07.02.2023 yildagi 2945-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasining 2022-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasining (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) 2022-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, hisobot davrida yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashish borasida Komissiya tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Komissiya tomonidan Qonunchilik palatasida yoshlarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan 30 dan ortiq qonun loyihasini koʻrib chiqish jarayonida 50 dan ortiq taklif taqdim etilgan boʻlib, ular tegishli qonun loyihalarini maromiga yetkazishda inobatga olingan. Jumladan, mazkur takliflar “Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Soliq va bojxona qonunchiligi, shuningdek, soliq va bojxona imtiyozlarining qoʻllanilishini takomillashtirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga volontyorlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihalarida oʻz aksini topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek Komissiya tomonidan konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoshlarga yetkazish, ular oʻrtasida “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining muhokamasini tashkil etish maqsadida turkum davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Komissiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari bilan yaqin hamkorlikda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ishlarning borishini oʻrganib, tahlil qilish maqsadida 9-marta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan ishlarning holati Andijon va Jizzax viloyatlaridagi oliy taʼlim muassasalari misolida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-5088-sonli Qarorining ijro etilishi Jizzax va Surxondaryo viloyatlari misolida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108-sonli Farmonining ijro etilishi Surxondaryo viloyati misolida oʻrganilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu oʻrganishlarning yakunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari, masʼul vazirliklar va idoralar rahbarlari ishtirokida muhokama etilib, tegishli takliflar ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek oʻtgan davrda Komissiya tomonidan hududlarda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarning muammolarini oʻrganish, tahlil qilish va oʻz vaqtida hal etishga koʻmaklashish maqsadida ochiq muloqotlarni tashkil etish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Komissiyaning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, jami 24 ta tadbir, shu jumladan, 11 ta davra suhbati, 4 ta konferensiya va seminar hamda 9 ta boshqa tadbir oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, “Konstitutsiyaviy islohotlar inson qadri uchun”, “Yoshlar — taraqqiyotimiz tayanchi”, “Yosh parlamentariylar — Hamdoʻstlik kelajagiga nazar” degan mavzularda oʻtkazilgan tadbirlarda davlat va jamiyat hayotiga daxldor muhim masalalar bevosita yoshlar ishtirokida muhokama qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tomonidan xalqaro parlamentarizm borasida tajriba almashish, xorijiy davlatlar parlamentlarining yoshlar tuzilmalari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida ham muayyan ishlar amalga oshirilgan. Xususan, Komissiya aʼzolari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida oʻtkazilgan forumda, Qozogʻiston Respublikasida boʻlib oʻtgan Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasining Yosh parlamentariylar guruhining uchrashuvida, MDH Yoshlar parlamentlararo assambleyasi yigʻilishida, Polshaning Varshava shahrida EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi tomonidan tashkil etilgan oʻquv kurslarida faol ishtirok etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilgan. Komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar, oʻtkazilgan tadbirlar haqida jamoatchilikni oʻz vaqtida xabardor qilib borish maqsadida ommaviy axborot vositalarida 900 dan ziyod chiqishlar qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Komissiyaning oʻtgan davrdagi faoliyati tahlili hali yechilishi lozim boʻlgan ayrim masalalarga alohida eʼtibor qaratish zarurligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, oliy oʻquv yurtlarida soʻnggi bosqichda tahsil olayotgan talabalarni hamda muddatli harbiy xizmatni oʻtab kelgan yoshlarning bandligini taʼminlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar holatini oʻrganish choralarini koʻrish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da yoshlarni zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun munosib sharoitlar yaratish uchun takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish, yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish muhim ahamiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining yoshlar masalalariga oid qonun loyihalarini takomillashtirish borasidagi ishtirokini yanada kengaytirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining faoliyatini muvofiqlashtirib borish va bunda siyosiy partiyalar bilan yaqin hamkorlikni kuchaytirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasining 2022-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi (M. Valiyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va qoʻmitalar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish, ularning bandligini taʼminlash, ishbilarmonlik koʻnikmalarini rivojlantirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etishga koʻmaklashish maqsadida yoshlar ishtirokida muhokamalarni oʻtkazib borish hamda muhokamalar yakunlari boʻyicha tegishli takliflarni ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda tegishli qoʻmitalarga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining yoshlar masalalariga oid qonun loyihalari muhokamasiga bagʻishlangan majlislarida Komissiya aʼzolarining faol ishtirokini taʼminlash hamda qonun loyihalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy oʻquv yurtlarida soʻnggi bosqichda tahsil olayotgan talabalarni hamda muddatli harbiy xizmatni oʻtab kelgan yoshlarning bandligini taʼminlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar holatini nazorat-tahlil tadbirlari doirasida oʻrganish hamda yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyatini muvofiqlashtirib borish boʻyicha faoliyat samaradorligini yanada oshirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va qoʻmitalariga yoshlarning huquq va manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyati hamda boshqa shakldagi tadbirlarda Komissiya aʼzolarining ishtirokini taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari O. Tojiyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 7-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2945-IV-son