz kredit beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda uzoq muddatga ijaraga olingan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar dehqon xoʻjaliklari va kichik tadbirkorlik subyektlarining kredit olish boʻyicha arizalariga avtomatik tarzda “E-auksion” platformasi orqali biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
303. Dasturlar doirasida ilgari olingan kreditlaridan samarali foydalanib, tadbirkorligini yoʻlga qoʻygan va kredit toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlagan kichik tadbirkorlik subyektlariga faoliyatini yanada kengaytirish uchun mazkur kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
304. Hokim yordamchisining tavsiyasiga koʻra kredit summasining 10 million soʻmgacha boʻlgan qismi (hunarmandlar uchun 20 million soʻmgacha) bank kartalariga (naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda) oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan kredit olish yuzasidan platformaga ariza qoldirish vaqtida kreditni qisman (10 million soʻmgacha, “hunarmandlar uchun 20 million soʻmgacha”) bank kartasiga oʻtkazib berish toʻgʻrisida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli tijorat banklari tomonidan alohida naqdlashtirish imkoniyatisiz tegishli bank kartasi ochilib, arizada koʻrsatilgan mablagʻlar qarz oluvchilarga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim yordamchisi mijozlarning bank kartasiga oʻtkazib berilgan mablagʻlarning maqsadli yoʻnaltirilishini taʼminlash maqsadida loyiha amalga oshirilayotgan hududga borib, haqiqatda mahsulot olinganligini doimiy ravishda oʻrganib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
305. Ajratilgan kreditlarni oʻz muddatida qaytarmagan fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga dasturlar doirasida yangi kreditlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
306. Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan aholi tomorqalaridan samarali foydalanish yoʻnalishida tomorqa yer egalariga 3 million soʻmgacha mikrokreditlar beriladi hamda ushbu mikrokreditlar yagona elektron platforma orqali ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
307. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida jalb qilingan har bir kasanachi uchun 2 million soʻmgacha, biroq jami 300 million soʻmgacha yillik 14 foiz stavkada, 6 oygacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga revolver kreditlar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur kreditlar tadbirkorlik subyektlarining talabiga binoan kasanachilarning bank kartalariga oʻtkazib beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ommaviy ofertaga asosan tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha xizmatlar taqdim etilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “tizimning” soʻzi “Yagona elektron platformaning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda jismoniy shaxslarga tovarlar (xizmatlar) fiskal belgili kassa cheki asosida yetkazib berilganligiga (xizmatlar koʻrsatilganligiga) eʼtibor qaratiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. 39-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qarz oluvchi tadbirkorlik subyektlarining talabiga koʻra sotib olinadigan mahsulot yoki koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha toʻlovlar (avans) mahsulot yetkazib berish shartnomasida taraflarning kelishuviga muvofiq belgilanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. 40-bandning birinchi jumlasidagi “bir” soʻzi “uch” soʻzi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. 42-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Takroriy oʻrganishlarda mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan mahsulotlar yetkazib berilmaganligi yoki xizmatlar koʻrsatilmaganligi aniqlangan taqdirda, hokim yordamchisi tomonidan tavsiyanomani bekor qilish boʻyicha elektron dalolatnoma rasmiylashtiriladi va Yagona elektron platforma orqali kredit shartnomasi avtomatik tarzda bekor qilinadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. 47-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “naslli” soʻzi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. 50-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Quyidagi mazmundagi 511 — 513-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“511. Hokim yordamchisi tomonidan vakolatli banklarning xodimlari bilan birgalikda joyiga chiqqan holda, tavsiyanoma asosida ajratilgan kreditlardan maqsadli va samarali foydalanilishi monitoring qilinadi hamda monitoring natijasi boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, platformaga yuklab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
512. Hokim yordamchisi tijorat banklari bilan birgalikda samaradorligi past boʻlgan, pul aylanmasi amalga oshirilmayotgan (biznes-reja koʻrsatkichlari bajarilishi taʼminlanmagan) loyihalarni monitoring qilgan holda, mavjud muammolarni hal etishda loyiha tashabbuskorlariga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
513. Hunarmandlarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanilishi va ularning tijorat banklariga oʻz vaqtida qaytarilishi yuzasidan “Hunarmand” uyushmasi tijorat banklari bilan birgalikda doimiy monitoring va nazorat tizimini oʻrnatadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)