07.04.2023 yildagi PQ-115-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda futbolning ommaviyligini yanada oshirish, istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash hamda professional darajada tayyorlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish, trener va hakamlarni xalqaro talablar asosida tayyorlash va mahoratini yuksaltirish, futbol infratuzilmasini yaxshilash hamda oʻrnatilgan standartlarga moslashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar futbolni yanada ommalashtirish va rivojlantirishning qoʻshimcha yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA)ning aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida futbolni yanada ommalashtirishga qaratilgan maxsus dasturlari asosida har yili mahalla yoshlari oʻrtasida, jumladan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Ommaviy futbol” (Grassroots) festival va musobaqalari, umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Maktablarda futbol”, oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Talabalar ligasi” respublika musobaqalarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning futbolga qiziqishini oshirish, bu boradagi targʻibot ishlarini yanada kuchaytirish, ularning futbol bilan shugʻullanishi uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayollar oʻrtasida futbolni rivojlantirish, bu borada uzoq yillarga moʻljallangan istiqbolli reja va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning futbol bilan shugʻullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda ular oʻrtasida muntazam musobaqalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini yaratish, iqtidorli futbolchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol infratuzilmasini moddiy-texnik jihatdan yanada yaxshilash hamda xalqaro talablarga moslashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol boʻyicha malakali trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda futbol klublari, bolalar va oʻsmirlar, ommaviy futbolni rivojlantirish maqsadida chet ellik mutaxassislarni jalb etish va xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda futbolni targʻib qilish hamda bu jarayonda yuqori darajali axborot va multimedia mahsulotlaridan foydalanishni yanada kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har yili Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mablagʻlari hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mart — iyun oylarida mahalla yoshlari hamda qizlari oʻrtasida “Ommaviy futbol” dasturi doirasida futbol festivallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-dekabr — Butunjahon futbol kuni munosabati bilan aholi oʻrtasida ommaviy “fleshmob” tadbirlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sentabr — may oylarida umumiy oʻrta taʼlim maktablarida “Maktablarda futbol” dasturi doirasida futbol musobaqalari, mahorat saboqlari va festivallari oʻtkazib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har yili sentabr — may oylarida oliy taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan “Talabalar ligasi” dasturi doirasida uch bosqichli respublika futbol musobaqalari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (H. Umarova) hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov) bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ommaviy futbol”, “Maktablarda futbol” va “Talabalar ligasi” dasturlari doirasida futbol tadbirlarini oʻtkazishning yagona tartibini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu musobaqalar va turnirlarga puxta tayyorgarlik koʻrish va yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur musobaqalar va turnirlarni oʻtkazish jarayoni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda boshqa kommunikatsiya manbalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov) Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oliy taʼlim muassasalarida ularning moddiy-texnika bazasidan kelib chiqib, futbol boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi seksiyalar faoliyatini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oliy taʼlim muassasalaridagi mavjud sport inshootlari va futbol maydonlarining doimiy faoliyat koʻrsatishini taʼminlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir davlat oliy taʼlim muassasasining futbol va futzal boʻyicha jamoalarini shakllantirsin hamda ularning “Talabalar ligasi” dasturi doirasida oʻtkaziladigan respublika musobaqalarida toʻliq ishtirok etishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlashda mazkur band talablari inobatga olinishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol boʻyicha hududiy va milliy terma jamoalar hamda professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini yaratish maqsadida Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi futbol mahorat maktablari amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tasarrufiga oʻtkazilsin va ular futbol akademiyalari sifatida qayta tashkil etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol maktablari (keyingi oʻrinlarda — futbol maktablari) tashkil qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi ayrim sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablarining futbol maydonlari futbol maktablari balansiga oʻtkazilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moslashtirilgan binolarda joylashtirilgan, past samarali futbol maktablarini optimallashtirish hisobiga ularning mol-mulki, sport anjomlari va trener kadrlari futbol maktablari moddiy-texnika va oʻquv bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol maktablari sport yoʻnalishidagi maktabdan tashqari sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol maktablari direktorlari, direktorlarning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari, trenerlari mehnatiga haq toʻlash, shuningdek, ularning mehnatini ragʻbatlantirishga sport maktablari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirishda belgilangan sharoitlar tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol maktablari tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 276-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi, shuningdek, ularni moddiy ragʻbatlantirishda sport maktablari uchun belgilangan moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusi yillarda futbol maktablari professional futbol klublariga bosqichma-bosqich biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) futbol maktablarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori iqtidorga ega boʻlgan yosh futbolchilarni saralab olish (seleksiya) tizimini yoʻlga qoʻyish, bolalar va oʻsmirlarni futbol bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida ularning sogʻligʻini mustahkamlashga, har tomonlama jismoniy kamol topishiga va sogʻlom turmush tarziga intilishni shakllantirishga yoʻnaltirilgan sport va tarbiyaviy ishlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar va oʻsmirlarda futbol bilan shugʻullanish qobiliyatini erta aniqlash va ularda futbolga boʻlgan barqaror qiziqishni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun malakali trenerlar tarkibini tanlash, oʻquv-tarbiya tizimini tashkil etishning eng yangi usullarini qoʻllagan holda sport zaxirasi va yuqori mahoratli futbolchilar tayyorlash yuzasidan oʻquv-mashq jarayonini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha yosh toifalari boʻyicha futbol akademiyalari va klublariga mahoratli sportchilarni yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba almashish maqsadida turli futbol tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, futbolchilarning sport mahoratini, shuningdek, trenerlar va boshqa mutaxassislarning kasb malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) futbol maktablarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat ixtisosligi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan va maktabning ustavidagi vazifalarga muvofiq boʻlgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy mashgʻulotlar oʻtkazilmaydigan vaqtda boʻsh turgan mol-mulkni ijaraga berishdan tushgan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol maktablari va futbol akademiyalarining ustavini tasdiqlash, shuningdek, ularni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol maktablari va futbol akademiyalarini zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallagan malakali trenerlar hamda pedagog kadrlar bilan bosqichma-bosqich toʻldirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda futbol maktablari va futbol akademiyalarida sportchilarni tayyorlash sifati yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda futbol maktablari va futbol akademiyalarining boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining shtat jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oʻquvchilarini futbol maktablari va futbol akademiyalarida shugʻullanish uchun jalb etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol akademiyalari hamda futbol maktablarining boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini Hukumatga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Sport vazirligining 2023-yil 1-iyuldan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari maʼqullansin:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat futbol maktablari va futbolni rivojlantirish sohasida faoliyat yuritayotgan boshqa nodavlat tashkilotlar (nodavlat futbol muassasalari) uchun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi aʼzosi boʻlishi talabi oʻrnatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan nodavlat futbol muassasalarining reytingi yuritiladi hamda reyting natijalari keng jamoatchilikka eʼlon qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sport vazirligi (A. Ikramov) hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) quyidagilarni amalga oshirsin:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorvatiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning tajribasini malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda oʻzbek futboliga tatbiq etish. Bunda, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda hududiy bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyalarining “texnik direktor” lavozimiga xorijiy davlatlarning tajribasi va tizimini joriy qilish boʻyicha malakali mutaxassislarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA), Osiyo futbol konfederatsiyasi talablariga muvofiq futbol uchrashuvlarida adolat va shaffoflikni taʼminlash maqsadida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimidan foydalanishni yanada kengaytirish.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-maydagi PF-83-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2024-y., 06/24/83/0373-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablarining futbol boʻyicha trenerlariga bosqichma-bosqich Osiyo futbol konfederatsiyasining trenerlar taʼlimi boʻyicha talablari joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablarining futbol guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish hamda iqtidorli futbolchilarni seleksiya qilish orqali ularni keyingi bosqichdagi futbol maktablari va akademiyalariga yoʻnaltirib borish yuzasidan doimiy monitoring oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Oʻzmetkombinat” AJ (R. Pirmatov), “Olmaliq KMK” AJ (A. Xursanov), “Navoiy KMK” AJ (Q. Sanaqulov) va “Oʻzbekneftgaz” AJ (B. Sidiqov)larning futbolni rivojlantirishga homiylik xayriya yordamini koʻrsatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda futbol boʻyicha Oʻzbekiston Superligasi va Proligasining professional futbol klublarini homiy tashkilotlarga biriktirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasining 2024-yil Parij shahri (Fransiya) va 2028-yil Los-Andjeles shahri (AQSH)da boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi “OLYMPIC Professional futbol klubi”ni qoʻshimcha moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni belgilab borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Professional futbol ligasi va professional futbol klublarining faoliyatini moliyalashtirishga yuridik shaxslar tomonidan yoʻnaltiriladigan homiylik va xayriya yordami shaklidagi mablagʻlar summasi foyda soligʻini hisoblashda soliq solinadigan foydadan chegirib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) bilan birgalikda uch oy muddatda Oʻzbekiston Superligasi va Proligasining professional futbol klublariga homiylik va xayriya koʻrsatgan, shuningdek, ommaviy savdolarga qoʻyilgan futbol klublarini sotib olgan investorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda ularga qoʻshimcha yengilliklar yaratish yuzasidan takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 2026-yil 1-aprelga qadar Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Professional futbol ligasi, Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi, professional futbol klublari va akademiyalari belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatga asosan futbol boʻyicha sport obyektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun zarur boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va texnologiyalari, inventarlari, translyatsiya qilish bilan bogʻliq barcha asbob-uskunalar va texnikalar, farmakologiya mahsulotlari, sport ozuqalari, futbol (futzal) maydonlari uchun sunʼiy oʻtlar, shokpad, granulalar, maxsus yelim va maxsus professional sport kiyimlari, maxsus texnika va transport vositalarini olib kirganlik uchun bojxona bojini toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan professional futbol klublariga sport asbob-uskunalari, inventarlari, farmakologiya mahsulotlari, sport ozuqalari, futbol (futzal) maydonlari uchun sunʼiy oʻtlar, shokpad, granulalar, maxsus yelim, maxsus professional sport kiyimlarini, istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida xarid qilishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston futbolini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmetkombinat” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “Navoiy KMK” AJ va “Oʻzbekneftgaz” AJlarning homiylik mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) 2023-yildan boshlab har yili Jamgʻarmani qoʻllab-quvvatlash uchun Davlat budjetidan 25 milliard soʻm yoʻnaltirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlarga sarflanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy va professional futbolni rivojlantirish, zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol mutaxassislarini ilgʻor oʻqitish metodikalari va innovatsiyalarga oʻrgatish tizimini yoʻlga qoʻyish xarajatlarini qoplash, shu jumladan xorijdan jalb etilgan mutaxassislarni ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy futbol texnologiyalarini xarid qilish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol boʻyicha mahalliy mutaxassislarning tajribasini xorijiy mamlakatlarda oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida namuna koʻrsatgan terma jamoalarni moddiy ragʻbatlantirish, iqtidorli yoshlarni futbolga jalb etish, yangi futbolchilar avlodining ishonchli zaxirasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston futbolchilari, trenerlar va hakamlar tarkibining professional mahoratini oshirishda chet el futbol klublari va federatsiyalari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori mahoratli futbolchilar va sport zaxirasini tayyorlashning samarali metodlarini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy-metodik tadqiqotlar oʻtkazishda koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev), Adliya vazirligi (A. Toshqulov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) bilan birgalikda maxsus ishchi guruhni tashkil qilgan holda 2023-yil yakuniga qadar ilgʻor xorij tajribasi asosida futbolni moliyalashtirish tizimini kengaytirishda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) bilan birgalikda 2023-yil yakuniga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududlaridagi barcha turdagi davlat va nodavlat taʼlim muassasalari, klublarida futbol bilan shugʻullanayotgan, shuningdek, tuman (shahar), viloyat va respublika sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilgan musobaqalarda qatnashuvchi futbolchilar toʻgʻrisidagi yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirsin va uning Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA)ning FIFA-CONNECT platformasiga integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda futbol bilan shugʻullanayotgan, shuningdek, musobaqalarda qatnashuvchi barcha futbolchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻliq raqamlashtirsin va yagona maʼlumotlar bazasini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, yagona maʼlumotlar bazasini yaratish, ishga tushirish va keyinchalik texnik qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) uch oy muddatda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi murojaatiga asosan futbol boʻyicha Superliga, Proliga va Oʻzbekiston kubogi musobaqalari oʻtkaziladigan oʻyingohlarni Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi bilan bogʻlaydigan optik tolali aloqa liniyalari bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2023/2024 oʻquv yiliga qadar xalqaro tajriba asosida Oʻzbekistonda futbolchilarni tayyorlash modelini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2023-yildan boshlab har yili:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol sohasidagi xalqaro tashkilotlarning olimlari, mutaxassislari ishtirokida seminar-treninglar, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar va anjumanlar oʻtkazish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining futbol yoʻnalishi boʻyicha talabalari bitiruv oldi amaliyotini hududiy futbol akademiyalari va professional futbol klublarida tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy va xorijiy professional futbol klublari mutaxassislarini Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining futbol boʻyicha dars jarayonlariga jalb qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tasarrufidagi sport-taʼlim muassasalari va inshootlarini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashning manzilli roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol maktablari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Professional futbol klublari huzuridagi faoliyati maqbullashtirilayotgan futbol maktablari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan “Doʻstlik” stadionida Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) tomonidan 2022-2023-yillarda 4 ta zamonaviy futbol maydoni qurish uchun 4,2 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Toshkent viloyati hokimligining 2024-2025-yillarda Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan “Doʻstlik” stadioni hududida futbol boʻyicha barcha yosh toifasidagi terma jamoalar shugʻullanishi uchun budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Terma jamoalar markazini qurish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-maydagi PF-83-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2024-y., 06/24/83/0373-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Terma jamoalar markazida 280 oʻrinli zamonaviy mehmonxona, mini-futbol uchun yopiq sport maneji, ilmiy-tadqiqot, tibbiyot va reabilitatsiya markazi, suzish havzasi, oshxona binolari qurilishi, shuningdek, ushbu binolarda Respublika bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi joylashtirilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (B. Zakirov) mazkur qaror asosida qurilishi va taʼmirlanishi koʻzda tutilgan inshootlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda eng maqbul meʼmoriy hamda texnik yechimlar qoʻllanilishini, ularni innovatsion texnologiyalarga asoslangan, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan qurish, shinamlik va ekologik xavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan loyiha-smeta hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlasin va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan doimiy davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur qaror asosida qurilishi va taʼmirlanishi koʻzda tutilgan inshootlarning loyiha hujjatlari Sport vazirligi hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan kelishiladi.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) 2023-2024-yillarda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan mazkur qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tasarrufidagi sport-taʼlim muassasalari va inshootlarini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashning manzilli roʻyxatiga muvofiq qurilish-taʼmirlash ishlarini olib borish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev) Sport vazirligi hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining talabnomalariga koʻra oʻrnatilgan toʻlovlarni undirmagan holda Oʻzbekiston Respublikasiga sport turlari boʻyicha chet ellik trener, sportchi va boshqa mutaxassislarni jalb etishga ruxsatnomalar, shuningdek, mazkur chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishi (uzaytirilishi)ni belgilangan tartibda taʼminlasin.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hududiy futbol assotsiatsiyalarining rahbarlari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy futbol assotsiatsiyalari, shuningdek, futbol maktablari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli yosh toifasidagi hududiy terma jamoalar oʻquv-mashgʻulot markazlarini Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) talablariga muvofiq barpo etish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining qoʻshimcha mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mablagʻ ajratilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir tuman (shahar)da kamida bittadan erkaklar, ayollar futboli va mini-futbol boʻyicha futbol jamoalari tashkil etilishi va ularning musobaqalarda muntazam ishtirokini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Yoshlar siyosati va sport vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi A.A. Azizov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.Q. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 7-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-115-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi PQ-115-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tasarrufidagi taʼlim muassasalari va inshootlarini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manzilli roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Obyekt manzili va nomi

Amalga oshirish muddati

Oʻlchov birligi

Loyiha quvvati, jami

2023-yilda foydalanishga topshiriladigan quvvat

Obyektning dastlabki hisob-kitob qiymati (mln soʻm)

Dasturga kiritish uchun asos

Jami:

164 000,0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

Nukus shahridagi “Turon” oʻyingohini xalqaro talablarga mos ravishda rekonstruksiya qilish

2023-yil

obyekt

1

1

20 000,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi bayoni (07.03.2022-y., 02-RA 1-3183-son)

2.

Nukus shahri futbol akademiyasining mavjud bino va inshootlarini mukammal taʼmirlash

2024-yil

obyekt

1

1

3 000,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son Farmonining 5-ilovasi

Andijon viloyati

3.

Andijon futbol akademiyasining mavjud bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish (120 oʻrinli yotoqxona va sunʼiy qoplamali stadion — 70x110 m qurish)

2024-yil

yotoq oʻrin

60

60

9 500,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son Farmonining 5-ilovasi

Buxoro viloyati

4.

Buxoro viloyati futbol akademiyasini rekonstruksiya qilish (oshxona, kiyinish xonalarini qurish va hududni obodonlashtirish)

2024-2025-yillar 

obyekt

1

1

2 500,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son Farmonining 5-ilovasi

Qashqadaryo viloyati

5.

Qashqadaryo viloyati futbol akademiyasini qurish (154 oʻrinli yotoqxona, oshxona, 24x48 m oʻlchamdagi sport zal va 110x78 m oʻlchamdagi sunʼiy qoplamali oʻyingoh, 110x78 m oʻlchamdagi tabiiy qoplamali oʻyingoh)

2024-2025-yillar

yotoq oʻrin

154

154

20 000,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son Farmonining 5-ilovasi

obyekt

1

1

Navoiy viloyati

6.

Navoiy viloyati futbol akademiyasining mavjud bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish (70x100 m oʻlchamdagi sunʼiy qoplamali futbol maydoni qurish, yotoqxona va oʻquv binosini mukammal taʼmirlash)

2024-yil

obyekt

1

1

4 000,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son Farmonining 5-ilovasi

Namangan viloyati

7.

Namangan futbol akademiyasini qurish (154 oʻrinli yotoqxona, oshxona va hududni obodonlashtirish), 2-bosqich

2024-yil

yotoq oʻrin

154

154

12 000,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son Farmonining 5-ilovasi

Samarqand viloyati

8.

Samarqand viloyati futbol akademiyasiga yengil konstruksiyali sendvich paneldan 24x48 m oʻlchamdagi sport zali qurish

2024-yil

obyekt

1

1

7 000,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son Farmonining 5-ilovasi

Sirdaryo viloyati

9.

Sirdaryo viloyati futbol akademiyasining mavjud bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish (40x60 m oʻlchamdagi sunʼiy qoplamali oʻyingoh qurish, mavjud bino va inshootlarini mukammal taʼmirlash)

2024-yil

obyekt

1

1

5 500,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son Farmonining 5-ilovasi

Surxondaryo viloyati

10.

Surxondaryo viloyati futbol akademiyasining mavjud bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish (90 oʻrinli yotoqxona, 70x100 m oʻlchamdagi sunʼiy qoplamali futbol maydoni qurish, oshxona, mavjud bino va inshootlarini mukammal taʼmirlash)

2024-2025-yillar

yotoq oʻrin

90

90

10 000,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son Farmonining 5-ilovasi

Toshkent viloyati

11.

Toshkent viloyati futbol akademiyasini rekonstruksiya qilish, mavjud bino va inshootlarini mukammal taʼmirlash (24x48 m oʻlchamdagi sport zalini qurish, oʻquv binosi, yotoqxona va oshxona binolarini mukammal taʼmirlash)

2024-2025-yillar

obyekt

1

1

15 000,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son Farmonining 5-ilovasi

12.

Yuqori Chirchiq tumani, Maʼnaviyat koʻchasi, 83-uyda joylashgan “Doʻstlik” stadioni hududida Terma jamoalar markazini qurish (280 oʻrinli zamonaviy mehmonxona, mini-futbol uchun yopiq sport maneji, ilmiy-tadqiqot, tibbiyot va reabilitatsiya markazi, suzish havzasi, oshxona binolarini qurish)

2025-yil

obyekt

1

1

40 000,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son Farmonining 5-ilovasi

Fargʻona viloyati

13.

Fargʻona viloyati futbol akademiyasining mavjud bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish (60x88 m oʻlchamdagi sunʼiy qoplamali futbol maydoni qurish, mavjud bino va inshootlarini mukammal taʼmirlash)

2024-yil

obyekt

1

1

5 500,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son Farmonining 5-ilovasi

Xorazm viloyati

14.

Xorazm viloyati futbol akademiyasining mavjud bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish (24x48 m oʻlchamli sendvich panelli sport zali qurish)

2024-yil

obyekt

1

1

7 000,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son Farmonining 5-ilovasi

Toshkent shahri

15.

Futbol boʻyicha Respublika oliy sport mahorat maktabining sport bazasini hamda maʼmuriy binosini mukammal taʼmirlash

2024-yil

obyekt

1

1

3 000,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5281-son qarorining 1-ilovasi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi PQ-115-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida yangidan tashkil etiladigan futbol maktablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Futbol maktablari nomi

Futbol maktablarining yuridik manzili

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi futbol maktabi

Nukus shahri, Yedige koʻchasi, 16-uy

2.

Andijon viloyati futbol maktabi

Andijon shahri, Boʻston dahasi, Usmon Yusupov koʻchasi

3.

Buxoro viloyati futbol maktabi

Buxoro shahri, Pridastgir koʻchasi, 9-uy

4.

Jizzax viloyati futbol maktabi

Jizzax shahri, Bobur mahallasi, Olimpiada koʻchasi, 4-uy

5.

Qashqadaryo viloyati futbol maktabi

Shahrisabz shahri, Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi, 122-uy

6.

Navoiy viloyati futbol maktabi

Karmana tumani, Bishkent MFY

7.

Namangan viloyati futbol maktabi

Davlatobod tumani, Islom Karimov koʻchasi, 17a-uy

8.

Samarqand viloyati futbol maktabi

Pastdargʻom tumani, Balxyon mahallasi, Samarqand shohkoʻchasi, 48-uy

9.

Sirdaryo viloyati futbol maktabi

Guliston shahri, Sayxun koʻchasi, raqamsiz uy

10.

Surxondaryo viloyati futbol maktabi

Jarqoʻrgʻon tumani, Surxon sohil mahallasi, Paxtakor stadioni

11.

Toshkent viloyati futbol maktabi

Yuqori Chirchiq tumani, Qorasuv MFY, Hamkorlik koʻchasi, 36-uy

12.

Fargʻona viloyati futbol maktabi

Fargʻona shahri, S. Timur koʻchasi, 26a-uy

13.

Xorazm viloyati futbol maktabi

Yangibozor tumani, Kuxinur koʻchasi, 1-uy

14.

Toshkent shahri futbol maktabi

Shayxontohur tumani, Islom Karimov koʻchasi, 98a-uy

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi PQ-115-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Professional futbol klublari huzuridagi faoliyati maqbullashtirilayotgan futbol maktablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Futbol maktabi nomi

Futbol maktabining yuridik manzili

Futbol maktabi faoliyatiga oid qoidalar

1.

Buxoro viloyati futbol assotsiatsiyasi huzuridagi (28-son) futbol maktabi

Buxoro viloyati, Buxoro shahri, I. Moʻminov koʻchasi, 9-uy

Mazkur futbol maktabi tugatilib, Buxoro viloyati futbol maktabiga birlashtiriladi

2.

“Mashʼal” professional futbol klubiga biriktirilgan Kasbi tumanidagi futbol maktabi

Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Mugʻlon shaharchasi, A. Navoiy koʻchasi

Mazkur futbol maktablari faoliyati tugatilib, Qashqadaryo viloyati futbol maktabiga birlashtiriladi

3.

“Nasaf” professional futbol klubiga biriktirilgan Nishon tumanidagi futbol maktabi

Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani, Nurli koʻchasi, 3-uy

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2023-y., 07/23/115/0201-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 29.05.2024-y., 06/24/83/0373-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)