1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrug‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq tabobatini rivojlantirish markazlariga tinglovchilarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 7-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3426]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi PQ-4668-son “O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq tabobatini rivojlantirish markazlariga tinglovchilarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 3-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2023-yil 3-apreldagi 7-son buyrug‘iga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq tabobatini rivojlantirish markazlariga tinglovchilarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Xalq tabobatini rivojlantirish markazlarining (bundan buyon matnda Hududiy markazlar deb yuritiladi) xalq tabobati bo‘yicha tayyorlash yoki qayta tayyorlash yoxud malaka oshirish kurslariga (bundan buyon matnda o‘quv kurslari deb yuritiladi) tinglovchilarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — o‘quv kurslariga kirish istagini bildirgan hamda kamida umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus yoxud professional ma’lumotga ega bo‘lgan xalq tabobati bo‘yicha mutaxassis, tibbiyot xodimi va tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchi — o‘quv kurslariga qabul qilingan xalq tabobati bo‘yicha mutaxassis, tibbiyot xodimi va tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchi — o‘quv kurslarini tamomlagan xalq tabobati bo‘yicha mutaxassis, tibbiyot xodimi va tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni tayyorlash (bundan buyon matnda tayyorlash deb yuritiladi) — tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarning xalq tabobati faoliyatini amalga oshirishi uchun kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning zarur hajmini egallashga qaratilgan ta’lim turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq tabobati bo‘yicha mutaxassis va tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash (bundan buyon matnda qayta tayyorlash deb yuritiladi) — tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo‘lgan, shuningdek xalq tabobati faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘shimcha kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning zarur hajmini egallashga qaratilgan ta’lim turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq tabobati bo‘yicha mutaxassis va tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish (bundan buyon matnda malaka oshirish deb yuritiladi) — xalq tabobati bo‘yicha mutaxassislar va tibbiyot xodimlarining kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta’minlash, ularning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qilishga qaratilgan ta’lim turi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tinglovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Hududiy markazlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘quv kurslarida tinglovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tinglovchilarning asosiy ish joyidan ajralgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy markazlarda auditoriya o‘quv yuklamasining eng ko‘p hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘quv kurslarida tinglovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (bundan buyon matnda Sog‘liqni saqlash vazirligi deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha pullik asosda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, o‘quv kurslarida tinglovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish qiymatining miqdori Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi (bundan buyon matnda Respublika markazi deb yuritiladi) tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Hududiy markazlarga talabgorlarni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘quv kurslarida o‘qish uchun talabgorlar Respublika markaziga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Respublika markazi tomonidan talabgorning arizasi kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida unda ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘rganib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Talabgor tomonidan ariza mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etilmagan bo‘lsa yoki arizada tegishli ma’lumotlar to‘liq ko‘rsatilmagan yoxud noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa, Respublika markazi tomonidan talabgorga kamchiliklarni bartaraf etib, qayta murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida ushbu ariza kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda ma’lum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Talabgor tomonidan taqdim etilgan arizada mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda Respublika markazi va talabgor o‘rtasida uni o‘qitish yuzasidan shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Shartnomada ko‘rsatilgan o‘qitish qiymati talabgor tomonidan shartnomada belgilangan muddatda to‘liq to‘langandan so‘ng, talabgor Respublika markazi direktorining buyrug‘i bilan tegishli o‘quv kurslariga o‘qishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Talabgor tomonidan shartnoma imzolanmagan yoki o‘qitish qiymati shartnomada belgilangan muddatda to‘lanmagan taqdirda, talabgor o‘qishga qabul qilinmaydi hamda talabgorga bu haqda Respublika markazi tomonidan shu kunning o‘zida yozma ravishda xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar o‘quv kurslariga o‘qishga qabul qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turadigan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamida umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus yoxud professional ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Respublika markazi tomonidan mazkur bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali zarur bo‘lgan hujjat va ma’lumotlarni so‘rab olish orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xalq tabobati bo‘yicha mutaxassis yoki tibbiyot xodimi bo‘lgan bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish uchun Hududiy markazlar, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va davlat tibbiyot tashkilotlarining mutaxassislari ichidan Respublika markazi direktorining buyrug‘i bilan kamida besh kishidan iborat tarkibda Attestatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda Attestatsiya komissiyasi deb yuritiladi) Hududiy markazlarda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan bitiruvchilar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha maxsus komissiya (bundan buyon matnda Maxsus komissiya deb yuritiladi) tomonidan Hududiy markazlarda attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Attestatsiya komissiyasi hamda Maxsus komissiya yig‘ilishlari ularda tegishliligiga ko‘ra, o‘z a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etganida vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bitiruvchilarning attestatsiyasi o‘quv kurslari tugagandan so‘ng 10 kunlik muddat ichida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Respublika markazi o‘quv rejalari va dasturlari mazmunini to‘liq qamrab olgan holda attestatsiya savollarini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Attestatsiya savollari attestatsiya boshlanishidan kamida 10 kun oldin tinglovchilar e’tiboriga yetkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Respublika markazi bitiruvchilar sonidan kelib chiqib, attestatsiya savollari variantlarini tuzadi hamda ularning oshkor etilmasligini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Attestatsiya o‘tkaziladigan xonaga mobil aloqa vositasi, kompyuter yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitoblar, lug‘at, shpargalkalar va boshqa materiallar olib kirgan, attestatsiya jarayonida ulardan foydalangan tinglovchilar attestatsiya o‘tkazish tartibini buzgan deb hisoblanadi hamda dalolatnoma asosida attestatsiyadan chetlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Attestatsiya suhbat shaklida o‘tkaziladi va uning natijalari ballar qo‘yish yo‘li bilan 100 ballik tizimda baholanadi. Bitiruvchi 86 — 100 ballar oralig‘ida ball to‘plasa, uning bilimi “a’lo” deb, 71 —85 ballar oralig‘ida ball to‘plasa “yaxshi” deb, 56 — 70 ballar oralig‘ida ball to‘plasa, “qoniqarli” deb baholanib, attestatsiyadan o‘tgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Attestatsiya natijalari bo‘yicha bitiruvchi 55 va undan kam ball to‘plagan hollarda uning bilimi “qoniqarsiz” deb baholanib, attestatsiyadan o‘tmagan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bitiruvchining bilimini baholash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “a’lo” baho (86 — 100 ball) olish uchun bitiruvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamma savollarga to‘liq javob berishi, mustaqil va ijodiy fikrlay olishi va to‘g‘ri qarorlar qabul qilishi, egallagan ko‘nikmalarni xalq tabobatida qo‘llay olishi, savol mazmuni va xususiyatlarini tushunishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha tizimli, to‘la va chuqur bilimga ega bo‘lishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq tabobati bo‘yicha terminologiyadan aniq, o‘z o‘rnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to‘g‘ri ifodalashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muammoli holatlarda o‘z pozitsiyasini asoslab bera olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “yaxshi” baho (71 — 85 ball) olish uchun bitiruvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamma savollarga javob berishi, ijodiy fikrlay olishi, to‘g‘ri qarorlar qabul qilishi, egallagan ko‘nikmalarni xalq tabobatida qo‘llay olishi, savol mazmuni va xususiyatlarini tushunishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv dasturining bo‘limlari bo‘yicha tizimli va kerakli bilimga ega bo‘lishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq tabobati bo‘yicha terminologiyadan o‘z o‘rnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to‘g‘ri ifodalashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muammoli holatlarda o‘z pozitsiyasini asoslab bera olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “qoniqarli” baho (56 — 70 ball) olish uchun bitiruvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savollarga qisman javob berishi, savol mazmuni va xususiyatlarini tushunishi, savol va fan mavzusi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi, egallagan ko‘nikmalarni xalq tabobatida qisman qo‘llay olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv dasturining bo‘limlari bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi, dalillar bilan qisman asoslantirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq tabobati bo‘yicha terminologiyadan foydalanishi, savollarga javobni to‘g‘ri ifodalay olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muammoli holatlarda o‘z pozitsiyasini qisman ifodalay olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bitiruvchining bilim darajasi “qoniqarsiz” baho bilan (0 — 55 ballgacha) baholanadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savollarga javob bera olmasa, savol mazmuni va xususiyatlarini tushunmasa, savol va fan mavzusi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lmasa, egallagan ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llay olmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv dasturining bo‘limlari bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lmasa, faqat ayrim bilimlarga ega bo‘lsa, zarur dalillar bilan asoslantira olmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terminologiyadan aniq, o‘z o‘rnida foydalana olmasa, savollarga javobni to‘g‘ri ifodalay olmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muammoli holatlarda o‘z pozitsiyasini ifodalay olmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Attestatsiya natijalari u o‘tkazilgan kunning o‘zida e’lon qilinadi va komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadigan, tegishli komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan yig‘ilish bayonnomasida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Respublika markazi tomonidan ushbu Nizomning 2-ilovasiga asosan qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchiga diplom, malaka oshirish kursini tamomlagan bitiruvchiga esa sertifikat taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Hududiy markazlarning tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan, tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan bitiruvchilarga Maxsus komissiyaning xulosasi asosida mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda xalq tabobatining tegishli yo‘nalishlarida faoliyat olib borish huquqini beruvchi guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tmagan bitiruvchiga sertifikat yoki diplom yoxud guvohnoma berilmaydi. Bunda, bitiruvchiga o‘quv kurslarida o‘qishda qatnashganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Hududiy markazlarning o‘quv rejalari va dasturlarini o‘zlashtirgan, biroq attestatsiyada uzrli sabablarga ko‘ra (kasalligi, yaqin qarindoshlarining vafoti, mehnat ta’tili, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bo‘lishi sababli) ishtirok etmagan yoki unda “qoniqarsiz” baholangan bitiruvchilar o‘qish muddati tugagandan boshlab 1 yil muddat ichida o‘z arizasiga muvofiq qayta attestatsiyani topshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bitiruvchi tomonidan qayta attestatsiyani topshirish uchun to‘lov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Bitiruvchilarning apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Bitiruvchilarning apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining kamida besh nafar mutaxassislaridan iborat tarkibda Apellatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy markazlarda attestatsiyani o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan shaxslarning Apellatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Attestatsiya komissiyasi va Maxsus komissiyaning qaroridan norozi bo‘lgan bitiruvchilar attestatsiya natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir oy ichida Apellatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Apellatsiya komissiyasi apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan bitiruvchini shikoyat ko‘rib chiqilishidan 2 kun oldin uni ko‘rib chiqish vaqti va joyi haqida ogohlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Apellatsiya komissiyasi apellatsiya shikoyatini, u kelib tushgan kundan boshlab 3 kun muddat ichida ko‘rib chiqadi. Bunda, apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan bitiruvchi mazkur shikoyatni ko‘rib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Apellatsiya komissiyasi unda a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellatsiya komissiyasining qarori oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Apellatsiya komissiyasi attestatsiya jarayonida bitiruvchining bergan javoblarini ular aks etgan videotasvirlarni ko‘rish orqali tekshiruvdan o‘tkazadi. Apellatsiya komissiyasi tomonidan apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish davomida bitiruvchiga uni qayta baholashga qaratilgan savollar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Apellatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya natijalariga o‘zgartirish kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya shikoyatini ko‘rishda bitiruvchining attestatsiya natijasida olgan ballini pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Apellatsiya komissiyasi apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan bitiruvchiga o‘z qarorini u qabul qilingan kunning o‘zida ma’lum qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Apellatsiya komissiyasining attestatsiya natijalariga o‘zgartirish kiritish va bitiruvchini sinov imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan deb topish to‘g‘risidagi qarori asosida bitiruvchiga tegishli sertifikat yoki diplom yoxud guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Apellatsiya komissiyasi qarori ustidan bitiruvchi yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mazkur Nizom talablarini buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq tabobatini rivojlantirish markazlariga tinglovchilarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq tabobatini rivojlantirish markazlariga talabgor tomonidan taqdim etiladigan arizaning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY ShAKLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markaziga
1.
Ariza beruvchi shaxsning F.I.O:
2.
Yashash manzili (respublika, viloyat, shahar, tuman, qishloq, ovul, ko‘cha xonadon raqami) to‘liq ko‘rsatiladi):
3.
JShIR raqami:
4.
Pasport yoki ID-karta ma’lumotlari:
(seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)
5.
Bog‘lanish uchun telefon:
7.
Ma’lumoti:
(umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy)
8.
Tugatgan ta’lim muassasasining nomi:
9.
Diplom (shahodatnoma) bo‘yicha mutaxassisligi, uning seriyasi, raqami, berilgan sanasi va bergan ta’lim muassasasining nomi:
10.
Malaka oshirganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar (qachon va qaysi tashkilot tomonidan berilgani, seriyasi va raqami, qaysi mavzu bo‘yicha malaka oshirganligi):
11.
Malaka toifasiga ega ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (qachon va qaysi tashkilot tomonidan berilgani, seriyasi va raqami, qaysi ixtisoslik bo‘yicha toifa berilgani):
12.
Xalq tabobati mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlash, qayta tayyorlashdan o‘tish yoki malakasini oshirish(biri tanlanadi):
13.
Tahsil olish istagini bildirgan Hududiy markazning nomi
14.
Ariza to‘ldirilgan sana:
15.
Shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanishga roziligi (ariza beruvchi shaxsning imzosi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq tabobatini rivojlantirish markazlariga tinglovchilarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq tabobatini rivojlantirish markazlariga tinglovchilarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2023-y., 10/23/3426/0202-son)