Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 3-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1723-11]
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-688-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 12-sentabrdagi 141-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 41-42-son, 420-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi va “Uzbekistan Airways” AJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Transport vaziri I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 27-fevral,
02-son
Kelishildi:
Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi bosh direktori Sh. XABIBULLAYEV
2023-yil 13-fevral
“Uzbekistan Airways” AJ boshqaruv raisi I. MAXKAMOV
2023-yil 17-fevral
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
2023-yil 16-fevral
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. I bobning 1-paragrafida:
a) quyidagi mazmundagi qirq beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Samolyot — havodan ogʻir havo kemasi boʻlib, kuch qurilmasi orqali harakatga keltiriladi va uning parvozdagi koʻtarish kuchi parvozning ushbu sharoitlarida harakatsiz qoladigan yuzalarda asosan aerodinamik reaksiyalar hisobiga paydo boʻladi.”;
qirq beshinchi — ikki yuz sakson toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda qirq oltinchi — ikki yuz toʻqsoninchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) qirq oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vertolyot — havodan ogʻir havo kemasi boʻlib, vertikal holatda joylashgan oʻqlar atrofida dvigatel yordamida aylanadigan bitta yoki bir nechta asosiy vintning havo bilan reaksiyalari hisobiga parvoz taʼminlanadi.”;
v) oltmish oltinchi xatboshi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Ushbu qoidalarda, agar maʼlum bir havo kemasi turi koʻrsatilmagan boʻlsa, “Havo kemasi” tushunchasi ham “samolyot”, ham “vertolyot”ni anglatadi.”;
g) ikki yuz oʻninchi xatboshidagi “Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Davavianazorat deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (bundan buyon matnda “Oʻzaviatsiya” agentligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 8-bandning ikkinchi xatboshisi va 658-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davavianazoratga” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 22-band quyidagi mazmundagi “j” kichik band bilan toʻldirilsin:
“j) Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning 83bis-moddasiga muvofiq bitimning qisqacha tavsifining rasmiy tasdiqlangan ingliz tilidagi nusxasi (elektron yoki chop etilgan shaklda).”.
5. 147 va 755-bandlardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davavianazoratning” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 160-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“160. Oʻzbekiston Respublikasida fuqaro va eksperimental aviatsiya parvozlarining gidrometeorologik taʼminotini Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi Xalqaro FA toʻgʻrisidagi Konvensiyaning 3-ilovasi (1944-y.), JMTning (Jahon meteorologik tashkiloti) texnik reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqaro va eksperimental aviatsiyasi parvozlarining meteorologik taʼminoti (OʻzR AQ-180)” aviatsiya qoidalari, “Fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlarini ekspluatatsiyaga yaroqlilik meʼyorlari (OʻzR AQ-153)” Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya qoidalari hamda har bir muayyan aeroport uchun ishlab chiqilgan parvozlarning meteorologik taʼminoti boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq tashkil qiladi.”.
7. 187 va 1000-bandlardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davavianazorat boshligʻi” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 261-bandning “a” kichik bandidagi, 736, 741 va 745-bandlardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davavianazorati” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 598 va 843-bandlardagi “Davavianazorat” degan soʻz “Oʻzaviatsiya” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 809-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davavianazorat boshligʻining” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligi direktorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 881-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 912-band quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan toʻldirilsin:
“d) aholi manzilgohlari ustidagi parvozlar.”.
13. XXII bob qoʻyidagi mazmundagi 13-paragraf bilan toʻldirilsin:
“13-§. Aholi manzilgohlari ustida parvoz qilish
9574. HKlarning aholi manzilgohlari ustidagi parvozi, havo hududidan foydalanuvchilarda HHFB organlarining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
9575. HKlarning aholi manzilgohlari ustidagi parvozi kunduzi VPQ boʻyicha belgilangan yoʻnalishlar va haqiqiy uchish balandliklarida amalga oshiriladi.
Belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha aholi manzilgohlari ustidagi parvozning haqiqiy uchish balandligi 100 metrdan (330 fut) kam boʻlmasligi kerak.
9576. HKda nosozlik roʻy bergan taqdirda yoki odamlar hayotini qutqarish uchun parvozlar qilish zarur boʻlganda, shuningdek parvozlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida belgilangan yoʻnalish va uchish balandligidan chetga chiqishga yoʻl qoʻyiladi.
9577. Aholi manzilgohlari ustida parvoz balandligiga pasayish, aholi manzilgohlari ustida parvozni amalga oshirish yoʻnalishiga kirish uchun belgilangan nuqtada radiobalandlik oʻlchagich nazorati ostida barometrik balandlik oʻlchagich orqali amalga oshiriladi.
9578. Aholi manzilgohlari ustida parvoz balandligiga koʻtarilish, aholi manzilgohlari ustida parvozni amalga oshirish yoʻnalishidan chiqish uchun belgilangan nuqtada barometrik balandlik oʻlchagich orqali amalga oshiriladi.
9579. Ekipaj tomonidan aholi manzilgohlari ustida parvoz balandligini saqlab qolish radiobalandlik oʻlchagich orqali amalga oshiriladi.
95710. HHB organlari HKning (vertolyotlarning) ekipajlarini parvoz-axborot maʼlumotlari va avariya xabarlari bilan taʼminlaydi.
95711. Vertolyotlarning aholi manzilgohlari hududida joylashgan qoʻnish maydonchasiga (vertodromga) parvozi, parvoz balandligiga koʻtarilishi, qoʻnishga kirish uchun pasayishi, qoʻnishni amalga oshirishi ushbu maydonchaning (vertodromning) parvozlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻriqnomasiga asosan amalga oshiriladi.
95712. Aholi manzilgohlari ustida parvozlar uskunalar boʻyicha 185 km/soatdan (100 uz) ortiq boʻlmagan tezlikda yoki HKni gorizontal holatda saqlab turish uchun HKning uchish qoʻllanmasida belgilangan minimal tezlikda amalga oshiriladi.
95713. Aholi manzilgohlari ustidagi yoʻnalishlarda HKni quvib oʻtish taqiqlanadi.
95714. Aholi manzilgohlari ustidagi ob-havo sharoiti belgilangan yoʻnalishlarni va/yoki uchish balandliklarini saqlab qolish imkonini bermasa, HK ekipaji parvoz topshirigʻini toʻxtatishi va uchish punktiga qaytishi yoki ob-havo sharoiti qoniqarli boʻlgan eng yaqin aerodromga (vertodrom, qoʻnish maydonchasiga) qaytish choralarini koʻrishi kerak.
95715. HK ekipajiga aholi manzilgohlari ustida parvozlarni amalga oshirish vaqtida HKning eshiklarini, lyuklarini, illyuminatorini ochish, shuningdek, parvoz topshirigʻida nazarda tutilmagan harakatlarni bajarish taqiqlanadi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)