07.04.2023 yildagi SQ-720-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolboʻyi mintaqasida ekologik barqarorlikni taʼminlash hamda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq qilish boʻyicha belgilangan vazifalar ijro etilishi yuzasidan 2022-yil 7-oktabrda qabul qilingan SQ-638-IV-sonli qarori bajarilishi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Orolboʻyi mintaqasida ekologik barqarorlikni taʼminlash hamda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq qilish boʻyicha belgilangan vazifalarning ijro etilishi holati yuzasidan yuborilgan parlament soʻroviga berilgan javobni oʻrganib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 5-avgustdagi SQ-594-IV-sonli qarori bilan yuborilgan parlament soʻrovi natijalari boʻyicha muddatidan kechikkan tadbirlar va loyihalar Vazirlar Mahkamasi tomonidan qayta tahlil qilingan va oʻrganib chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyuldagi “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolutssiyasini amalga oshirish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-5202-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” va innovatsion loyihalar roʻyxatida koʻrsatilgan chora-tadbirlar hamda loyihalar ijrosi yuzasidan qator ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl xaritasi”da 7 ta yoʻnalish boʻyicha 71 ta chora-tadbir belgilangan boʻlib, 2023-yil 1-mart holatiga ularning 52 tasi bajarilgan va shu maqsadda qariyb 90 mlrd soʻm moliyalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, 19 ta chora-tadbirni amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda, 16 ta chora-tadbirning ijro muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari doirasida qabul qilingan qarorlar hamda Hukumat komissiyasining tegishli bayonlari asosida uzaytirilgan va 2023-yil davomida ularni yakunlash rejalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulardan 6 ta chora-tadbir boʻyicha mablagʻlar ajratilgan boʻlib, hozirgi vaqtda ushbu tadbirlarni yakuniga yetkazish ishlari olib borilmoqda. Xususan, Nukus shahrida Yoshlar texnoparki faoliyat yuritmoqda. Respublika budjetidan 13,1 mlrd soʻm mablagʻ ajratilib, Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi huzurida oʻsimliklar urugʻlari genbanki bilan taʼminlangan laboratoriya, biznes-akselerator oʻquv markazi va texnopark qurilishi boshlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi tomonidan Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi bilan hamkorlikda ilmiy-tajriba uchastkasi va ekofiziologik tadqiqotlar laboratoriyasi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan Nukus tumanida “Aqlli qishloq” konsepsiyasi asosida yangi zamonaviy turar joylar kompleksini qurish uchun 19,3 gektar yer maydoni ajratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi innovatsion agroxizmatlar markazini tashkil etish ishlari yakunlangan. Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan atmosfera havosini ifloslanishini avtomatik monitoring qilishga ixtisoslashgan 7 ta uskuna oʻrnatilishiga kirishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, 10 ta tadbirning amalga oshirish muddatlari 2023 — 2025-yillarga uzaytirilgan hamda hozirgi vaqtda ishlar belgilangan tartibda olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, 65 ta ustuvor innovatsion loyihaning 36 tasi amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Ispaniya texnologiyasi asosida baliqchilik uchun kuniga 5 tonna zamonaviy “yashil ozuqa” yetishtirish texnologiyasi yoiga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zamonaviy uskunalar joriy qilish hisobiga “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi ishlab chiqarish quvvati yiliga 3 ming tonnaga yetkazilgan. Urugʻchilikka ixtisoslashgan 8 ta elita urugʻchilik xoʻjaliklari faoliyati toʻliq modernizatsiya qilingan. Meva-sabzavotchilik tarmogʻida fermerlar kooperatsiyalari hamda klasterlarining 2 ta loyihasiga 784 ming dollar kredit ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, 720 gektar maydonda mevali bogʻ yaratilgan. Innovatsion texnologiyalar asosida bazaltdan mineral vata, yogʻoch oʻrnini bosuvchi qamishdan qurilish materiallarini ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, jami 4 ta loyihani amalga oshirish ishlari belgilangan muddatlarda bajarilmagan. Xususan, yogʻ-moy ishlab chiqarishni tashkil etish, Taxtakoʻpir tumanida issiq suv havzalarida zamonaviy baliq yetishtirish texnologiyalarini yoiga qoʻyish, Chimboy tumanida mahalliy mineral xom ashyolar asosida silikat gʻisht ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalari ustida ishlar olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, 10 ta loyihaning amalga oshirish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlari bilan 2023-2024-yillarga uzaytirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolgan 15 ta loyihaning yakuniga yetkazish muddatlari 2023 — 2025-yillarga moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat tomonidan muammolarni bartaraf etish, chora-tadbirlar va loyihalarning toʻliq va sifatli ijrosini taʼminlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda masʼul vazirlik va idoralarga tegishli koʻrsatmalar va topshiriqlar berilgan, shuningdek tegishli ishlar bajarilishi nazoratga olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlarga asosan hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi B. Alixanovning “Orolboʻyi mintaqasida ekologik barqarorlikni taʼminlash hamda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq qilish boʻyicha belgilangan vazifalarning ijro etilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 7-oktabrdagi SQ-638-IV-sonli qarori bajarilishi toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Parlament soʻrovida koʻtarilgan masalalarning ayrimlari toʻlaqonli bajarilmagani, loyiha va tadbirlarning muddatlari uzaytirilgani ularning samaradorligi pasayishiga, shuningdek, dolzarbligi yoʻqolishiga olib kelganligi masʼullarga koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan chora-tadbirlar va ustuvor innovatsion loyihalarning oʻz vaqtida va sifatli ijrosini, monitoringi hamda nazoratini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddati kechikkan chora-tadbirlar va loyihalarni chuqur qayta tahlil qilgan holda qisqa muddatlarda bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Idoralararo komissiya faoliyatini muvofiqlashtirib borish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 20-dekabrga qadar Senatning Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasiga ushbu Qarorning ijro etilishi boʻyicha umumlashtirilgan axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Senatning Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi belgilangan chora-tadbirlar va ustuvor innovatsion loyihalarning ijrosi yuzasidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan taqdim etilgan axborotni Qoʻmita majlisida koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga “Yoʻl xaritasi”da va ustuvor innovatsion loyihalar roʻyxatida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi B. Alixanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 7-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-720-IV-son