O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
RESPUBLIKANING YANGI OLIY O‘QUV YuRTLARINI TAShKIL QILISh TO‘G‘RISIDA
Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlashni yaxshilash, shuningdek respublikaning barcha mintaqalarini ular bilan yana ham to‘liqroq va bir tekisda ta’minlash maqsadida:
1. 1992-yilning 15-martidan quyidagi yangi oliy o‘quv yurtlari ochilsin:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida
Nukus davlat dorilfununi qishloq xo‘jalik sohasi fakultetlarining negizida Toshkent davlat dehqonchilik dorilfununining Nukus bo‘limi.
Andijon viloyatida
Andijon davlat pedagogika instituti negizida Andijon davlat dorilfununi.
Toshkent davlat iqtisodiyot dorilfununi Andijon bo‘limining negizida Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti.
Andijon paxtachilik instituti negizida Andijon qishloq xo‘jaligi instituti.
Buxoro viloyatida
F. Xo‘jayev nomli Buxoro davlat pedagogika instituti negizida Buxoro davlat dorilfununi.
Toshkent davlat texnika dorilfununining Buxoro bo‘limi. Shu maqsadda Buxoro qurilish texnikumi binolari va inshootlarining bir qismidan foydalanilsin.
Jizzax viloyatida
Toshkent me’morchilik-qurilish instituti Jizzax bo‘limi va Toshkent ximiya-texnologiya institutining Jizzax shahridagi umumtexnika fakulteti negizida Jizzax politexnika instituti.
Qashqadaryo viloyatida
H. Olimjon nomli Qarshi davlat pedagogika instituti negizida Qarshi davlat dorilfununi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi bo‘limining negizida Qarshi dehqonchilik-iqtisodiyot instituti.
Toshkent davlat texnika dorilfununi umumtexnika fakultetining negizida mazkur dorilfununning Qarshi bo‘limi.
Navoiy viloyatida
Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining bo‘limi negizida Navoiy davlat pedagogika instituti.
Buxoro yengil va oziq-ovqat sanoati texnoligiyasi instituti bo‘limining negizida Toshkent davlat texnika dorilfununining kon metallurgiya va energetika yo‘nalishidagi Navoiy bo‘limi.
Namangan viloyatida
Niyoziy nomli Namangan davlat pedagogika instituti negizida Namangan davlat dorilfununi.
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Namangan bo‘limining negizida Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Sirdaryo viloyatida
F. Fulom nomli Sirdaryo davlat pedagogika instituti negizida Guliston davlat dorilfununi.
Surxondaryo viloyatida
Oybek nomli Termiz davlat pedagogika instituti negizida Termiz davlat dorilfununi.
Toshkent avtomobil-yo‘l institutining umumtexnika fakulteti negizida mazkur institutning Termiz bo‘limi.
Toshkent elektrotexnika aloqa institutining fakulteti negizida mazkur institutning Termiz bo‘limi.
Farg‘ona viloyatida
Farg‘ona politexnika instituti umumtexnika fakultetining negizida mazkur institutning Qo‘qon bo‘limi.
Toshkent davlat texnika dorilfununining o‘quv-ilmiy markazi negizida mazkur dorilfununning asbobsozlik yo‘nalishidagi Farg‘ona bo‘limi.
Xorazm viloyatida
V. I. Lenin nomli Urganch davlat pedagogika instituti negizida Urganch davlat dorilfununi.
Tugatiladigan Urganch pedagogika bilim yurtining moddiy-texnika negizidan foydalangan holda Toshkent davlat iqtisodiyot dorilfununining Urganch bo‘limi.
Tugatiladigan Urganch o‘rta tibbiy xodimlar malakasini oshirish tibbiyot bilim yurtining moddiy-texnika negizidan foydalangan holda 1 Toshkent davlat tibbiyot institutining Urganch bo‘limi.
Samarqand viloyatida
2. 1992-yilning 15-martidan A. Navoiy nomli Samarqand davlat dorilfununini S. Ayniy nomli tugatilayotgan Samarqand pedagogika instituti bilan birlashtirish to‘g‘risida Samarqand viloyati hokimining taklifi qabul qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonni ro‘yobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlarni ko‘zda tutuvchi tegishli qarorni 10 kun muddat ichida tayyorlasin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 28-fevral,
PF-356-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 206-modda)