Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 11.03.1992 yildagi 125-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “YANGI OLIY OʻQUV YURTLARINI TASHKIL QILISH TOʻGʻRISIDA” 1992-YIL 28-FEVRALDAGI FARMONINI BAJARISH CHORALARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi oliy oʻquv yurtlarini tashkil qilish toʻgʻrisida” 1992-yil 28-fevraldagi Farmonini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir oy muddat ichida quyidagi binolar, inshootlar, oʻquv-moddiy bazalari, 1992-yil taqsimoti rejalarida koʻzda tutilgan moddiy-texnika resurslari, transportga limitlar hamda kapital qurilish va joriy tuzatish uchun amaldagi normativlar balansdan-balansga bepul oʻtkazilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorilfununlarga aylantirilgan, Xalq taʼlimi vazirligiga qarashli tugatiladigan davlat pedagogika institutlari — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligining Qishloq xoʻjaligini irrigatsiyalash va mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi dehqonchilik-iqtisodiyot institutiga aylantirilgan Qarshi filiali — Qishloq xoʻjaligi vazirligiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Toshkent davlat dehqonchilik dorilfununining Nukus filialini tashkil etish uchun Nukus davlat dorilfununi dehqonchilik fakultetining moddiy-texnika bazasini, qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash fakultetini va iqtisodiyot fakultetining tegishli qismini vaqtincha Qishloq xoʻjaligi vazirligi ixtiyoriga oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Aloqa vazirligi yangidan tashkil qilingan oʻziga qarashli oliy oʻquv yurtlarining ustav va tuzilmalarini, filiallar uchun — Nizom va tuzilmalarini bir oy muddat ichida ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. Tugatilayotgan oʻrta maxsus oʻquv yurtlari oʻquvchilarining oʻqishni tugatishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda yangidan tashkil qilingan oʻquv yurtlarini malakali va tajribali professor-oʻqituvchi kadrlar bilan mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin, mutaxassislar tayyorlashning yuqori saviyada boʻlishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi, “Oʻzshartnomasavdo”, Moliya vazirligi, “Soyuztorgoborudovaniye” ishlab chiqarish-savdo korxonasi mutaxassislar tayyorlash, budjet, kapital mablagʻlar rejasiga tegishli oʻzgartishlar kiritsinlar, yangidan tashkil qilingan va qaytadan tuzilgan oʻquv yurtlarini saqlash uchun qoʻshimcha mablagʻlar va moddiy-texnika resurslari ajratishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari bir oy muddat ichida yangi tashkil qilingan institutlar va oliy oʻquv yurtlari boʻlimlarini joylashtirish, shu maqsadda xalq taʼlimi va sogʻliqni saqlash muassasalarining bino va inshootlaridan foydalanmagan holda, qoʻshimcha maydonlar ajratish masalasini hal etsinlar, moddiy-texnika bazasini, shu jumladan, oʻquv jarayonini normal tashkil qilish maqsadida oʻquv-maslahat punktlariga doimiy amaliy yordam koʻrsatsinlar. Doimiy ishlash uchun yuboriladigan professor-oʻqituvchi kadrlarga turar joy ajratish nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo viloyat hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Toshkent davlat dehqonchilik dorilfununining Nukus filialiga va Qarshi dehqonchilik-iqtisodiyot institutiga oʻquv-tajriba xoʻjaligi uchun bittadan sovxoz ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yangidan tashkil qilinishi, qayta tashkil etilishi va respublikaning huquqiy tasarrufiga berilishi hisobiga oʻquv yurtlari tarmoqlarining anchagina kengayishini hisobga olib Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 8-yanvardagi 3-son qarorining 11-moddasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga tatbiq etilmasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 11-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125-son