Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligining Yoʻriqnomasi, 29.01.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 402
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.18.00 Mehnat daftarchalari va ishlaganlik toʻgʻrisida boshqa hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Mehnat vazirligi
№ 8/04-01
07.01.1998-y.
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Ijtimoiy taʼminot vazirligi
07.01.1998-y. № 32/01
“KELISHILGAN”
Oʻzbekiston Kasaba
uyushmalari Federatsiyasi Kengashi
07.01.1998-y. № DJ-08/12
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEHNAT DAFTARCHALARINI YURITISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻriqnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 29-yanvarda 402-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan va u mehnat daftarchalari yuritilishining yagona tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Mehnat daftarchalari xodimlarning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat boʻlib, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda (*) 5 kundan ortiq ishlagan, shu jumladan, muayyan muddatga yollanganlarga (**), shuningdek, davlat ijtimoiy sugʻurta qilinishi koʻzlangan taqdirda, shtatlar jadvalidan tashqari xodimlarga xam yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* bundan keyin soʻzlar mazmunining kelishiga qarab, “ish beruvchi” yoki “korxona” deb yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Xususiy tadbirkorlik va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs boʻlmagan fuqarolarga hamda shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda ishlovchilarga mehnat daftarchalarini berish, mehnat stajini belgilash. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar), boʻlimlari tomonidan beriladi va yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilk bor oʻzining mehnat faoliyatini shunday ishlarda boshlagan xodimlarga mehnat daftarchalari jamgʻarmaning tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan rasmiylashtirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat stajining davomiylik muddati toʻgʻrisidagi yozuv Pensiya jamgʻarmasiga tegishli ajratmalarning toʻlanganligi haqida berilgan hujjat mavjud boʻlgan taqdirda jamgʻarmaning tuman(shahar) boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur faoliyat davrida band boʻlgan shaxslarning mehnat daftarchalari ularning egalari boshqa ishga joylashgunlariga qadar (koʻchib ketishi, pensiya tayinlanishi va boshqa hollarda) Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlarida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Ish beruvchilar har bir xodim uchun mehnat daftarchalari ochishlari, zarurat boʻlganda ish davrini ish stajiga kiritish uchun xodimlarning ish davri toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Pensiyalari muddatidan oldin tayinlangan (erkaklar — 58 yoshga toʻlgan va ish staji 25 yil, ayollar — 53 yoshga toʻlgan va ish staji 20 yil boʻlgan) shaxslarning mehnat daftarchalari umumiy asoslarda yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻlgunga qadar, yoki ishga kirguncha mahalliy mehnat organlarida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.5. Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport yoki uning oʻrnini bosadigan boshqa hujjatni, oʻn olti yoshgacha boʻlgan shaxslar esa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugʻilganlanlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va turar joydan maʼlumotnomani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno. Oʻrindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi oʻrniga asosiy ish joyidan olgan maʼlumotnomani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishli harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarni muvofiq maxsus maʼlumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar pagina bajarishi mumkin boʻlgan ishlarga kirayotganda oliy yoki oʻrta maxsus oʻquv yurtini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplomni yohud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida koʻrsatilmagan hujjatlarini talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. MEHNAT DAFTARCHALARINI TOʻLDIRISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumiy koʻrsatmalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Mehnat daftarchalari Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa qoraqalpoq yoki Oʻzbekiston Recpublikasi davlat tillarida ish beruvchi tomonidan xodimning ishtirokida toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat daftarchasiga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim toʻgʻrisida: familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan sanasi, maʼlumoti, kasbi, mutaxassisligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish toʻgʻrisida: ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga oʻtkazish (jamoa shartnomasida koʻrsatilgan asoslarda ishlab chiqarish zaruriyati bilan vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish bundan mustasno), mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, xodimning iltimosiga koʻra mehnat daftarchasiga oʻrindoshlik asosida ishlaganlik va vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilgan davrlari haqidagi yozuvlar ham kiritiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat daftarchalariga intizomiy jazolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yozilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Mehnat daftarchasiga ishga qabul qilinishi, boshqa doimiy ishga oʻtkazilishi kabi barcha turdagi yozuvlar ish beruvchi tomonidan buyruq berilgandan soʻng kiritiladi va bu yozuv buyruqning mazmuniga mos boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma: Ish beruvchining buyruqlari kitobining sahifalari, son raqamlari qoʻyilgan boʻlishi hamda ular ip bilan tikilib, ish beruvchi rahbar imzosi va surguchli muhr bilan mustahkamlangan boʻlishi shart (Zarur hollarda buyruqning nusxasi koʻchirma tarzda beriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat daftarchasidagi sanalar arab raqamlarida, oy va kunlar ikki xonali sonlarda yoziladi. Jumladan: xodim ishga 1997-yil 5-yanvardan qabul qilingan boʻlsa, unda 1997, 05, 01 deb yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat daftarchasiga kiritiladigan maʼlumotlar ehtiyotkorlik bilan qora, koʻk yoki binafsha siyoh bilan yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga koʻchirish va mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi mehnat daftarchasiga kiritiladigan xar bir yozuv bilan ish beruvchi ushbu daftarcha egasini shaxsiy varaqasi (T-2 sonli idoralararo namunaviy shakl — yoʻriqnomaga 4-ilova)ni imzolash yoʻli bilan 3 kun muddat ichida tanishtirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holda shaxsiy varaqa (T-2)dagi yozuv bilan mehnat daftarchasidagi yozuvlar bir-biriga oʻzaro mos boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istisno tariqasida boʻysunish boʻyicha bir-biridan uzoq masofada yoki turli hududlarda joylashgan korxonalarda ishlayotgan xodimlarning mehnat daftarchalariga kiritilgan yozuv bilan tegishli xabarnomalar joʻnatish va bu toʻgʻrida shaxsiy varaqada belgilab qoʻyish yoʻli bilan tanishtirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Xodimning ishi, boshqa doimiy ishga koʻchirilishi va hokazolar toʻgʻrisida notoʻgʻri yoki noaniq yozuvlar aniqlangan taqdirda, ular bunday yozuvni kiritgan ish beruvchi tomonidan toʻgʻrilanadi va tasdiqlanadi. Yangi ish joyidagi ish beruvchi buning uchun xodimga tegishli yordam koʻrsatishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. Zarur hollarda ish beruvchi xodimlarning iltimosiga binoan mehnat daftarchasidan ishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning koʻchirmasini yozib, tasdiqlab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.6. Notoʻgʻri yoki noaniq maʼlumot yozib qoʻyilgan korxona tugatilgan boʻlsa, unda xatoni uning huquqiy vorisi, agar vorisi boʻlmagan taqdirda, shu tugatilgan korxona bevosita boʻysungan yuqori tashkilot tuzatadi (ular ham boʻlmagan taqdirda — tegishli arxiv tomonidan kiritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.7. Xodimning ishi yoki boshqa doimiy ishga koʻchirilishi va shu kabilar haqidagi toʻgʻrilangan maʼlumotlar buyruqning asl nusxasiga aynan mos boʻlishi kerak. Agar buyruq yoʻqolib qolgan boʻlsa, yoki u xodim bajargan ishga nomuvofiq boʻlgan taqdirda, mehnat daftarchasidagi ishi haqidagi maʼlumotlarni toʻgʻrilab yozib qoʻyish, bajargan ishni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarga asoslanib amalga oshiriladi. Guvohlar koʻrsatmasi mehnat daftarchasiga oʻzgartish kiritish uchun asos boʻlolmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.8. Mehnat daftarchasining “Ishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” boʻlimida ilgarigi yozilgan xato yoki noaniq yozuvlarni chizib oʻchirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Masalan: ishi toʻgʻrisidagi yozuvlarni oʻzgartirish zarur boʻlib qolgan hollarda 3-ustunda yozuvning tegishli tartib soni va sanasi koʻrsatilgandan soʻng “___ tartib sonli yozuv bekor qilindi. Quyidagi ish (lavozim)ga qabul qilindi” deb yozib qoʻyiladi va 4-ustunda mehnat daftarchasiga kiritilgan toʻgʻri yozuvga taalluqli boʻlgan buyruq (farmoyish)ning son raqami va sanasi yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat nizolarini koʻrib chiqish organlari tomonidan xodim gʻayriqonuniy ravishda boʻshatilgan yoki boshqa doimiy ishga koʻchirilingan deb topilib ilgarigi ishiga qayta tiklanganda, yozuvlar yuqorida keltirilgan tartibda. bekor qilinadi. Jumladan: “____ son raqamli yozuv bekor qilindi, oldingi ishiga qayta tiklandi” deb yoziladi. Bunday hollarda ishga tiklash toʻgʻrisidagi buyruq 4-ustunda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xodim toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yozish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.9. Xodim toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mehnat daftarchasining birinchi betiga yoziladi. Familiyasi, ismi, otasining ismi qisqartirishsiz toʻliq yoziladi va tugʻilgan kuni, oyi, yili pasporti yoki tugʻilganligi haqidagi guvohnomaga asoslanib toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻliqsiz oʻrta va toʻliqsiz oliy maʼlumotlar toʻgʻrisidagi yozuv ham tegishli hujjatlar (talabalik bileti, imtihonlar daftarchasi, oʻquv yurti maʼlumotnomasi va hokazolar)ga asoslanib yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbi va mutaxassisligi toʻgʻrisidagi maʼlumot mehnat daftarchasiga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat yoki tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjat asosida yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.10. Mehnat daftarchasi toʻlgʻazilgandan soʻng xodim kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat daftarchasini berishga masʼul boʻlgan shaxs imzolagandan soʻng unga korxona (xodimlar boʻlimi)ning muhri bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.11. Mehnat daftarchasidagi ismi-sharifi va tugʻilgan kuni toʻgʻrisidagi yozuvlarga oʻzgartirishlar tegishli hujjatlar (pasporti, tugʻilganlik, nikoh va nikohni bekor qilinishi haqidagi guvohnomaga qarab familiyasini, ismini oʻzgartirish va hokazolar) asosida va ushbu hujjatlarning soni va berilgan sanalariga havola qilingan tarzda oxirgi ish joyidagi ish beruvchi tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgartirilgan yozuvlar mehnat daftarchasining birinchi betiga kiritiladi. Ilgarigi familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tugʻilgan kuni toʻgʻrisidagi yozuv ustidan bir chiziq chizilib, yangi maʼlumotlar yozib qoʻyiladi. Yozuvlar muqovaning ichkari betiga yozilib korxona rahbarining yoki uning tomonidan maxsus vakolat berilgan shaxs imzosi hamda korxona yoki xodimlar boʻlimi muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sarlavha tagidagi 1-ustunda tartib raqami koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ustunda — ishga qabul qilingan sana yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ustunga “Falon sex, boʻlim, boʻlinma, qism, ishlab chiqarishga qabul qilindi (tayinlandi)” deb, shuningdek ish nomi, kasbi yoki mansabi va berilgan malaka darajasi aniq koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ustunga — qaysi hujjatga asosan yozilganligi (sanasi, tartib raqami) qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tartibda yagona tarif-malaka maʼlumotnomasida va xizmat mansablarining yagona roʻyxati, yoxud lavozimlar jadvalida roʻy bergan oʻzgarish yoki qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar xodimlar eʼtiborlariga yetkazilib, soʻng ularning mehnat daftarchalariga ish beruvchining buyrugʻi asosida tegishli oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bordiyu, xodimga ishlab turgan davrida yangi malaka darajasi berilgan boʻlsa, unda bu haqda belgilangan tartibda tegishli yozuv kiritilishi shart. Xodim ikkinchi va undan keyingi kasblarni oʻrgangan taqdirda, bu toʻgʻrida mehnat daftarchasiga ushbu kasblarning malaka darajalari koʻrsatilib qayd qilinadi. Masalan: taʼmirlash chilangari 3-darajadagi elektr-gaz payvandchisi kasbi boʻyicha qoʻshimcha ixtisoslangan boʻlsa, unda mehnat daftarchasidagi “Ishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” nomli boʻlimining 1-ustuniga yozuvning tartib soni, 2-ustuniga ikkinchi kasb berilgan sana, 3-ustunga esa “3-darajadagi elektr-gaz payvandchisi nomli ikkinchi kasb berildi” deb yoziladi va 4-ustunda tegishli guvohnoma, uning son raqami va berilgan sana koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim yangi oʻrgangan kasbi boʻyicha ish bajargan taqdirda mehnat daftarchasiga bu toʻgʻrida tegishli yozuv kiritiladi. Masalan: taʼmirlovchi chilangarga 3-darajali elektr-gaz payvandchilik ishlarini bajarish boʻyicha vazifa yuklatilishi bilan ikkinchi kasb oʻrgatildi va “3-darajali elektr-gaz payvandchisi kasbi berildi”, deb shu yozuvning qarshisiga 4-ustundan ikkinchi kasb berilganligi toʻgʻrisidagi tegishli guvohnomaning son raqami va sanasi, chiqarilgan buyruqning son raqami va sanasiga havola qilib yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat daftarchasiga xodimning yozma arizasiga binoan, oʻrindoshlik ishi toʻgʻrisidagi maʼlumot xodimni oʻrindoshlik asosida ishga qabul qilgan ish beruvchi tomonidan chiqargan buyrugʻiga muvofiq asosiy ish joyidagi ish beruvchi tomonidan yoziladi. Uning ishdan boʻshaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot ham xuddi shu tarzda yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim mazkur korxonaning oʻzida boshqa doimiy ishga oʻtkazilishi xuddi ishga qabul qilish amalga oshirilganidek bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.13. Xodim ishlab turgan davrda korxonaning nomi oʻzgartirilsa, unda bu toʻgʻrida mehnat daftarchasining 3-ustunida alohida satr bilan “Falon korxona, falon sanada, falonchi nom bilan atala boshladi” deb yoziladi. 4-ustunda esa, qayta atalishini (nomlanishini) asoslab buyruq sanasi va son raqami qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.14. Mehnat daftarchasi bor boʻlgan talabalarga, oʻquvchilarga, aspirantlarga va tibbiyot ordinatorlariga oʻquv yurtlari (ilmiy muassasalar) tomonidan oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlarida oʻqigan vaqtlari toʻgʻrisida yozuv kiritiladi. Bunday yozuvlarga asos boʻlib talabalar, oʻquvchilar, aspirantlar va klinik ordinatorlar safiga qabul qilinganligi yoki safidan chiqarish toʻgʻrisidagi oʻquv yurtlari (ilmiy muassasalar)ning chiqargan buyruqlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan oʻquvchi, aspirant va klinik ordinatorlarining talabalar otryadlarida, ishlab chiqarishda va xoʻjalik shartnomalari boʻyicha ilmiy tadqiqot mavzularda qatnashgan davrlari, ixtisosi, malakasi, mansabi (lavozimi) va ish muddati koʻrsatilgan holda tegishli maʼlumotnomalar bilan tasdiqlanadi. Ushbu maʼlumotnomalar asosida oʻquv yurtlari (ilmiy muassasalar) talabalar, oʻquvchilar, aspirantlar va klinik ordinatorlarining mehnat daftarchalariga ishi toʻgʻrisidagi olingan maʼlumotlarni kiritilishini taʼminlaydi va ularni qatʼiy hisobot hujjatlari tarzida saqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.15. Ilgari ishlamagan va shu munosabat bilan mehnat daftarchalariga ega boʻlmagan talaba, oʻquvchi, aspirant va klinik ordinatorlarining talabalar otryadlarida, ishlab chiqarish amaliyotida va xoʻjalik shartnomalari boʻyicha ilmiy tadqiqot mavzularida olib borgan ishlari toʻgʻrisidagi yozuvlar mehnat daftarchalariga ular kelgusida ishlaydigan ish beruvchilar tomonidan tegishli maʼlumotnomalarga asoslanib kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.16. Xususiy tadbirkorlik va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs boʻlmagan fuqarolarning hamda shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda ishlovchilarning mehnat daftarchalariga Pensiya jamgʻarmasini tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tomonidan quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ustunda — tartib raqami koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ustunda — Xususiy tadbirkor (yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi yoki shaxsiy yordamchi xoʻjalikda ishlovchi) sifatida qayd etilgan sana yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ustunga — “Xususiy tadbirkor sifatida (yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shugʻullanayapti yoki shaxsiy yordamchi xoʻjalikda) ishlayapti” deb, koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.17. Mehnat daftarchalariga ish beruvchilar tomonidan tegishli hujjatlarning sanasi, son raqami va nomiga havola qilingan tarzda alohida satr qilib quyidagi yozuvlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mehnat va davlat ijtimoiy sugʻurtaga oid qonunchilik tadbiq etilmaydigan Qurolli kuchlarda, Milliy xavfsizlik xizmatida, Ichki ishlar organlarida, shuningdek, barcha turdagi qoʻriqlash idoralarida xizmatda boʻlgan vaqti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, xizmatga chaqirilgan sanasi va boʻshatilgan sanasi koʻrsatilgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish boʻyicha hunar-texnika va boshqa bilim yurtlarida, kurslarda hamda maktablarda oʻqigan davri toʻgʻrisida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida boʻlgan davrlari toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ish beruvchi bilan xodim oʻrtasidagi mehnat shartnomasi bekor qilinishida mehnat daftarchasini toʻldirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.18. Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi yozuvlar mehnat daftarchasiga quyidagi tartibda yoziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ustunda yozuvning tartib soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ustunda mehnat shartnomasining bekor qilinish sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ustunda mehnat shartnomasini bekor qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ustunda esa ushbu yozuvning nimaga asoslanib kiritilgani, buyruq sanasi va son raqami koʻrsatiladi. Masalan: xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda va 1997-yilning 10-iyuni oxirgi ish kuni hisoblangan vaqtda xodimning mehnat daftarchasiga quyidagi yozuvlar kiritilishi lozim: ishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlimining ustunida yozuvning tartib soni qoʻyiladi, 2-ustunda boʻshatilish sanasi (1997-yil. 06. 10.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ustunda “mehnat shartnomasi bekor qilindi” deb yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ustunda buyruqning sanasi va son raqami koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.19. Mahalliy mehnat organlari tomonidan fuqarolarning mehnat daftarchalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jamoat ishlari hamda kasbga oʻrgatish, malakasini oshirish, qayta kasbga tayyorlashga jalb qilingan muddatlarini qayd qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishsizlik maqomiga ega boʻlgan shaxslar, mehnat birjasiga jalb etilgan fuqarolar, belgilangan muddatda kelganlarida mehnat daftarchalarini mahalliy mehnat organi xodimlarga koʻrsatishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.20. Mehnat daftarchasida mehnat shartnomasini bekor boʻlganligi toʻgʻrisidagi yozuv amaldagi qonun talablariga mos boʻlishi, yaʼni, mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) toʻgʻrisidagi yozuv kiritilmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.21. Xususiy tadbirkorlik va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs boʻlmagan fuqarolar hamda shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda ishlovchilar mazkur faoliyatni toʻxtatganlarida ularning mehnat daftarchalariga Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan quyidagicha yozuvlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ustunda — tartib raqami koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ustunda — Xususiy tadbirkor (yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi yoki shaxsiy yordamchi xoʻjalikda ishlovchi) oʻz faoliyatini toʻxtatganligi toʻgʻrisidagi sana yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.22. Yoshga doir pensiyalar tayinlanganda, ijtimoiy taʼminot organlari tomonidan mehnat daftarchasining 3-ustunida “Pensiya tayinlandi” degan yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mehnat daftarchasiga qoʻshimcha varaqlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.23. Mehnat daftarchasining tegishli boʻlimlaridagi hamma betlari toʻlib qolgan taqdirda unga qoʻshimcha varaqlar yurgiziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha varaqlar xodimning asosiy ish joyida ish beruvchi tomonidan yuritilib, uni mehnat daftarchalarini yuritish tartibi asosida olib boradi. Qoʻshimcha varaq mehnat daftarchasisiz haqiqiy hisoblanmaydi (Yoʻriqnomaning 1.5 bandi tadbiq qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.24. Har bir berilgan qoʻshimcha varaqlar uchun mehnat daftarchasining birinchi betining yuqori qismiga qoʻshimcha varaq berildi” deb yozib qoʻyiladi va uning son raqami hamda seriyasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi qoʻshimcha varaq berilganda navbatdagi yozuv kiritilib, uning son raqami va seriyasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILINGANDA MEHNAT DAFTARCHASINI BERISH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimning mazkur tashkilotda ishlagan davrida mehnat daftarchasiga kiritilgan ishi toʻgʻrisidagi maʼlumot (yozuv)lar korxona rahbari yoki uning tomonidan maxsus vakolat berilgan shaxsning imzosi va korxona yoki xodimlar boʻlimining muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ish beruvchi xodimga uning mehnat daftarchasini va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxasini berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi aybi bilan mehnat daftarchasini berish kechiktirilsa, u holda butun kechiktirilgan davr uchun xodimga oʻrtacha oylik ish haqi toʻlanadi (masalan: moddiy javobgar xodimni biriktirilgan anjomlarni vaqtida topshirmaganligi uchun bahona qilib mehnat daftarchasini berish kechiktirilsa). Bunday holda ishdan boʻshash kuni, mehnat daftarchasi berilgan kun hisoblanadi. Ishdan boʻshagan kunining yangi sanasi toʻgʻrisida buyruq berilib, xodimning mehnat daftarchasiga yozib qoʻyiladi. Boʻshagan kuni toʻgʻrisida ilgari kiritilgan yozuv, ushbu Yoʻriqnomaning 2.8 bandida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim ishdan boʻshaganda mehnat daftarchasini olganligi toʻgʻrisida shaxsiy varaqasiga (T-2 son idoralararo namunaviy shakl — Yoʻriqnomaga 4-ilova) va xodimlar boʻlimidagi hisobot kitobiga imzo qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Xususiy tadbirkorlik va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs boʻlmagan fuqarolarga hamda shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarida ishlovchilarga mazkur faoliyatni toʻxtatganlaridan keyin mehnat daftarchalarini Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodim ishda boʻlmagan taqdirda, ish beruvchi oʻsha kuniyoq unga pochta orqali mehnat daftarchasini olib ketish toʻgʻrisida ogohlantiruvchi xabarnoma joʻnatadi (boshqa xatlar hisobotga olinmaydi va Yoʻriqnomaning 3.1. bandi asosida ish koʻriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimning mehnat daftarchasini yashash joyiga pochta orqali joʻnatish faqat uning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Xodim vafot etgan boʻlsa, mehnat daftarchasi uning yaqin qarindoshlariga tilxat yozdirib olish yoʻli bilan topshiriladi yoki ularning talablariga koʻra pochta orqali joʻnatiladi. Vafot etgan xodim mehnat daftarchasining “Ishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” boʻlimida yozuvning tartib soni va sanasi koʻrsatilgandan soʻng 3-ustunga “Mehnat munosabatlari bekor qilindi” deb yozilib, 4-ustunda esa buyruqning sanasi va tartib raqami koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yozuv belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. MEHNAT DAFTARCHASINING DUBLIKATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Mehnat daftarchasi yoʻqotib qoʻyilgan taqdirda, shuningdek, foydalanish uchun yaroqsiz boʻlib qolgan (yirtilgan, yongan, yozuvlari boʻyalgan) hollarda mehnat daftarchasining dublikati xodimning oxirgi ish joyidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Mehnat daftarchasini yoʻqotgan shaxs bu toʻgʻrida zudlik bilan oxirgi ish joyiga yozma xabar berishi lozim. Xabarnomadan soʻng 15 kundan kechiktirmasdan ish beruvchi xodimga birinchi betini yuqori qismining oʻng tomoniga “Dublikat” deb yozilgan holda yangi mehnat daftarchasini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Mehnat daftarchasining dublikati umumiy qoidalarga binoan toʻldiriladi. Mehnat daftarchasining dublikati toʻldirilayotganda “Ishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” boʻlimida oxirgi ish joyidagi ishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilgarigi buyruqlar asosida yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Bordiyu, xodim mazkur korxonaga ishga kirmasdan oldin ishchi yoki xizmatchi vazifasida ishlagan boʻlsa, unda mehnat daftarchasi dublikati “Ishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” boʻlimining 3-ustuniga, mazkur korxonaga ishga kelmasdan ilgarigi ishlagani toʻgʻrisidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan umumiy ish staji yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat daftarchasi egasining oldingi umumiy ish staji jamlanib, yaʼni qaysi korxonada, qaysi davrda va qaysi lavozimlarda ishlagan yillari, oylari va kunlari umumiy tarzda yoziladi. Masalan: bir ish joyida boshqa ishga koʻchirilishi va boshqalar koʻrsatilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjat bilan tasdiqlangan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan umumiy ish staji mehnat faoliyatining ayrim davrlari boʻyicha quyidagicha yoziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ustunda ishga qabul qilingan sana koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ustunda xodim ishlagan korxona, sex va mansabi, nomi yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, taqdim qilingan hujjatlarga xodimning mazkur korxonaning oʻzidagi boshqa doimiy ishga koʻchirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot boʻlsa, unda bu toʻgʻrida xam tegishli yozuv kiritiladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻng 2-ustunda mehnat shartnomasi bekor qilinganlik sanasi koʻrsatiladi, 3-ustunda esa xodim tomonidan taqdim qilingan hujjatda tegishli maʼlumot bor boʻlsa, mehnat shartnomasining bekor qilinganligi xam koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ustunda, dublikatga yozuv kiritilishi uchun asos boʻlgan hujjatning nomi, son raqami va sanasi kiritiladi. Ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar egasiga qaytarib beriladi. Ish beruvchi xodimga mazkur korxonaga kirmasdan oldingi ish stajini tasdiqlovchi hujjatlarni olishda yordam koʻrsatishi majburiy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Ushbu Yoʻriqnomaning 2.16 bandida taʼkidlangan maʼlumotnoma bilan bir qatorda, umumiy jamlangan ish staji koʻrsatilmagan holda bosh satrdan tegishli hujjatlarning nomi, son raqami va sanasi koʻrsatilgan holda quyidagilar yoziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qabul qilingan va xizmatdan boʻshagan sanalari koʻrsatilgan holda xalq qoʻshinlari va partizan otryadlarida boʻlgan davri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kasb-hunarmandchilik shirkatlari artelining aʼzosi sifatida ishlagan davri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. MEHNAT DAFTARCHALARI UCHUN OLINADIGAN HAQ VA ULARNI SAQLASH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Yangi mehnat daftarchalari (dublikati)ni berishda ish beruvchi xodimdan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida haq undirib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat daftarchalari notoʻgʻri toʻldirilgan (rasmiylashtirilgan)da yoki ularni saqlashda ehtiyotsizlik tufayli yaroqsiz holga tushib qolganda mehnat daftarchalarining narxini ish beruvchi qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy ofatlar yoki boshqa sabablarga koʻra korxona tomonidan xodimning mehnat daftarchasi yoʻqotilgan taqdirda, xodimga mehnat daftarchasining dublikati bepul beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Ishdan boʻshagan xodimlar mehnat daftarchalarini oʻz vaqtida olmagan taqdirda, ular ishlayotgan xodimlarning mehnat daftarchalaridan alohida qilinib, korxona xodimlar boʻlimida ikki yil davomida saqlanadi. Ushbu muddat davomida ham yoʻqlab kelinmagan va olinmagan mehnat daftarchalari ish beruvchi arxivida 50 yil saqlanadi va ushbu muddatdan soʻng belgilangan tartibda yoʻqotilib yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3. Ish beruvchilar zarur miqdordagi mehnat daftarchalari mavjudligini taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. MEHNAT DAFTARCHALARI XISOBOTINI OLIB BORISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Ish beruvchilarda boʻlgan yangi mehnat daftarchalari boʻyicha quyidagi hujjatlar yuritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mehnat daftarchalarini qabul qilib olish kitobi, (Yoʻriqnomaga 1-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mehnat daftarchalarini sarf qilish kitobi (2-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mehnat daftarchalarini hisobini olib borish kitobi (3-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat daftarchalarini qabul qilib olish va ularni sarf qilish kitoblari korxonalarning hisob-kitob boʻlimi (buxgalteriya) tomonidan olib borilib, ularda hamma mehnat daftarchalarini qabul qilib olish va sarf qilish, ularning seriyalari va son raqamlari koʻrsatilgan holda yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat daftarchalari hisobotini olib borish kitobi xodimlar boʻlimi yoki ish beruvchi tomonidan shunga masʼul qilingan xodim tomonidan yuritiladi. Bu kitobda xodimlardan ishga kirishda olingan, hamda yangi kirgan xodimlarga berilgan hamma mehnat daftarchalarining seriyasi va son raqamlari, shuningdek, yangi yozib berilgan mehnat daftarcha (dublikat)lari berilgani uchun haq olinganligi toʻgʻrisida yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat daftarchalarini qabul qilib olish va sarf qilish hamda ularni hisobotini olib borish kitoblarining sahifalarida son raqamlari qoʻyilgan boʻlishi hamda ular ip bilan tikilib, ish beruvchi rahbari imzosi va surgʻuchli muhr bilan mustahkamlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har oyning oxirida mehnat daftarchasini yuritish boʻyicha masʼul shaxs mehnat daftarchalari mavjudligi haqida va yangi toʻldirilgan mehnat daftarchalari uchun undirilgan pul mablagʻlari toʻgʻrisida ish beruvchining hisob-kitob boʻlimiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻldirish paytida yoki boshqa sabablarga koʻra yaroqsiz boʻlib qolgan mehnat daftarchalariga dalolatnoma (akt) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. MEHNAT DAFTARCHASINI YURITISH TARTIBIGA RIOYA QILINISHI USTIDAN NAZORAT OLIB BORISH VA YURITISH TARTIBI YUZASIDAN NIZOLARNI KOʻRIB CHIQISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.1. Mehnat daftarchasini yuritish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni prokuratura organlari, mehnat huquq inspeksiyalari, kasaba uyushmalari hamda boʻysunishi boʻyicha oʻzidan yuqori turuvchi idoralar tomonidan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.2. Mehnat daftarchalarini yuritish yuzasidan nizolar mehnat nizolarini koʻruvchi organlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mehnat daftarchalarini qabul qilib olish kitobining namunasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mehnat daftarchalarini sarf qilish kitobining namunasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mehnat daftarchalari hisobotini olib borish kitobining namunasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shaxsiy varaqa (T-2) namunasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mehnat daftarchasining namunasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1995-yil 15-sentabrda 174-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnoma” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
____________ SON SHAXSIY VARAQA I. UMUMIY MAʼLUMOTLAR
1. Ismi Sharifi _______________________ _____________________________________
8.____________________________________
2. Tugʻilgan yili _______________________
(asosiy kasbi, mutaxasissligi)
3. Tugʻilgan joyi _______________________ _____________________________________
_________________________________
4. Millati ____________________________
(shu mutaxassisliu boʻyicha ish staji)
5. Maʼlumoti:
9. Umumiy ish staji ____________________
a) ___________________________________ (oliy, oʻrta maxsus, oʻrta toʻliqsiz, oʻrta, boshlangʻich (sinfi) b) ___________________________________ (oliy yoki oʻrta maxsus oʻquv) v) ___________________________________ (kasb oʻrganish boʻyicha texnik maʼlumotini olgan maktab, _____________________________________ oʻquv hunar-texnika bilim yurtining nomi va tamomlagan yili) g) Oʻquv turi ___________________________ (kunduzgi, kechki, sirtqi)
10. ___________________________________ (oxirgi ish joyi, mansabi, ishdan boʻshash sanasi) 11. Oilaviy xolati ______________________ (oila aʼzolarining har birining tugʻilgan yili) 12.____________________________________ 13. ___________________________________ 14. ___________________________________ 15. ___________________________________ 16. ___________________________________ 17. ___________________________________ 18. ___________________________________ 19. ___________________________________
6. Diplom (guvoxnomasi) boʻyicha mutaxassisligi ________________________ _____________________________________
20. Pasport: seriyasi ________________soni Kim tomonidan va qachon berilgan________________________
(oliy yoki oʻrta maxsus oʻquv yurtini tamomlaganlar uchun )
21. Yashash manzili _______________________ ______________________________________
7. Diplom (guvohnomasi) boʻyicha malakasi ________________ ___ sonli diplom (guvohnomasi) 199___ yil “___”______ da berilgan. Toʻldirilgan sana 199___ yil “___”_______
telefon ________________________ xodimning imzosi _________________
II. HARBIY HISOBDA TURISHI TOʻGʻRISIDAGI MAʼLUMOTLAR
Hisob guruxi __________________________ Hisob toifasi _________________________ Tarkibi ______________________________ Harbiy unvoni ________________________
Harbiy hisobdagi mutaxassisligi ___________________ soni Harbiy xizmatga yaroqligi ________________ Yashash joyidagi mudofaa _________________ Ishlari boʻlimining nomi ________________ _______________ son maxsus hisobda turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat daftarchasi
Oʻzbekiston Respublikasi Gerbi
GT-1 № 0000000
Familiyasi, ismi va otasining ismi ___________________________ _____________________________________________________________ _____________________________________________________________ Tugʻilgan vaqti ______________________________________________
Mehnat daftarchalarini berishga masʼul boʻlgan shaxsning imzosi, familiyasi, ismi va otasining ismi. ________________________________________ (imzo aniq boʻlishi kerak)
Ishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
t/r
SANA
Ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga oʻtkazish va ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Qaysi hujjatga asoslanib yozilgan (sanasi, tartib raqami)