14.04.2023 yildagi 156-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“500 kV kuchlanishli Sarimoy-Jonkeldi elektr uzatish tarmogʻini qurish hamda “Bash SHES”ni yangi 500 kV kuchlanishli “Navoiy-Muruntov OTQ” elektr uzatish tarmogʻi bilan bogʻlaydigan kirish-chiqish tarmogʻini qurish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi PQ-459-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Buxoro viloyatida joylashgan har birining quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyalarini yagona elektr energetikasi tizimiga ulash va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — YETTB) oʻrtasida 2022-yilning 6-oktabrida Xorazm va Buxoro viloyatlarida “Uzunligi 127 km boʻlgan 500 kV kuchlanishli Sarimoy-Jonkeldi elektr uzatish tarmogʻini qurish hamda uzunligi 10 km boʻlgan “Bash SHES”ni yangi 500 kV kuchlanishli “Navoiy-Muruntov OTQ” elektr uzatish tarmogʻi bilan bogʻlaydigan kirish-chiqish tarmogʻini qurish” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirish uchun 4 yillik imtiyozli davr bilan 18 yil muddatda qaytarish sharti bilan 47,1 million AQSH dollari miqdoridagi qarz bitimi imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“500 kV kuchlanishli Sarimoy-Jonkeldi elektr uzatish tarmogʻini qurish hamda “Bash SHES”ni yangi 500 kV kuchlanishli “Navoiy-Muruntov OTQ” elektr uzatish tarmogʻi bilan bogʻlaydigan kirish-chiqish tarmogʻini qurish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“500 kV kuchlanishli Sarimoy-Jonkeldi elektr uzatish tarmogʻini qurish hamda “Bash SHES”ni yangi 500 kV kuchlanishli “Navoiy-Muruntov OTQ” elektr uzatish tarmogʻi bilan bogʻlaydigan kirish-chiqish tarmogʻini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida jalb etilgan YETTB krediti boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foiz va komissiya toʻlovlarini toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaning samarali amalga oshirilishi va YETTB kreditidan maqsadli foydalanilishi uchun masʼul tashabbuskor hamda ijrochi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditni soʻndirish, foiz va komissiya toʻlovlarini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyot va moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan YETTB tomonidan ajratiladigan kreditni qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va YETTB oʻrtasida imzolangan qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi D.A. Isaqulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 14-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-apreldagi 156-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“500 kV kuchlanishli Sarimoy-Jonkeldi elektr uzatish tarmogʻini qurish hamda “Bash SHES”ni yangi 500 kV kuchlanishli “Navoiy-Muruntov OTQ” elektr uzatish tarmogʻi bilan bogʻlaydigan kirish-chiqish tarmogʻini qurish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

Oʻlchov birligi

Jami *

shu jumladan:

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ oʻz mablagʻlari

YETTB krediti

1.

Loyiha umumiy qiymati

mln AQSH dollari (ekv)

56,0

8,9

47,10

2.

Havo liniyasi qurilishi,

shu jumladan:

mln AQSH dollari (ekv)

44,04

5,74

38,3

2.1

500 kV Sarimoy-Jonkeldi havo liniyasini qurish

mln AQSH dollari (ekv)

42,71

5,57

37,14

2.2

500 kV “Bash SHES”ning yangi ochiq taqsimot qurilmasi (ORU) 500 kV “Navoiy-Muruntov” elektr uzatish tarmogʻi bilan bogʻlaydigan 10 km boʻlgan kirish-chiqish tarmogʻini qurish

mln AQSH dollari (ekv)

1,33

0,17

1,16

3.

Loyihani amalga oshirish ustidan nazorat

mln AQSH dollari (ekv)

2,5

-

2,5

4.

Yerdan foydalanish xarajatlari (Yaylov xoʻjaliklarini rivojlantirish uyushmasi)

mln AQSH dollari (ekv)

0,11

0,11

-

5.

Moliyaviy xarajatlar

mln AQSH dollari (ekv)

3,05

3,05

-

6.

Koʻzda tutilmagan xarajatlar

mln AQSH dollari (ekv)

5,83

-

5,83

7.

Kreditni tashkil etish yigʻimi

mln AQSH dollari (ekv)

0,47

-

0,47

8.

Loyiha quvvati

1,5 mlrd kVt soat yagona elektr energetikasi tizimiga elektr energiyasini uzatish

9.

Investitsiya davrining davomiyligi

Oy

24

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan keyin hamda tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender natijalariga koʻra belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-apreldagi 156-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“500 kV kuchlanishli Sarimoy-Jonkeldi elektr uzatish tarmogʻini qurish hamda “Bash SHES”ni yangi 500 kV kuchlanishli “Navoiy-Muruntov OTQ” elektr uzatish tarmogʻi bilan bogʻlaydigan kirish-chiqish tarmogʻini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida jalb etilgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki krediti boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foiz va komissiya toʻlovlarini toʻlashning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qarz summasi

47,1

mln AQSH dollari ekv

Qarz muddati

18

yil

shu jumladan, imtiyozli muddat

4

yil

Foiz stavkasi

6 oylik

SOFR + 0,414%(spred) + 1,0%

Majburiyat uchun komissiya

0,5%

qarz miqdorining ishlatilmagan qismidan

Kreditni tashkil etish yigʻimi (bir martalik toʻlov)

1,0%

umumiy qarz miqdoridan toʻlanadi

Oʻzbekiston Respublikasi marjasi

0,75

foiz

AQSH dollari ekv.

Toʻlov sanasi

Kreditni olish miqdori

Qarz qoldigʻi

Toʻlov miqdori

Yigʻim toʻlovlari

Jami toʻlovlar miqdori ****

asosiy qarz

kredit foizi *

kreditni tashkil etish yigʻimi **

majburiyatlar uchun vositachilik haqi ***

15.03.2023

0,00

471 000,00

0,00

15.09.2023

100 000,00

100 000,00

0,00

120 366,67

120 366,67

15.03.2024

20 000 000,0

20 100 000,00

3033,33

118 805,56

121 838,89

15.09.2024

27 000 000,0

47 100 000,00

616 400,00

69 000,00

685 400,00

15.03.2025

47 100 000,00

1 420 850,00

1 420 850,00

15.09.2025

47 100 000,00

1 444 400,00

1 444 400,00

15.03.2026

47 100 000,00

1 420 850,00

1 420 850,00

15.09.2026

45 475 863,00

1 624 137,00

1 444 400,00

3 068 537,00

15.03.2027

43 851 726,00

1 624 137,00

1 371 855,20

2 995 992,20

15.09.2027

42 227 589,00

1 624 137,00

1 344 786,26

2 968 923,26

15.03.2028

40 603 452,00

1 624 137,00

1 280 903,53

2 905 040,53

15.09.2028

38 979 315,00

1 624 137,00

1 245 172,53

2 869 309,53

15.03.2029

37 355 178,00

1 624 137,00

1 175 876,00

2 800 013,00

15.09.2029

35 731 041,00

1 624 137,00

1 145 558,79

2 769 695,79

15.03.2030

34 106 904,00

1 624 137,00

1 077 886,40

2 702 023,40

15.09.2030

32 482 767,00

1 624 137,00

1 045 945,06

2 670 082,06

15.03.2031

30 858 630,00

1 624 137,00

979 896,80

2 604 033,80

15.09.2031

29 234 493,00

1 624 137,00

946 331,32

2 570 468,32

15.03.2032

27 610 356,00

1 624 137,00

886 779,62

2 510 916,62

15.09.2032

25 986 219,00

1 624 137,00

846 717,58

2 470 854,58

15.03.2033

24 362 082,00

1 624 137,00

783 917,61

2 408 054,61

15.09.2033

22 737 945,00

1 624 137,00

747 103,85

2 371 240,85

15.03.2034

21 113 808,00

1 624 137,00

685 928,01

2 310 065,01

15.09.2034

19 489 671,00

1 624 137,00

647 490,11

2 271 627,11

15.03.2035

17 865 534,00

1 624 137,00

587 938,41

2 212 075,41

15.09.2035

16 241 397,00

1 624 137,00

547 876,38

2 172 013,38

15.03.2036

14 617 260,00

1 624 137,00

492 655,71

2 116 792,71

15.09.2036

12 993 123,00

1 624 137,00

448 262,64

2 072 399,64

15.03.2037

11 368 986,00

1 624 137,00

391 959,21

2 016 096,21

15.09.2037

9 744 849,00

1 624 137,00

348 648,90

1 972 785,90

15.03.2038

8 120 712,00

1 624 137,00

293 969,61

1 918 106,61

15.09.2038

6 496 575,00

1 624 137,00

249 035,17

1 873 172,17

15.03.2039

4 872 438,00

1 624 137,00

195 980,01

1 820 117,01

15.09.2039

3 248 301,00

1 624 137,00

149 421,43

1 773 558,43

15.03.2040

1 624 164,00

1 624 137,00

98 531,80

1 722 668,80

15.09.2040

0,00

1 624 164,00

49 807,70

1 673 971,70

Jami

47 100 000,00

0,00

47 100 000,0

26 416 168,97

471 000,00

308 172,23

73 824 341,20

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Qarz boʻyicha foizlarni hisoblab chiqishda SOFR+0,414 % kutilishi oʻrtacha 5,00 % ga teng deb olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Boshlangʻich bir martalik toʻlov qarz mablagʻi hisobidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Majburiyat uchun toʻlov qarz bitimi imzolangandan soʻng 60 kundan keyin hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**** toʻlov summalari qarzlarning amalda oʻzlashtirilishidan kelib chiqib aniqlanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2023-y., 09/23/156/0214-son)