07.10.2022 yildagi SQ-638-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orolboʻyi mintaqasida ekologik barqarorlikni taʼminlash hamda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq qilish boʻyicha belgilangan vazifalarning ijro etilishi holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 5-avgustdagi SQ-594-IV-sonli Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Orolboʻyi mintaqasida ekologik barqarorlikni taʼminlash hamda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq qilish boʻyicha belgilangan vazifalarning ijro etilishi holati yuzasidan yuborilgan parlament soʻroviga berilgan javobni muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyuldagi “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-5202-sonli qarori bilan Orolboʻyi mintaqasida iqtisodiyot tarmoqlarida resurs tejamkor va yuqori samarali innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etish, ekologik barqarorlikni taʼminlash, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish va ilmiy-innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”), ustuvor innovatsion loyihalar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — innovatsion loyihalar) hamda belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Idoralararo komissiya tarkibi (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo komissiya) tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirda “Yoʻl xaritasi”da belgilangan 71 ta tadbirning 31 tasi, 65 ta innovatsion loyihadan 18 tasi amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 8,1 mlrd soʻm mablagʻ ajratilib, Nukus shahrida Yoshlar texnoparki ishga tushirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nukus tumanida Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi qoshida oʻsimliklar urugʻlari genbanki bilan taʼminlangan laboratoriya, biznes-akselerator oʻquv markazi va texnopark tashkil qilish uchun respublika budjetidan 13,1 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpoq davlat universitetida Oliy taʼlim muassasalararo kompleks biokimyoviy tahlil markazi tashkil etilgan. “Qurigan Orol dengizi tubi tuproq iqlim sharoitida oʻsadigan daraxt va buta oʻsimliklarining genofondini yaratish” amaliy loyihasi uchun 3,0 mlrd soʻm ajratilib, Moʻynoq tumanida 50 gektar maydonda choʻl oʻsimliklarini kasallik va zararkunandalardan himoya qilish boʻyicha monitoring ishlari oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oroldagi bogʻim” agro-ekoturizm loyihasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 542,7 mln soʻmga moliyalashtirilib, Moʻynoq tumanida 86 ga maydonda dekorativ bogʻ yaratish ishlari boshlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida tuproq osti sugʻorish yangi texnologiyalari tizimini joriy etish uchun BMT Taraqqiyot dasturi doirasida “Chahbani Technologies” kompaniyasi (Tunis) va Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi hamkorligida 3600 dona innovatsion tuproq osti sugʻorish diffuzor moslamasi keltirilib, tajriba-sinov uchun 2 ta issiqxona barpo etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazining Nukus va Moʻynoq tumanlaridagi uchastkalariga Xitoydan keltirilgan 12 turdagi suv tejovchi texnologiya oʻrnatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sut mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda innovatsion yashil gidroionika ozuqasi yetishtirishni tashkil qilish startap loyihasiga 1,35 mlrd soʻm ajratilib, kuniga 5 tonna yashil gidroponika ozuqasi yetishtirish yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan Moʻynoq tumanidagi koʻllar va suv omborlarining ekologik holatini oʻrganish va uni barqarorlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qulay biznes muhitini yaratish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va infratuzilmalar bilan taʼminlanganlik darajasini yanada yaxshilash orqali aholi farovonligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 500-sonli, 2022-yil 27-sentabrdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Borsakelmas” davlat buyurtma qoʻriqxonasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 530-sonli, 2022-yil 28-sentabrdagi “2022 — 2026-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasining turizm salohiyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 545-sonli qarorlari qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va Global ekologik jamgʻarma ishtirokida “Orol dengizi havzasi landshaftining tanazzul yerlarida barqaror hayotni taʼminlashni qoʻllab-quvvatlaydigan asos sifatida koʻllar, suv-botqoq yerlari va qirgʻoqboʻyi hududlarini saqlash hamda boshqarish” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi tayyorlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, parlament soʻroviga berilgan javob tahlili unda koʻtarilgan qator masalalar boʻyicha maʼlumotlar toʻlaqonli aks ettirilmaganligini, ayrim loyihalar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligini, shuningdek, muammolar saqlanib qolayotganligini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Nukus tumanida “Aqlli qishloq” (Smart village) konsepsiyasi asosida yangi zamonaviy turar joylar kompleksi qurilishi toʻxtab qolgan. Qishki sport turlarini rivojlantirish uchun muz saroyini barpo qilish ishlari boshlanmagan. Choksiz shikastlanishlarga qarshi qoplama ishlab chiqishni tashkil qilish loyihasini amalga oshirish muddatidan kechiktirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orolboʻyi hududida ekologik, biologik, tuproq, iqlim va ijtimoiy jarayonlar majmuini tadqiq qilish uchun innovatsion uskunalar bilan jihozlangan meteorologik stansiya barpo etish ishlari boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida ekologik taʼlim sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish boʻyicha “Yagona raqamli pedagogik tizim” shaklidagi kompleks dastur ishlab chiqish yakunlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, qurilish va toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan ayrim loyihalar ishga tushirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlarga asosan hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Orolboʻyi mintaqasida ekologik barqarorlikni taʼminlash hamda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq qilish boʻyicha belgilangan vazifalarning ijro etilishi holati haqida yuborilgan parlament soʻrovi natijalari yuzasidan Qoʻmita raisi B. Alixanovning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament soʻrovida koʻtarilgan masalalar yuzasidan maʼlumotlar toʻlaqonli aks ettirilmaganligi, shuningdek, sohada ayrim kamchilik va muammolar saqlanib qolayotganligi, loyiha va tadbirlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilmaganligi hamda muddatlar uzaytirilishi zamonaviy innovatsion texnologiyalarning oʻz vaqtida joriy etilmasligiga, ularning samaradorligi pasayishiga, dolzarbligi yoʻqotilishiga olib kelganligi Vazirlar Mahkamasiga koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl xaritasi”da va innovatsion loyihalarda belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli ijrosini taʼminlash, monitoringi hamda nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatidan kechikkan tadbirlar va loyihalarni chuqur qayta tahlil qilgan holda qisqa muddatlarda bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Idoralararo komissiya faoliyatini muvofiqlashtirib borish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilning 1-martiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga ushbu Qarorning ijro etilishi boʻyicha umumlashtirilgan axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga “Yoʻl xaritasi”da hamda innovatsion loyihalarda belgilangan tadbirlarning ijrosini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi B. Alixanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 7-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-638-IV-son