15.03.2023 yildagi PQ-96-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokida “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada meva-sabzavotchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z muddatida samarali amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi korxonalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, raqobatbardosh meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2022-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini (keyingi o‘rinlarda — loyiha) moliyalashtirish uchun 200,0 mln AQSH dollari, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit liniyasi uchun 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan yillik SOFR + 1,25 foiz stavkada 194,240 mln AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsalting xizmatlari uchun 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan yillik SOFR + 1,25 foiz stavkada 5,760 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz ajratilishi bo‘yicha Qarz bitimi imzolanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) loyihaning umumiy qiymati 323,019 mln AQSH dollariga teng ekanligi, shundan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200 mln AQSH dollari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58,272 mln AQSH dollari qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplab berish va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish shaklida O‘zbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishdagi ulushi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64,747 mln AQSH dollari loyiha ishtirokchilarining (kredit oluvchi loyiha tashabbuskorlarining) ulushidan iborat ekanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) loyihani amalga oshirish davri 6 yilni (2023 — 2028-yillar) tashkil etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihada ishtirok etuvchi moliya tashkilotlariga kreditlar o‘zbek so‘mida taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AQSH dollariga nisbatan o‘zbek so‘mining valyuta kursi tebranishlari tufayli yuzaga keladigan xarajatlar (keyingi o‘rinlarda — valyuta xatari) O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha doirasida loyiha tashabbuskorlariga milliy valyutada ajratiladigan kreditlar loyiha tashabbuskorlariga Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit mablag‘lari loyiha tashabbuskorlariga mahsulot yetishtirish, saqlash, qadoqlash, qayta ishlash, shok usulida muzlatish, logistika (jumladan yuk tashish texnikalarini xarid qilish) va boshqa quvvatlarni yaratish, oziq-ovqat sanoati loyihalariga, shuningdek, aylanma mablag‘lar uchun ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) loyihaning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi, uni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, loyihani amalga oshirish jarayonida monitoring va hisobotni yuritish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) qarziga xizmat ko‘rsatuvchi moliyaviy agent (bank) hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha doirasida qarzning umumiy miqdoridan 0,2 foiz (400 ming AQSH dollari) miqdoridagi bir martalik oldindan to‘lov O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan to‘lanadi, shundan 388,48 ming AQSH dollari loyihada ishtirok etuvchi moliya tashkilotlari bilan qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimlar imzolangandan so‘ng ular tomonidan qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi bo‘yicha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzini qaytarish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzi bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish, vositachilik haqi va foiz to‘lovlarini to‘lash prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank bilan birgalikda ikki oy muddatda subloyihalarni tanlash, ularni baholash, kreditni qayta moliyalashtirish muddatlari, foiz stavkalari (valyuta xatarlarini inobatga olgan holda) va boshqa shartlarni nazarda tutuvchi Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan ajratilgan qarzdan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni (keyingi o‘rinlarda — Nizom) ishlab chiqib tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirilgan subloyihalar to‘g‘risida, shuningdek, ularning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi ustidan monitoring natijalari yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qishloq xo‘jaligi vazirligining Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni samarali amalga oshirish, ularning natijadorligi ustidan doimiy monitoring olib borish, tadbirkorlik subyektlariga zarur maslahatlar berish, yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish vazifasini loyihaning birinchi bosqichi doirasida tashkil etilgan Loyihani amalga oshirish guruhiga yuklash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirish guruhi faoliyatini moliyalashtirish uchun loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan olinayotgan qarz summasining 0,5 foizi miqdorida bir martalik to‘lovlar to‘lab berilishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Iqtisodiyot va moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi nomidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Markaz va loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) qarz mablag‘larini qayta kreditlash bitimlarini imzolash, shuningdek, zarur hollarda ushbu bitimlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish vakolati berilsin. Bunda, qayta kreditlash bitimlarining shartlari Nizomga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qishloq xo‘jaligi vaziri A. Voitov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari bilan birgalikda loyiha doirasida mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha hududlar kesimida “Yo‘l xaritalari”ni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda loyihani amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan xodimlar uchun xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda ikki kunlik seminar tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha doirasida iqtisod qilingan mablag‘lar moliyalashtirishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan kelishilgan holda qayta taqsimlanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi vaziriga, zarur hollarda, ushbu qarorga 1- va 4-ilovalarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari bir oy muddatda loyihalarni amalga oshiradigan tadbirkorlar ro‘yxatini shakllantirib, loyiha doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi loyiha doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib qishloq xo‘jaligi vaziri A.B. Voitov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 15-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-96-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-martdagi PQ-96-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY TEXNIK-IQTISODIY KO‘RSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ko‘rsatkichlar nomi

O‘lchov birligi

Jami

shu jumladan:

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi ulushi

kredit oluvchi loyiha tashabbuskorlarining mablag‘lari

1.

Loyihaning umumiy qiymati

million AQSH dollari

323,019

200,000

58,272

64,747

shundan:

1.1.

Ishtirok etuvchi tijorat banklarining kredit liniyalari

million AQSH doll.

194,240

194,240

1.2.

Tashabbuskorlar ulushi

million AQSH doll.

64,747

64,747

1.3.

Soliq va bojxona imtiyozlari

million AQSH doll.

58,272

58,272

1.4.

Konsalting xizmatlari

million AQSH doll.

5,760

5,760

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-martdagi PQ-96-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi bo‘yicha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzini qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

mln AQSH dollari

T/r

Ko‘rsatkichlar nomi

Umumiy qarz

Qarzning qaytarilishi

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan

ishtirok etuvchi tijorat banklari mablag‘lari hisobidan

miqdori

foiz

miqdori

foiz

miqdori

foiz

1.

Ishtirok etuvchi tijorat banklarining kredit liniyalari

194,240

97,12

194,240

100

2.

Konsalting xizmatlari

5,760

2,88

5,760

100

Jami:

200,000

100

5,760

2,88

194,240

97,12

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-martdagi PQ-96-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzi bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish, vositachilik haqi va foiz to‘lovlarini to‘lash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qarz miqdori

200,0 mln AQSH dollari

Qarz muddati

15 yil

Imtiyozli davr

5 yil

Foiz stavkasi

SOFR+ 1,25%

Bir martalik vositachilik haqi*

umumiy qarz miqdoridan 0,2%

ming AQSH doll.

To‘lov sanasi

Qarzning o‘zlashtirilishi

Qarz qoldig‘i

Foizlar bo‘yicha to‘lovlar

Bir martalik vositachilik haqi

Asosiy qarzni qaytarish

Jami qaytariladigan mablag‘**

10.04.2023

200 000,00

200 000,00

400,0

400,00

10.08.2023

200 000,00

3 931,11

3 931,11

10.02.2024

200 000,00

6 388,89

6 388,89

10.08.2024

200 000,00

6 319,44

6 319,44

10.02.2025

200 000,00

6 388,89

6 388,89

10.08.2025

200 000,00

6 284,72

6 284,72

10.02.2026

200 000,00

6 388,89

6 388,89

10.08.2026

200 000,00

6 284,72

6 284,72

10.02.2027

200 000,00

6 388,89

6 388,89

10.08.2027

190 476,00

6 284,72

9 524,0

15 808,72

10.02.2028

180 952,20

6 084,65

9 523,8

15 608,45

10.08.2028

171 428,40

5 717,59

9 523,8

15 241,39

10.02.2029

161 904,60

5 476,19

9 523,8

14 999,99

10.08.2029

152 380,80

5 087,63

9 523,8

14 611,43

10.02.2030

142 857,00

4 867,72

9 523,8

14 391,52

10.08.2030

133 333,20

4 489,08

9 523,8

14 012,88

10.02.2031

123 809,40

4 259,26

9 523,8

13 783,06

10.08.2031

114 285,60

3 890,54

9 523,8

13 414,34

10.02.2032

104 761,80

3 650,79

9 523,8

13 174,59

10.08.2032

95 238,00

3 310,18

9 523,8

12 833,98

10.02.2033

85 714,20

3 042,33

9 523,8

12 566,13

10.08.2033

76 190,40

2 693,45

9 523,8

12 217,25

10.02.2034

66 666,60

2 433,86

9 523,8

11 957,66

10.08.2034

57 142,80

2 094,91

9 523,8

11 618,71

10.02.2035

47 619,00

1 825,40

9 523,8

11 349,20

10.08.2035

38 095,20

1 496,36

9 523,8

11 020,16

10.02.2036

28 571,40

1 216,93

9 523,8

10 740,73

10.08.2036

19 047,60

902,78

9 523,8

10 426,58

10.02.2037

9 523,80

608,47

9 523,8

10 132,27

10.08.2037

0,00

299,27

9 523,8

9 823,07

Jami:

118 107,66

400,00

200 000,00

318 507,66

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Mazkur to‘lov loyiha kuchga kirgandan so‘ng 60 kun ichida to‘lanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**To‘lov summalari qarzlarning amalda o‘zlashtirilishidan kelib chiqib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-martdagi PQ-96-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlarning nomi

Bajarilish sanasi

Ijro holatini nazorat qilish

boshlanishi

yakunlanishi

nazoratga mas’ul

ko‘rib chiqish muddati

1.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi (keyingi o‘rinlarda — Loyiha) bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Mas’ul: Qishloq xo‘jaligi vazirligi (A. Voitov), Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz, (A. Shukurov)

2023-yil mart

2023-yil mart

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev)

2023-yil mart

2.

O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) o‘rtasida imzolangan qarz bitimiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik xulosasini olish va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ga taqdim etish.

Mas’ul: Qishloq xo‘jaligi vazirligi (A. Voitov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

2023-yil mart

2023-yil mart

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev)

2023-yil mart

3.

Loyiha doirasida tegishli va mas’ul bo‘lgan shaxslar imzolarining namunasini tasdiqlab, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ga taqdim etish.

Mas’ul: Markaz (A. Shukurov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev)

2023-yil mart

2023-yil mart

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev)

2023-yil mart

4.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) talablariga muvofiq Loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etish.

Mas’ul: Markaz (A. Shukurov)

2023-yil mart

2023-yil mart

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev)

2023-yil mart

5.

Loyiha doirasida subloyihalarni tanlash, ularni baholash, kreditni qayta moliyalashtirish muddatlari, foiz stavkalari (valyuta xatarini inobatga olgan holda) va boshqa shartlar nazarda tutilgan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan ajratilgan qarzdan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Mas’ul: Markaz (A. Shukurov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev), Markaziy bank (M. Nurmuratov)

2023-yil mart

2023-yil mart

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev)

2023-yil mart

6.

Agentlik, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari o‘rtasida alohida qayta kreditlash bitimlarini imzolash.

Mas’ul: Markaz (A. Shukurov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev), ishtirok etuvchi tijorat banklari

2023-yil mart

2023-yil mart

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev)

2023-yil mart

7.

Loyihaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini to‘liq amalga oshirish, shu jumladan mablag‘larni o‘zlashtirish bo‘yicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Mas’ul: Markaz (A. Shukurov)

2023-yil mart

2023-yil mart

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev)

2023-yil mart

8.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) talablariga muvofiq Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan Tabiatni muhofaza qilish va ijtimoiy boshqarish tizimini yaratish va yo‘lga qo‘yish.

Mas’ul: Markaz (A. Shukurov), ishtirok etuvchi tijorat banklari

2023-yil mart

2023-yil aprel

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev)

2023-yil aprel

9.

Loyiha doirasida kredit mablag‘lariga ehtiyojmand tadbirkorlar ro‘yxatini shakllantirib borish.

Kredit mablag‘larini taqsimlash va tadbirkorlar loyihalarini tanlab olish Agentlik, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadigan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan ajratilgan qarzdan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Mas’ul: ishtirok etuvchi tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi (A. Voitov), Markaz (A. Shukurov)

2023-yil mart

Loyihani amalga oshirish davrida

Vazirlar Mahkamasi

(Sh. G‘aniyev)

Loyihani amalga oshirish davrida

10.

Tadbirkorlik subyektlariga meva-sabzavotchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va sotish, shuningdek, meva-sabzavotchilik tarmog‘ida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini tashkil qilish va ishlab chiqarish vositalari, qishloq xo‘jaligi texnologiyalari va uskunalarini ishlab chiqarish va/yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli imtiyozli kreditlarni taqdim etish.

Mas’ul: ishtirok etuvchi tijorat banklari, Markaz (A. Shukurov)

2023-yil may

Loyihani amalga oshirish davrida

Vazirlar Mahkamasi

(Sh. G‘aniyev)

Loyihani amalga oshirish davrida

11.

Loyiha doirasida tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlarni o‘z vaqtida va to‘liq qaytarish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan kredit mablag‘larining maqsadli ishlatilishini ta’minlash choralarini ko‘rish.

Mas’ul: ishtirok etuvchi tijorat banklari, Markaz (A. Shukurov)

Loyihani amalga oshirish davrida

Loyihani amalga oshirish davrida

Vazirlar Mahkamasi

(Sh. G‘aniyev)

Loyihani amalga oshirish davrida

12.

Loyihani o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirish, uni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobotni yuritish.

Mas’ul: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (A. Voitov), Markaz (A. Shukurov), ishtirok etuvchi tijorat banklari

Loyihani amalga oshirish davrida

Loyihani amalga oshirish davrida

Vazirlar Mahkamasi

(Sh. G‘aniyev)

Loyihani amalga oshirish davrida

13.

Loyihani amalga oshirish mobaynida belgilangan yillik o‘zlashtirish prognozlarini bajarish, loyihani o‘z muddatida va sifatli amalga oshirish, loyihaning budjet ko‘rsatkichlari ustidan doimiy nazorat olib borish.

Mas’ul: Qishloq xo‘jaligi vazirligi (A. Voitov), Markaz (A. Shukurov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Isakov)

Loyihani amalga oshirish davrida

Loyihani amalga oshirish davrida

Vazirlar Mahkamasi

(Sh. G‘aniyev)

Loyihani amalga oshirish davrida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-martdagi PQ-96-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 21-sentabrdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik sektorini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2410-son qarori 1-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “9 yil (2015 — 2023-yillar) mobaynida” so‘zlari “10 yil (2015 — 2024-yillar) mobaynida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi “Iqlim o‘zgarishiga moslashish va Orol dengizi havzasi uchun uning oqibatlarini yumshatish dasturi” loyihasini Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2784-son qarorining rus tilidagi matnida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“period realizatsii proyekta opredelen v techeniye 9 let (2017 — 2025 gg.)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi “Ministerstvo selskogo xozyaystva” so‘zlari “Mejdunarodniy sentr strategicheskogo razvitiya i issledovaniy v sfere prodovolstviya i selskogo xozyaystva pri Ministerstve selskogo xozyaystva” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “s Agentstvom po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya” so‘zlari “s Mejdunarodnim sentrom strategicheskogo razvitiya i issledovaniy v sfere prodovolstviya i selskogo xozyaystva” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 8-bandning birinchi xatboshisidagi “za schet kredita MAP” so‘zlari “za schet kreditnix i grantovix sredstv MAP” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-dekabrdagi “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlarni tadqiq qilish, strategik rejalashtirish hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-58-son qarori 8-bandining o‘n ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Markaz direktoriga Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda XMI va XHMT bilan kelishilgan holda amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida Markaz hamda uning huzuridagi loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlarining oylik ish haqlarini ikki barobarga oshirish huquqi beriladi (bundan oylik ish haqini xizmatlar ko‘rsatish va qo‘shimcha grant mablag‘larini jalb etish hisobiga oshirish mustasno)”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-225-son qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Qishloq xo‘jaligida xizmatlar agentligi) meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilishi ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga 12 oy muddatga, shu jumladan 11 oylik imtiyozli davr bilan 2022-yilda 300 milliard so‘m, 2023-yilda 100 milliard so‘m budjet ssudasini yillik 10 foiz stavkada ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga qaytarilgan mablag‘lar hisobidan yil davomida Qishloq xo‘jaligida xizmatlar agentligining buyurtmasi asosida qo‘shimcha budjet ssudasi ajratib borilishini ta’minlash vazifasi yuklatilsin. Bunda, ajratilgan budjet ssudasi bo‘yicha qarzdorlikning jami summasi mazkur qaror doirasida 2022-yilda 300 milliard so‘mdan, 2023-yilda 100 milliard so‘mdan oshib ketmasligi belgilab qo‘yilsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-oktabrdagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-387-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Qishloq xo‘jaligida xizmatlar agentligi) meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilishi ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga 12 oy muddatga, shu jumladan 11 oylik imtiyozli davr bilan qo‘shimcha 200 milliard so‘m budjet ssudasini yillik 10 foiz stavkada ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga qaytarilgan mablag‘lar hisobidan yil davomida Qishloq xo‘jaligida xizmatlar agentligining buyurtmanomalari asosida qo‘shimcha budjet ssudasi ajratib borilishini ta’minlash vazifasi yuklatilsin. Bunda, ajratilgan budjet ssudasi bo‘yicha qarzdorlikning jami summasi mazkur qaror doirasida 200 milliard so‘mdan oshib ketmasligi kerakligi belgilab qo‘yilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-bandning birinchi xatboshisi, 3-band, 5-bandning birinchi va uchinchi xatboshilari, 6-bandning birinchi xatboshisi hamda 14-bandning birinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Bog‘dorchilik agentligi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Qishloq xo‘jaligida xizmatlar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2023-y., 07/23/96/0152-son)